Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INAVATSION VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG`ICH TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INAVATSION VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
636
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich / nostandart testlar / interfaol o’yinlar / kreativ yondashuv / aqliy / iqtidor / qobilyat / innovatsion / texnologiya / malaka / ko‘nikma. / elementary / non-standard tests / interactive games / creative approach / mental / talent / ability / innovative / technology / competence / skill.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — I. Ubaydullayev

Ushbu maqolada hozirgi zamon talablariga mos ta’lim berish uchun boshlang’ich ta’limda qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta noan’anaviy usullardan foydalanish ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INNOVATIVE AND MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF PRIMARY EDUCATION

This article discusses the importance of using several non-traditional methods that can be used in primary education to provide modern education.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INAVATSION VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANGICH TA LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INAVATSION VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

I.Ubaydullayev

Andijon davlat pedagogika instituti, Boshlang'ich ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7229356 Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi zamon talablariga mos ta'lim berish uchun boshlang'ich ta'limda qo'llash mumkin bo'lgan bir nechta noan'anaviy usullardan foydalanish ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich , nostandart testlar, interfaol o'yinlar, kreativ yondashuv, aqliy, iqtidor, qobilyat, innovatsion, texnologiya, malaka, ko'nikma.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ И СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ

НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Aннотация. В данной статье рассьмотрены вопросы значения применения в начальном оброзавании нетрадиционных методов обучения, отвечающих современным требованиям.

Ключевые слова: начальное, нестандартные тесты,интерактивные игры , креативные подход, умственный, одоронный, способность, инноватция, технология, квалификация, навыки и умения.

USE OF INNOVATIVE AND MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES TO

INCREASE THE EFFECTIVENESS OF PRIMARY EDUCATION Abstract. This article discusses the importance of using several non-traditional methods that can be used in primary education to provide modern education.

Key words: elementary, non-standard tests, interactive games, creative approach, mental, talent, ability, innovative, technology, competence, skill.

KIRISH

Hozirgi kunda maktab va maktab o'qituvchilarining asosiy maqsadi o'quvchilarga yangi noan'anaviy dars usullaridan foydalanib ta'lim berish va tarbiyalashdir. Har bir ishning poydevori mustahkam bo'lsa ko'zlangan maqsadga oson erishiladi. Kelajak avlodimiz bo'lgan yoshlarga hozirgi zamon talablariga mos, dunyo yoshlari bilan har sohada tenglasha oladigan o'zining iqtidori, qobilyati, salohiyati bilan O'zbekiston deya atalmish vatanimizning nomini yanada yuksaklarga ko'taradigan darajada ta'lim tarbiya berishni boshlang'ich ta'limdan boshlashimiz juda ham muhimdir. Shu maqsadni inobatga olib barcha maktablar boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishda innovatsion va zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish hozirgi zamon talabiga juda mos keladi.

Har bir o'quvchi o'ziga hos iqtidor va qobilyatga ega. Ularni iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish va yanada rivojlantirish o'qituvchining kasb mahoratiga ijodkorligiga va o'z ustida tinmay ishlashiga va dars o'tish metodiga bog'liq. O'qituvchi pedogogik mahoratiga erishishi uchun avvalo ijodkor bo'lishi kerak. Ijodkor o'qituvchi albatta boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan unumli foydalana oladi va har bir dars o'quvchilar ongida muxrlanib qoladi. Yangi pedogogik texnologiyalaridan foydalanib ta'lim berish o'quvchilarni erkin fikrlashga, qobilyatlarini namoyon qilishga, nutqini rivojlantirishga,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bilim olish va unga erishish uchun tinmay izlanishga, vatanparvarlikga, tengdoshlari bilan dostona munosabatda bolib ular bilan oz fikrlarini almasha olishga orgatadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun har bir darsda o'qituvchi mavzuga oid bo'lgan turli nostandart testlardan va didaktik o'yinlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. O'qish darsida quydagi nostandart test topshiriqlari o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini oshirishi bilan birgalikda ob'yekt va uning qismlarini tanish, o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash ko'nikmalarini nazorat qilish va baholash jarayonini haqqoniy va odilona amalga oshirish imkonini beradi.

Ertakli rasm qahramonlarini aniqlang va jadvalga har bir rasm ostiga mos raqamlarni yozing:

1) "Ayoz bobo" ertagi; 2) "Ur to'qmoq"ertagi; 3) "Qizil qalpoqcha"ertagi; 4) "Maugli"ertagi; 5) "Maqtanchoq quyon"ertagi; 6) "Bo'g'irsoq"ertagi; 7) "Uch og'ayni botirlar"ertagi

Rasmli va ko'p javobli nostandart test javobi quyidagicha bo'ladi:

2 3 6 1 7 5 4

Yuqorida berilgan nostandart test orqali har bir o'quvchining mustaqil fikrlash bilan birgalikda muammoning yechimini bir necha usullar bilan topish malakasini o'zlashtiradi. Bu testing yana bir afzalligi o'qituvchi uchun o'quvchilarning bilim darajsini aniqlashi osonlashadi. Sababi e'tibor beradigan bo'lsak, rasmlar chalkash holatda bo'lgani uchun har bir o'quvchi to'g'ri javobni topib rasmning ostiga belgilashi shart. Bunda tabiiyki bir nechta o'tilgan mavzular yoki ertaklarni takrorlash imkoniyati yaratiladi. Bu testlarning darajasini o'qituvchi sinf o'quvchilarining bilim darajasiga qarab murakkablashtirishi yoki soddalashtirishi mumkin. Rasmda berilgan ertaklarni aniqlab mos raqamlarni yozing Javobi: 1,2,3,4.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bu rasmli test ham o'quvchilarning zukkologi va eslab qolish qobiliyatini oshirish imkonini beradi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan nostandart test topshiriqlari o'quvchilarning mavzu bo'yicha olgan bilimlarini mustahkamlash va ko'nikma, malakalar hosil qilishda muhim rol o'ynaydi. Ertak va uning qahramonlari, badiiy asar va undagi voqea rivoji, asar muallifi yuzasidan ma'lumotlar beradi. Ta'lim-tarbiya jarayonida Blum taksonomiyasiga binoan o'quv topshiriqlarining bajarilishiga erishish - talabalarning bilim darajasini nazorat qilish va baholashda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish nazoratning haqqoniyligi va keng qamrovliligini ta'minlaydi.

Tadqiqot natijalari

Hozirgi zamonaviy ta'limda har bir o'qituvchi o'zida boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo'lishi zarur. Chunki noan'anaviy ta'lim jarayonida o'qituvchining darsdagi ro'li ancha kamaygan. Endi o'quvchilar mustaqil fikrlash orqali dars mavzusini o'zlashtirishi talab etilmoqda. O'qituvchi faqatgina yo'naltiruvchi, aniqlovchi, xato va kamchiliklarni tuzatib to'g'ri yo'lga boshlovchi maqomida turibdi. O'qituvchi endi har bir darsni qiziqarli o'tkazish va o'z oldiga qo'ygan maqsadlarni amalga oshirishi zarur. Bu jarayonni tashkillashtirish uchun darslarda interfaol usullardan foydalanish ham katta samara beradi. Chunki bu o'yinlar har bir o'quvchini mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Darslarni turli xil harakatli o'yinlar bilan tashkil etish jarayoni boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlariga ham mosligi bu jarayonga katta imkoniyat yaratib beradi.

Alifbe o'rgatish davri.

"Nima yetishmaydi o'yini" O'yinning maqsadi: O'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish lug'atini boyitish, o'quvchilarning kuzatuvchanligini, diqqatini oshirish.

O'yin uchun jihozlar: sinf xonasi burchagidagi stol ustiga qopqog'i yo'q choynak, qalamdon (ichidagi qalamlar sochilgan holda), ruchka (siyohi yo'q), ruchka qopqog'i, muqovasi alohida turgan kitob va bir oyog'i yo'q stul.

O'yinni o'tkazish tartibi: Bu o'yinda o'qituvchi o'quvchilarni ikki guruhga bo'ladi. Har bir guruhdan bir o'quvchi chiqib, stol ustidagi buyumlarning nimasi kamligini aytishi va ularni joylashtirishi kerak bo'ladi. Agarda o'quvchi narsaning nomini to'g'ri ayta olmay yoki uning nimasi kamligini bilmasa, unda shu o'quvchi o'z gurihiga jarima baho olib beradi. O'yin shu tariqa davom etadi. O'yin so'ngida har bir guruh bahosi hisoblab ko'riladi, yuqori baho olgan guruh g'olib deb e'lon qilinadi.

"Nima" o'zgardi o'yini O'yinni maqsadi: o'quvchilarni lug'at boyligini oshirish, sezish va eslab qolish qobiliyatini o'stirish, og'zaki nutqini faollashtirish.

O'yin uchun jihozlar: Stol ustiga o'yinchoqlardan 6 dona ( qo'g'irchoq, piramida, mshina, ayiqcha, kubik, koptok). O'yinchoq turlari har bir sinfning sharoiti va imkoniyatiga qarab tanladi.

O'yinni o'tkazish tartibi: o'qituvchi o'quvchilarga stol ustidagi hamma o'yinchoqlarning nomi va ularning joylanishi bilan tanishtiradi. So'ngra o'qituvchi o'quvchilardan bittasini chaqirib, unga stol ustidagi o'yinchoqlarni yaxshilab ko'rib olsihni taklif etadi. O'qituvchi tanishib chiqqanidan so'ng orqasiga o'grilib turadi. keyin shu o'qituvchi stol ustidagi narsalarning o'rnini alamshtirib qo'yadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'quvchi stoldagi qaysi narsaning joyi o'zgarganligini aytib beradi. Agar bola o'zgarishni bilmasa, yordamga boshqa o'quvchini chiqaradi. O'yin shu tariqa davom etadi. O'yin o'quvchilarning o'zlashtirishiga qarab murakkablashtiriladi.

XULOSA

Didaktik o'yinlari orqali maktab o'quvchilarini ma'naviy, aqliy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga etish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat kilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek o'sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.

Didaktik o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o'yindagi topshiriqlarning rang baranglilgiga qarab takomillashib boradi.

REFERENCES

1. S.Matjonov va boshqalar. Boshlang'ich sinf o'qish darslarini pedagogik texnalogiyalar

orqali tashkil etish. T. 2008 y

2. A.Suyumov, M.Jumaboyev. Bolalar adabiyoti. T. 1995 y

3. M Jumaboyev. Bolalar adabiyoti. T. 2009 y

4. M Jumaboyev. Bolalar adabiyoti. T. 2010 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.