Научная статья на тему 'KLINIK MAShG‘ULOTLARDA INNVATSION TEXNOLOGIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI'

KLINIK MAShG‘ULOTLARDA INNVATSION TEXNOLOGIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion pedagogik texnologiya / interfaol usullar va grafikli organayzerlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kodirova Sh.A., Mustaeva G.B.

innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o‘qituvchi o‘z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi. Mavzuni o‘qitish jarayonida innovatsion texnologiya usullaridan: interfaol usullar va grafikli organayzerlar uslublarini qo‘llash va tadbiq etish, ular kasbiy bilimlarni berishga, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish samarasi va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, ularning mustaqil fikrlashi, dalillarga asoslangan tibbiyot asosida ma’lumotlarni tahlil qilishi, o‘zini tanqidiy baholash qobiliyatlarini rivojlantirishi taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KLINIK MAShG‘ULOTLARDA INNVATSION TEXNOLOGIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI»

KLINIK MAShG'ULOTLARDA INNVATSION TEXNOLOGIYANING O'RNI VA AHAMIYATI Kodirova Sh.A. Mustaeva G.B.

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 31- May 2024 yil

KEY WORDS

innovatsion pedagogik texnologiya, interfaol usullar va grafikli organayzerlar.

innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o'quv jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o'qituvchi o'z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi. Mavzuni o'qitish jarayonida innovatsion texnologiya usullaridan: interfaol usullar va grafikli organayzerlar uslublarini qo'llash va tadbiq etish, ular kasbiy bilimlarni berishga, talabalarning bilim va ko'nikmalarini oshirish samarasi va sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, ularning mustaqil fikrlashi, dalillarga asoslangan tibbiyot asosida

M \

Ta'lim sifati va samara

iradorligirn

ma'lumotlarni tahlil qilishi, o'zini tanqidiy baholash qobiliyatlarini rivojlantirishi taklif etilgan. oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan

foydalanishda har bir o'quv predmetining o'ziga xos xususiyatlariga monand yondashish, pedagogning o'qitishning usullari va yo'llarining eng tizimini tanlay olgan holda dars jarayonining to'g'ri tashkil etilishi muhim rol o'ynaydi. Ijodkor o'qituvchi esa o'z sohasi bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiya metodikasini ajrata olmog'i hamda uni amalda samarali qo'llay olmog'i lozim. Pedagogik texnologiya ma'lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o'qituvchi pedagogik jarayon - talaba" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi, u o'qituvchining kasbiy faoliyatini yanada yangilovchi, to'ldiruvchi va ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Shu maqsadda talabalarga hozirgi paytda har bir fanni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar usullari va axborot kommunikatsion texnikasidan keng foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning talabalarni fanlarga qiziktirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.

Uslubiyotchidan farqli o'laroq pedagog-texnolog tajriba o'tkazmaydi, u aniq belgilangan natija bilan ish olib boradi, ma'lum ajratilgan vaqt va mavjud sharoitlarda belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda kafolatlangan natijaga asoslangan o'qitish moduliga tayanadi.

Mustaqil shug'ullanishga, izlanish va qidirishga yordam beradigan pedagogik yo'nalishlardan biri bu interfaol usullardir. Talabalarning ta'lim darajasini oshirish, chuqur

fikrlashga yo'naltirish, muammo yuzaga kelganda sharoitga ko'ra tez xulosa qilish kabi ko'nikmalarini rivojlantirishda va mavzuni yaxshi eslab qolishlari uchun testlar, vaziyatli masalalar qatorida interfaol o'yinlar ham muhim o'rin tutadi.

O'qitishning interfaol uslublari-bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo'lib, unda ta'lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo'ladilar, ular biladigan va o'ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu uslublar talabalarda fikrni bir joyga jamlash, mustaqil fikrlash,talabalar diqqatini jalb etish, tafakkurini rivojlantirish kabi bilim olish uchun muhim omillarni shakllantiradi. Talabalar qiziqib, o'zlari anglamagan holda yangilikni oson o'zlashtiradilar, eslab qoladilar, har xil vaziyatlarda o'zlarini tutishni o'rganadilar.

Tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari klinik fanlar amaliy mashg'ulotlarida ham interfaol usullardan samarali foydalaniladi.

Interfaol usullar moxiyatiga ko'ra suhbatning "talaba - axborot-

kommunikatsion texnologiyalar" shaklida tashkil etilishi talabalar

tomonidan mustaqil ravishda yoki o'qituvchi rahbarligida axborot

texnologiyalari yordamida bilim, ko'nikma, malakalarning

o'zlashtirilishini anglatadi.

Interfaol usullarining turlari:

talabalarning mustakil guruhlarda ishlashi evaziga ta'lim olishini ko'zda tutadigan metodlardan iborat. Bular: aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, davra suhbati, o'rgimchak to'ri, pinbord.

real xayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko'rinishini o'quv xonasida yaratish va ularda talabalarning o'zlarining shaxsan qatnashishini ko'zda tutadi. Bular: klinik rolli o'yinlar, konferensiya darslari, syujet darslari hisoblanadi.

tomonidan berilgan muammoni tushunish va yechish, mustakql bilim olishni kuchaytiradigan usullar yigindisidan iboratdir. Bular:muammoli vaziyat, loyihalash, yo'naltiruvchi matn darslaridan iborat.

4. Umumiy amaliyot shifokori yechishi lozim bo'lgan masalalarni hal etishda qo'llaniladigan usullar .Bularga axborot texnologiyasini qo'llash (interfaol CD - disk, internet ma'lumotlari, Power Point kompyuter programmasi) ko'zda tutiladi.

Bu turlarni tanlashda talabalarning kurslari hisobga olinadi, ya'ni, quyi kurslarda hamkorlikda o'rganish,modellashtirish usullari qo'llanilsa, yuqori kurslarda asosan tadqiqot va axborot texnologiyasidan foydalanish ko'proq samara bermoqda.

Shuningdek, amaliy mashg'ulotlarda grafikli organayzerlardan ham samarali foydalanish mumkin.

Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) -bu fikriy jarayonlarni ko'rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.

Quyida fakultet va gospital terapiya fanlari amaliy mashg'ulotlarida qo'llaniladigan grafikli organayzerlardan misollar keltirilmoqda:

1.Klaster - (Klaster-tutam, bog'lam) - axborot xaritasini tuzish yo'li - barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun kandaydir biror asosiy omil atrofida g'oyalarni yig'ish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo'yicha yangi o'zaro bog'lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. Talabalar

Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar.Yozuv taxtasi yoki katta qog'oz varag'ining o'rtasiga asosiy so'z yoki 1-2 so'zdan iborat bo'lgan mavzu nomi yoziladi. Birikma bo'yicha asosiy so'z bilan uning yonida mavzu bilan bog'liq so'z v takliflar kichik doirachalar "yo'ldoshlar" yozib qo'shiladi. Ularni asosiy so'z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi.Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g'oyalar tugagunicha davom etishi mumkin. Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.

2. Toifalash jadvali.

Toifa - xususiyat va munosabatlarni muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) alomat. Ajratilgan alomatlar asosida olingan ma'lumotlarni birlashtirishni ta'minlaydi. Tizimli fikrlash ma'lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtiri ko'nikmalarini rivojlantiradi

3.Konseptual jadval - o'rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo'yicha taqqoslashni ta'minlaydi. Tizimli fikrlash, ma'lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko'nikmalarini rivojlantiradi

4."Nima uchun?" sxemasi - muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo'yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.

5.Baliq skeleti chizmasi - bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

6.Quyidan yuqoriga bosqichma - bosqich bo'ysunuvchi "Qanday?" diagrammasi. Muammo to'g'risida umumiy tasavvurlarni olish imkonini beruvchi, mantiqiy savollar zanjiri. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

7. FSMU-(fikr,sabab,misol, umumlashtirish) usuli. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, o'tilayotgan mavzuga nisbatan fikrlarni bilish maqsadida qo'llanilishi mumkin.Chunki bu texnologiya o'z fikrini boshqalarga o'tkazishga, bahslashishga,erkin fikrlash ,egallagan bilimlarini tahlil etishga va egallaganlik darajasini aniqlashga,baholashga hamda bahslashish madaniyatini o'rgatadi.

8.Assesment (ingl - assessment - baho) o'z-o'zini takdimot qilish, ma'lum bir sinovdan o'tish deb belgilanadi.

Usulning maqsadi. Tinglovchilarning mashg'ulotda o'tilgan mavzuni egallaganligi va bo'yicha tayanch tushunchalarni o'zlashtirib olinganlik darajalarni aniqlash, mustaqil ravishda o'zlarining bilim darajalarini baholash, shuningdek, o'z bilimlarini bir tizimga solishga o'rgatish

Ushbu texnika baholash metodi ichida usul sifatida qo'llaniladi. Demak, talabalar o'z bilim ko'nikma, malakalarini mohirlik bilan sinab, o'z o'zlarini baholashlari, bir sinovdan o'tishlari mumkin.

Amaliy mashg'ulotlarda interfaol o'yinlar va grafikli organayzerlarni qo'llash natijasida shunday xulosalarga kelindi:

1. Aniq qo'yilgan muammo tez va o'z vaqtida xal qilinadi. Har bir talabaning amaliy mashg'ulot davomida faol va qiziqqan holda ishlashi o'z navbatida ularda izlanuvchanlikni, chuqur o'rganuvchanlikni yaratadi.

2.Talabalarning o'z fikr-mulohazalarini o'rtaga tashlashi, bahs va muhoqamalarda ishtirok etishi, bir-biriga va o'qituvchiga savollar berishi, kursdoshlarining javoblarini muhokama qilishi qo'yilayotgan masalalarning yechimini to'g'ri topishda yordam beradi. Shu bilan birga talabalarda o'rganilayotgan mavzuni qabul qilish va eslab qolish diqqatini jalb qilish va mantiqiy fikrlashni jamlaydi.

3.Mashg'ulotlarning asosiy texnologik jihati-o'quv jarayonining so'ngi natijalariga yo'naltirilganligini kuzatishdan iboratdir, ya'ni talabaning o'z imkoniyati darajasiga mos, kafolatlangan bilim olishishiga qaratilgan.

Bu esa mashg'ulotlarni o'zlashtirish va talabalar bilimining individuallashuviga olib keladi. O'qituvchining kasbiy kamolatga erishuvining eng yuqori pog'onasi pedagogik mahoratini belgilaydi. Mahoratli o'qituvchi esa hamisha ilg'or tajribalarni tezda o'zlashtirib oladi. Demak,ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, har bir o'quv predmetining o'ziga xos xususiyatlariga monand yondashish, pedagogning o'qitishning usullari va yo'llarining eng tizimini tanlay olgan holda dars jarayonining to'g'ri tashkil etishi muhim rol o'ynaydi.

Bu usullarni doimo qo'llash talabalarning bilim saviyasini mukammallashtirishda yaxshi samara beradi.

Zotan, pedagogik texnologiya-bu o'quv jarayonini to'liqligicha egallovchi loyiha, yaxlitlilik, natija, ya'ni, o'quv jarayonini inson va texnik imkoniyatlarni hisobga olgan holda aniq maqsad, natijaga yo'naltirilgan jarayonidir.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Ишмух,амедов Р., Абдукодиров А.,Пардаев А. Таълимда инновatsiон технологиялар (таълим муассасалари педагог-укитувчилари учун амалий тавсиялар).-Т. "Истеъдод" жамгармаси, 2008 й.

2.О.Тешаев, ШДосимова Педагогик технологияларни тиббиётда лойих,алаштириш ва режалаштириш Укув-услубий кулланма Т.2010 й.

3.А.Аляви, Ш.Кодирова, З.Умарова Госпитал терапия фанини укитишда кулланиладиган укитишнинг интерфаол усуллари. (Тиббиёт олий таълим муассасалари укитувчилари учун) Тошкент-2010 й.

4.А.Аляви, Ш.Кодирова, З.Умарова Госпитал терапия фанини укитишдакулланиладиган таълим технологияси-Графикли органайзерлар (Тиббиёт олий таълим муассасалари укитувчилари учун) Тошкент- 2012 й.

5. р.Ишму^амедов, М.Юлдашев Таълим ва тарбияда инновaцион педагогик технологиялар Тошкент 2013 й.

6.Qodirova Sh.A. Klinik ish o'yinlarining amaliy mashg'ulotlar samaradorligini oshirishda ahamiyati Eurasian Journal of Academic Research» ilmiy-uslubiy jurnali:№12.2022 y.RNAL

7. Qodirova Sh.A.,Umarova Z.F., Jumanazarov S.B. " Ichki kasalliklar fanini o'qitishda innovasion pedagogik texnologiyaning qo'llanilishi"(tibbiyot oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun) o'quv- uslubiy qo'llanma .T.2022 y.

8.Кодирова Ш.А., Ходжанова Ш.И.Важность симуляционного обучения в практических занятиях Сборник материалов Международной научно-практической конференции "Организация и перспективы симуляционного обучения в медицине" Андижан.2022. 24 октябрь 50-51 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.