BOSHLANG'ICH SINFLARDA ADABIY-NUTQIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRUVCHI DARSLAR VA O'QITUVCHI VA O'QUVCHILAR ORASIDA ERKIN MULOQOT SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH
O'smanova Diloromxon Ziyodinovna
Andijon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13968596 Annotatsiya. Ta'limning kafolotlangan natija beradigan usullari, ta'lim jarayoni samarali tashkil qilish shakillari juda ko'p bo'lib, ularni izlab topish ta'limga tadbiq etish eng muhim masalalardandir. Rivojlangan davlatlar ta'lim tizimi va samaradorligining sabablaridan biri bu o'z aholisi va boshqa til vakillari uchun ham asosiy e 'tiborni erkin muloqotga hamda nutq harakatlariga qaratishidadir. Demak sifat-samaradorlikka erishish maqsadi ta'lim jarayonini kengaytirishni, shu bilan birga osonlashtirishni taqozo etmoqda. Adabiy-nutqiy malakalar nafaqat hayotiy faoliyati, balki kelajakdagi kasbiy hayotiga ham foyda keltiradigan holatda shakllangan bo'lishi kerak. Ayniqsa boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi izlanuvchan va innovator bo'lgandagina ta'lim tizimida sezilarli o'zgarish bo'ladi. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchisi adabiy-nutqiy kompetensiyani shakllantirishda nimalarga e 'tiborini qaratishi, erkin muloqot qanchalik muhim ekanligi haqida so'z yuritiladi. Ya'ni o'quvchilarning fanga oid kompetensiyasi, xususan, adabiy-nutqiy kompetensiyaning shakllanishi mashg'ulotlari haqida bayon etilgan.
Kalit so'zlar: nutq, adabiy-nutqiy kompetensiya, erkin muloqot, kommunikativ kompetensiya.
Kirish
Adabiy-nutqiy kompetensilar (literary competences) "matnni tahlil qilish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni aniqlash, ularga mos ravishda qo'llash va ushbu ko'nikmalarni qo'llash orqali nimalarga erishish mumkinligini bilish orqali badiiy matndan ma'no chiqarish qobiliyati" deb ta'riflanishi mumkin. "
Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchida fanga oid kompetensiyalar bilan birga tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Til va adabiyot fanlari bloki yo'nalishidagi fanlar orqali o'quvchining o'zlashtirgan bilimlari asosida o'zini o'zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko'nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo'llay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Material va usullar.
"Haqiqat jarrohlik kabi: u azoblaydi, lekin ruhingizni davolaydi". Odatda boshqalar bilan muloqotni osonlashtirish uchun foydalanilsa-da, odamlar muloqot qilish maqsadisiz ham nutqdan foydalanishlari mumkin. Nutq hissiyotlar yoki istaklarni ifodalashi mumkin; Ba'zida odamlar o'zlari bilan o'z-o'zlari bilan suhbatlashadilar, bu ba'zi psixologlarning (masalan, Lev Vygotskiy ) ta'kidlashicha, ichki monologda idrokni jonlantirish va tartibga solish uchun jim nutqdan foydalanish, ba'zan esa ikki tomonlama shaxsni o'z-o'zini o'zi sifatida qabul qilish. o'ziga boshqa odamga murojaat qilgandek murojaat qilish. Yakkaxon nutq yodlash yoki narsalarni eslab qolishini sinab ko'rish, ibodatda yoki meditatsiyada ishlatilishi mumkin . Aloqani tasniflashning keng tarqalgan usuli - bu odamlar, boshqa turlarning a'zolari yoki kompyuterlar kabi tirik bo'lmagan mavjudotlar o'rtasida ma'lumot almashishdir. Insoniy muloqot uchun asosiy kontrast og'zaki va og'zaki bo'lmagan aloqa o'rtasida bo'ladi . Og'zaki muloqot lingvistik shakldagi xabarlarni, shu jumladan og'zaki va yozma xabarlarni, shuningdek, imo-ishora tilini almashishni o'z ichiga oladi.
Og'zaki bo'lmagan aloqa lingvistik tizimdan foydalanmasdan, masalan, tana tili, teginish va yuz ifodalari yordamida amalga oshiriladi. Yana bir farq - bu alohida shaxslar o'rtasida sodir bo'ladigan shaxslararo muloqot va shaxs ichidagi muloqot, ya' ni o' zi bilan muloqot. Kommunikativ
kompetentsiya - bu yaxshi muloqot qilish qobiliyati va xabarlarni shakllantirish va ularni tushunish
ko' nikmalariga taalluqlidir.
Muloqot - kishining ichki va tashqi olamini namoyon etuvchi o'zaro munosabatlarning muhim shaklidir. Muloqot jarayonida kishi o'zining tashqi olam, jamiyatning turmush tarzi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naiy hayoti haqidagi qarashlari, tasavvuri va hissiyotini ifodalaydi.
Natija va muhokama.
Jamiyat a'zolarining bir-birlari bilan o'zaro muloqotlari shu jamiyatning har tomonlama taraqqqiyotiga zamin bo'ldi. Shu ma'noda ta'lim jarayonini olib qaraydigan bo'lsak, bu jarayon o'qituvchining ijodiy qobiliyatini namoyish etuvchi sahnadir. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan o'qituvchilik mahorati hech qachon bir yo'nalishda qotib qolmasligi kerak. O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati jamiyatda fan olamida ro'y berayotgan yangiliklar va hodisalar bilan doimo chambarchas bog'langan holda shakllanib boradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar ta'lim sohasida o'qituvchi oldiga yuksak vazifalarni qo'ymoqda. Buning uchun hammamiz vaziyatga to'g'ri baho berishimiz, kiriativ yondoshuvimiz
kerak bo'ladi. Har bir voqea-hodisaga moslashuvchanlik va o'zlashtirish eng kerakli qurolimizdir. Xulosa
Xulosa qilib aytganda, o'qituvchining o'qish darslarida o'zbek tilining leksik tarkibini o'rgatishi, muloqotda kerak bo'ladigan adabiy-nutqiy kompetensiyasini shakllantirishi bolalarni keyingi bosqichlarda o'rganilishi kerak bo'lgan bilimlarni egallash uchun poydevor yaratish bilan birga, tilning lug'at tarkibini o'rgatib borish ularning so'z boyligini oshiradi, nutq madaniyatini yuksaltiradi, milliy tilimizning buyuk qudratini, sehri va jozibasini to'la xis etgan insonlar bo'lib etishishini ta'minlaydi. Tilni, muloqotni yaxshi o'zlashtirgan o'quvchi esa, nafaqat keyingi bosqichdagi bilimlarni, balki har bir fanni yaxshi o'zlashtira oladi shubhasiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Turdiyev N.Sh., Asadov Y.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. -T.: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, 2015.
2. U.Inoyatov, B.Xodjayev. Umumta'lim kompetensiyalarni loyihalashtirishning konseptual asoslari// Xalq ta'limi jurnali. 2016- yil, 2-son.
A. A. Xoliqov "Pedagogik mahoraf'.T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2011
3. Zaripov K. O'qituvchilar malakasini oshirishda maktab rahbarining ro'li. - T.: "O'qituvchi", 1993
4. Ochilov M, Ochilova N. "O'qituvchi odobi". - Т.: "O'qituvchi", 1997.