Научная статья на тему '4- SINFDA ONA TILI DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASHDA AMALIY TOPSHIRIQLAR ORQALI O’QUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

4- SINFDA ONA TILI DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASHDA AMALIY TOPSHIRIQLAR ORQALI O’QUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
343
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
LUG‘AT / IZOHLI LUG‘AT / AMALIY TOPSHIRIQLAR / LISONIY LUG‘ATLAR / ENSIKLOPEDIK LUG‘ATLAR / TA’LIM / BIR DAQIQA

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Urazova G.

Ushbu maqolada amaliy topshiriqlardan foydalangan holda o‘quvchilarda lug‘at boyligini oshirish hamda nutq madaniyatini shakllantirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING LEARNING EFFICIENCY THROUGH PRACTICAL TASKS WHEN WORKING ON VOCABULARY IN MOTHER LANGUAGE CLASSES IN 4TH CLASS

This article aims to increase students' vocabulary and form speech culture using practical tasks.

Текст научной работы на тему «4- SINFDA ONA TILI DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASHDA AMALIY TOPSHIRIQLAR ORQALI O’QUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

Urazova G.

Urganch davlat universitetiPedagogikafakultetiBoshlang'ich ta'lim

yo'nalishi 3-kurs talabasi

4- SINFDA ONA TILI DARSLARIDA LUG'AT USTIDA ISHLASHDA AMALIY TOPSHIRIQLAR ORQALI O'QUV SAMARADORLIGINI

OSHIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada amaliy topshiriqlardan foydalangan holda o'quvchilarda lug'at boyligini oshirish hamda nutq madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Kalit so'zlar: lug'at, izohli lug'at, amaliy topshiriqlar, lisoniy lug'atlar, ensiklopedik lug'atlar, ta'lim, Bir daqiqa.

Urazova G.

3rd year student Primary Education Faculty of Pedagogy Urganch State University

INCREASING LEARNING EFFICIENCY THROUGH PRACTICAL

TASKS WHEN WORKING ON VOCABULARY IN MOTHER LANGUAGE CLASSES IN 4TH CLASS

Abstract. This article aims to increase students' vocabulary and form speech culture using practical tasks.

Key words: dictionary, explanatory dictionary, practical assignments, linguistic dictionaries, encyclopedic dictionaries, education, One minute.

Bugungi kunda yurtimizdagi "Kadrlash tayyorlash miliy dasturi", "Ta'lim to'g'risida" gi qonunlar asosida boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish oldiga bir qator vazifalar qo'ymoqda. Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida "ona tili, o'qish bolalarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqni o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta'sirchanligini ta'minlashning muhim omilidir" deyiladi. Ona tilini o'qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o 'rni, vazifasi bilan belgilanadi. Ona tili- millat ruhidir. Tilni asrash, rivojlantirish orqali millat yuksaladi, ravnaq topadi. Tilimizning lug'at tarkibi xalqning turmush tarzi, madaniyati va an'anasini ifodalaydigan so'zlardan tashkil topgan bo'ladi.

Lug'atlar qadimgi davrlarda paydo bolgan. Lug'atlar hajmi, tuzilishi, masadi, vazifasiga ko'ra turlichadir. Bir nechta xususiyatlariga kora ikki turga bo'linadi:

1)lisoniy lug'atlar

2)qomusiy (ensiklopedik)lug' atlar

Ensiklopedik (qomusiy) lug'atlarda qadimiy, tarixiy voqea va hodisalar, buyuk, taniqli shaxslar, mamlakatlar, davlatlar, tabiat va jamiyatdagi ro'y berayotgan hodisalar, ilm-fandagi yutuqlar haqida ma'lumotlar berilgan bo'ladi. Lisoniy lug'atlarning ob'ekti esa so'zlardir. Bunday lug'atlar so'zlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi, tarixi va taraqqiyoti, kelib chiqishi haqida ma'lumot beradi. Lisoniy lug'atlarda so'z ma'nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar, xalq maqollari, xullas, til birliklari va filologik tushunchalarga oid ma'lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug'atlarda til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma'lumot berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to'plash maqsad qilinadi. O'zbek lug'atchiligi tarixida qomusiy lug'atlarni yaratishga 1950-yillardan e'tibor qaratila boshlandi.

Boshlang'ich ta'lim 4-sinflarda ona tili darslarida lug'at ustida ishlashda quyidagicha amaliy topshiriqlardan foydalanish mumkin:

1-amaliy topshiriq. Bir daqiqa metodidan foydalanish mumkin. Salomlashganingizdan so'ng o'quvchilarga "BIR DAQIQA" o'yinini o'tkazamiz deb e'lon qilasiz. Ularga 1 daqiqani ichida mavzuingizga doir izohli lug'atlarni topib 5 ta misol yozing deb aytasiz. Bu orqali o'quvchilar mavzuni qisman o'zlashtirib oladilar. Bu metod o'quvchilarni:

1. Qisqa vaqtni ichida diqqatini jamlaydi

2. Ularni tez fikrlashga o'rgatadi

3. Darsingizni boshlashingiz uchun o'quvchilaringizni ongini miya hujayralarini ochib, bergan ma'lumotlarizni darhol qabul qilishga o'quvchini tayyorlaydi

4.Tezlikda ishlashni o'rgatadi

5. Fikrlarini yozish orqali yozma savodxonligi oshadi

6. Ortiqcha baqir-chaqirsiz sinfni tezda tinchlantirib o'quvchilarni o'zingizga osongina jalb etasiz.

7. 1 daqiqa vaqt tugagandan so'ng javoblarni o'qitganingizda o'quvchilar bir- birlarini g'oyalarini tinglab bahslashishadi bu esa o'quvchini o'z fikrini ayta olishga undaydi.

2-amaliy topshiriq. Jadvalda izohli lug'at berilgan. So'zlarni mosini topib birlashtiring._

Tug'ro Belgi, izn

Qopqa Hikmatli so'z

Nishon Meshda suv tashuvchi

Shon Qobiliyat

Naql Darvoza

Meshkobchi Sozanda

Salohiyat Shuhrat, dong

Mashshoq Gerb. O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlaridan biri.

3-amaliy topshiriq. Find definition metodi. Ushbu amaliy topshiriqni o'tkazishda doska, so'zlar yozilgan kartochkalar kerak bo'ladi. Doskaga yopishtirilib qo'yiladi. O'quvchilarni 2 ta guruhga bo'lib olishimiz zarur. Ushbu o'yin musobaqa tarzida o'tkaziladi. O'qituvchi ta'rifini o'qiydi, o'quvchilar esa tezlik bilan ta'rifi yozilgan so'zni olishlari shart. Masalan: o'quv quroli, xato yozib qo'ysak o'chirish uchun foydalanamiz deb aytiladi. O'quvchilar esa tezlikda o'chirg'ich so'zini topib, olishlari zarur bo'ladi.

4-amaliy topshiriq.

"Ha" yoki "Yo'q" o'yini. So'zlar o'quvchilarga izohi bilan birga o'qituvchi tomonidan o'qib eshittiriladi. O'quvchilar izoh to'g'ri bo'lsa, "Ha", noto'g'ri bo'lsa, "Yo'q" deb javob beradilar va noto'g'ri izohni to'g'rilaydilar.

Hozirgi kunda lugatlar ustida ishlash uchun maxsus darslar ajratilmaydi. Lugatlar bilan ishlash, asosan, ona tili va oqish darslari bilan bogliq holda olib boriladi.Agar lug'at ishlari qatiy bir reja asosida yo'lga qo'yilsa, oqituvchilardan ham, oquvchilardan ham ortiqcha mehnat talab qilinmaydi va kozlangan natijaga oson erishiladi.

Xulosa qilib aytganimizda, lug'atlar bilan ishlash mashqlarini bajarganda ko'proq o'quvchilarning so'z boyligi oshadi, fikrlash qobiliyati kengayadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abduvahob Madvaliyev "o'zbek tilining izohli lug'ati" toshkent-2021.

2. Hamroyev A. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. Buxoro.

3. Matchonov S., Bakiyeva, Gulomova X., Yo'ldosheva Sh., Xolboyeva G. Boshlag'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. -T., Ishonch hamkor. 2021

4. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 4-sinf ona tili darsligi "O'QITUVCHI" Toshkent-2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.