Научная статья на тему 'Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish usullari'

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish usullari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
91
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
tа’lim / yetuklik / kоmil insоn / tаrаqqiyоt / kо’nikmа / о’yinlаr / sо’zmаntiq xоtirаsi / tаsаvvur / Pedаgоgikа / psixоterаpiyа / texnologiya / rivojlanish / yosh davrlari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilfuza Rivojidinovna Ibragimova

Kichik mаktаb yоshidаgi bоlаdа diqqаt nisbаtаn uzоq muddаtli vа shаrtli bаrqаrоr bо’lаdi. Bоlа diqqаtining xususiyаtlаri rоlli vа syujetli о’yinlаrdа, rаsm chizish, lоy hаmdа plаstilindаn о’yinchоqlаr tаyyоrlаshdа, о’zgаlаr nutqini idrоk qilish vа tushunishdа, mаtemаtik аmаllаrni yechishdа, hikоyа tinglаsh vа tuzishdа kо’rinаdi. Kichik mаktаb yоshidаgi о’quvchi о’z diqqаtini muаyyаn оb’ektgа yо’nаltirish, tо’plаsh, tаqsimlаsh bо’yichа mа’lum dаrаjаdа kо’nikmаgа egа bо’lib, о’z diqqаtini bоshqаrish vа kerаkli pаytdа tо’plаshgа intilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish usullari»

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilishga bo'lgan qiziqishlarini shakllantirish usullari

Dilfuza Rivojidinovna Ibragimova Namangan davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Kichik maktab yoshidagi bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo'ladi. Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o'yinlarda, rasm chizish, loy hamda plastilindan o'yinchoqlar tayyorlashda, o'zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matematik amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzishda ko'rinadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchi o'z diqqatini muayyan ob'ektga yo'naltirish, to'plash, taqsimlash bo'yicha ma'lum darajada ko'nikmaga ega bo'lib, o'z diqqatini boshqarish va kerakli paytda to'plashga intiladi.

Kalit so'zlar: ta'lim, yetuklik, komil inson, taraqqiyot, ko'nikma, o'yinlar, so'z-mantiq xotirasi, tasavvur, Pedagogika, psixoterapiya, texnologiya, rivojlanish, yosh davrlari

Methods of formation of interest of primary school students

Dilfuza Rivozhidinovna Ibragimova Namangan State Pedagogical Institute

Abstract: In a child of primary school age, attention is relatively long-term and conditionally stable. The features of the child's attention can be seen in role-playing and plot games, drawing, making toys from clay and plasticine, perceiving and understanding the speech of others, solving mathematical operations, listening and composing a story. A student of junior school age has a certain level of skill in directing, concentrating, distributing his attention to a specific object, and strives to control his attention and concentrate it at the right time.

Keywords: education, maturity, perfect person, development, skill, games, word-logic memory, imagination, pedagogy, psychotherapy, technology. development, age periods

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilishga bo'lgan qiziqishlarini shakllanishida ularning maktab ta'limiga tayyorligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim jarayoni samaradorligini yuqori darajaga ko'tarish, komil inson shaxsi rivojlanishini ta'minlash vazifasini amalga oshirish bolaning maktab ta'limiga tayyorligini qanchalik to'g'ri e'tiborga olinishiga bog'liq.

A.Anastazining fíkricha, ta'limga yetuklik "maktab dasturidagi bilim, ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan qobiliyat va motivatsiyaning mavjudligidir". I.Shvantsara esa "maktab ta'limida ishtirok etishga qobiliyatlilik" deb baholagan.

6-7 yoshli bolalarning bilish jarayonlari o'quv faoliyatida yangi bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishi uchun zaruriy taraqqiyot darajasiga ega bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kichik maktab yoshidagi bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo'ladi. Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o'yinlarda, rasm chizish, loy hamda plastilindan o'yinchoqlar tayyorlashda, o'zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matematik amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzishda ko'rinadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchi o'z diqqatini muayyan ob'ektga yo'naltirish, to'plash, taqsimlash bo'yicha ma'lum darajada ko'nikmaga ega bo'lib, o'z diqqatini boshqarish va kerakli paytda to'plashga intiladi.

Mazkur yoshdagi bolalar xotirasi qiziqarli, ajoyib-g'aroyib, kishini taajjubga soladigan ma'lumot va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o'zlashtirib kelgan bo'lsa, endi o'z xohish-irodasi bilan zarur ma'lumotlar to'plashga, o'z oldiga aniq maqsad va vazifa qo'yishga harakat qiladi. O'quvchining ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganini bildiradi. U she'r, hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun takrorlashi, yod olishning eng qulay yo'l va usullaridan foydalanishi ta'lim jarayonida unga juda qo'l keladi. Birinchi sinf o'quvchisi ko'pincha yaqqol obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham, bu xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi, aksincha, ta'lim so'z-mantiq xotirasini taqozo etadi. So'z-mantiq xotirasining mavjudligi ma'nosini tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi.

О'yinlar bolalarning asosiy faoliyat turi bo'lib, u orqali kichik maktab yoshdagi o'quvchilarning bilishga bo'lgan qiziqishlari ortadi, hayotni, borliqni, tevarak- atrofni o'rganadilar va unga moslashadilar.

Ma'lumki, bolalar o'yining sifati va samaradorligi unda ishtirok etuvchilarning hayotiy kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga bevosita bog'liq bo'ladi. Bunda onglilik, tashabbuskorlik va irodalilik kabi sifatlar ahamiyat kasb etadi. Shu sababli turli ijtimoiy-psixologik tavsifga ega o'yinlargan o'quv jarayonida foydalanish, shak-shubhasiz o'z samarasini ko'rsatadi.

Keyingi yillarda jamiyatdagi insonlar salomatligi muammosi davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi bilan birga quvonarli hol shundan iboratki, har bir kishi o'z salomatligiga nisbatan ongli munosabatda bo'lmoqda. Salomatlik deganda nafaqat jismoniy balki, birinchi prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "... har tomonlama, ya'ni

ham jismonan, ham ruhan, ham ma'nan" sog'lom bo'lishga e'tibor berilayotganligi ham bizning yutug'imizdir.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilari dars jarayonida turli rolli va didaktik o'yinlar va trening mashqlaridan foydalanish orqali bolalarda o'qishga bo'lgan qiziqishlarni mustaxkamlashlari mumkin.

Taniqli metodolog olim G.P.Shchedrovskiyning ta'kidlashicha, o'yin - bu bolalar rivojlanishini boshqarish uchun jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan yoki vujudga keltirilgan bolalar hayotining alohida shaklidir; bu jihatdan qaraganda, uning ijodkori alohida odamlar emas, balki umuman jamiyat bo'lsa ham, o'yinning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni "ommaviy", "tabiiy-tarixiy" bo'lsa ham alohida pedagogik ijoddir, unda tabiiy tarixiy qonuniyat alohida kishilarning xilma-xil faoliyati orqali o'ziga "o'ziga yo'l ochgan"

O'yin dastavval - faoliyat mahsuli, uning vosistasida odam voqelikni qayta quradi, dunyoni o'zgartiradi. Bolaning dunyoga ta'sir ko'rsatishga bo'lgan ehtiyojining namoyon bo'lishi ilk bor o'yinda shakllanadi.

O'yinning mohiyati shundan iboratki, unda natija emas, balki jarayonning o'zi muhimdir. Bola o'ynaydigan vaziyatlar tasavvur etilgan bo'lsa ham ular boshidan kechiradigan tuyg'ular realdir.

O'yinning bu o'ziga xos xususiyati o'zida katta tarbiyaviy imkoniyatlarini mujassamlashtirgan, chunki o'yin mazmunini boshqarib, o'yin syujetiga muayyan rollarni kiritib, pedagog shu tariqa o'ynayotgan bolalarning muayyan ijobiy tuyg'ularini programmalashtirishi mumkin. Birinchidan, odam uchun ijobiy tuyg'ularni boshidan kechirish tajribasining o'zi muhimdir, ikkinchidan, kechinmalar orqaligina faoliyat ijobiy munosabatni tarbiyalashi mumkin. O'yin noo'yin faoliyatiga munosabatni shakllantirishning boy imkoniyatlariga ega.

S.L.Rubinshteyning ta'kidlashicha, bola u yoki bu rolni o'ynar ekan, u shunchaki soxtalik bilan begona shaxsga ko'chmaydi; rolga kirar ekan, u o'z shaxsini kengaytiradi, boyitadi, chuqurlashtiradi.

Har doim bolalarning o'yinidagi markaziy jihat ular uchun eng muhim bo'lgan narsa, ya'ni boladagi mavjud ehtiyojlarga javob beradigan mazmun bo'lib chiqadi. Shu sababli bir xil mazmun turli yoshdagi bolalarga turli mohiyat kasb etadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bolalarning o'yini natijasida ular faoliyatining shunday mahsulotlari qoladiki, ularning mazmuni eng ko'p tarzda o'qish ehtiyoji bilan bog'liqlikdan yaqqol dalolat beradi.

Kam o'ynaydigan bola o'z rivojida orqada qoladi, chunki L. S. Vigotskiyning ifodasi bo'yicha o'yinda "bola o'zining o'rta yoshidan kattaroq, o'zining odatdagi xulq-atvoridan yuqoriroqdadir; u o'yinda o'zidan bir bosh yuqoriroqdir. Bola o'yinda o'zining odatdagi xulq-atvor darajasidan yuqoriroqqa sakrashga uringandek bo'ladi. Amalda bola o'yin faoliyati orqali harakat qiladi"

L.S.Vigotskiy o'yinning quyidagi aqlga sig'maydigan tomonlarini ajratib ko'rsatadi:

1. Bola eng kam qarshilikka uchraydigan yo'ldan boradi (qoniqish hosil qiladi), lekin eng katta qarshilik yo'lidan harkat qilishga o'rganadi. O'yin - iroda va mahorat maktabidir.

2. Odatda bola o'zi hohlagan narsadan voz kechishda ham qoidaga bo'ysunishni xis etadi, bu yerda esa qoidaga bo'ysunish eng ko'p darajada qoniqish hosil qilish sari olib boradigan yo'ldir. O'yin bolaga istakning yangi shaklini beradi, ya'ni istakni o'yindagi roli va uning qoidalari bilan qiyoslaydi. O'yinda bola eng yuqori natij alarga erishish mumkinki, bu natijalar ertaga uning real o'rtacha darajasi, uning axloqiga aylanadi.

Boshlang'ich ta'limda o'yin ijodiy faoliyatning bir shaklidir. Bunda o'quvchi ijtimoiy va moddiy borliqni bilish hamda anglash asosida emotsional - xissiy, intellektual-axloqiy rivojlanadi. O'yinlar, ularning inson taraqqiyotidagi o'rni haqida psixologiya, etnografiya, madaniyat, pedagogika fanlarida bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. XIX asrning oxirida nemis olimi K.Gross o'yinlarni tizimli o'rganishga xarakat qilgan bo'lsa, nemis psixologi K.Byuller o'yinlarni "qoniqish hosil qiluvchi" faoliyat sifatida tadqiq etadi.

L.S.Vigotskiy, A.N.Leont'evlar fikricha, o'yinlarni nazariy jixatdan ijtimoy tabiatiga ko'ra ma'lum faoliyatiga yo'naltirilganligi bilan bog'lab, tadqiq etgan bo'lsalar, D.B.Elkonin shaxs xulqini boshqarishni tarkib toptirib, uni takomillashtiruvchi faoliyat sifatida talqin etadilar. Lekin o'yinlarni yagona va eng muhim asosiy xususiyati uning ta'limdagi axamiyatliligidir. O'yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. O'yinlarning eng muhim jihati uning ikki tomonlama xarakterga egaligi bo'lib, uning dramatik san'atga ham mosligidir. Bir tomondan o'yin ishtirokchilari uni amalga oshirishda muayyan nostandart vazifalar bilan bog'liq xaqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tamondan esa o'yinlar bu faoliyatning aksariyat paytlarida ma'suliyatni his etgan holda xaqiqiy vaziyatlardan chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar.

Pedagogika va psixoterapiyada bolalar o'yin jarayonida xususan rolli o'yinlardan odamovilik, potologik tortinchoqlik, nutq sustligi va hatto duduqlanish kabi illatlarga yo'liqqan ayrim bolalar uchun tuzatish vositasi sifatida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Demak, o'yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uning rivojlanuvchi natijaga ega bo'lishiga sabab bo'ladi. O'yin faoliyati elementlaridan ta'lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular ishbop oyinlar, didaktik o'yinlar, rolli o'yinlar, kompyuter o'yinlari shular jumlasidandir.Boshlang'ich sinflarda turli fanlarni o'qitish jarayonida didaktik o'yinlardan keng foydalanish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Дустмухамедова Ш.А, Нишанова З.Т, Эргашев П, Н.Расулова, Салиева Д, "Кичик мактаб ёшидаги укувчиларда психодиагностика ва психокоррекция масалалари"// КДПИ - 2012 йил.

2. 1. Abraxmatovna, D. M., & Choriyevich, E. U. (2022). BOSHLANG 'ICH SINF O 'QUVCHILARINING IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 3(4), 21

3. 2. Maxmudovna, R. N. (2022). BOSHLANG 'ICH SINFLARDA O 'YINLARNING AHAMIYATI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(16), 104-106.Каримова В. Психология. T. 2002.

4. Sarsengali, B., & Shagyrbai, A. (2022). Дiни философиядагы мейiрбан жэне кемел адам TY^Hin. Вестник КазНУ, Серия Религиоведение, 32(4), 50-59.

5. Ориббоева, Д. Д. (2022). O'QUVCHILARNI KASB TANLASHGA YO'NALTIRISHDA IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI TA'SIRI: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.8. 08.045 Oribboyeva Dilafro'z Dadamirzayevna NamDU Psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (8), 314-318.

6. Oribboyeva, D. D. (2019). STUDY OF SOCIAL COMPETENCE IN PSYCHOLOGICAL RESEARCH. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(4), 288-292.

7. Kamolova, A. O. Q. (2023). Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir. Science and Education, 4(5), 988-992.

8. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

9. 6. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

10. . Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

11. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O 'QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

12. Vol. 2 No. 8 (2023): Results of National Scientific Research International Journal Impact Factor Published: Aug 30, 2023Keywords:Ta'lim tarbiya tizimi, muassasalart, jismoniy tarbiya, sog'lomlashtirish mashg'ulotlari, o'quv

mashg'ulotlari, psixologik xususiyatlari, mulliy g'urur, estetik dunyoqarash, estetik xatti-harakatlar.

13. Kamolova Azimaxon Odiljon qizi. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG'ULOTLARI ORQALI O'QUVCHILARDA MILLIY G'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of national scientific research, 2(8), 60-66. https://doi.org/10.5281/zenodo.8320633

14. Askarova, M. (2019). Development of reading and text comprehension skills in primary school students. In Scientific researches for development future (pp. 9193).

15. Аскарова, М. (2023). BOSHLANG'ICH TA'LIMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISHNING METODIK ASOSLARI: Asqarova Manzura, Namangan Davlat universiteti tadqiqotchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (8), 89-92.

16. Avazbekovna, A. M. DEVELOPMENT OF CORRECT, CONSCIOUS, FLUENT READING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS.

17. Yusubxonovna, S. S. (2022). TA'LIM JARAYONIDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI. PEDAGOGS jurnali, 24(1), 84-87.

18. Yusubxonovna, S. S. (2022). EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYANING NAZARIY VA METODIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Journal of new century innovations, 16(1), 16-19.

19. Сулаймонова, С. У. (2022). БОШЛАНГИЧ СИНФ У^УВЧИЛАРИГА ЭКОЛОГИК ТАРБИЯ БЕРИЩДА ДИДАКТИК КУРГАЗМАЛИ ВОСИТАЛАР ВА КУЗАТИШ МЕТОДЛАРИНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(9), 96-101.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.