Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Interfaol metodlar / zamonaviy texnologiya / ta’lim-tarbiya / innovatsion texnologiya / pedagogik innovatsiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xushvaqtov Alijon Ashurovich, Ashurova Sojida Aliyevna, Sobirova Nigina Aliyevna

Ushbu maqolada pedagogik texnologiyalar, ularning mohiyati hamda samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Pedagogik texnologiyalar va ularning aynan boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni beqiyosdir. Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda “yangi pedagogik texnologiya”, “ilg‘or pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo‘llanilmoqda. YUNESKO ning ta’rifi bo’yicha:"Pedagogik texnologiya-bu butun o‘qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli uslubidir.” Pedagogik texnologiyaga o‘quv jarayonini ro‘yobga chiqarish davomida turli o‘qitish uslublaridan foydalanishning muayyan umumiy me’yorlarini belgilovchi yo‘llanma, go‘yoki qolip sifatida qarash mumkin. Aynan tizimli yondoshuv pedagogik texnologiyani o‘qitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish uslublari, nazorat va natijalarni baholashni o‘zaro aloqada va bir-biri bilan bog‘liqlikda loyihalash -ko’pincha an’anaviy o‘quv jarayonida yetishmaydigan narsalardir. Masalan, ko‘p hollarda ta’lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta’lim oluvchining bo‘lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo’ladi. Aytish mumkinki, pedagogik texnologiyalarning samaradorligi har bir yo‘nalishini o‘z aksini topgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

BOSHLANG'ICH TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Xushvaqtov Alijon Ashurovich1 Ashurova Sojida Aliyevna2 Sobirova Nigina Aliyevna3

Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, O'zbekiston-Finlyandiya Pedagogika Instituti Ta'lim va tarbiya(maktabgacha ta'lim) fakulteti magistri, Shaxrisabz davlat pedagogika instituti "Chet tillar"kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149,

O'zbekiston

[email protected], [email protected], [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13318426 Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik texnologiyalar, ularning mohiyati hamda samaradorligi haqida fikr yuritiladi.

Pedagogik texnologiyalar va ularning aynan boshlang'ich ta'limdagi o'rni beqiyosdir. Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta'lim muammolariga oid ma'ruzalar, rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg'or pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo'llanilmoqda. YUNESKO ning ta'rifi bo'yicha: "Pedagogik texnologiya - bu butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'z oldiga ta'lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo'yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o'zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo'llash va belgilashning tizimli uslubidir." Pedagogik texnologiyaga o'quv jarayonini ro'yobga chiqarish davomida turli o'qitish uslublaridan foydalanishning muayyan umumiy me'yorlarini belgilovchi yo'llanma, go'yoki qolip sifatida qarash mumkin. Aynan tizimli yondoshuv pedagogik texnologiyani o'qitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta'lim maqsadlari, uning mazmuni, o'qitish va ta'lim berish uslublari, nazorat va natijalarni baholashni o'zaro aloqada va bir-biri bilan bog'liqlikda loyihalash - ko'pincha an'anaviy o'quv jarayonida yetishmaydigan narsalardir. Masalan, ko'p hollarda ta'lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo'naltirilgan, ta'lim oluvchining bo'lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bog'liq bo'ladi. Aytish mumkinki, pedagogik texnologiyalarning samaradorligi har bir yo'nalishini o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: Interfaol metodlar, innovatsiya

zamonaviy texnologiya, ta'lim-tarbiya, innovatsion texnologiya, pedagogik

KIRISH

Mamlakatimizdagi oliy ta'lim muassalarida ta'lim-tarbiya jarayoni bilan bog'liq o'zgarishlar ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, uni milliy ruh bilan sug'orish, samarali an'anaviy uslublarni saqlab qolgan holda, innovatsion tizim yaratish va amaliyotda qo'llash borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2020 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi ta'lim to'g'risidagi qonunni 1-bob 5 moddasida ta'kidlanganidek ta'lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash va o'quv dasturlarida innovatsion texnologiyalarni qo'llagan holda amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan muayyan darajadagi ta'lim jarayonida interfaol usullar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqishga e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Mavjud ta'lim tizimini islox, qilish kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ijtimoiy tajribaga tayangan holda, uzluksiz ta'lim tizimini barcha shakldagi ta'lim muassasalari ta'lim jarayonini ta'minlovchi ilg'or ilmiy-metodik texnologiya sifatida amalga oshirishni taqozo etadi.

Hozirgi zamon pedagogika fanining dolzarb masalalari qatoriga fan, texnika, ilg'or texnologiya yutuqlaridan foydalanish asosida ta'lim-tarbiyaning

maqsad, mazmun, metodlari va tashkil etilishini ilmiy ta'minlash masalalari kiradi.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi.

Interfaol ("Inter" - bu o'zaro, "act" - harakat qilmoq) - o'zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo'lishni anglatadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, o'qitishning interfaol uslublari -bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo'lib, unda ta'lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo'ladilar, ular biladigan o'ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Interfaol darslarda o'qituvchi talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo'naltirishga olib keladi.

Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashg'ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

bajaradi. Bunday o'quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.

Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida talabalarga nazariy bilimlarni yetkazib berish ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, talabalarni faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallagan bilim, malaka va ko'nikma darajasini aniqlash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o'z mohiyatiga ko'ra subyektiv xususiyatiga ega, ya'ni har bir pedagog ta'lim-tarbiya jarayonini o'z imkoniyati kasbiy maxoratidan kelib chiqqan xolda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, uslub va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat'iy nazar pedagogik texnologiyalar:

Ta'lim-tarbiya jarayoning samaradorligini oshirish;

O'qituvchi va talaba o'rtasida o'zaro hamkorlikni qaror toptirish;

Talaba tomonidan o'quv predmetlari bo'yicha puxta bilimlarni egallashini ta'minlash;

Talabalarni mustaqil erkin va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish;

Guruxlar bilan ishlash faqat fikrlash bosqichida emas, balki birinchi bosqichidan boshlab yo'lga qo'yilishi mumkin. Tahsil oluvchilarni guruxlarga bo'lib ishlashi uchun quyidagi talablarga amal qilish zarur:

1.Guruxlarga ajratish o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

2.Har bir guruxga rahbar tayinlanadi.

3.Har bir guruxdagi tahsil oluvchilar bilim darajasinining teng bo'lishiga erishish kerak.

4.Gurux doira shaklida o'zgarishi lozim.

5.Ish jarayonida har bir guruxining faoliyatiga, g'oyalariga e'tibor beriladi.

Bulardan tashqari guruhlarga aniq yo'l-yo'riq ko'rsatish, topshiriqlarni bajarish uchun yetarli vaqt ajratish, kuchli guruxlarni rag'batlantirib borish natijasini baholash kabilariga ham ahamiyat berish muhim hisoblanadi. Dars jarayonida guruh a'zolarini almashtirib borish xam mumkin.

Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda interfaol, innovatsion va noan'anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo'l keladi. Shuning uchun ham, ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar o'z sohalari bo'yicha olib borayotgan dars mashg'ulotlarida innovatsion texnologiyalarni o'z o'rnida qo'llashni bilishlari juda zarur, shunday texnologiyalardan ayrimlarini ko'rib chiqaylik.

Tanishuv texnologiyasi

Texnologiyaning maqsadi:

•o'quv jamoasi ishtirokchilarini bir-birlari bilan tanishtirish;

•samimiy do'stona munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish;

•talabalarning ijodiy imkoniyati va shaxsiy sifatlarini ochish;

•auditoriyaning ishlashi uchun qulay sharoitni vujudga keltirish;

Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: Mashg'ulot boshida o'qituvchi o'quv jarayoni qatnashchilarini kichik guruxlarga ajratadi. Har bir kichik guruhga yilning bir faslida tug'ilgan talabalarni kiritish mumkin. O'qituvchi guruhlarni joylariga o'tqazib, ularga quyidagi topshiriqni beradi:

O'z tug'ilgan faslingizga xarakteristika berint (badiiy-musiqiy, sahnali, hazil-mutoyibali va hokazo ko'rinishda);

-yilning shu faslida tug'ilganlarning umumiy xarakteri bilan hamda gurux qatnashchilarining umumiy o'xshashliklari va o'ziga xos tomonlari bilan tanishtirish;

Talabalarning bu fasldagi faoliyatini so'zlab berish; -boshqa fasldagi guruh qatnashchilariga bag'ishlangan fikr yoki bag'ishlov yaratish ijobiy tilaklar bildirish.

O'qituvchi berilgan topshiriqni talabalar tomonidan bajarishi uchun tayyorlanishga vaqt ajratadi va ularni taqdimot qoidalari bilan tanishtiradi, talabalarning tayyorlanishlari uchun sharoit yaratadi. Guruhlar tayyorgarlikni boshlaydilar. Guruhlarning chiqishi to'rtta topshiriq aks etgan adabiy-musiqiy kompozitsiya shaklida ham tayyorlanishi mumkin.

Keyingi bosqichda guruhlar tayyorlagan ijodiy ishlarini namoyish etadilar. Har bir chiqish tugagach, boshqa guruh qatnashchilari namoyish etilgan ijodiy ishni to'ldirishlari va mavzuga oid savollar berishlari mumkin. Oxirgi bosqichda o'qituvchi auditoriyaga quyidagi savollar bilan murojaat qilib, talabalarni ochiq muloqotga chaqiradi:

-guruh qatnashchilari bir-birlari haqida nimalarni bilib olishdi;

-auditoriyada bir-birlariga ko'nikish holati qanday o'zgardi;

-qanday savollar va muammolar hal qilindi; -qatnashchilar dars davomida qanday sifatlarni ko'rsata oldilar;

-har bir kishi o'zi uchun qanday xulosa chiqardi; demak biz, qandaymiz?

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

YUNESKO tomonidan berilgan ta'rifga ko'ra, pedagogik texnologiya - bu ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson saloxiyati hamda ularning o'zaro ta'sirini inobatga olib, o'qitish va bilimni o'zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qullashning tizimli metodidir.

Akademik V.P.Bespalkoning bergan ta'rifiga ko'ra, "Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatlarni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyixasidir".

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Yuqoridagi ta'riflardan kelib chiqadiki,

a) pedagogik texnologiyalar oldindan loyihalanadi;

b) tayyor loyihani amalga tadbiq etish o'qituvchilardan katta mahorat talab qilmaydi;

v) yakuniy natija kafolatlanadi. Reproduktiv ta'lim jarayonida talaba passiv eshituvchi, o'qituvchi axborotlarni faol bayon qiluvchi sifatida namoyon bo'ladi. Dars jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish asosida talaba asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta'lim jarayonining subyekti bo'ladi, ya'ni o'rganish, mutoalaa qilish talaba zimmasiga o'tadi, Bunday holatda o'qituvchi fakat "baholovchi" emas balki, yangi bilimlar yetkazuvchi manbaga aylanadi. U talaba o'rganishiga extiyoj tug'dirishi, buning uchun qulay muxit yaratishi va uni ma'suliyatni his qilishga yo'llab, bilimlarni mustaqil egallashiga ko'maklashishi lozim bo'ladi. 4 TAHLIL VA NATIJALAR O'qituvchi o'quv jarayoniga qadam quyar ekan o'z mutaxassisligi bo'yicha egallagan bilimidan qat'iy nazar, pedagogik va psixologik bilimlar, pedagogik va axborot texnologiyalari, o'qitish metodlari yig'indisidan iborat bo'lgan zarur pedagogik minimumlarni egallagan bo'lishi shart.

Shu sababli ham, hozirgi vaqtda oliy ta'lim oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri yuqori malakali, raqobatbardosh o'qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini shakllantirish, metodik mahoratini ko'tarish, o'qituvchilarning yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qurollantirish bo'lib qolmoqda.

Ta'limni isloh qilishning asosiy yo'nalishlari: -umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyat asoslarini e'tiborda tutgan hodda ta'lim-tarbiya mazmunini milliy mafkura - rivojlanayotgan YANGI O'ZBEKISTON tuyg'usi asosida o'zgartirish va takomillashtirish;

-ta'lim samaradorligini tinmay oshira borib, jahon talablari darajasiga olib chiqish;

-variativ o'quv rejalari, dastur va darsliklar yaratish; -bilimdon va iste'dodli talabalarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish;

-ilg'or tajribalarga, ijodkor ustozlar tajribasiga suyanish;

-sinov ishlari olib borish, ta'lim-tarbiya, ilm-fan, zamonaviy texnika va texnologiya yutuqlariga suyanish;

-ta'lim-tarbiyada bosh islohotchi bo'lgan o'qituvchi - tarbiyachining zamonga mos ravishda yangi avlodini tarbiyalash;

-ta'lim muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, ta'limni kompyuterlashtirish, o'quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini olib kirishi;

-ta'lim tizimini, boshqaruv faoliyatini

takomillashtirish;

-islohni bosqichma-bosqich eski, mavjud, o'zini oqlagan usullardan voz kechmagan holda amalga oshirib borishdan iborat.

Yangi ta'lim tizimi o'quv rejasi, o'quv dasturlari, darsliklar asosida o'quv jarayonini loyihalashtirishga

ham yangicha yondashish, uni yangicha tashkil etish, unga yangi pedagogik innovatsiyalarni kiritish zaruratini tug'dirmoqda.

Innovatsiya - lotincha so'z bo'lib, "yangilikni kiritaman, tadbiq etaman, o'zgartiraman" degan ma'noni bildiradi.

Pedagogik innovatsiyaning usullari

LModelllashtirish 2.Namoyish qilish

3. Kichik guruxlarga bo'lib o'qitish

4. Aqliy hujum

5. Tanqidiy tafakkur 6, Debatlar

7. Nuqtai nazar

8. Har kim - har nima o'rgatadi

9. Rolli o'yinlar

10. Muayyan holatni o'rganish

11 .Modifikatsiyalangan ma'ruzalar

12. O'yin

13. Bingo

14. Axborot (kompyuter) texnologiyalari hisoblanadi.

Ta'limga an'anaviy va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qiyoslaydigan bo'lsak, quyidagi holatlarni

An'anaviy yondashuv Zamonaviy yondashuv

1. Asosiy e'tibor o'qitishning mazmuniga qaratilgan. Asosiy e'tibor o'qitishning mazmuniga va jarayoniga qaratilgan.

2. O'qituvchi -boshqaruvchi, talaba yetaklanuvchi. Talaba o'quv jarayonida faol qatnashadi.

3. O'quv maqsadlari aniq emas. O'quv maqsadlari muzokarada aniqlab, kutilayotgan natija orqali aks ettiriladi.

4. O'qituvchi bilimlarni monolog orqali yetkazadi O'qituvchi bilish jarayonida qatnashadi va diolog, suhbat metodlarini qo'llaydi.

5. "Men bilamanki..." yondoshuviga urg'u beradi. "Men qanday bilaman" yondoshuviga urg'u beriladi.

6. O'quvchi bilimini passiv holatda qabul qiladi. O'quvchilar bilimlarini qabul qiladi va o'zlashtiradi

7. O'qituvchi to'g'ri javobni formal holatda talab qiladi. O'qituvchi savolga turli xil javoblarni rag'batlantiradi.

8. Mashg'ulotlarning dasturlanganligi"ning qat'iy tuzilmasi. Mashg'ulotlar o'quvchilarning talablariga qarab tashkil etiladi.

9. Asosiy e'tibor nazariyaga qaratilgan. Nazariya beriladi, ammo asosiy qismi amaliyotga qaratilgan

10. O'qitishga o'quv fani sifatida funksional yondashiladi. O'qitishga muammoviy-fanlararo yondashiladi.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ta'lim jarayonining faol subyektlari pedagog va o'quvchilar bo'lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (yoki fan asoslari) bo'yicha kam kuch va vaqt sarflagani holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o'zlashtirish imkonini beruvchi jarayonining umumiy mohiyatini tasvirlaydi. XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ta'limda interfaol metodlarni qo'llash yuqori samara berishi bilan bir qatorda o'qituvchi-o'quvchi munosabatlariga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu esa o'z navbatida ta'lim sifatini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o'quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta'minlashdan iboratdir.

Pedagogik texnologiyani tanlash, dars va mashg'ulotda qaysi darajadagi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishni nazarda tutilganligiga bog'liq.

Pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishining maqsadli bosqichida ta'lim muassasasi (umumiy o'rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, institut yoki universitet)ning uzoq; muddatga mo'ljallangan maqsadi, ta'lim soxalari va shu blokdagi aloxida olingan o'quv predmeti tarkibidagi aniq bir blokning ifodalanishi hisobga olinadi.

Tadbiqiy pedagogik texnologiyalar oldindan rejalashtirilgan natijaga erishishga yo'naltirilgan kasbiy tayyorgarlik jarayonini loyixalash muammosini metodik jixatdan hal etishga yo'naltiriladi.

ADABIYOTLAR:

[1] O'zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi ta'lim to'g'risidagi qonun 2020 yil

[2] Sh.M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2017. - 24-bet.

[3] O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Bosh tahrir hay'ati a'zolari: M.Aminov va b. - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2002. -169 bet.

[4] N.A.Muslimov, Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To'rayev A.B. Innovatsion ta'lim texnologiyalari - Toshkent: 2015. - 208 bet.

[5] J.F.Yo'ldoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. Toshkent «O'qituvchi» 2004y

[6] Данилов O.E. Применение информацинных коммуникационных технологий в процессе обучения

[7] www/ziyonet/uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.