Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA IKKI TILLI O’QITISHNING(0’zbek-ingliz) MEHANIZMI'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA IKKI TILLI O’QITISHNING(0’zbek-ingliz) MEHANIZMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inkluziv ta’lim / interfaol metodlar / inglizcha atamalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.M.Axmadjonova

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning dunyoqarashi,fikrlash qobilyati,nutq boyligini oshirishda chet tillarining ahamiyati hamda ikki tilli o’qitish ta’lim jarayonni tashkil etish uchun bir qator zamonaviy interfaol metodlarni pedagogik jarayonga tadbiq etish yuzasidan tafsiya va ma’lumotlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA IKKI TILLI O’QITISHNING(0’zbek-ingliz) MEHANIZMI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA IKKI TILLI O'QITISHNING(O'zbek-ingliz)

MEHANIZMI G.M.Axmadjonova

Far.du 1-kurs doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.11027602

Annotatsiya. Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning dunyoqarashifihrlash qobilyati,nutq boyligini oshirishda chet tillarining ahamiyati hamda ikki tilli o'qitish ta'lim jarayonni tashkil etish uchun bir qator zamonaviy interfaol metodlarni pedagogik jarayonga tadbiq etish yuzasidan tafsiya va ma'lumotlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: inkluziv ta'lim,interfaol metodlar,inglizcha atamalar.

Abstract. This article describes the importance of foreign languages in improving the outlook, thinking ability, and vocabulary of children of junior school age, as well as the application of a number of modern interactive methods to the pedagogical process to organize the bilingual teaching and learning process.

Keywords: inclusive education, interactive methods, English terms.

Аннотация. В данной статье описано значение иностранных языков в совершенствовании кругозора, мышления и словарного запаса детей младшего школьного возраста, а также применение в педагогическом процессе ряда современных интерактивных методов для организации билингвального обучения. и процесс обучения.

Ключевые слова: инклюзивное образование, интерактивные методы, английские термины.

Bugungi kunda chet tillarini o'rganish eng dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda.Maktablarda ikkinchi tilni o'z ona tilimiz bilan hamohang tarzda o'rganish maqsadga muvofiqdir.Ona tili va ikkinchi til ta'limidagi qoidalar sistemali (uzviy) lingvistik mazmun kasb etadi. Chunki tilni tabiiy muhitda amaliy o 'rganish va unga ajratiladigan vaqt (soatlar) miqdori mukammal qoidalar berish imkoniyatiniyaratadi. Chet til o'rgatish sharoiti (sun'iy muhit va ajratilgan kam soatlar) qoidalami oddiylashtirish va sonini ozaytirish muammosini ko'ndalang qilib qo'yadi.Til birligi, bir tomondan, sezgilar yordamida idrok etilsa,ikkinchi tomondan, faqat tafakkur hosilasi, mantiqiy jarayon natijasi bo'lib ro'yobga chiqadi.Nutq faoliyati nazariyasidan ma'lumki, faoliyat mazmunini harakatlar tashkil etadi (akademik Aleksey Nikolayevich Leontyev). Subyekt harakati oriyentir (yo'llovchi) va ijro qismlaridan iborat. Mas. grammatik harakatlarni egallash nutqning grammatik shakUanishida avtomatlashgan malakaning hosil bo'lishi demakdir (prof. Valentina Samoylovna Setlin ilmiy kashfiyoti).Harakat, o'z navbatida, operatsiyalardan tuziladi. Operatsiya harakatning ro 'yobga chiqish vositasidir. Operatsiyalar sistemasi— harakat modeli, uni bajarish algoritmidir.Til o'rgatish metodikasida algoritm bilan qoidani chalkashtirish yaramaydi. Algoritm deganda, oddiy operatsiyalarni muayyan izchillikda bajarish haqidagi aniq ko'rsatmani tushunamiz.Har qanday algoritm — bu qoidadir, lekin har qanday qoida algoritm emas. Qoida nomi bilan odatda nutqiy Grammatik ko'nikma hosil qilish jarayonida qoilaniladigan ko'rsatmalar yoki umumlashmalar majmuasini atash ma'quldir. Chet til qoidasi nutq faoliyatini egallashni osonlashtiruvchi vositadir, qoida nutq materialini o'zlashtirish nuqtayi nazaridan ikkiga bo'linadi: Qoida — umumlashma (material nutqda o'rganilgandan so'ng) va qoida — ko'rsatma (material o'rganilishi oldidan beriladi).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

O'quvchilarning til tajribasi uch tildan yig'ilgani bilim, ko'nikma va malakalar (kompetensiya) majmuasi (sintezi) bo'lib, uning hajmi, qo'llanish ko'lami, o 'zaro bog'liqligi masalalari metodikaning til tajribasini hisobga olish prinsipi doirasiga kiradi. Til tajribasini hisobga olish deganda, o'quvchi shu kungacha o'zbek, rus, chet til (ingliz, ispan, nemis yoki fransuz tili)dan olgan bilim, ko'nikma va malakasining hozir o'rganayotgan chet til materialini o'zlashtirishga salbiy (interferensiya) yoki ijobiy (transpozitsiya/fatsilitatsiya) ta 'siri tushuniladi.Masalan, chet tildagi ,,artikl" atalmish grammatik hodisani o 'rgatish chog'ida, uning o 'zbek tilida mavjud emasligi tufayli, mazkur Grammatik kategoriyaga oid ,,artikl" tushunchasi shakllantiriladi. Oqibatda o'quvchi til tajribasi endi chet tildagi ,,yangilik" bilan boyiydi. Grammatikadan hozirgi, o 'tgan va kelasi zamonlar (mas. Present Indefinite, Presente de Indicativo, Prasens, Present)ni o 'rganishda ularning qo'llanilishi (funksiyasi), yasalishi (shakli) va ma'nosi (semantikasi) alohida metodik yondashishni talab etadi. Fe'l zamonining funksiyaviy tarafi o 'quvchilar uchun deyarli qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki grammatik hodisaning „takrorlanib turadigan ish-harakatni ifodalashi" o'zbek tilidan ma'lum. Bunday holat o'quvchilar ona tilisi tajribasidan olgan bilimlari yordamida chet til hodisasini egallashga imkon tug'diradi.Ushbu fe'l zamonining yasalishi (formasi) esa o'zbek va chet tilda butunlay farq qiladi.

Chet tildagi ikki so'z (yordamchi va yetakchi fe'llar)dan tuziladigan zamon shakli (mas. Future Indefinite, Future Simple, Futurum I, Futur simple)ni o'rganishda o'quvchilar til tajribasi tarkibida mavjud ruscha (ikkinchi til)dan foydalanish ma'qul (буду+делать, будешь+ходить). Zero, o'quvchiga ona tilida fe'l zamoni yasalishi chet til hodisasi (kelasi zamon)ni o'rgatishda usluban maqbul emas,bu o'rinda, ona tili tajribasi to 'sqinlik qilishi (interferensiya)muqarrar.

Demak, o'quvchilarning til tajribasi chet til o'rganishda g'ov bo'lishi (salbiy ta'sir — interferensiya) yoki yordam berishi (ijobiy ta'sir — transpozitsiya) kuzatiladi.

Binobarin, chet til muallimi o'quvchilaming ona tilisini, ikkinchi tilni va o'rganilayotgan chet tilni amaliy va nazariy puxta bilmog'i darkor.Shuningdek, o'qituvchining o'qitish metodikasidan atroflicha xabardor bo'lishi talab qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, kichik yoshdagi bolalarga til o'rgatish majburiyat sifatida emas, qiziqarli mashg'ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars o'tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet tillarini o'rganish qanchalar muhimligini tabiiy sharoitlar orqali to'g'ri tushuntirib borilishi darkor.

REFERENCES

1. Б. В. Беляев. Психология владения иностранным языком: Докт.дисс. — М., 1960.

2. G'afur G'ulom. Ko'p tilni bilishning xosiyati / / 0 'qituvchilar gazetasi, 1965-yil 16-sentabr („Toshkent oqshomi" gazetasining 1989-yil 6-aprel sonida ,,Ko'p tilni bilish xosiyati" nomi bilan qayta bosilgan).

3. J.Jalolov ,,0 'QITUVCHI" NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI TOSHKENT - 2012

4. John Adams.Analysis of retirement age in different countries of the world.London 2017. 2. —Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida (PQ-1875-son)IIXalq so'zi gazetasi. 2012yil. 12-dekabr.

5. J. Jalolov . —ingliz tilini o'qitish metodlaril —O'qituvchil nashiryoti Toshkent

6. To'xtasinova, N. R. Q., & Soibjonova, M. T. O. Q. (2022). TAG MA'NO VA PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor asarlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

misolida). Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(4), 141146.

7. Тухтасинова, Н. Р. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ ПРЕДВАРИТЕЛЬНЫХ И ТАГМАНСКИХ СОБЫТИЙ НА РАБОТАХ АБДУЛЛЫ КАХХАР. Экономика и социум, (2-2), 240-244.

8. Pratova, G. O., & To'Xtasinova, N. R. Q. (2022). O'ZBEK TILIDA FREZEOLOGIZMLARNING PRAGMATIK SINONIMYASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5), 35-38.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.