Научная статья на тему 'Umumiy o’rta ta’lim maktablarining ona tili darsliklarida o’quvchilarning lug’at bilan ishlash ko’nikmasini oshirish'

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining ona tili darsliklarida o’quvchilarning lug’at bilan ishlash ko’nikmasini oshirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
40
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ona tili / lug’at / ensiklopedik lug’at / lisoniy lug’at / adabiy til / sheva / faol so’zlar / nofaol so’zlar / matn / yangi so’zlar / talaffuz / ko’p ma’no / so’z birikmasi / bir tilli lug’at / ikki tilli lug’at / qayta bayon qilish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulnora Sherbek Qizi Shomurodova, Tabassum Nurmurod Qizi Xolmurodova, Shodiya Sodiq Qizi Qosimova

Ushbu maqolada lug’at o’zi nima? Ona tili darsliklarida lug’at bilan ishlashning o’rni qandayligi haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, lug’at turlari va ularning o’quvchilar uchun ahamiyati ta’kidlab o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Umumiy o’rta ta’lim maktablarining ona tili darsliklarida o’quvchilarning lug’at bilan ishlash ko’nikmasini oshirish»

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining ona tili darsliklarida o'quvchilarning lug'at bilan ishlash ko'nikmasini oshirish

Gulnora Sherbek qizi Shomurodova shomurodovagulnora3@gmail.com Tabassum Nurmurod qizi Xolmurodova tabassumxolmurodova@gmail.com Shodiya Sodiq qizi Qosimova shoxruxqosimov78@gmail. com Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada lug'at o'zi nima? Ona tili darsliklarida lug'at bilan ishlashning o'rni qandayligi haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, lug'at turlari va ularning o'quvchilar uchun ahamiyati ta'kidlab o'tiladi.

Kalit so'zlar: ona tili, lug'at, ensiklopedik lug'at, lisoniy lug'at, adabiy til, sheva, faol so'zlar, nofaol so'zlar, matn, yangi so'zlar, talaffuz, ko'p ma'no, so'z birikmasi, bir tilli lug'at, ikki tilli lug'at, qayta bayon qilish

Improving students' vocabulary skills in the mother tongue textbooks of general secondary schools

Gulnara Sherbek kizi Shomurodova shomurodovagulnora3@gmail.com Tabassum Nurmurad kizi Kholmurodova tabassumxolmurodova@gmail.com Shodiya Sadiq kizi Kasimova shoxrukhqosimov78@gmail. com Samarkand State University Kattakorgan branch

Abstract: In this article, we will find answers to the questions, what is a dictionary? Native language textbooks talk about working with vocabulary. It also highlights the types of vocabulary and their importance for students.

Keywords: mother tongue, dictionary, encyclopedic dictionary, linguistic dictionary, literary language, dialect, active words, passive words, text, new words, plural meaning, you compound, monolingual dictionary, bilingual dictionary, multilingual dictionary, restatement

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1198

Ona tili - har bir elatning, millatning o'z tili. Ona tili lug'at tarkibi, shu xalqning madaniyati, urf-odatlarini ifodalovchi so'z va tushunchalardan tarkib topadi. Shunday ekan, tilni lug'at tarkibisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Lug'at - 1) Muayyan hududda yoki shevada mavjud bo'lgan so'zlar yig'indisi, leksika. 2) So'zlar, so'z birikmalari, iboralar ma'lum tartibda joylashgan, uning kelib chiqish tarixi, ma'nolari qaysi uslubga xosligi, talaffuzi kabilar izohlangan kitob.

Lug'atlar o'quvchilar uchun muayyan ahamiyatga ega. Ular o'quvchilarni ma'lum tillar bilan tanishtirishga, biron narsa haqida ma'lumot yetkazishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham, maktab darsliklaridagi matndagi noaniq, tushunarsiz, nofaol so'zlarning ma'nolariga izoh berish o'quvchilar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. O'quvchilardan lug'at - diktantlar olish natijasida ulardagi lug'at boyligini oshirish, nutqida ishlatilmaydigan so'zlarni faol nutqqa o'tkazishga erishish mumkin. Har bir lug'at turi o'quvchilar uchun alohida ahamiyatga ega. Shu nuqta'I nazardan, tilshunosligimizdagi lug'atlarning bir nechta so'zini sanab o'tamiz.

1. Ko'zlangan maqsadiga ko'ra lug'at turlari:

a) ensiklopedik (qomusiy) lug'at.

b) Lisoniy (lingvistik) lug'at

Ensiklopedik lug'atlarda tabiat va jamiyatdagi narsa - hodisalar, tarixiy voqea -jarayonlar, buyuk shaxslar, davlatlar haqida ma'lumotlar beradi. Lisoniy lug'atlarda esa, so'zning ma'nosi, imlosi, talaffuzi, xullas, barcha til birliklari haqida ma'lumot beriladi. Bunday lug'atlarga izohli, imlo, tarjima lug'atlarini kiritishimiz mumkin. Masalan, "O'zbek tilining izohli lug'ati" (1981), "O'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati" (Sh. Rahmatullayev, N.Mallayev, R. Shukurov.1980)

2. Tanlangan tillar miqdoriga ko'ra lug'at turlari :

a) Bir tilli

b) Ikki tilli

c) Ko'p tilli

"Adabiyotshunoslik terminlari lug'ati" (H.Homidiy, Sh.Abdullayeva, S.Ibrohimova 1967) bir tilli, "Adabiyotshunoslikning qisqacha ruscha-o'zbekcha terminologik lug'ati" (N.T.Hotamov 1969) ikki tilli, "Lotincha - o'zbekcha - ruscha normal antonimiya lug'ati" (A.A.Asqarov, H.Z.Zohidov 1964) ko'p tilli lug'atlarga misol bo'ladi.

Maktabda o'quvchilar nutqini rivojlantirishda har bitta lug'at turining o'z o'rni bor. Shunga ko'ra, lug'at ustida ishlash metodikasi to'rtta asosiy yo'nalishdan iborat:

1.O'quvchilar lug'atini boyitish ya'ni yangi so'zlarni, bolalar lug'atida bo'lgan ayrim so'zlarning yangi ma'nolarini o'zlashtirish. Ona tili darslarida bir nechta yangi so'zlarning ma'nosini o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1199

2. O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish. Bunda o'quvchi to'liq ma'nosini bilmagan so'zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish, uning ko'p ma'nolarini topish, sinonim va antonimlari bilan qiyoslash orqali amalga oshiriladi.

3. Lug'atni faollashtirish ya'ni o'quvchilar ma'nosini tushunadigan, ammo o'z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'zlarni faol lug'atga o'tkazish. Buning uchun shu so'zlar ishtirokida gaplar, birikmalar, matnlar tuziladi hamda ular qayta bayon qilish yoki yozish orqali mustahkamlanadi.

4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilar faol lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish. O'quvchilar nutqida faol qo'llanadigan so'zlarni boshqa adabiy tildagi ma'nodoshlari bilan almashtirish va ulardan matnda foydalanish orqali tashkil etiladi.

Mumtoz matn va lug'atlar bilan ishlash.

Afv deb kechurmakni aytilur. Bir kishi qilgan kamchililklarini bo'yniga olub, o'kunub, kechurmakni so'rasa, afv qilmoq lozimdur. Chunki afv yaxshi xulqlarning afzali, insoniyatning fazilatidur. Janobi Haq "Qur'oni Karim" da afvni maqtab madh qilmishdir. Oliyjanob kishilar uzurni qabul qilur. Bir kishi qusur va qabohatini bo'yniga olub uzr aytsa, afv qilur, kechirur. Kattalik va ulug'likning lazzati birovdan o'ch olmakda emas, balki afv qilmakdadur.

Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq"

8-sinf ona tili darsligida berilgan yuqoridagi matn asosida lug'at ustida ishlaymiz va ma'nosini aniqlaymiz.

*afv - gunohidan o'tish, kechish, kechirim, uzr.

*xulq - [xulq+atvor] fe'l - atvor, xarakter.

*afzal - eng fozil, fazilatli. Yaxshi a'lo, ortiq.

*fazilat - (arabcha) 1. Afzallik, ijobiy xislat. Yaxshi xulq va xususiyat. 2. Xotin -qizlar ismi.

*madh - (arabcha) maqtov, hamd - sano aytmoq.

*qusur - (arabcha) kamchilik, nuqson, nomukammallik.

*qabohat -(arabcha) qabih ish, razillik, beadablik.Yaramas xatti - harakat.

*o'ch - haqorat, alam, yomonlik uchun qilinadigan javob tarzidagi ish, yomonlik, qasd.

Shu kabi lug'atlarni ma'nosini o'raganish orqali lug'at boyliklarini oshirish mumkin.

Foydalangan adabiyotlar

1. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi birinchi jild. Toshkent. 2000

2. To'lanboyeva Mohinur Xurshidbek qizi. Matn tavsifi va matn turlari. Международный научный журнал "Новостиобразования исследование в XXI веке"№8.В.286

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1200

3. "Falsafa, Mantiq, Etika, Estetika" fanidan ma'ruzalar matni. Toshkent-2018.B.90.

4. 8-sinf Ona-tili darsligi. Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent- 2019. B.51.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1201

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.