Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARNI ABSTRAKT FIKRLASHLARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV'

BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARNI ABSTRAKT FIKRLASHLARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interest / didactic game / mathematical terms / idea / mathematical writing / multiple / geometric figure / redundancy / situation / confusion / system / result / interactive methods.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdullayeva Nafisa Anvarovna

This article highlights the importance of improving the mathematical knowledge of young schoolchildren in today’s world. Elementary math classes cover modern approaches to improving the math knowledge of elementary students.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARNI ABSTRAKT FIKRLASHLARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARNI ABSTRAKT FIKRLASHLARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV

Abdullayeva Nafisa Anvarovna

ADPI katta o'qituvchisi Nafis.2020@mail.ru

Annotation: This article highlights the importance of improving the mathematical knowledge of young schoolchildren in today's world. Elementary math classes cover modern approaches to improving the math knowledge of elementary students.

Keywords: interest, didactic game, mathematical terms, idea, mathematical writing, multiple, geometric figure, redundancy, situation, confusion, system, result, interactive methods.

Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik yoshdagi maktab o'quvchilarini matematik bilimlarini oshirishning ahamiyati bugungi kun talabi ekanligi korsatilgan. Boshlang'ich sinflar matematika darslarida boshlang'ich sinf o'quvchilarni abstrakt fikrlashlarini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: abstrakt fikrlash, qiziqtirish, didaktik o'yin, matematik atamalar, fikr, matematik yozuv, karrali, geometrik figura, ortiqcha, vaziyat, chalkashlik, tizim, natija, interfaol metodlar.

Respublikamizda olib borilayotgan ta'lim-tarbiya islohotlari, mutaxassis kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan bo'lib, oliy o'quv yurtlarida pedagoglarning metodik mahoratini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. O'qituvchilarimiz bu vaziyatda o'z faoliyatiga tanqidiy yondashib, psixologik jihatdan qayta ko'rib chiqib, ularni yangi sharoitda bolalarga samimiy munosabatda bo'lish ularni rivojlantirishda shaxsiy yondashuv, hamkorlik, hamijodkorlik va individullashish asosida ularni ta'lim-tarbiya jarayoniga hosil qilish orqali ta'lim jarayonida faol ishtirokini ta'minlashga barcha kuchlarini va e'tiborlarini qaratishni talab etadi. Shu sababli ham

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

respublikamizda interfaol metodlarni o'quv jarayoniga qo'llash keng joriy qilinmoqda.

Hozirgi vaqtda yurtimizda ayniqsa matematika faniga katta e'tibor qaratilmoqda. Chunki mutaxassislarning fikricha matematikani yaxshi o'zlashtirgan o'quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo'ladi. Bola nafaqat misol va masalalar yechishda hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarini bosqichma-bosqich rejali bajarish qobiliyatlarini o'zida shakllantiradi. Bizga ma'lumki, abstraksiya bilishda tushuncha, kategoriya shaklida namoyon bo'ladi. Mavhumlashtirish asosan tafakkurning muhim xususiyati hisoblansada, lekin tasavvurda ham abstraksiyaning ayrim elementlarini uchratish mumkin. Abstraksiyalash jarayonida turli kategoriyalar, qonun, qonuniyat, sababiyat kabi mavhum tushunchalar vujudga kelib, bu tushuncha va kategoriyalar olamni bilishning muhim yakunlarini, natijalarini qurollarini tashkil etadi. Olamni o'rganishda, hodisalarning mohiyatini ochishda, ular haqida to'g'ri xulosalar chiqarishda abstraksiyalash ning ahamiyati katta. Abstraksiyalash miyaning sof ichki mahsuli emas, u reallikdagi hodisalar xususiyatini u yoki bu tarzda aks ettirishning hosilasidir. Reallikdagi har bir predmet bevosita yoki bilvosita boshqa predmet bilan bog'liq va u bilan birga qandaydir umumiylikka ega. Abstrakt tafakkur - bu kichik tafsilotlar haqida qisqacha ma'lumot berish va butun vaziyatga qarash imkonini beradigan fikrlash tarzidir. Bunday fikrlash siz normalar va qoidalar chegaralaridan tashqariga chiqishga va yangi kashfiyotlar qilishga imkon beradi. Bolalikdan mavhum fikrlashni rivojlantirish muhim o'rin tutishi kerak, chunki bunday yondashuv kutilmagan echimlar va vaziyatdan osonroq yangi yo'llarni topishga yordam beradi. Bolalarda ilk abstrakt tasavvurlarni shakllantirish bo'yicha zamonaviy yondashuvni joriy qilish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil qilish ustuvor yo'nalishlardan biridir. [6, 162]

Ma'lumki maktabga birinchi qadamini qo'ygan bola o'z o'yinqaroqligini tark etgisi kelmaydi. Matematika fani kichik yoshdagi maktab o'quvchilari uchun ba'zi hollarda murakkablik qiladi. Bolalarni darsga qiziqtirish va abstrakt fikrlashni

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

rivojlantirishda o'qituvchining mahorati va metodlariga bog'liq bo'ladi. Bolalarga abstrakt fikrlashlari o'zlari qiziqqan usullar bilan ya'ni didaktik o'yinlar yordamida va ularni bolalarcha abstrakt tasavvurlaridan kelib chiqqan holda o'rgatish yaxshi natija beradi. Quyidagi didaktik o'yinlar ham samarali natijalar beradi. [5, 111]

"Matematik atamalar" o'yini: Bu o'yinda bir necha o'quvchi ishtirok etadi. Qatnashchilar bir qator bo'lib turishadi va navbat bilan har bir qatnashchi matematika faniga oid atamalarni aytadi. Bunda bir o'quvchi boshqa o'quvchi aytgan atamani aytsa o'yinni tark etadi, besh soniya o'ylanib qolsa ham o'yindan chiqadi. O'yin bir o'quvchi qolgunncha davom etadi. Qolgan o'quvchi g'olib hisoblanadi. [8, 44]

2-qismlik kundalik birorta fikr bo'yicha (matematik-olimlarning fikri, maqol) bolalar o'z izohlarni yozishadi. Masalan, Fikr Izoh

«Yetti o'lchab, bir kes.» Hamma ishlarini o'ylab bajarish kerak,

(Maqol) shundagina natijasi yaxshi bo'ladi, shuning uchun ishga bog'langan

sharoit,

vosita, ishga talab haqida oldindan o'ylashi kerak.

Rasmli va matematik yozuvli domino (matematik yozuvni aniq raqam bilan mos keltirish).Ishtirokchio'quvchilar 4 ta kartochkadan iborat to'plam oladi (sahifaning yuqori va past qismlari). Kim o'z to'plamidan tezroq tizim tuzsa va bu tizimning boshida chap tomonida bo'sh katagi bo'lgan, oxirida esa o'ng tomonida bo'sh katagi bo'lgan kartochka tursa, shu o'quvchi g'olib hisoblanadi. Bunda har bir rasmning yoniga shu rasmga mos matematik yozuv qo'shilgan bo'lishi kerak.

"Ho'p" о' yini: Bu o'yinni ikki kishidan boshlab o'ynash mumkin. O'yin qoidasiga ko'ra birdan boshlab natural sonlarni sanash lozim. Har 3 ga karrali (4 ga karrali, 5 ga karrali) son kelganda o'quvchi bu sonni aytmasdan ho'p deyishi kerak bo'ladi. Aks holda o'yinni tark etadi.

Chalkashlik (doira, kvadrat, uchburchak va boshqa geometrik figuralar qismlaridan tuzish).Har qaysi o'ynovchi 6 ta kartochkadan iborat to'plam oladi, bu

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

kartochkalarning har birida bolalarga tanish bo'lgan geometrik figuralardan birining yarimtasi tasvirlangan. Kim tez qismlardan butun doira, kvadrat, uchburchak tuzsa, o'sha g'olib hisoblanadi.

«Beshinchisi ortiqcha» metodi: bu usul o'quvchilarni matematik bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda abstrakt -mantiqiy fikrlashga ham o'rgatadi. O'quvchilar abstrakt - mantiqiy fikrlab mazmunan farqli bo'lgan ortiqcha so'zni topadilar.

doira y tengsizlik \

Boshlang'ich sinflarda didaktik o'yinlar qator ustuvorliklarga ega bo'lib, abstrakt fikrlashni hamda bolaning ruhiy jihatdan rivojlanishini bir qadar tezlashtiradi.

Didaktik o'yinlar o'quvchilar yaxshi o'zlashtira oladigan faoliyat hisoblanib, bu faoliyat jarayonida ular o'qishga, mehnatga, badiiy ijodga, matematik bilim olishga, abstrakt matematik misol-masalalarni tez hisoblashga oid hayotiy muammolarni tezda ilg'ab oladilar. Shu boisdan didaktik o'yinlarga tayanib ish ko'rish -o'quvchlarni ta'limiy hamda tarbiyaviy ta'sirga hayajonli javob berishni ta'minlash usulidir.

Didaktik o'yinli vaziyatlardan maqsadli foydalanish g'oyasi bir-muncha ilg'or va samaralidir. Turli yoshdagi insonlar faoliyatini o'yin tarzda tashkil etish va kasb mahoratini takomillashtirish tajribasi bugungi kun o'qituvchisi uchun ayni muddaodir.

Adabiyotlar:

1. Ahmedova M, Abdurahmonova N, Jumayev M "Matematika"birinchi sinf uchun darslik. "Turon-iqbol"2014 21-b.

2. M. E. Jumayev "Matematika o'qitish metodikasidan praktikum" Toshkent "O'qituvchi" 2004 78-b.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

3. Ишмухдмммедов Р. Таълимда инновация. - Т.: "Fan va texnologiyalar" нашриёти, 2010144-b.

4. Абдуллаева А.Н. Основы развития продуктивного мышления учащихся. Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого. «Ленинградский государственный университет имени АС Пушкина» Том-12 № 1, 2014, 326-327

5. AbdullayevaN. Boshlang'ich matematika о^^И metodikasi predmeti va maqsadi academic research in educational sciencesvolume 2 | issue 9 | 2021 111-bet.

6. Нафиса А.А. Методические основы развития творческой познавательной активности учащихся начальных классов Актуальные проблемы гуманитарных и ..., 2014 162-bet.

7. Abdullayeva N.A. Modern teaching methods inmathematics. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT 9,34-41

8. Abdullayeva N.A. Boshlang'ich matematika kursida beriladigan geometrik masalalarning о'гш SCIENCE AND INNOVATION international scientific journal volume 1 issue 7 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337 40-48-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.