Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA INTERAKTIV METODLAR ORQALI OʻQUVCHILARNING LUGʻAT BOYLIGINI VA NUTQINI O‘STIRISH'

BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA INTERAKTIV METODLAR ORQALI OʻQUVCHILARNING LUGʻAT BOYLIGINI VA NUTQINI O‘STIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / oʻqish savodxonligi / interfaol / lugʻat / nutq / " Soʻnggi boʻgʻin yangi soʻz " / " Bir daqiqa " / metod.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Davlatxon Rustamova Toyirjon Qizi, Dildoraxon Aʼzamova Ibroximjon Qizi

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutqini oʻstirishda va lugʻat boyligini oshirishda ona tili va oʻqish savodxonligi darslari jarayonida qoʻllash mumkin boʻlgan interfaol metodlar haqida soʻz yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA INTERAKTIV METODLAR ORQALI OʻQUVCHILARNING LUGʻAT BOYLIGINI VA NUTQINI O‘STIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA INTERAKTIV METODLAR ORQALI O'QUVCHILARNING LUG'AT

BOYLIGINI VA NUTQINI O'STIRISH

1Davlatxon Rustamova Toyirjon qizi, 2Dildoraxon A'zamova Ibroximjon qizi

1Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi, 2Farg'ona davlat universiteti, Boshlang'ich ta'lim

yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11027892

Annotasiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini o'stirishda va lug'at boyligini oshirishda ona tili va o'qish savodxonligi darslari jarayonida qo'llash mumkin bo'lgan interfaol metodlar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ona tili, o'qish savodxonligi, interfaol, lug'at, nutq, " So'nggi bo'g'in - yangi so'z ", " Bir daqiqa ", metod.

Abstract. This article talks about interactive methods that can be used in the course of mother tongue and reading literacy classes to develop the speech and vocabulary of elementary school students.

Keywords: mother tongue, reading literacy, interactive, vocabulary, speech, " The last syllable is a new word ", " One minute ", method.

Аннотация. В данной статье говорится об интерактивных методах, которые можно использовать в ходе занятий по родному языку и грамотности чтения для развития речи и словарного запаса учащихся младших классов.

Ключевые слова: родной язык, грамотность чтения, интерактив, словарный запас, речь, «Последний слог - новое слово», «Одна минута», методика.

Bilamizki, boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarida asosiy e'tiborni o'quvchilaming lug'at boyligini oshirish, bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta'sirchanligini ta'minlashning muhim omili deyishimiz mumkin.

Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida biz o'quvchida to'g'ri, tez, ongli vaifodali o'qish malakalarini shakllantirishimiz, ularni oddiy kitob o'quvchidan chuqur muloxaza yurituvchi ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarishimiz, lug'at boyligini boyitish orqali tevarak atrof borliq haqidagi bilimlarni kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish xar qanday uslubdagi matnni o'qish va uni anglash, tanqidiy, kreativ fikrlash ko'nikmasini egallashda interaktiv metodlarni qo'llab ularga bu bilimlarni egallashlariga imkoniyat yaratishimiz lozim. Boshlang'ich sinf ona tili va o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarni o'quv bilim faoliyatiga tayyorlash, boshqalar bilan muloqatga kirisha oladigan, o'z fikrini boshqalarga tushunarli tarzda yetkaza oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat.

Ona tili va o'qish savodxonligi fanini o'qitishda eng asosiy e'tibor o'quvchida tilga doir to'rt ko'nikma: o'qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so'zlar va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.

Biz ta'lim berishda kommunikativ yondashuvga asoslanishimiz, ya'ni tilning muloqot vazifasini birinchi o'ringa qo'yishimiz darkor. Shuningdek faoliyatga yo'nalgan yondashuv, ongli yondashuv, kashfiyotchilik yondashuvi farqli va tanqidiy yondashuv kabilar e'tiborda bo'lishi lozim.O'quvchilarning ijodiy tafakkurini mustaqil fikrlash darajasi va nutqini o'stirishning zaruriy omillaridan biri lug'atlar ustida ishlashdir. Lug'atlar o'quvchilarning ijodiy tafakkurini mustaqil

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

fikrlash darajasi ijodiy fikr mahsulini og'zaki va yozma shakllarda ravon bayon etishga olib keladigan behad qimmatli va boy so'z zaxirasini vujudga keltiradi.

O'quvchilaming nutqini o'stirish uchun biz turli xil interfaol metodlardan foydalanishimiz mumkin. Masalan, So'nggi bo'g'in - yangi so'z metodidan foydalanadigan bo'lsak, bu metod quyidagicha tartibda o'tkaziladi: o'quvchilar orasidan ixtiyoriy uchta o'quvchi yozuv taxtasi oldiga chiqadilar va shunchaki o'sha paytda xayoliga birinchi bo'lib kelgan bir bo'g'indan iborat bo'lmagan so'zni yozadilar. Shundan keyin so'zlar ketma-ketligini yozgan so'zlarining oxirgi bo'g'inidan boshlanuvchi so'z bilan davom ettirishlari so'raladi . Yozish uchun tanlangan har bir so'zning birinchi bo'g'ini o'zidan oldingi so'zning oxirgi bo'g'inidan iborat bo'lishi lozim. Misol uchun o'quvchining xayoliga kelgan birinchi so'z " qizil" so'zi bo'lsa, so'zlar ketma-ketligi quydagicha davom ettirilishi lozim bo'ladi: qi-zil; zil-zi-la; la-par; par-ran-da; da-la; la-par-chi;

chi-roy-li; li-kop-cha; cha-qa-loq....

Yana bir samarali interfaol metodlarimizdan biri bu - Bir daqiqa metodi hisoblanadi. Bu metodni biz boshlang'ich sinf o'quvchilar bilan jamoa tartibida ham, yakka tartibda ham o'tkazishimiz mumkin. Uning sharti shuki: o'quvchi yangi o'rgangan so'zlarini faqat bir daqiqa davomida yozishi kerak. Bir daqiqa tugagandan so'ng, o'qituvchi o'quvchilardan kim qancha so'z yozolganini aniqlaydi. Undan so'ng esa ustoz eng ko'p so'z yozgan o'quvchini doskaga taklif qiladi va bu so'zlarni qayta o'qib izohlab berishini aytadi. Bu bilan o'qituvchi kam yozgan o'quvchilar esidan chiqargan so'zlarni esiga solishga va diqqatli bo'lishga chaqiradi. Lug'at ustida ishlash orqali o'quvchilarning nutqi yangi so'zlar bilan boyib boradi. Bu esa ularning o'z fikrlarini ravon tilda tushunarli qilib aytishlariga yordam beradi. Zero, Til muncha sharaf birla nutqning olatidir va ham nutqdirki gar nopisand zohir bo'lsa, tilning ofatidir - deganda Navoiy bobomiz insonlarning go'zal nutqi uni sharafli qilishini aytganlar. Maftuna Abduqayumovaning maqolasidagi ushbu satrlar orqali bilishimiz kerakki o'quvchilar g'ozal nutqga ega bo'lishlari ularni yanada yuksaklikka ko'taradi va sharafli qilar ekan.

Xulosa qilib aytganda, bunday tartibdagi metodlar dars samaradorligini nafaqat oshiradi balki, o'quvchilarni harakatga undaydi va ularni o'rganishga, izlanishga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi. Shuning uchun har bir darslarda shu turdagi turli xil metodlardan foydalanib dars o'tishimiz kerak.

REFERENCES

1. Qosimova K, Matchonov S1. Ona tili o'qitish metodikasi.Boshlang'ich ta'lim fakultet talabalari uchun darslik: Toskent: Bayoz, 2022. 304bet.

2. Ona tili va o'qish savodxonligi.2-qism.2-sinf uchun darslik. Toshkent, 2021.

3. Maftuna Abduqayumova, O 'qish darslarida lug'at ustida ishlash , Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar: № 1 (2022): Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar

4. Zilola Baxtiyorovna Xamraeva "Boshlang'ich sinflarning ona tili va o'qish savodxonligi darslarida lug'at ustida ishlashning lingvodidaktik asoslari "central asian academic journal of scientific research volume 2 I ISSUE 5 I 2022 Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

5. Toyirovna R. D. AJMR //AJMR. - 2020.

6. DilobarMaxsitovna K., Toyirjonovna R. D. COGNITIVE APPROACH TO LEARNING SYNONYMS IN PRIMARY EDUCATION SYSTEM //O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. - 2023. - T. 2. - №. 20. - C. 521-525.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

7. Rustamova D. T. K., Mamajonova F. M. K. STAGES OF ACTIVATING LEXICAL SYNONYMS IN THE SPEECH OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 10. -C. 750-756.

8. Niezova M., Rustamova D. Oh no language in their classes students independent teacher of thinking interactive and unconventional methods //Molodoy Uchenyi. - 2020. - T. 4. - C. 480-481.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.