Научная статья на тему 'KOREYS VA O’ZBEK TILLARIDA GAPNING TASNIFLANISHI'

KOREYS VA O’ZBEK TILLARIDA GAPNING TASNIFLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
259
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qaxxorova Hayotxon Zoitovna

Ushbu maqola koreys va o’zbek tillarida gapning tasniflanishiga bag’ishlangan bo’lib, unda koreys tili va o’zbek tilida gap haqida so’z boradi. Koreys tili va O’zbek tillarida gapning ta’rifi, ifoda maqsadiga ko’ra turlari, ifodalanishi tavsifi, ularga doir misollar keltirib o’tiladi. Gapning tasniflanishini qiyosi, o’xshash va farqli tomonlari va nutqda qo’llanish jarayoni haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOREYS VA O’ZBEK TILLARIDA GAPNING TASNIFLANISHI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

KOREYS VA O'ZBEK TILLARIDA GAPNING TASNIFLANISHI

Qaxxorova Hayotxon Zoitovna

Samarqand davlat chet tillar instituti 2-kurs magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqola koreys va o'zbek tillarida gapning tasniflanishiga bag'ishlangan bo'lib, unda koreys tili va o'zbek tilida gap haqida so'z boradi. Koreys tili va O'zbek tillarida gapning ta'rifi, ifoda maqsadiga ko'ra turlari, ifodalanishi tavsifi, ularga doir misollar keltirib o'tiladi. Gapning tasniflanishini qiyosi, o'xshash va farqli tomonlari va nutqda qo'llanish jarayoni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: gap, gapning tasniflanishi, ifoda maqsadiga ko'ra turlari, darak, so'roq, buyruq va inkor gaplar ,gap tuzilishi ,gap asosi, bir tarkibli va ikki tarkibli gaplar.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7630389

CLASSIFICATION OF SPEECH IN KOREAN AND UZBEK LANGUAGES

Annotation: This article is devoted to the classification of sentences in Korean and Uzbek languages, and it talks about sentences in Korean and Uzbek. Definition of sentences in Korean and Uzbek languages, description of types of expressions according to the purpose of expression, and examples of them are given. The comparison, similarities and differences of the classification of the sentence and the process of its use in speech are discussed.

Key words: sentence, sentence classification, types according to the purpose of expression, indicative, interrogative, command and negative sentences, sentence structure, the basis of the sentence, one component and two component sentences.

Gap nazariyasi ham turli tadqiqotchilar tomonidan keng o'rganilgan. Til o'zining kommunikativ ya'ni, aloqa vazifasini sintaktik qurilma-gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha fonetik, leksik, morfologik hodisa aynan shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Gap barcha tillarda grammatikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Gapning turlarining o'rganilishiga gap tadqiqi bilan bog'liq muammolar va turli oila va guruhlarga mansub tillardagi gaplarning taqqoslash va qiyoslash masalalariga alohida e'tibor qaratiladi. Shuning uchun har xil yoki bir xil oilaga mansub tillarning o'xshashlik yoki faqrli tomonlarini qiyoslash hozirgi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Bugungi kunda gap tilshunoslikning turli sohalarida o'rganilib kelinmoqdan, jumladan, konstrastiv tilshunoslik, qiyosiy tipologiya, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya va pragmatik tilshunosliklarni aytib o'tishimiz mumkin. Albatta tilshunoslikning har bir yo'nalishida gap va ularning muammolarini tahlil qilish yangicha yondashuvlarni va usullarni talab qiladi. Gaplar ham o'z mazmun mohiyatiga, ifoda maqsadiga, tuzilishiga ko'ra har xil bo'ladi. Hozir biz gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlarini ko'rib chiqsak. Tilshunos olimlar o'z qarashlarida gapning ifoda maqsadiga ko'ra

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

turlari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Jumladan, A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Yusupovalarning ''Hozirgi o'zbek adabiy tili kitobida'' «So'zlovchining maqsadiga xoslangan gap turlariga gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari deyiladi», -deb aytib o'tiladi. Har bir gapda ma'lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi: So'zlovchi biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar qiladi, yoki o'ziga noma'lum bo'lgan narsa va voqea-hodisalar to'g'risida ma'lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo'yicha buyruq-xitobini bildiradi. Gaplar ana shu maqsadiga ko'ra turlicha quriladi: o'ziga xos grammatik xususiyatga ega bo'lib, alohida ohang bilan talaffuz qilinadi. Har bir ma'lum gap kishining o'y-xayollari orqali yuzaga chiqadi. Insonlar gapni qay holatda aytishiga ko'ra gapning turlari yuzaga keladi.O'zbek tilida gap ifoda maqsadiga ko'ra 4 turga bo'linadi:

1)darak gap;

2)so'roq gap;

3)buyruq gap;

4)istak gap.

Voqelikni va unga bo'lgan munosabatni ifoda qilish maqsadida grammatik jihatdan shakllangan, ohang va mazmun jihatidan nisbiy tugalikka ega bo'lgan so'z yoki so'zlar bog'lanmasi gap(^^)

deyiladi.[Sayfullayeva R.,Mengliyev B.,Boqiyeva G., Hozirgi o'zbek adabiy2010- 359b] Gapning hosil bo'lish belgisi mavjud bo'lib, ular quyidagilar:

-Gap asosan so'zlarning ma'lum grammatik qoidalari asosida birikuvidan hosil bo'ladi -Gap hukm (predikativlik) hisoblanadi. Bunda so'zlovshining aytilayotgan fikriga bo'lgan munosabati ifoda qilinadi. Hukm so'zlarning predikativ munosabatiga kirishuvi bilan ega va kesim aloqasi ifodalanadi. -Gapning yana bir belgisi ohang tugalligidir.

-Gap fikriy jihatdan nisbiy tugallikka ega. Bu esa sharoitdan, mazmunan kelib chiqadi. [Nurmonov A. Tanlangan asarlar. -2012. — B.288]

Darak gap-(^^-&) borliqdagi voqea-hodisa,narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar beruvchi gap darak gap hisoblanadi. Gap oxirida nuqta qo'yiladi. Koreys tilida -fe4, -^4, -£4, -#^4bilan ifodalanib, norasmiy shakli -4A, -^A, -^A,

qo'shimchalari orqali yasaladi.

£4. Bahor keldi.

^^ ^lfe Bugun Seulning havosi ochiq.

^^ Tt^l 4A. Hozir tashqarida yomg'ir yog'yapti.

4fe Men o'tgan yili o'qishni tamomladim.

^fe tfl^H mfl . Sen institut vaqtlari mashxur eding.

So'roq gap(^^)-

kabi turlari mavjud bo'lib,so'zlovchi uchun ma'lum bo'lmagan voqea-hodisa, harakat, holat haqidagi so'roqni ifodalovchi gapga so'roq gap deyiladi. Koreys tilida -û}A/^A, -4/4 -4, -4,-^., kabi qo'shimchalar orqali so'roq

gap yasaladi. Gap oxirida so'roq belgisi qo'yiladi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

i : pfl^ 4^14? Har kuni maktabga borasanmi?

^^^ ^i ^ 1i 4A? Bugun uyga soat nechchida borasan? Hi ? Ustoz qayerga ketdilar?

^i 44i? Allaqachon uyga ketdikmi? ^ H ti]*}*] ? Bu soat qimmatmi?

Buyruq gap(^^^)- so'zlovchining biror narsaga buyurishi, undashi, iltimos qilishi, nasihati kabi fikrni ifodalashga buruq gap deyiladi. Koreys tilida buyruq gaplar -4/04, -(A)H^),-4/4 -(A)4, -(A) 4 qo'shimchalari orqali ifodalanadi. i : # 404. Derazani ochib yubor! 074 747^1^. Shu yerda kutib turing! 07 # 70. Buni ozgina ye!

S4 ^4. To'g'ri javobni tanlab yoz! 44 44^ ^flS. 44 Sen o'zing hoxlaganingdek bajar! 4^i 447 ^444 47#4 Keyinchalik sekin-sekin o'ylab aytaman! 44^-Undov gaplar koreys tilidaquyidagi qo'shimchalar orqali44, -4 bilan yasaladi. Undov gaplarning talaffuzi gapdagi kesimga qo'shilgan qo'shimchalar orqali hosil qilinadi. Koreyalik mashhur tilshunoslardan biri Li Mi Ji ning «440 44 S4 44» ( "

Koreys tilida undov gaplarning ifodalanishi haqidagi tadqiqot " nomli ilmiy ishida ham koreys tilida qo'llaniladigan emotsional bo'yoqdorlikni beradigan grammatik qo'shimchalar haqida keng to'xtalib o'tilgan. Unda quyidagi grammatik qo'shimchalar berilib, har birining ma'nosi va qo'llanilish o'rni yoritib berilgan.

744 4^4. Hamyonimni qo'yib chiqib ketgandimku! ^oj ^44. Allaqachon gullar ochildi!

-Taklif gaplar -4, -4, -(A) H qo'shimchalari orqali koreys tilida taklif

gaplar yasaladi.

40 4 14. Birga ovqat yeylik. 41 44 44i 44. Biz birga markazga ketaylik.

01 40 047 # 414.Bu yerga kelib birga ozgina suxbatlashaylik. 1. Gapning yuqorida ko'rsatilgan turlari, maqsadning har xil bo'lishi jihatidan bir-

biridan farq qilishi bilan birga, o'z ayrim ohang strukturasiga, grammatik xususiyatlariga ham ega: har bir turning o'ziga mos keladigan formalari bor. Bular gapdagi elementlarning tartibi, tarkibidagi so'zlarning turi jihatidan ham farq qiladi: so'roq gaplarda ko'pincha so'roq, bildiradigan elementlarning bo'lishi, darak gaplarda kesimning, odatda, shunga mos xarakterdagi fe'llar bilan ifodalanishi va boshqalar. Demak, bu turlar mazmundagi farq bilangina chegaralanmaydi, bular logik-grammatik hodisadir. Xullas, gapning yuqoridagi turlari bir-biridan maqsad, ohang, o'z tarkibidagi so'zlarning turi va tartibi bilan ajralib turadi. (Sen kitobni o'qiding(lfe 144),— sen kitobni o'qidingmi?( Ife

^^^A?),— sen kitobni o'qi!(lfe 14 10). Hammasida ham material bir xil: bajaruvchi

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

shaxs — predmet — harakat (subyekt— obyekt — predikat), lekin maqsad har xil bo'ladi. Gapning kuzatilgan maqsadga ko'ra turlarini, har bir turning ayrim xususiyatlarini ko'rsatishda ohangning roli katta. Gap,odatda, nutq ichida, kontekstda, boshqa gaplar bilan birgalikda qo'llanadi. Gapning qanday maqsad ifodasi uchun ishlatilganligi umumiy mundarijaga, vaziyatga, ohangga qarab konkretlashadi. Bunda so'zlovchi bilan tinglovchining birligi, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Misollarni chog'ishtiring: 1. Bir bola ikkinchisini turtgandek bo'ldi, Salim buni aniqlash uchun bir boladan so'radi: kim turtdi? ...boshqa bir bolaning oldiga borib: «sen turtgansan!»— dedi. U bola biroz xafalanib javob berdi:— kim turtdi!? (birinchisi so'roq bildiradi, ikkinchisi "hech kim turtgani yo'q-ku! Turtgan men emasman!" mazmunini ifodalaydi.) Qarzdor dehqonga boyning kuz keldi deb qichqirgani oddiy xabar uchun emas, balki "qarzingni to'la!" mazmuni uchun ishlatilgan gapdir. Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, har bir gapning har bir turning o'z tipik strukturasi bor, lekin nutqda bir turning shu turga xos modelning boshqa tur uchun ishlatilishi ham uchraydi: buyruq mazmuni uchun so'roq gap formasini, so'roq mazmuni uchun — darak gap formasini, darak mazmuni uchun — so'roq gap formasini ishlatish va b. Bu hodisa sintaktik transpozitsiyadir. Bunday qo'llashlar stilistik xususiyat, turli ottenkalarni berish kabi holatlar bilan xarakterlanadi. [Nurmonov A. Tanlangan asarlar. - 2012. — B.288]

Har qanday gap tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo'laklar: ega va kesim tashkil etadi. Ega va kesim ishtirokiga ko'ra ga tuzilish jihatidan ikki turga bo'linadi: sodda va qo'shma gaplar. Bitta grammmatik asosga ega bo'lgan ma'lum bir fikrni va his hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan iborat bo'lib nisbatan murakkabroq fikrni ifodalovchi gaplar qo'shma gaplar sanaladi. Sodda gaplar grammatik asosning tarkibiga ko'ra 2 xil: a)bir tarkibli gaplar; b)ikki tarkibli gaplarga bo'linadi. Grammatik asosi ikki bosh bo'lak (ega va kesim) dan iborat gaplar ikki tarkibli gaplar sanaladi. [Гуломов A.F. Аскарова М.А. Хрзирги узбек адабий тили.:1965:52]

Foydalanilgan adabiyotlar: 1Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M-Hozirgi o'zbek adabiy tili. -Toshkent, 2010. 359b

2. Сайфуллаева Р. Хрзирги узбек тилида кушма гапларнинг формал-функсионал талкини. - Тошкент: Фан, 1994.

3. Гуломов A.F. Аскарова М.А. Хозирги узбек адабий тили. -Toshkent, 1965

4. Виноградов В. В. Основные вопросы синтаксиса предложения (на материале русского языка)//Исследования по русской грамматике. — М. 1975- С.154. 4.

5. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. -Toshkent "Akademnashr", 2012. — B.288

6. Баёнханова, Ирода Фуркатовна (2022). ХИКМАТ АРБОБЛАРИНИНГ ТУРЛИ ТИЛДАГИ МУЛОКОТ ОДОБИНИ ИФОДАЛОВЧИ МАКОЛЛАР ХАКИДАГИ ФИКРЛАРИ (УЗБЕК ВА КОРЕЙС ТИЛЛАРИ МИСОЛИДА).. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 ( Special Issue 24), 555-565.

JOl R\A L-RESEA RCHS. COM

I

183

FEBRUARY, 2022

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

7. Ирода Фуркатовна Баёнханова (2022). КОРЕЙС ВА УЗБЕК ТИЛИДАГИ ПАРЕМИОЛОГИК БИРЛИКЛАРНИНГ КИЁСЛАБ УРГАНИШИ. Scientific progress, 3 (3), 265-269.

8. 1. Эшимова, Ш. К. (2022). PERSONIFIKATSIYA ORQALI OBRAZNING YARATILISHI. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 5(4).

9. 2. Eshimova, Sharofat Kenjaboyevna (2022). KOREYS BADIIY ADABIYOTIDA PERSONIFIKATSIYANING IFODALANISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 ( Special Issue 24), 356-364.

10. 3. Назарова, Ш. (2019). Узбек ва корейс тилида адвербализация х,одисасининг киёсий тах,лили. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (71)), 81-89.

11. http://www.edu.uz/

12. www.arxiv.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.