Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNI O‘QISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA OILANING O‘RNI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNI O‘QISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA OILANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
57
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Bola pisixologiyasi / Ibn Sino / ahloqiy tarbiya / maktab / maktabgacha ta’lim / tarbiyachi / ota-ona

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Mirtursunova Sayyora Abduxamidovna

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni o‘qish samaradorligini oshirishda oilaning o‘rni, hozirgi yosh oilalar bola tarbiyasida qaysi hususiyatlarga e’tibor qaratishi lozimligi haqida so‘z yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNI O‘QISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA OILANING O‘RNI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARNI O'QISH SAMARADORLIGINI

OSHIRISHDA OILANING O'RNI

Mirtursunova Sayyora Abduxamidovna

Toshkent shahar 307 DIUM boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7324297

Annatatsiya: Boshlang'ich sinf o'quvchilarni o'qish samaradorligini oshirishda oilaning o'rni, hozirgi yosh oilalar bola tarbiyasida qaysi hususiyatlarga e'tibor qaratishi lozimligi haqida so'z yuritilgan

Kalit so'zlar: Bola pisixologiyasi, Ibn Sino, ahloqiy tarbiya, maktab, maktabgacha ta'lim, tarbiyachi, ota-ona

Hozirgi rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalar dunyosida barchamiz bor diqqat e'tiborimizni telefonlarimiz uchun ajratmoqdamiz. Telfonlarimiz allaqachon bizning ajramas bir bo'lagimizga aylanib ulgurgan. Endi dunyoga kelgan chaqaloq ham telefonning ovozini eshitganda yoki uni yoniga qo'yganimizda tinchlanadi. Bolalar 3-4 yoshidan telfoni xatto ota-onasidan yaxshi biladi. Siz ham hayotingizda sizga tanish do'stingiz yoki qarindoshingizni ikki yoki uchga ham to'lib ulgurmagan farzandi sizga telfon qilib yuborganmi siz esa nega telfon bo'ldi ekan deb qaytarganizda men emas farzandim deb javob qaytarganda siz ham hayron qolgansizmi? Nima deb o'ylaysiz buning sababi nimada? Sharq mamlakatlarida farzand tarbiyasi bilan asosan oilada ona shug'ullanadi. Bu haqda Sharq adabiyotining yetuk namoyondalari va allomalari ham alohida fikr bildirishgan. Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning ahloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy-ro'zg'or tutish masalalari xususida ham so'z yuritadi. Uning fikricha "o'z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo'lgan ota - onagina tarbiyachi bo'lishi mumkin". Ahloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g'ururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suhbatdosh bo'lish va bolaga nasihat qilishdir. Bu borada sharq elatlari mentalitetiga ko'ra farzand tarbiyasida ota-onaga qo'shilib, oiladagi yoshi ulug' insonlar ham tarbiya qiladi. Shuning uchun ham dono xalqimiz qarisi bor uyning parisi bor deb bejiz aytishmaydi. Yoshi ulug' insonlarni tarbiyasini olgan bolalar odatda og'ir va vazmin, uzoqni ko'ra oladigan kattalarga hurmat ruhi kabi hislatlar boshqa tengqurariga qaraganda ko'proq bo'ladi. Lekin hozirda aksariyat yosh oilalarda oila asosan ota-ona va farzanddan iborat. Bundan tashqari ota ko'p hollarda pul toppish bilan band bo'ib farzand tarbiyasi onaning o'ziga qolib ketishi, agar ona ham uy ishlari bundan tashqari otaga pul toppishda yordam beraman deb ishga sho'ng'ib ketishi. Aynan shu holat yuqoridagi savolimizga javob emasmikan?

Konstitutsiyamizning 64-moddasiga ko'ra "Ota-onalar farzamdari voyaga yetguniga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarini rag'batlantiradi"

Davlatimiz qonunchilik moddasida ham ota-ona birdek farzandini voyaga yetguniga qadar tarbiyalashga majburdir deyilgan. Oquvchi ilm olishida ota-ona oilada birinchi namuna, yo'lboshchi bolishi kerak. Bolaning ilk tabiyaviy dunyosi oiladan boshlanadi. Oilasi mustahkam bo'lgan ota-onaning uyidan tarbiyasi yomon bo'lgan bolalar chiqmaydi. Va o'qish odati birinchi navbatda oilada paydo bo'ladi. Ota-onalar va ularning farzandlari kitoblar bilan oshno tutilishi, bu oilada o'qish muhiti va ma'naviy birlik hukm surishi, oilada kitob e'zozlanishi bu yaxshi belgidir. Buning uchun ota ham ona ham kitob bilan do'st bo'lishi maqsadga muvofiq hisoblandi. Donishmand xalqimiz aytganidek "Qush inida ko'rgani qiladi" kabi naqllarni xalqimiz orasida tarqalishi bejiz emas, sababi o'g'il bolalar uchun eng yaxshi o'rnak bo'ladigan inson bu -ota bo'lsa, qiz bola uchun - onadir.

Bu masala hech qachon kun taribidan tushmaydigan, o'z dolzarbligini hech qachon yo'qotmaydigan o'ta nozik, nihoyatda jiddiy masaladir. Shuning uchun hozirgi o'z farzandi o'qishiga beparvo bo'lmaydigan ota-onalardan nafaqat farzandining sog'lig'i, uning kiyim-kechaklari, farzand tarbiyasi, uning maktabdagi o'qishiga qarashdan tashqari balki o'zining bilimlarini oshirib borishi ham talab etiladi. Ayniqsa yoshlar pisixologiyasidan yaxshi habardor bo'lishi maqsadga muofiqdir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik hodisalaming o'zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog'liq ravishda o'zgarishini tadqiq etadi. Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan iborat:

a) turli psixofiziologik funksiyalaming yoshga oid me'yorlarini ilmiy jihatdan asoslab berish;

b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash;

c) hayotning turli bosqichlarida insonning real va potentsial imkoniyatlari qanday bo'lishini aniqlash;

d) inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o'ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish. Ushbu muammolami hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida — bolalik, o'spirinlik, yetuklik va qarilikda uning psixikasida ro'y bergan o'zgarishlami chuqur o'rganish talab etiladi. Yoshlar pisixalogiyasining bilgan ota-ona bolaga necha yoshida qanday muomila qilish kerak ekani yaxshi biladi va shunga muofiq harakatlanadi va farzandiga ilk maktab yoshida bolani faqat ustoziga tashlab qo'ymasdan o'zi ham u bilan shug'ullanadi. Zero har birimiz o'zimizdan keyin eli, yurtiga yaxshi hizmat qiladigan, farzandini ko'rgan insonlar ota-onaga rahmat kabi nomlar bilan eslashini har birimiz

istaymiz, buning uchun esa o'z farzandlarimizga ilk maktab yoshidan ko'proq etibor qaratishimiz lozim deb o'ylayman.

Foydaanilgan adabiyotlar:

1. Z. Nishonova, G.Alimova "ВоЫаг pisixologiyasi" Toshkent 2006-yil

2. H.B.Haydarova, Yosh avlod tarbiyasida oila manaviyatining o'rni

3. G'. Shoumaгov "Oila pisixologiyasi" Toshkent 2010-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.