Научная статья на тему 'Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya jarayonlarida multimedia vositalaridan foydalanish'

Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya jarayonlarida multimedia vositalaridan foydalanish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ta’lim sifati / maorif / ta’lim muassasalari / savodxonlik / multimedia texnologiyalar / axborot / gipermatn tizimlar / gipermedia tizimlari multimedia

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ziyodaxon Komiljon Qizi Qurbanova

Hozirgi kunda o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarida o‘qish hamda o‘qish qoidalaridan xabardorligi, asarni tanlashi, kitob o‘qishga odatlanishi va bu yo‘lda harakatlarni izchil, doimiy tashkil etishi, asarni o‘qishdan zavqlanishi, asar mazmunini tushunishi va olgan taassurotlarini atrofdagilar bilan o‘rtoqlashish ko‘nikmalarining malakaga aylanishini ta’minlashga multimedia vasitalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya jarayonlarida multimedia vositalaridan foydalanish»

Boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiya jarayonlarida multimedia vositalaridan foydalanish

Ziyodaxon Komiljon qizi Qurbanova ziyodaxonqurbanova@gmail.com Namangan davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Hozirgi kunda o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish va matnni tushunish ko'nikmalarini rivojlantirish, o'quvchilarida o'qish hamda o'qish qoidalaridan xabardorligi, asarni tanlashi, kitob o'qishga odatlanishi va bu yo'lda harakatlarni izchil, doimiy tashkil etishi, asarni o'qishdan zavqlanishi, asar mazmunini tushunishi va olgan taassurotlarini atrofdagilar bilan o'rtoqlashish ko'nikmalarining malakaga aylanishini ta'minlashga multimedia vasitalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: ta'lim sifati, maorif, ta'lim muassasalari, savodxonlik, multimedia texnologiyalar, axborot, gipermatn tizimlar, gipermedia tizimlari multimedia

Use of multimedia tools in educational processes in primary

grades

Ziyodakhan Komiljon kizi Kurbanova ziyodakhanqurbanova@gmail.com Namangan State Pedagogical Institute

Abstract: Nowadays, it is important to develop reading and text comprehension skills in primary students of Secondary Education schools, awareness of reading and reading rules in their students, the choice of a work, the habit of reading books and the consistent, constant Organization of actions along the way, the pleasure of reading a work, understanding the content of the work and the use of multimedia

Keywords: quality of education, education, educational institutions, literacy, multimedia technologies, information, hypertext systems, hypermedia systems multimedia

O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar izchil amalga oshirib borilmoqda. Bunday islohotlarni amalga oshirishda "O'ZBEKISTON - 2030" taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar dasturamal bo'lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa ta'lim jarayonlarida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga ham katta e'tibor qaratilgan. Jumladan strategiyaning "Har bir insonga

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 251 [MJ^^^B]

o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" yo'nalishining 2-maqsadida Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini 100 foiz kompyuter sinfi bilan ta'minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang'ich kompyuter savodxonligi ko'nikmalarini shakllantirish masalalari, 6-maqsadida 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo'llanmalar va mobil ilovalarni yaratish, yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish masalalari dolzarb maqsad sifatida belgilab olingan.

Hozirgi kunda maktablarning boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish va matnni tushunish ko'nikmalarini rivojlantirish, ayniqsa 4-sinf o'quvchilarida o'qish (to'g'ri, tezkor, ifodali va tushunib o'qish) hamda o'qish qoidalaridan xabardorligi, asarni tanlashi, kitob o'qishga odatlanishi va bu yo'lda harakatlarni izchil, doimiy tashkil etishi, asarni o'qishdan zavqlanishi, asar mazmunini tushunishi va olgan taassurotlarini atrofdagilar bilan o'rtoqlashish) ko'nikmalarining malakaga aylanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish va matnni tushunish ko'nikmalarini rivojlantirish jarayonining maqsadli, izchil, tizimli hamda samarali tashkil etilishida multimediadan samarali foydalanish muhim ahamiyaga ega.

Boshlang'ich sinflarda matnning mazmuni o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mavzulardan chetlanishi, shuningdek, matn shu yoshdagi maktab o'quvchilari uchun qiziqarli va zavqli bo'lishi, hamda o'quvchi uchun unchalik tanish bo'lmasligi lozim.

Boshlang'ich sinflarda o'quv mashg'ulotlarida syujetning mantiqiy tuzilishiga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot matnda matnning tuzilishi va ma'lumotning mantiqiy ketma-ketligini sarlavhalar, jadvallar, grafiklar kabi vizual elementlar bilan bog'liqligini kuzatish shartdir.

Respublikamizda "Multimediali umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi" elektron ta'lim materiallarini yozish, tahrirlash, ularga ishlov berish va davlat ta'lim standartlariga muvofiq turli fanlardan videoroliklar ishlab chiqilmoqdaki bu mahsulotlardan o'quv jarayonlarini tashkil etishda samarali qo'llanib kelinmoqda. Bu esa boshlang'ich sinflarda o'quv jarayonini yanada samarali va mazmunli hamda qiziqarli bo'lishini ta'minlamoqda.

Multimediali elektron ta'lim resurslarni yaratish texnologiyalarini amalga oshirishda boshlang'ich sinf o'quvchilarining psixo-fiziologik xususiyatlarini e'tiborga olish muammolari asosiy o'rinni egallaydi.

Boshlang'ich sinflarda ta'lim jarayonini optimallashtirish yo'lida asosiy muammo boshlang'ich sinf o'quvchilarining yangi bilimlarni egallash jarayonidagi holatini baholash va yaxshilashdir. Bunda multimediali elektron ta'lim resurslarni yaratishda hisobga olinishi lozim bo'lgan - boshlang'ich sinf o'quvchilarining shaxsiy hususiyatlariga moslashtirish tamoyilidir. Ta'lim faoliyatida boshlang'ich sinf

o'quvchilarining o'qituvchi bilan baravar dars jarayonini o'zlashtirishda qatnashishi sifatli ta'lim jarayonini tashkil etish shartlaridan biridir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun multimediali elektron ta'lim resurslarni yaratishning yuqorida ifodalangan tamoyillari elektron ta'lim vositalarini sifati va samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Boshlang'ich sinflarda ta'lim jarayonini tashkil eitshda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish albatta o'z samarasini beradi. Ba'zi fikr-qarashlar zamonaviy axborot texnologiyalar o'quvchilar ongiga ta'siri borasida tanqidiy mulohaza yuritishi tabiiy hol sababi o'quvchilarning qiziquvchanligi internet va mobil aloqa vositalarga bog'lanib qolishi bilan izohlanadi. Muammoni mobil texnologiya va internetni cheklab qo'yish bilan yechib bo'lmasligini barchamiz bilamiz. Hozirgi kunda barkamol avlodni tarbiyalarshda boshlang'ich sinf o'quvchilarida albatta internetdagi ma'lumotlardan foydalanish madaniyatini (informatsion immunitet) o'rgatish talab etiladi. Bu texnologiyalarga qiziqishni to'g'ri maqsadga yo'naltirish milliy ma'lumotlar ba'zasini ko'paytirish bilan bog'liq. Ayniqsa ta'lim tizimida elektron qo'llanmalar va virtual ta'lim tizimlardagi milliy ma'lumotlar ba'zasining ko'payishi o'quvchilarning ta'lim olishlari uchun samarali vosita bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son)

2. Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimédia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o'quv-uslubiy qo'llanma). -Qarshi: Nasaf, 2011. - 257 b.

3. Apatova P.V. Didakticheskie aspektbi kompyuternogo obucheniya. - M.: Pedagogika, 2002. - 168 s.

4. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. - T.: Fan, 2007. - 160 b.

5. Boqiev R.R., Qayumova N. Axborot texnologiyalarini o'qitish metodikasi. Metodik qo'llanma. - Toshkent, TDPU, 2006. - 80 b.

6. Robert I.V. Novtie informatsionntie texnologii v obuchenii: didakticheskie problemti, perspektivbi ispolzovaniya // Informatika i obrazovanie. 1991. - № 4. - S. 18-25.

7. Taylaqov N. Multimediali (keys) texnologiya. // Xalq ta'limi. - T.: 2004. - № 2. - B. 86-88.

8. G'ulomov S.S., Alimov R.X va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. - T.: Sharq , 2000. - 591 b.

9. Hayitov A.G'. Ta'lim jarayonini kompyuterlashtirish. Uslubiy qo'llanma. -Buxoro: 1999. - 40 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.