Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘YINLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILAR IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI'

BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘YINLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILAR IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang'ich sinf / ijodiy faoliyat / o'yinlar / ishbop oyinlar / didaktik o'yinlar / rolli o'yinlar / kompyuter o'yinlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Bahodirova Komilaxon

Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda o'yinlarning ahamiyati va o'yinlar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish xususida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘YINLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILAR IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI»

BOSHLANG'ICH SINFDA O'YINLAR VOSITASIDA O'QUVCHILAR IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI

Bahodirova Komilaxon Ahrorjon qizi

Bag'dod tumani Bedarak qishlog'i 59-umumiy o'rta ta'lim maktabi Boshlang'ich sinf va sport tarbiyaviy ish o'qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda o'yinlarning ahamiyati va o'yinlar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, ijodiy faoliyat, o'yinlar, ishbop oyinlar, didaktik o'yinlar, rolli o'yinlar, kompyuter o'yinlari.

Ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi o'zining ko'p qirraliligi bilan namoyon bo'lmoqda. "O'quvchining ruhiy holatlari, uning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti?", degan savollarning yechimiga bog'liq. Shu jihatdan olganda, pedagogik texnologiya shaxs rivojlanishi bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash va differensiyalash imkoniyatlariga ega. Bu pedagogning ta'lim texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatiga bog'liq. Uzluksiz ta'lim tizimida zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quv materiallarini o'quvchi tomonidan qabul qilish va o'zlashtirish samarasini oshiradi. O'yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. O'yinlarning eng muhim jihati uning ikki tamonlama xarakterga egaligi bo'lib, uning dramatik san'atga ham mosligidir. Bir tamondan o'yin ishtirokchilari uni amalgam oshirishda muayyan nostandart vazifalar bilan bog'liq xaqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tamondan esa o'yinlar bu faoliyatning aksariyat paytlarida ma'suliyatni his etgan holda haqiqiy vaziyatlardan chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar. Demak, o'yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uning rivojlanuvchi natijaga ega bo'lishiga sabab bo'ladi. O'yin faoliyati elimentlaridan ta'lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular ishbop oyinlar, didaktik

o'yinlar, rolli o'yinlar, kompyuter o'yinlari shular jumlasidandir. Ishbop o'yinlar kasb faoliyati predmeti yoki ijtimoiy mazmunini qaytadan yaratish shakli bo'lib, amaliyotning ana shu turiga xos munosabatlar tizimini modellashtirishdir. Ishbop o'yinlarni o'tkazishda uning qatnashuvchilari faoliyatini maxsus (o'yin tarzida) imitatsiya modelida rivojlantirishdan iboratdir. O'yinlarning xarakteriga ko'ra o'quv jarayoni o'yinlari tadqiqotchilik o'yinlari, boshqaruv va attestatsiyaga doir o'yinlar turiga bo'linadi.O'quv jarayoniga doir o'yinlar o'quv predmetlar bo'yicha istiqbolda kasbiy faoliyatini to'g'ri tashkil etish va shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirishga shart-sharoitlar yaratadi. Ana shu shart-sharoitlar natijasida olingan yangi bilimlar kelgusi kasbiy faoliyatni to'g'ri yo'lga qo'yishga yordam beradi. Ma'lumki, ta'lim hamkorlikka asoslanib, jamoaviy xarakter kasb etadi; kasbga xos faoliyat qoidalari va jamoaning ijtimoiy qoidalariga mos xolda amalga oshadi. Ana shu ma'noda ta'limning didaktik va tarbiyaviy ahamiyati o'zaro birlashib, o'yin faoliyati shaklida o'quvchilarning faolligi ortadi. Ishbop o'yinlarda tavsiya etilgan muammoli topshiriq maqsadga muvofiq dialogik muloqot asosida ishtirokchilarni rag'batlantiradi, qiziqishlarini orttiradi, emotsional ruh paydo qiladi. Didaktik o'yinlar ta'limiy maqsadlarni amalga oshiradigan va ularga moslashtirilgan bo'ladi. Didaktik o'yinlar tizimidan birinchi marta maktabgacha jarayonida foydalanishga doir F.Fribil va M.Montisorilar ishlab chiqqan bo'lsa, boshlang'ich ta'lim uchun O. Dikroli tadqiqotlar olib borgan. 60-70 yillardan boshlab faqat boshlang'ich ta'limda emas, umumiy o'rta ta'limda ham foydalanila boshladi. 80-yillarda ayniqsa, ishbop o'yinlar keng tarqala boshlandi.

Demak, o'yinlar bolalarning asosiy faoliyat turi bo'lib, u orqali kichik maktab yoshdagi o'quvchilar hayotni, borliqni, tevarak- atrofni o'rganadilar va unga moslashadilar. O'yin paydo bo'lishi uchun quydagilar muhim sanaladi:

- o'yin ishtirokchilari bilan bo'lgan muloqatdan qoniqish hissining paydo bo'lishi;

- tabiiylik, emotsional hissiyotning vujudga kelishi;

- o'yin davomida o'yuvchilarning o'zining tabiiy extiyojlarini qondirishga harakat qilishi va hokazolardir.

Didaktik o'yinli ta'lim texnologiyasining o'ziga xos jihati, an'anaviy ta'limdagidan farq qilib, boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqilligi va o'quv fani faoliyatini ta'qiqlamasdan, balki belgilangan maqsadga yo'naltirish o'quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etishni talab etadi. Ularni faoliyatiga ongli ravishda yo'llash biror-bir faoliyatni buyruq orqali amalga oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali o'quvchilarda fan asoslarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi imkoniyatlarini chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish sanaladi. Bunday darslarni olib borishda o'quvchining tabiatshunoslik fanidan to'liq bilim olishi, axloqli bo'lishi, biror-bir kasb tanlash iste'dodini ravnaq toptirish, xalqimizning yaxshi fazilatlarini egallashi uchun avvalo o'qituvchining ijodiy mehnat qilishi talab etiladi. O'qituvchi o'quvchiga nisbatan sergak, ziyrak bo'lib, uning qiziqishi, qobiliyatini hisobga olib, murabbiylarcha muomalada bo'lishi darkor. Shundan keyingina darslarda foydalaniladigan didaktik o'yinli texnologiyalar o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, darslik va qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasbga yo'llash, didaktik o'yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo'ljalni to'g'ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to'g'ri xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta'lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo'nalishlarini izlanuvchi ta'lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta'limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o'quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

1. Qahhorov S.K., Rasulova Z.D. (2020). Bo'lajak texnologiya o'qituvchisining kasbiy faoliyatini zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida takomillashtirish metodikasi. Ta'lim tadqiqotlari umumiy jurnali. 8:12, 7006-7014-betlar.

2. Rasulova Z.D. (2020). Talabalarning ijtimoiy-pertseptiv kompetentsiyasini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari. Ta'lim fanlari bo'yicha Evropa tadqiqot va mulohaza jurnali. 8:1, 30-34-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.