Научная статья на тему 'THE WAYS OF PREVENTING FROM INTERFERENCE IN TEACHING FOREIGN LANGUAGE'

THE WAYS OF PREVENTING FROM INTERFERENCE IN TEACHING FOREIGN LANGUAGE Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
98
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
INTERFERENCE / FACILITATOR / MOTHER LANGUAGE / COMPETENCE / GRAMMAR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Сандибаеава Д., Норкузиева И.

The actuality of the article is to find out the interference in teaching foreign languages and prevent from them.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕДОТЫ ПРОФИЛАКТИКИ ВМЕШАТЕЛЬСТВА В ПРЕПОДАВАНИИ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ

The actuality of the article is to find out the interference in teaching foreign languages and prevent from them.

Текст научной работы на тему «THE WAYS OF PREVENTING FROM INTERFERENCE IN TEACHING FOREIGN LANGUAGE»

YneHbiH XXI BeKa • 2016 • № 5-2 (18)

UDC 001.891

TALABALARGA CHET TILNI O'RGATISH JARAYONIDA UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLARNINI BARTARAF ETISH USULLARI

D. Sandibayeva1, I. Norkuziyeva2

Anotatsiya

Maqolaning dolzarbligi shundagi talabalarga chet tilni o'rgatishda uchraydigan qiyinchiliklarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

Tayanch so'zlar: interferensiya, fasilitatsiya, ona til, kompetensiya, grammatika.

Bizga ma'lumki, o'zga bir tilni o'rganish jarayonida har bir izlanuvchi albatta qiyinchiliklarga uchraydi. Ya'ni birinchi tilga ikkinchi til interferensiya yoki fasilitatsiya berishi mumkin. Bugun biz interferensiya haqida so'z olib boramiz. Interferensiya turli tillarda bir o'zakli termin bo'lib, (ingliz tilida interference, nemis tilida Interferenz, fransuz tilida interférence, rus va o'zbek tillarida interferensiya) Interferensiya (lotincha - orasida, ichida+ferens (ferentisi) - ko'chiruvchi, o'tkazuvchi) - salbiy ta'sir, noma'lum ko'chish, to'sqinlik qilish, g'ov bo'lish (bilim, ko'nikma, malakaning salbiy natijaga olib borishi) ma'nosini anglatadi [1].

Interferensiya hodisasini tavsif etishdan oldin ta'lim sharoiti va uning tarkibiy qismi, til tajribasi, til texnikasi xususida to'xtalib o'tish lozim.

O'quvchilarning til tajribasi uch tildan yig'ilgan bilim, ko'nikma va malakalar (kompetensiya) majmuasi (sintezi) bo'lib, uning hajmi, qo'llanish ko'lami, o'zaro bog'liqligi masalalari metodikaning til tajribasini hisobga olish pritsipiga kiradi. Til tajribasini hisobga olish deganda, o'quvchi shu kungacha o'zbek, rus, chet til (ingliz, ispan, nemis yoki fransuz tilidan) olgan bilim, ko'nikma va malakaning hozir o'rganayotgan chet til materialini o'zlashtirishga salbiy (interferensiya) yoki ijobiy (transpozitsiya/ fatsilitatsiya) ta'siri tushuniladi. Masalan, chet tildagi "artikl" atalmish grammatik hodisani o'rgatish chog'ida, uning o'zbek tilida mavjud emasligi tufayli, mazkur grammatik kategoriyaga oid artikl tushunchasi shakllantiriladi. Oqibatda o'quvchi til tajribasi endi chet tildagi "yangilik" bilan boyiydi [1].

Ta'lim sharoitining birinchi tarkibiy qismi - talabalarning yosh xususiyatlari va umumiy saviyasi tushunchasidir. Ta'lim jarayonida turli o'quv fanlari, xususan, chet tilni o'qitish tufayli keng ko'lamli bilim(axborot)lar tizimini o'zlashtirilishi tufayli talabalarda tafakkurning faolligi, mustaqilligi, mazmundorligi, mahsuldorligi ortadi. Ularda mantiqiy tafakkur tarkib topib rivojlana boradi. O'zini anglash, jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilish istagi talabalarda ilmga intilishni yuqori pog'onaga ko'taradi.

Ta'lim sharoitining ikkinchi tarkibiy qismi - til tajribasi bilan bog'liq tushunchadir. Termin ushbu o'rinda tor lingvodidaktik jihatdan talqin qilinadi. O'quvchining tajribasi umumiy xabardorlik(ob'ektiv borliq haqidagi ma'lumotlarni bilish)dan, til zahirasining leksika, grammatika, talaffuz kabi vositalardan, muayyan bir mavzu doirasida ma'lumotlarni berish va olish qobiliyatidan iborat bo'ladi [1: 59 -60].

Bir va undan ortiq tilni egallashdan qat'i nazar talabada (har qanday kishida ham) muayyan til tajribasi hosil bo'ladi. Til o'qitishda ularni nutqiy, lisoniy va lingvistik tarkiblar tarzida talqin qilinadi. Nutqiy tarkib deganda, muloqot malakasi, ya'ni axborot etkazish va o'zgalar fikrini idrok etib tushunish, lisoniy tarafida esa axborot olish va berish maqsadida til hodisalaridan foydalanish va, nihoyat, "lingvistik jihat"dan til hodisalariga doir bilimlar nazarda tutiladi. Har uch qism bir butun "til bilish" tushunchasini hosil qiladi [1].

Til tajribasi, dastavval, ona tili ta'sirida shakllanadi, ikki va undan ortiq tilda so'zlashuvchilarda esa uning tegishli qatlamlari oshib boradi. Oqibatda, xotira va tafakkurda nutqiy, lisoniy va lingvistik tarkiblar rivojlanishiga olib keladi. Fikrni ifodalashda turli tillarga oid vosita va usullar ishga tushadi. Shu tufayli bir til doirasida

1Sandibayeva Dilafruz - assistants of foreign language faculty, Djizak Polytechnic Institute, Uzbekistan.

2Norkuziyeva lroda - assistants of foreign language faculty, Djizak Polytechnic Institute, Uzbekistan.

Педагогические науки

ichki va tillararo salbiy (interferensiya) yoki ijobiy ta'sir (transpozitsiya/fatsilitatsiya) xususiyatlariga ta'lim jarayonida farqlab yondashish muammosi paydo bo'ladi.

Talabalarning til tajribasi uch tildan yig'ilgan bilim, ko'nikma va malakalar majmui bo'lib, uning hajmi, qo'llanish ko'lami, o'zaro bog'liqligi masalalari metodikaning til tajribasini hisobga olish prinsipi tashkil etadi. Talabalarning til tajribasi chet til o'rganishda g'ov bo'lishi (salbiy ta'sir - interferensiya) yoki yordam berishi (ijobiy ta'sir - transpozitsiya/fatsilitatsiya) kuzatiladi.

Ilmiy tadqiqotlarda talabalar til tajribasi (TT)da yuz beradigan psixolingvistik hodisalar haqida fikr yuritilgan: (a) ona tilidan ikkinchi tilga (TTldan TT2ga), (b) ona tilidan chet tilga (TTldan TT3ga), (v) ikkinchi til(rus tili)dan chet tilga (TT2dan TT3ga), (s) ona tili va ikkinchi tildan chet tilga (TT1-TT2 dan TT3ga) bo'ladigan ijobiy va salbiy ta'sir natijalari tadqiq qilingan [4].

O'quvchilarning til tajribasi uch tarkiblidir, ya'ni TT1 (ona tili), TT2 (ikkinchi til) va TT3 (chet til)dan iboratdir.

Oliy maktabda chet tilni o'rgatishda sodir bo'ladigan interferensiya va ijobiy ko'chish masalalari metodikada eksperimental tarzda hal qilingan. Eksperimental tadqiqot olib borgan B.A. Lapidus interferensiyaning quyidagi qonuniyatlarini kashf etgan: - ikkinchi chet til matnining retsepsiyasi (idrok etib tushunish) chog'ida birinchi ikki tildan har biri qo'l kela beradi; - oldin o'rganilgan tillarni endigina egallashga kirishilgan tilga ta'sirining farqli tomoni shundaki, bu paytda interferensiyaning yuz berishi, ehtimoli katta. Bunda tillararo salbiy ta'sirgina emas, balki interferensiyaning manbai qaysi tilda bo'lishi haqida fikr yuritilmoqda;

- ikkinchi til hodisasining muayyan korrelyati (munosabatdorini) birinchi tilda talabalar etarli darajada bilsalar, ona tiliga nisbatan birinchi chet til kuchli salbiy ta'sir o'tkazadi;

- ikkinchi tilni egallash davrida, ona tiliga qaraganda, birinchi chet tilning kuchliroq salbiy ta'siri metodik voqelikka zid bo'lib chiqqan holatlarni ham e'tirof etish joizdir [2:8].

Masalan artikl, kelishiklar, gap tartibi, predloglar va ko'p zamon shakllari va ko'p jinslilikning mavjudligi o'zbek talabalariga interferensiya beradi. Ammo rus talabalariga esa bu holatlarrning ko'pchiligi grammatik tomonidan bir xillikka egaligi va ota tili bir bo'lganligi sabab fasilitatsiya beradi.

Xulosa qiladigan bulsak talabalarga chet tilni o'rgatish jarayonida ikkinchi tilning fasilitatsiya yoki interferensiya berish xususiyatini, ikki tilning o'zaro grammatik tuzilishi va etnik kelisb chiqishi bilan bog'liqdir.

AdaSuemAap pyüxamu:

1. Jalolov J.J. Chet til o'qitish metodikasi: Chet tillar oliy o'quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. -T: O'qituvchi, 2012. - 432 b.

2. Lapidus B.A. Osnovbi metodiki prepodavaniya vtorogo inostrannogo yazbika kak spesialnosti. - M., 1976. - 155 s.

3. Saidaliyev S. Chet til o'qitish metodikasidan ocherklar: O'qituvchi va talabalar uchun qo'llanma. - Namangan, 2004. - 238 b.

4. Sattorov T.Q. Bo'lajak chet tili o'qituvchisining uslubiy omilkorligini shakllantirish texnologiyasi. -T.: TDYul, 2003.-192 b.

© D. Sandibayeva, I. Norkuziyeva, 2016

UDC 001.891

THE WAYS OF PREVENTING FROM INTERFERENCE IN TEACHING FOREIGN LANGUAGE

D. Sandibayeva, I. Norkuziyeva

Abstract. The actuality of the article is to find out the interference in teaching foreign languages and prevent from them.

Keywords: interference, facilitator, mother language, competence, grammar.

© D. Sandibayeva, I. Norkuziyeva, 2016

Ученый XXI века • 2016 • № 5-2 (18)

УДК 001.891

МЕДОТЫ ПРОФИЛАКТИКИ ВМЕШАТЕЛЬСТВА В ПРЕПОДАВАНИИ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ

Д. Сандибаеава, И. Норкузиева

Аннотация: актуальность данной статьи заключается в выяснении причин вмешательства в обучении иностранным языкам.

Ключевые слова: интерференция, содействующей стороны, родной язык, компетентность, грамматика.

© Д. Сандибаеава, И. Норкузиева, 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.