Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kreativlik (ijodkorlik) / qiziquvchanlik / tasavvur / optimallashtirish / g‘oyalarni rivojlantirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Toshpulatova Durdona Komiljon Qizi, Egamqulova Iroda Safar Qizi

XXI asrga kelib O‘zbekiston Respublikasining ta`lim sohasida ham ushbu termin ishlatila boshladi. R.A.Mavlanova o‘zining «Boshlang‘ich ta`limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya» nomli o‘quv qo‘llanmasida kreativlikning o‘zi nima, uning shakllanishi masalalariga alohida to‘xtalib o`tgan. Qo‘llanmada kreativlik tushunchasining mazmuni va mohiyati chuqur tahlil etilgan. Ammo kreativlik masalasining ilmiy-nazariy, ilmiy-pedagogik jihatlari maxsus ilmiy tatqiqot ob’ekti sifatida tatqiq etilmagan. Bugungi kundagi zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimi kreativ yondoshuvni talab etadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta’lim turidan biri bo‘lib, ta’limning bu bosqichida pedagog o‘qituvchilarga katta mas`uliyat yuklatiladi. Ya`ni boshlang`ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik faoliyati hali maxsus o‘rganishni talab etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN

FOYDALANISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1Toshpulatova Durdona Komiljon Qizi, 2Egamqulova Iroda Safar Qizi

1Nizomiy nomidagi TDPU "Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi) kafedrasi

v.b.dosenti (PhD)

2Nizomiy nomidagi TDPU Ta'lim va ta'rbiya nazariyasi va metodikasi yo'nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10801615

Annotatsiya. XXI asrga kelib O'zbekiston Respublikasining ta lim sohasida ham ushbu termin ishlatila boshladi. R.A.Mavlanova o'zining «Boshlang'ich ta'limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya» nomli o'quv qo'llanmasida kreativlikning o'zi nima, uning shakllanishi masalalariga alohida to'xtalib otgan. Qo'llanmada kreativlik tushunchasining mazmuni va mohiyati chuqur tahlil etilgan. Ammo kreativlik masalasining ilmiy-nazariy, ilmiy-pedagogik jihatlari maxsus ilmiy tatqiqot ob'ekti sifatida tatqiq etilmagan. Bugungi kundagi zamonaviy uzluksiz ta'lim tizimi kreativyondoshuvni talab etadi. Ayniqsa, boshlang'ich ta'lim - bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta'lim turidan biri bo'lib, ta'limning bu bosqichida pedagog o'qituvchilarga katta mas'uliyat yuklatiladi. Ya'ni boshlang 'ich sinf o'qituvchilarining kreativlikfaoliyati hali maxsus o'rganishni talab etmoqda.

Kalit so'zlar: Kreativlik (ijodkorlik), qiziquvchanlik, tasavvur, optimallashtirish, g'oyalarni rivojlantirish.

Аннотация. XXI веку этот термин стал использоваться в сфере образования Республики Узбекистан. Р.А.Мавланова в своем учебнике «Педагогика, инновации, интеграция в начальном образовании» специально остановилась на вопросах творчества и его формирования. В пособии глубоко анализируются содержание и сущность понятия творчества. Однако научно-теоретические, научно-педагогические аспекты проблемы творчества не исследованы как специальный объект научных исследований. Современная система непрерывного образования требует творческого подхода. В частности, начальное образование - один из видов образования, который оставляет глубокий след в жизни каждого ребенка, и на этом этапе образования на педагогах лежит большая ответственность. То есть творческая деятельность учителей начальных классов все еще требует специального изучения.

Ключевые слова: Креативность, любознательность, воображение, оптимизация, развитие идей.

Abstract. By the 21st century, this term began to be used in the field of education of the Republic of Uzbekistan. R.A. Mavlanova in her textbook entitled "Pedagogy, innovation, integration in primary education" specifically focused on the issues of creativity and its formation. The content and essence of the concept of creativity are deeply analyzed in the manual. However, the scientific-theoretical, scientific-pedagogical aspects of the issue of creativity have not been investigated as a special object of scientific research. Today's modern continuous education system requires a creative approach. In particular, primary education is one of the types of education that leaves a deep mark on the life of every child, and at this stage of education, pedagogues have a great responsibility. That is, the creative activity of primary school teachers still requires special study.

Keywords: Creativity, curiosity, imagination, optimization, development of ideas.

Kreativlik (ijodkorlik) ko'nikmasi shaxs ega bo'lgan bilimning ko'pqirrali ekanida emas, balki yangi g'oyalarga intilish, hayotiy muammolarni yechishda noodatiy yondasha olish, kutilmagan qarorlar chiqara olishda namoyon bo'ladi. Ushbu ko'nikmani shakllantirishda quyidagi jihatlarni rivojlantirish lozim:

a) qiziquvchanlik - olamga qiziqish va u haqida ko'proq bilishga intilish, sabab-natija munosabatlarini aniqlash, axborotni mustaqil izlash qobiliyati;

b) tasavvur - ko'plab original va nostandart g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyati;

d) optimallashtirish - maqsadga tez va samarali erishish uchun bir nechta usullarni solishtirish qobiliyati;

e) g'oyalarni rivojlantirish - g'oyalarni turli nuqtayi nazardan baholash, o'zgaruvchan sharoitlarda o'z faoliyatini tezda qayta tiklash qobiliyati.

Ko'plab ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, kreativlik tushunachiga nisbatan bir-biriga zid bo'lgan quyidagi turli xil qarashlar majud. Bular:

1. Kreativlik - bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.

2. Kreativlik - bu insonning o'ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni bajarish usulidir.

3. Kreativlik - bu intellekt (aql) ning mahsulidir.

4. Kreativlik - bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfiyotlardir.

5. Kreativlik - bu ijodiy faoliyatdir.

6. Kreativlik - bu ijodkor insonlarning ma'naviy-axloqiy va ijtimoiy adaptatsiyalanishidir.

7. Kreativlik - bu madaniyat bilan uzviy bog'liq bo'lgan kategoriyadir.

Pedagog olima R.A.Mavlanova an'anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslar yuritilganligi haqida quyidagicha fikr bildirganlar:

- kreativlik tafakkur sifatida yoki intellektual faollik sifatida

- yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi kreativlikni o'rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qo'llashning umumiy qonuniyatlari va o'ziga xosligini aniqlash imkonini beradi.

Kreativlik- shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma'naviyatining ajralmas qismi bo'lib, shaxsni o'z-o'zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'p qirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishda va o'rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi. Kreativlik bevosita innovatsiyalar bilan bog'liq jarayondir. Negaki o'qituvchining kreativlik faoliyat yuritishi uchun, u albatta o'zining sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan boxabar bo'lishi, innovatsion yangiliklarni o'z faoliyatida o'rinli foydalana olishi lozim. Demak, boshlang'ich sinf o'qituvchisi har qanday vaziyat, har qanday jarayon va har qanday paytda eng samarali yo'lni izlab topishi va uni amaliyotga joriy qilish orqali dars jarayonini samarali tashkil etishi, boshlang'ich sinf o'quvchilari ongiga tez, tushunarli, qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham kreativlikning bir ko'rinishi deyish mumkin. O'qituvchining kreativligi, ushbu kreativlikning mohiyatini beruvchi ijodkorlik ustuvor xarakterga egadir. Bu esa bizning maqolamiz ob'ekti bo'lgan o'qituvchining kreativlik faoliyatining naqadar muhimligidan dalolat beradi. Yuqoridagi pedagog olimlar, ayniqsa olima R.A.Mavlanova tomonidan olib borilgan tatqiqotlar bilan tanishar ekanmiz, ularning barchasini umumlashtirgan holda biz quyidagi fikrlarni e'tirof etamiz:

1. Kreativlik o'qituvchilarni innovatorlikka chorlaydigan kategoriyadir

2.Kreativlik o'qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatining integratsiyasidir.

3. Kreativlik oqituvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni ozlashtirish va ozining pedagogik faoliyatida qo'llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni oz faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olish va oz mualliflik g'oyalariga, echimlarni (evristik) topa olishidir.

4. O'qituvchining kreativlik faoliyati pedagogik faoliyatning barcha turlarida namoyon bo lishi davr talabidir. O'qituvchining kreativlik faoliyati, avvalo, pedagogik mahorat bilan bog'liq degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Ta'lim - tarbiyaga yangicha yondoshish ta'lim berish jarayonini ongli ravishda tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yangicha ta'lim - tarbiya berishda milliy urf-odatlar, qadriyatlarni xurmat qilib, ularni muhim tomonlarini tarbiyalash jarayoniga tadbiq etilsa, bu tadbirlar yaxshi samara beradi. Jamiyat ishonib topshirgan bu ulug' vazifani bajaruvchi fidokor kadrlar o'zlari har jihatdan barkamol bhlmoqlari kerak.

Agar maktabda ta'lim-tarbiya to'g'ri tashkil etilgan bo'lsa, aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lsa, maktabni bitiruvchilar emas balki maktab ta'limi va tarbiyasini ko'rgan shaxslar etishib chiqadi. Yana bir yangi pedagogik texnologiyaning asosiy bo'limi o'quvchilarni mustaqil fikr yuritishga o'rgatishdir. o'qituvchi va o'quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom olishi lozim, chunki demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Bunday hol ta'lim-tarbiyani samarali o'tishini ta'minlaydi. o'quvchilarni mukammal ilmli qilib tarbiyalahda o'qituvchi faoliyatini to'g'ri tashkil etish ularni baholashda ko'p ballik reyting tizimida baholarni to'g'ri va adolatli qo'yish, ularni ko'proq o'zlari mustaqil bilim olishga undash, kasbni tanlashda ongli ravishda yo'naltirish kabi masalalar yangi pedagogik texnologiyaning asosini tashkil etadi. o'quv muassasalarini zamonaviy tarzda jihozlash, o'quvchilarni barcha o'quv darsliklari bilan to'la ta'milash, pedagoglar uchun munosib hayot tarzini yaratib berish, yosh kadrlarni bilimli va malaklaarini oshirish maqsadida chet ellarga o'qishga yuborish davlat tomonidan qo'llab- quvvatlanadi va kerakli mablag' bilan ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Abdug'aniev O. Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. Toshkent - 2021 yil. 155 b.

2. Abdullaeva B.S. Boshlang'ich ta'lim sifat-samaradorligini ilg'or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida oshirish. // «Boshlang'ich ta'lim va jismoniy madaniyat yo'nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va echimlar» xalqaro ilmiy konferensiya to'plami. Toshkent.: 2017. - 421 b.

3. Abdullaeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari(ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi akademik litseylarda matematika o'qitish misolida): Dis. ... ped. fan. dok. - T., 2006. - B. 264.

4. Abdullaeva N.M. Boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan texnologiyadan foydalanish Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss. Namangan, 2020

5. Abduqodirov A. «Case-study» uslubi: nazariya, amaliyot va tajriba. - Toshkent: «Innovatsiya-ziyo». 2019. - 130 b.

6. Abduqodirov A.A., Astanova F.A., Abduqodirova F.A. "Sase-study" uslubi: nazariya, amaliyot va tajriba. - Toshkent: «Tafakkur qanoti», 2012. - 134 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.