Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATN VA NUTQ TUSHUNCHASI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATN VA NUTQ TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
156
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Matn / nutq / lingvistik / asl nutq / artikulyatsiya / immanent / reprezentativ / tilshunoslik / metod / fikr / tushuncha mazmuni.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Jo‘rayeva Shodiya Kenjaali Qizi

Maqolada matn va nutq tushunchalari haqda ma’lumotlar, darslikdagi qoidalar va mashqlar namunalari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATN VA NUTQ TUSHUNCHASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATN VA NUTQ TUSHUNCHASI Jo'rayeva Shodiya Kenjaali qizi

FarDU bakalavr 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11044870

Annotatsiya. Maqolada matn va nutq tushunchalari haqda ma'lumotlar, darslikdagi qoidalar va mashqlar namunalari berilgan.

Kalit so'zlar: Matn, nutq, lingvistik, asl nutq, artikulyatsiya, immanent, reprezentativ, tilshunoslik, metod, fikr, tushuncha mazmuni.

Nutq - tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilinadigan, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli hisoblanadi. Nutq deganda uning og'zaki va yozma ravishda namoyon bo'lishidagi jarayonlar, ya'ni so'zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Lingvistik nazariyada nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan bo'lib, mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy hayotning eng harakterli ko'rinishlaridan bo'lgan aniq, bir qadar umumiyroq til tushunchasiga qaramaqarshi qo'yiladi. Boshqa odamlar xulq-atvori va faoliyatiga ta'sir ko'rsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl nutq (tashqi nutq), ya'ni gapirish, til belgilarining eshitish a'zolari tomonidan idrok qilinadigan artikulyatsiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi. Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida ko'rinishi o'qishdir.

Matn (lotincha-birikma) - ma'lum moddiy tashuvchiga bog'langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to'liq ketma-ketligi hisoblanadi. „Matn" tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo'g'rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e'tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi ma'lumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko'rib chiqishni anglatadi. Tilshunoslikda „matn" atamasi keng doirada, jumladan, og'zaki nutq namunalarida ham qo'llaniladi. Matnni idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida o'rganiladi. Matn bu nutq ko'rinishi hisoblanadi, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikka ega. Matn so'z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matning ham o'z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud.

Boshlang'ich sinflarda nutq va matn tushunchalari 1-sinf (1-qism), 3-sinf (4-qism) larda berilgan. Bilamizki nutq so'zlashuv jarayonida katta ahamiyatga ega shu boisdan ushbu mavzular boshlang'ich sinflar uchun katta dars soatlari ajratilgan.

Masalan: 1-sinf 1-qism 8-sahifa Matn gaplardan tuziladi.

Mazmunan bog'langan ikki yoki undan ortiq gap Matn deyiladi

Har bir gap biror tugallangan fikrni ifodalaydi. Gapdagi so'zlar ma'no jihatdan bir biriga bog'lanadi

Shu bilan birga mavzuga doir kreativ mashqlar ham berilgan

9-sahifa 2-mashq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

April 26, 2024_

O'zingizni sinang!

1. Matn_lardan iborat.

2. gap_lardan iborat.

3. Gap_fikrni ifodalaydi.

4. Gapdagi so'zlar bir biri bilan_.

Javoblar:

I-gaplardan; 2-so'zlardan; 3-tugallangan; 4-bog'lanadi;

Nutq o'z o'rnida ikki turga bo'lindi: og'zaki va yozma nutq. Birinchi sinf o'quvchilari uchun bu mavzu quyidagicha ma'lumot berilgan.

II-sahifa

Og'zaki nutq - bu biz eshitayotgan yoki talaffuz qilayotgan nutq. "Og'zaki" so'zi "og'iz" degan so'zdan olingan bo'lib, og'iz orqali ifoda etiladigan nutq hisoblanadi.

Yozma nutq - bu biz o'qiydigan yoki yozadigan nutq. Yozishda biz harflar va yozma belgilardan foydalanamiz

Yangilangan ona tili darsliklarida 3-sinf o'quvchilarning ilk mavzulari nutq va matn tushunchalari hisoblanadi bunda o'quvchilar uchun quyidagicha ma'lumot keltirilgan:

3-sinf 1-qism 7-sahifa

Nutq gaplar orqali bildirilgan fikrdir. Nutq gaplardan gaplar esa so'zlardan tashkil topadi

12-sahifa

Matn nutqning yozma shaklidir matn gaplardan tuziladi. Matndagi gaplar mazmun jihatdan o'zaro bog'lanadi

O'quvchilar uchun shu bilan birga mavzuga doir ko'plab mashqlar berilgan. Asosan yangi darslikda bola yoshiga mos tarzda mashqlar tanlangan. Bularga misol qilib yangilik asosida yaratilgan kreativ ham rasm ham so'zlardan iborat matnli metodlarni keltirib o'tish mumkin. Bu albatta bolalarni guruh bilan ishlash, dars jarayonini qiziq tarzda olib borilishiga va o'quvchilarni izlanuvchanlikka olib keladi.

Mavzudan kelib chiqadiki, dars asosan matnlardan iborat bo'ladi. Bu holat o'zi bilan birga bola nutqini ham rivojlantiradi. Shunday ekan bejizga matn va nutq mavzulari bolalarga birdek tushuntirilib, mavzu sifatida darslikda keltirilgan. Bu jarayonda o'qituvchi har bir o'quvchini darsga jalb qila olishi uchun ham nutq bilan bog'liq harakatli metodlarni qo'llashi maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki nutq o'quvchilar uchun eng muhim jarayon hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bola nutqini asosan amaliy jihatdan yondashgan holda rivojlantirish yuqori samara beradi. Maqolada ham matn va nutq mavzularini tashkillash borasida bir nechta metodlar yuzasidan fikr va tavsiyalar keltirib o'tildi. Bundan tashqari boshlang'ich sinf ona tili darsliklarini mavzuga doir mashqlar tahlili va qoidalarni ham uchratishingiz mumkin.

REFERENCES

1. www.president.uz © 2023 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.

2. 1-sinf ona tili darsligi 1-qism

3. 3-sinf ona tili darsligi 4-qism.

4. Q. Abdullayeva, K. Nazarov, Sh. Yo'ldosheva " Savod o'rgatish darslari"-T.: " O'qituvchi" nashriyoti.

5. K. Qosimova, S. Matchanov, X.G'ulomova " Ona tili o'qitish metodikasi" T.: " Nosir" nashriyoti.

6. N. Jo'rayeva. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dolzarb masalalari.

7. Fuzailov.S, Xudoyberganova.M, Yo'ldasheva.Sh T.: Ona tili „O'qituvchi " nashriyoti.

8. M. Mirzayev, S. Usmonov, I. Rasulov. O'zbek adabiy tili. T.: 1978

9. B. Mengliyev, O'.Xoliyorov. O'zbek tilidan universal qo'llanma. T.:2007

10. Qilichev E. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Buxoro, 2001.

11. Qosimova.K, Matchanov.S, G'ulomova.X, Yo'ldasheva.Sh, Sariev.Sh Onatili o'qitish metodikasi

12. Jamolxonov.N, Hozirgi o'zbek adabiy tili.-T.: O'qituvchi,2005.

13. Nurmonov.A O'zbek tilshunosligi tarixi.-T.: O'zbekiston,2002

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.