Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINFLARDA TIPIK MASALALAR YECHISHNI OʻRGATISHNING AYRIM USLUBIY MASALALARI'

BOSHLANGʻICH SINFLARDA TIPIK MASALALAR YECHISHNI OʻRGATISHNING AYRIM USLUBIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

4064
607
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang'ich sinf / tipik masalalar / fikrlash / bilim / arifmetik amal / ta’limiy imkoniyat. / primary school / typical tasks / thinking / knowledge / arithmetic practice / learning opportunities.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Roziya Davronovna Xaydarova, Seytov Aybek Jumabayevich

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilari tomonidan tipik masalalarni hal qilishga doir ayrim uslubiy yondashuvlar haqida nazariy fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents theoretical views on some methodological approaches to solving typical problems by primary school students.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINFLARDA TIPIK MASALALAR YECHISHNI OʻRGATISHNING AYRIM USLUBIY MASALALARI»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

BOSHLANG'ICH SINFLARDA TIPIK MASALALAR YECHISHNI O'RGATISHNING AYRIM USLUBIY MASALALARI

Roziya Davronovna Xaydarova

Termiz davlat universiteti "Boshlang'ich ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi roziyadavronovna0412@gmail .com

Seytov Aybek Jumabayevich

Chirchiq Davlat Pedagogika instituti dotsenti

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilari tomonidan tipik masalalarni hal qilishga doir ayrim uslubiy yondashuvlar haqida nazariy fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf , tipik masalalar, fikrlash, bilim, arifmetik amal, ta'limiy imkoniyat.

ABSTRACT

The article presents theoretical views on some methodological approaches to solving typical problems by primary school students.

Keywords: primary school, typical tasks, thinking, knowledge, arithmetic practice, learning opportunities.

Matematika darslarida aqliy yukning oshishi o'quvchilarni o'rganilayotgan materialga, ularning dars davomida faolligiga qanday qiziqtirish haqida o'ylashga majbur qiladi. Matematikaga qiziqishning paydo bo'lishi ko'p jihatdan uni o'qitish metodikasiga, o'quv ishlari qanchalik mohirona tuzilganiga bog'liq. Shu munosabat bilan maktab o'quvchilarining fikrlarini faollashtiradigan, ularni o'z-o'zidan bilim olishga undaydigan yangi samarali texnologiyalar va o'qitish usullarini izlash ishlari olib borilmoqda.

Boshlang'ich ta'limda bolalarda natural son va arifmetik amallar haqidagi tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanoq bu ish tushunchalarni amaliy qo'llanishning turli usullarini qarab chiqish bilan, bolalarning sonlarning ba'zi xossalarini, o'nli sanoq sistemasini, arifmetik amallarni va ularga asoslangan hisoblash usullarini o'zlashtirishiga yo'naltirilgan ish bilan o'zaro bog'liq holda amalga oshiriladi. Bu ishning natijasida o'quvchilar dasturga kiritilgan nazariy xarakterdagi masalalarni ham, o'rganilgan nazariy masalalarni ham amaliy va o'quv

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

masalalarini hal qilishga tatbiq etish malakalarini ongli va mustahkam egallashlari hamda og'zaki va yozma hisoblashlarni bajarishlari ham kerak.

O'quvchilarni sonlar va arifmetik amallar bilan tanishtirish matematikadan dastlabki darslarda berilgan ikki buyum to'plamlarining birlashmasiga, ikki to'plam elementlari orasida moslik o'rnatishga va buyumlarning berilgan to'plamlari qismini o'rnatishga amaliy mashq qilish bilan tayyorlanadi.

Boshlang'ich sinflar o'quvchilari yechadigan masalalardan quyidagi tiplarini ajratish mumkin:

1. To'rtinchi proporsional mikdorni topishga doir masalalar.

2. Proporsional bo'lishga doir masalalar.

3. Ikki ayirma bo'yicha sonlarni topishga doir masalalar. Bundan tashqari bu sinflarda ma'lum mazmunli masalalar yechiladi:

vaqtga doir masalalar; harakatga doir masalalar; geometrik mazmunli masalalar. Sonning ulushini topishga doir va unga teskari masalani alohida qarash kerak. Bolalar oldin va boshqalaridan ko'proq uchratadigan masala turi — to'rtinchi proporsional miqdorni topishga doir masaladir. Bu xildagi masalaga uchta bog'liq (proporsional) kattaliklar kiradi, masalan: baqosi, qancha turishi va miqdori; tezlik, o'tilgan yo'l va harakat vaqti; ish, ish vaqti va tayyorlangan detallar mikdori.

Bunda bitta kattalik uchun ikkita qiymat beriladi (Masalan, miqdor: bir marta 6 ta, ikkinchi marta 14 ta daftar sotib olingan); ikkinchi bir kattalik uchun bitta qiymat berilgan, ikkinchisini esa topish kerak (Misol: birinchi xaridning qiymati 12 tiyin, ikkinchi marta qancha to'lashgan?); uchinchi kattalikning qiymatlari berilmaydi, ammo ular bir xil ekani aytiladi (bizning misolda daftarlarning bahosi ko'rsatilmagan, ammo u bir xil). Shunday qilib, masalaga 3 ta kattalik va bu kattaliklarning 3 ta qiymati kiritiladi.

To'rtinchi proporsional miqdorni topishga doir masalalarni yechishda quyidagi usullardan foydalaniladi:

birlikka to'g'ri keltirish usuli; birlikka teskari keltirish usuli; nisbatlar usuli.

Birlikka to'g'ri keltirish usuli shundan iboratki, unda oldin proporsional miqdorlardan birining (tovar, ish va h. k.) bir birligi qiymati (bahosi) bilib olinadi,

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

so'ngra esa shartda ko'rsatilgan miqdorning qancha turishi topiladi. Bunda ikkita qiymati berilgan kattalik birlikka keltiriladi.

O'quvchilar masalalar yechishning qaralgan ikki usuli orasidagi farqni har doim ham ko'ravermaydilar. Ular u usulni ham, bu usulni ham birlikka keltirish usuli deb hisoblaydilar, chunki ikkala holda ham ular bir kattalikning ikkinchi kattalikning birligiga mos keladigan qiymatini biladilar. Bolalar masalalar yechishning bu usullari orasidagi farqni xatosiz ko'rsatishlariga intilish shart emas, bolalarning masalaga kirgan kattaliklar orasidagi matematik boglanishlarning (proporsionallik) mazmunlarini tushunishlari ancha muhimroqdir, buning uchun masalalar yechishda bir kattalik ikkinchi kattalikka qanday boglik ekaniga e'tibor berish kerak. Bolalar masalalar yechishning birlikka to'gri keltirish usuli bilan tanishib olganlaridan keyin birlikka teskari keltirish usuli bilan masalalar yechishga kirishadilar va jadval yoki ifoda tarzidagi qisqa yozuvi bo'yicha mustaqil ravishda bir nechta masala tuzadilar.

Xulosa, boshlang'ich sinflarda matematika fanidan tipik masalalarni yechishning ta'limiy imkoniyatlari o'quvchilarni tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lib, bolalarda ilmiy dunyoqarashning asoslarini tarkib toptiradi, bilish qobiliyatlarini rivojlantiradi, o'qishga va mehnatga halol munosabatni, Vatanga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalaydi.

REFERENCES

1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Muxitdinova M.N., Toshpo'latova M.I., Raximova F. Matematika. TDPU. (Boshlang'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavriyat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun darslik) Toshkent-2012, 284 bet

2. R.K. Gordin. Buni har bir yosh matematik bilishi kerak. Navoiy, 2020. © Elementar matematika.

3. Shodiyeva. M. Boshlang=ich ta'lim jarayoniga innovatsion yondashuv. -T.: Yangi nashr, 2014. -243 b.

4. info@journalpro.ru

5. А.Ж. Сейтов, Ф.Х. Абдумавлонова. Решение геометрических задач с помощью математического пакета MAPLE. Academic research in educational sciences, 2021. T.2 №6 Pp.933-941.

6. S.Kh.Khasanova A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenovю. Optimal control of pumping station operation modes by cascades of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 2021. Tom 8. №4. Pp. 17177-17185.

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

7. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-13852021- 00193. Стр. 265- 273.

8. А.В. Кабулов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. Стр. 6-8

9. АЖ Сейтов, БР Ханимкулов, М Гаипов, О Хамидуллаева, НК Мурадов. Численные алгоритмы решения задач оптимального academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 159 www.ares.uz Управления объектами каршинского магистрального канала. Academic research in educational sciences. T. 2 № 3 pp. 1145- 1145.

10. А.Ж. Сейтов, Б.Р. Ханимкулов, М.А. Гаипов, М.Р. Юсупов. Зарафшон дарёси окимининг хосил булишига атмосфера ёгинлари ва хдво хдроратининг таъсири. Academic research in educational sciences. T.2 №5. Стр. 156-162.

11. A.A. Kudaybergenov A.J. Seytov, A.R. Kutlimuradov, R.N. Turaev, N.K. Muradov. Mathematical model of optimal control of the supply canal to the first pumping station of the cascade of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 № 3 pp. 1679016797.

12. A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenov. S.Kh.Khasanova. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 №2 ISSN: 2350-0328. Pp. 1717717185.

13. Рахимов Ш.Х., Сейтов А.Ж. Теоретико-множественная модель насосной станции, оснащенная осевыми поворотно-лопастными насосными агрегатами. Материалы республиканской научной онлайн конференции молодых ученых «современные проблемы математики и прикладной математики» посвященной 100 летию академика С.Х.Сираждинова (21 мая 2020 г.) Стр. 78-82.

14. Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А., Хонимкулов Б. Р. Моделирования двумерного неустановившегося движения воды на открытых руслах на основе

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 300 www.ares.uz

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

проекционного метода. сборник докладов Республиканской научнотехнической конференции «Инновационные идеи в разработке информационно -коммуникационных технологий и программных обеспечений» 15-16 мая 2020 года. САМАРКАНД. Стр. 60-63.

15. Рахимов Ш. Х., Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А. Критерии управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. Abstracts of IX International Scientific and Practical Conference Kharkiv, Ukraine 2-4 August 2020. Стр. 125-131.

16. Mekhriban Salaeva, Kakhramon Eshkaraev, Aybek Seytov. Solving mathematical problems in unusual ways with excellent limits. European Scientific Conference. Пенза, 17 мая 2020 года рр. 254-257.

17. А.Сейтов. Оптимальные методы управления водных ресурсов в крупных магистральных каналах ирригационных систем. AGRO ILM - O„ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XOJALIGI. Махсус сон. 2020. Ташкент. Стр. 84-86.

18. Ш.Х. Рахимов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Оптимальное управление распределением воды в магистральных каналах ирригационных систем. ILIM ham JAMIYET. SCIENCE and SOCIETY Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes. pp. 810.

19. А.В.Кабулов, А.Ж.Сейтов, А.А.Кудайбергенов, Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. science and society Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes №2 2020. Pp.6-7.

20. Ш. Х. Рахимов, А. Ж. Сейтов, М. Р. Шербаев, Д. Жумамурадов, Ф. Ж. Дусиеров. Структура базы данных и программные модули для моделирования управления водными ресурсами каскада насосных станций каршинского магистрального канала. Мелиорация 2019 3(89) стр. 85-91. (№5, web of science IF=0.144)

21. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.