Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “GAP” TUSHUNCHASI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “GAP” TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Gap / darslik / islohot / darak gap / buyruq gap / so‘roq gap / his-hayajon gap / tinish belgilari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jo‘Rayeva Shodiya Kenjaali Qizi

2023-yil “Novda” nashriyotida chop etilgan yangi darsliklar har bir yoshdagi bolalar uchun mos. Kichik maktab o‘quvchilari diqqatini o‘ziga qarata oladigan tarzda yorqin ranglar tanlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “GAP” TUSHUNCHASI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA "GAP" TUSHUNCHASI

Jo'rayeva Shodiya Kenjaali qizi

FarDU bakalavr 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11213889

Annotatsiya. 2023-yil "Novda" nashriyotida chop etilgan yangi darsliklar har bir yoshdagi bolalar uchun mos. Kichik maktab o'quvchilari diqqatini o'ziga qarata oladigan tarzda yorqin ranglar tanlangan.

Kalit so'zlar: Gap, darslik, islohot, darak gap, buyruq gap, so'roq gap, his-hayajon gap, tinish belgilari.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.06.2023 yildagi qaroriga muvofiq1 mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko'rsatib, o'zining bilim va qobiliyati, tashabbuskorligi bilan Vatanimiz taraqqiyotini, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan mard o'g'lonlarni munosib rag'batlantirish maqsadida:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta'lim adabiyot va yana shu kabi sohalarda erishgan yutuqlari uchun "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash.

2. "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko'krak nishonlarni tantanali topshirish.

3. Mukofot sovrindorlariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta'minlash.

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni shu ko'rinishda rag'batlantirish jarayonlari boshqa yoshlarni ham o'z ustida ishlashga undaydi va ilm fan, san'at va adabiyot kabi yo'nalishlarni yanada rivoshlanishga olib keladi.

Maqolani yozishdan masad gap haqida umumiy ma'lumot yig'ish, boshlang'ich sinflarda gap mavzusi borasida berilgan ma'lumotlarni aniqlash va tahlil qilish

Gap - bu muayyan til qonuniyatlariga ko'ra grammatik va intonatsiyaviy shakllangan nutq birligi, fikr shakllanishi va uning ifodalanishini asosiy vazifasi bo'lib xizmat qiladi. Kishilar o'zaro fikr almashadilar, aloqa qiladilar, bunday aloqa amlashinuvi faqat gap orqali yuzaga keladi. Shuning uchun gap fikrni ifoda etuvchi nutq birligi deb yuritiladi.

Boshlang'ich sinflarda "Gap" haqidagi boshlang'ich tushunchalar 3-sinf darsligi 3-qismda berilgan. Mavzuni qoidalar orqali tushuntirishdan avval mavzuga mos keladigan bir matn keltirilgan. Bu metod albatta bolalarni mavzuga kirishishini ular uchun kichik ma'lumotlarni matn orqali ifodalashi katta ahamiyat kasb etadi.

47-sahifa

Gap tugallangan fikrni bildiradi. Yozuvda har bir gapning birinchi so'zi bosh harf bilan boshlanadi

Gap oxirida nuqta (. ), so'roq belgisi ( ? ) , undov belgisi ( ! ) qo'yiladi.

1 president.uz www © 2023 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Nuqta, so'roq va undov belgisi tinish belgilari deb ataladi.

Bu qoidalar kichik yoshdagi o'quvchilar uchun "Gap" mavzusi yuzasidan boshlang'ich tushunchalar hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda tinish belgilar haqida ham ma'lumotlar berilishi keyingi darslarda o'tiladigan mavzular uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Darslikda shu bilan birga gaplarning ifoda maqsadiga ko'ra turlari ham alohida-alohida mavzu sifatida berilgan. Bilamizki gaplar ifoda maqsadiga ko'ra to'rt turga bo'linadi.

1. Darak gap.

2. So'roq gap

3. Buyruq gap

4. His-hayajon gap

3-sinflarda eng avvalo darak gaplar berilgan.

Masalan: 50-sahifa

Biror narsa-voqea haqida habarni bildirgan gap Darak gap deyiladi. Darak gap oxirida

ovoz pasayadi. Darak gapning ohirida nuqta qo'yiladi.

Dars jarayonlari uchun mavzuga doir mashqlar asosan matnlar asosida berilgan.

53-sahifa

Buyirish, maslahat, iltimos mazmunini bildirgan gaplar buyruq gap deyiladi

Buyruq gaplar oxiriga nuqta qo'yiladi.

Masalan: Bolalar, yo'l harakati qoidalariga har doim amal qiling.

58-sahifa

So'rash mazmunini bildirgan gaplar so'roq gaplar deyiladi.

So'roq gaplarning ohiriga so'roq belgisi qo'yiladi

Mavzuga doir mashqlar matn, qiziqarli o'yinlar va testlar ko'rinishida berilgan. So'roq gaplarning so'roqlari jadval asosida berilib, ularni mustahkamlash uchun she 'r ko 'rinishidagi mashqlar mavjud.

68-sahifa

Kuchli his-hayajon, quvonch, ajablanish, bilan aytilgan gaplar his-hayajon gap deyiladi.

His-hayajonning oxiriga, undov belgisi qo'yiladi

His-hayajon gaplarga doir turli xil qiziqarli matnlar berilgan. Bu toshiriqlarning hammasi bola yoshiga mos, ularni darsga qiziqtiradigan va diqqatini torta oladigan, mavzuni oson o'zlashtirishini ta'minlaydi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun gap mavzusi kata ahamiyatga ega. Chunki o'zaro suhbat ma'lumot berish va yana shu kabi muloqot jarayonlarida asosiy element sifatida xizmat qiladi. O'qituvchi bu mavzularni o'quvchilarga yana ham qulayroq tarzda tushuntirish uchun harakatli va bola yoshiga mos tarzda amaliy metodlardan foydalanishi tavsiya etiladi. Chunki bu holat bola xotirasida uzoq muddat saqlanishini ta'minlaydi. Maqolaning asosi boshlang'ich sinflarda "Gap" mavzusining qo'llanilishi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda maqolada gap haqidagi dastlabki tushunchalar, boshlang'ich sinf ona tili darsligidagi

qoida va mashqlardan namunalar, dars jarayonida qo'llanilishi mumkin bo'lgan metod va tavsiyalarni ko'rishingiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili. T. 2005

2. M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O'zbek tili. T. 1978

3. B.Mengliyev, O'. Xoliyorov. O'zbek tilidan universal qo'llanma. T. 2007

4. Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 1996

5. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to'plami. (o'quv qo'llanma). TDPU, Toshkent, 2009-yil.

6. K. Qosimova, S. Matchanov, X.G'ulomova " Ona tili o'qitish metodikasi"

7. T.: " Nosir" nashriyoti.

8. Q. Abdullayeva, K. Nazarov, Sh. Yo'ldosheva " Savod o'rgatish darslari"-

9. T.: " O'qituvchi" nashriyoti.

10. Qosimova.K, Matchanov.S, G'ulomova.X, Yo'ldasheva.Sh, Sariev.Sh Onatili o'qitish metodikasi.

11. Fuzailov.S, Xudoyberganova.M, Yo'ldasheva.Sh T.: Ona tili „O'qituvchi " nashriyoti.

12. Jamolxonov.N, Hozirgi o'zbek adabiy tili.-T.: O'qituvchi,2005.

13. Rahmatullayev Sh, Hojiyev A. O'zbek tilining imlo lug'ati. - Toshkent: "O'qituvchi".

14. Rafiyev A. Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi. - Toshkent: "O'qituvchi", 2003.

15. 3-sinf ona tili darsligi 3-qism.

16. www.president.uz

17. © 2023 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

18. www.arxiv.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.