Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA IMLO XATOLARI USTIDA ISHLASH'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA IMLO XATOLARI USTIDA ISHLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Boshlang‘ich sinf / imlo qoidalari / to‘g‘ri yozish / imloviy sezgirlik / xato yozish sabablari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G‘Aniyeva Shodiya Azizovna, Intizorxon Yusupova Xasanjon Qiz

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘zlarni xato yozish sabablari, o‘quvchilarni imlo xatolari bilan tanishtirishgan holda to‘g‘ri yozishga o‘rgatish. Imloviy sezgirlikni o‘stirish bo‘yicha so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA IMLO XATOLARI USTIDA ISHLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA IMLO XATOLARI USTIDA ISHLASH 1G'aniyeva Shodiya Azizovna, 2Intizorxon Yusupova Xasanjon qiz

1FarDU dotsenti, filologiya fanlari doktori, 2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11045790

Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarining so'zlarni xato yozish sabablari, o'quvchilarni imlo xatolari bilan tanishtirishgan holda to'g'ri yozishga o'rgatish. Imloviy sezgirlikni o'stirish bo'yicha so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich sinf, imlo qoidalari, to'g'ri yozish, imloviy sezgirlik, xato yozish sabablari.

Abstract. In this article, the reasons why primary school students misspell words, teaching students to write correctly by introducing them to spelling mistakes. There is talk about increasing spelling sensitivity.

Keywords: Elementary, spelling rules, correct spelling, spelling sensitivity, causes of spelling mistakes.

Аннотация. В данной статье рассматриваются причины, по которым учащиеся начальных классов пишут слова с ошибками, обучая учащихся правильному письму, знакомя их с орфографическими ошибками. Говорят о повышении чувствительности к правописанию.

Ключевые слова: Элементарный, правила правописания, правильное написание, чувствительность к правописанию, причины орфографических ошибок.

Yurtimizda oldimizga qo'ygan ezgu g'oya va masadlarimizni amalga oshirish yo'lida yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlab ularning ijodiy kamol yozish yo'lida boshlang'ich ta'limning o'rni katta, sababi barkamol shaxslarni yaratishda boshlang'ich ta'lim poydevor vazifasini o'taydi. O'sib kelayotgan avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda boshlang'ich sinf muhim bosqich sanaladi. Savodxonlikning muhim vazifasi to'g'ri yozish va to'g'ri o'qish hisoblanadi.To'g'ri yozishda imlo qoidalarini bilish muhim sanaladi. Uni qay tarzda o'rgatish esa o'qituvchining vazifasidir. O'quvchilarni to'g'ri yozuv malakasini shakllantirish grammatik nazariyani va imlo qoidalarini o'zlashtirishga asoslanadi.

Imlo so'z yunoncha "to'g'ri yozaman " degan ma'noni anglatadi. Imlo bu- jamiyat qabul qiladigan va ishlatadigan tarixan shakllangan qoidalar va imlolar tizimi. Imloning maqsadi-yozma muloqotning qulay vositasi bo'lib xizmat qilish, shuning uchun uning bevosita maqsadi nutq mazmunini to'g'ri va aniq qilib yetkazish. To'g'ri yozishni o'rgatish boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ahamiyatli vosita hisoblanadi. To'g'ri o'qiy olmaydigan bola to'g'ri yozishni bilmaydi. Aksincha, to'g'ri yozma olmagan bolalar esa to'g'ri o'qiy olmaydi. Bu bir biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan jarayon hisoblanadi. Bunday hollar ularning kelajakdagi o'qishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Dastlab, har bir so'z , uning o'qilishi , yozilishi bo'yicha ishlarni olib borish keyinchalik grammatik qoidaga tegishli mavzular o'rgatiladi.

Masalan, "Gap mavzusini o'tishda" to'g'ri ko'chirib yozish ,gapni bosh harf bilan yozish, gapning oxiriga nuqta qo'yish va boshqa sodda qoidalar o'rgatiladi. Imlo qoidalarini grammatik,fonetik va so'z yasalishiga oid bilimlarni o'zlashtirmay turib o'rganish mumkin emas.

Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor hisoblanadi. Shuning uchun boshlang'ich sinflarda imlo bilan uning grammatik usullari o'rgatiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

O'quvchilarning savodxonligini oshirishda ya'ni, imloviy xatolar ustida ishlash uchun turli metodlardan foydalanish samarali usullardan biri hisoblanadi. Hozirgi rivojlanayotgan zamonda darsda noananaviy usullardan foydalanish ta'lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Masalan: "To'g'ri yoz" o'yini . Ushbu o'yinni tashkil etishdan asosiy maqsad ,o'quvchilarning imlo xatolariga yo'l qo'ymaslikka o'rgatish, bundan tashqari og'zaki va yozma nutqini ravon bo'lishiga yordam beradi. O'qituvchi jumlalari chalkash berilgan so'zlarni ekran orqali namoyish qiladi. O'quvchilar esa ushbu chalkash berilgan jumlalarni asl holiga keltirib birlashtiradilar. Bunday o'yinlarni o'tkazishdan maqsad, o'quvchilarning ko'z xotiralari orqali so'zlarni yozilish tartibini eslab qolish va so'zlar talaffuziga e'tiborlarini qaratish.

Imlo masalasi doimo muhim sanalgan . Shuning uchun o'qituvchilar imloviy savodxonlikni shakllantirish uchun imlo qoidalari ustida ishlab , ta'limiy diktantlar o'tkazishni yo'lga qo'yish va o'quvchilar yo'l qo'ygan xatolarni tahlil jarayonida muntazam kuzatib borish talab etiladi.

Grammatikadan o'quvchilarga yangi bilim berishda suhbat , bayon, ta'rif va qoidalar ustida ishlash kabi metodlardan, o'tilganlarni qaytarish , mustahkamlash va umumlashtirishda esa amaliy ishlar , mashq , grammatik tahlil , kochirib yozish, diktant , bayon va boshqalar qo'llaniladi.Demak, grammatika va imlo o'qitish davrida o'qituvchi bilan o'quvchining birga ishlashni tashkil etish usullari asosan uch xil boladi:

-O'qituvchining bayoni

-O'qituvchining o'quvchilar bilan suhbati

-O'quvchilarning mustaqil ishlari.

Bayon yordamida murakkabroq , ayniqsa o'quvchilarga oldindan tanish bo'lmagan mavzular izohlanadi.Grammatik ta'rif mohiyatini tushuntirish, o'quvchilarga qo'shimcha ma'lumot berish, ularning xatolariga javob berishda ham bayon usuli ishlatilishi mumkin. O'qituvchining bayon usulida o'qituvchi zarur grammatik ma'lumotlarni ma'lum vositalar yordamida bayon etadi, tushuntiradi, o'quvchilar o'qituvchi fikrini kuzatib , tinglab boradilar. O'qituvchining grammatik material haqidagi bilimlarini aniqlab, shularga tayangan holda grammatik mavzuni , uning belgilarini aniq va izchil ochib borish maqsadga muvofiqdir.

Qolaversa, xatolar ustida ishlashni samarali tashkil etish uchun o'qituvchi dastlab, o'quvchilarning imlo xatolalarining sabablarini bilish kerak. Pedagogik va uslubiy adabiyotlarni kuzatish va tahlil qilish bizga imlo xatolarning sabablarining bir nechta guruhlarini bo'lib olishga yordam berdi.

Birinchi guruhga xatolar bo'yicha ishlarni tashkil etish bilan bog'liq sabablar kiradi.(V.G.Bryukov, Nazarova va boshqalar) Bunday o'quvchilarga xatolar ustida ishlashda tizimli ishlarni olib borilmaslik, o'quvchining yozish jarayonida o'zini tuta olmasligi va yozganini qayta tahlil qila olmasligi , yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash jarayonida individual vazifalarni hisobga olish.

Ikkinchi guruhga o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishi bilan bog'liq sabablar.

Uchinchi guruhga esa sinf o'quvchilarining imlo qoidalarini egallashlari bo'yicha sabablar.

To'rtinchi guruhga individual psixofizik sabablar bo'lishi mumkin. Ya'ni nutq nuqsonlari, diqqatning beqarorligi, xotiraning yetarli darajada rivojlanmaganligi, sekin yozilishi tufayli yuzaga keladigan xatolar shular sirasiga kiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Shunday qilib, imlo xatolarining sabablarining xilma-xilligi tufayli o'qituvchi uchun ko'pgina qiyinchiliklar tug'diradi, lekin tajribali , malakasi xamda o'quvchilar psixologiyasi bilan muntazam shug'ullanib kelgan pedagoglar ushbu masalani qay holda bartaraf etishni biladilar.

O'quvchilarni to'g'ri yozishga birdaniga o'rgatish qiyin.Sababi shundan iboratki, gapirish bilan o'ylashga bogliq, shuning uchun dastlab, bolaning sintaksis tomondan gapni to'g'ri tuza bilishi stilistik tomondan esa so'zlarni o'rnida to'g'ri qo'llay bilishi . Bundan tashqari bolalarni to'g'ri yozishga o'rgatish, unga ko'niktirish qiyin hisoblanadi . Sababi, o'qituvchi sodda mashqdan boshlab, bolalarning ijodiy ishlash davri orasidagi yo'lni amaliy tarafdan bosib o'tadi. Bu esa so'zni fonetik va morfemik jihatdan analiz qilish degani, desak, adashmagan bo'lamiz.

REFERENCES

1. Abdullayeva Q va boshqalar , "Savod o'rganish darslari" , Toshkent 1996

2. A.Pirniyazova "Boshlang'ich sinf ona tili o'qitish metodikasi ", Toshkent 2018

3. Jo'rayev A. S. "Ta'limning interfaol usullari" (o'quv qo'llanma) Buxoro 2006

4. Karima Qosimova " Ona o'qitish metodikasi" Toshkent 2009

5. Avliyoqulov N.X. "Zamonaviy o'qitish texnologiyalari " (o'quv qo'llanma) -Buxoro. Matbaa , 2001

6. Tojiboyeva D."Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi"(o'quv qo'llanma) T:2007

7. www. ziyonet.uz materiallari

8. www.kitob.uz

9. www.referat.arxiv.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.