Karimova S.
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti O'zbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi assistenti
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING TALAFFUZ ME'YORLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI PEDAGOGIK
MUAMMO SIFATIDA
Annotatsiya. Biz tilini jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlantirib, boyitib kelgan ajdodlarning vorislarimiz. O'quvchilarni tilning mavjud imkoniyatlaridan nutq jarayonida maqsadga muvofiq foydalana olishga o'rgatish maktab ona tili ta'limi oldida turgan mas'uliyatli vazifalardan sanaladi. Komil insonni voyaga etkazishda boshlang'ich ta'lim shubhasiz mustahkam poydevor rolini o'taydi. Ona tili va o'qish darslarida olib boriladigan barcha mashg'ulotlarning yetakchi o'rni nutq o'stirish bo'lib, u savod o'rgatish, chiroyli yozish ko'nikmalarini shakllantirish va o'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish kabi vazifalarni o 'z ichiga oladi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo'lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo'ladi. Nutq orqali odamzod o 'zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi.
Kalit so'zlar: nutq o'stirish, to'g'ri talaffuz, O'qish kitobi, Ona tili va o'qish savodxonligi, Davlat ta'lim standartlari, Milliy o'quv dasturi, boshlang'ich sinf.
Karimova S. assistant
Department of Uzbek language, pedagogy and physical culture Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies
THE METHODOLOGY OF FORMING PRONUNCIATION STANDARDS OF PRIMARY CLASS STUDENTS AS A PEDAGOGICAL
PROBLEM
Abstract. We are the heirs of our ancestors who developed and enriched their language along with the development of society. Teaching students to be able to use the available opportunities of the language in the speech process is one of the responsible tasks facing the school mother tongue education. Primary education undoubtedly plays the role of a solid foundation in raising a perfect person. Speech development is at the forefront of all activities conducted in mother tongue and reading classes, which includes tasks such as teaching literacy, building good writing skills, and expanding students' thinking range. takes If the speech of every person is beautiful, perfect, pronunciation is clear and fluent, the scope of thinking is wide and the perception is deep. Through speech, a person also expresses his inner feelings.
Key words: speech development, correct pronunciation, Reading book, Mother tongue and reading literacy, State educational standards, National curriculum, primary grade.
Inson hayotida nutq va tafakkurning o'rni va roli qadimdan ko'pchilikni qiziqtirib keladi. O'tmish mutafakkirlari ijodida nutqning ma'naviy kamolot belgilaridan biri sifatida qayd qilinishi bejiz emas. Jumladan, Kaykovus "Suxandon kishilar bila ham suhbatda bo'lgil va qanday qilib so'zlash shartlarini ham bilgil" 30 Yusuf Xos Hojib "Uquv va bilimning tilmochi tildir... Agar tilga e'tibor bermasa, uni noo'rin qo'llasa, odam boshi yorilishi hech gap emas" 31, Forobiy so'zning inson hayotida tutgan o'rni va roli haqida: "...so'zlash quvvati shunday quvvatki, uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-atvoridagi xunuk va go'zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo'lgan-bo'lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga, zararli va fo ydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi"32 deb yozgan bo'lsa, M.Koshg'ariyning «Devonu lug'otit- turk» asarida «Adab boshi - til» maqolning keltirilishi, A.Navoiyning "Bir bo'lu, bir ko'r, bir de, bir tila, Mayl qilma munda ikkilik bila"33 misralarida bir so'zlilik, fikriy sobitlik, so'z va fikr birligi -chin inson uchun bosh dasturdir degan fikr ilgari suriladi. Yuqoridagi fikrlar buyuk ajdodlarimizning inson ma'naviyatining shakllanishi va rivojlanishida tilning nechog'li ahamiyatli ekanligiga urg'u berganini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida "...intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob ekani, nodir talent egalarinitarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekaniniunutishga haqqimiz yo'q", -- deya ta'kidlagan edi.34 Dunyoning yetakchi davlatlari qatorida O'zbekiston ham o'z ta'lim tizimini yanada rivojlantirish, sifatli kadrlarni hayotga tayyorlash maqsadida tinimsiz islohotlar o'tkazmoqda.
Chiroyli va ravon nutq so'zlashni, savodli, chiroyli to'g'ri yozishni, o'z fikrini ravon va aniq bayon etishni uddalay olmagan yoki to'g'ri talaffuz etolmagan o'quvchi hech qaysi bilimlarni muvaffaqiyat bilan uddalay olmaydi. Bu borada so'z va nutqning ma'no-mohiyatini teran idrok etgan buyuk qalam sohiblari so'zlash qobiliyati va go'zal nutq qudrati bemisil bir ne'mat ekanligini takror va takror ta'kidlaganlar. O'quvchilar nutqini o'stirish, avvalo, ularning lug'atini boyitish va ushbu lug'atdagi so'zlarni to'g'ri talaffuz bilan bog'liqdir. So'z boyligini oshirishda lug'at ustida ishlash katta amaliy ahamiyatga ega.
30 Kaykovus. Qobusnoma. -T.: Yangi asr avlodi, 2016. -224 b.
31 Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. -T.: Yulduzcha.1990. -188 b.
32 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. -188 b. 33Alisher Navoiy. Lisonut tayr. matnni nashrga tayyorlovchi Vahob Rahmon. -T.: G'afur G'ulom, 1991. -462 b.
34 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi// Xalq so'zi.2017-yil 23-dekabr
Boshlangich talim Davlat standartida oquvchilarning mustaqil oqish konikmalari iborasi aynan qollanilgan bolsa-da, korsatilgan uch parametrli statdart talabini bajarish bolalarda malum darajada mustaqil oqish va izlanish konikmalarini talab qiladi. Davlat talim standarti asosida oquv dasturlari va yangi darsliklar nashr etiladi.
Kichik yoshdagi o'quvchilaming ko'pchiligi o'qituvchisi aytganlarini quloq qoqmay bajaradi va doimiy ravishda uning ko'rsatmalarini kutishga moyil bo'ladi. O'qituvchi qanday va nimani o'qitishidan qat'iy nazar, uni bilib olish kerak deb hisoblaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari nazarida o'qish - ko'r-ko'rona ijrochilik, o'qituvchisiga taqlid, ustozi aytganlarini takrorlashdan iboratday tuyuladi. Mazkur davr pedagogik jihatdan bolada insoniy sifatlarni shakllantirishda o'qituvchi uchun eng qulay bosqich sanaladi. Inson ichida erkin "men"i, mustaqil fikri bo'lgandagina o'z so'zini aytadi. Fikr - ichki "men" faoliyatining mahsuli. Shakllanib kelayotgan shaxsda o'zlikni anglash, uning o'z so'zi va mustaqil fikri bo'lishini ta'minlash, bunga sharoit yaratish maktabda o'qituvchining vazifasi hisoblanadi. Bu undan professional bilimdonlikni talab qiladi. Kichik yoshdagi o'quvchilarning ma'naviyatini sog'lomlashtirishda Ona tili va o'qish savodxonligi darslarining, ya'ni boshlang'ich ta'limning o'rni beqiyos. O'qituvchi tomonidan Ona tili va o'qish savodxonligi kitobidagi asarlarni to'g'ri idrok etishga yo'naltirilgan o'quvchi mustaqil ishlashga, uqib o'qishga, o'zgalarning fikrlarini ilg'ashga, o'zi va boshqalarning tuyg'ular olamini kuzatishga, o'zgani tuyishga o'rgana boradi. Olamni, odamni va o'zligini kashf qiladi. O'z ichki "men"ning shakllanishida o'zi bevosita ishtirok etadi. Darsliklar bunday pedagogik vazifalarning bajarilishida eng katta ko'makchi sanaladi. Darsliklarda taqdim etilgan o'quv materiallari mazmunan ta'lim-tarbiya jarayoni oldiga qo'yilgan maqsadlarga mutanosib bo'lishi kerak. Kuzatishlar asnosida ma'lum bo'ldiki, boshlang'ich sinflarda 2021- yilgacha o'qitib kelingan "O'qish kitobi" darsliklarining ko'pchiligi yuqoridagi talablarga yetarli javob bera olmaydi. Bu darsliklarni tuzishdan oldin kichik o'quvchilarning ruhiyati, intellektual saviyasi yetarli darajada o'rganilmagan. Aytish kerakki, bugungi boshlang'ich sinf o'quvchilari darsliklar mualliflari tasavvur qilganlaridan, ularning bu yoshdagi darajasidan ko'ra bilimliroq va aqlliroq. "O'qish kitobi" darsliklarining umumiy tahliliga tayanib shuni aytish mumkinki, boshlang'ich sinf o'quvchilarida insoniy sifatlarni shakllantirishda bolalaming kuchi, aqli va imkoniyatlaridan unumli foydalanilmayapti. Darsliklarda o'rganish uchun taqdim etilgan o' quv materiallarining ko'pchiligi mantiqsiz, jo'n, hayotiy haqiqatdan uzoq. Bir qismi nasihatgo'ylikka qurilgan. Ular mavzudan kelib chiqib, mualliflar tomonidan shunchaki "to'qib" tashlanganday tasavvur uyg'otadi kishi-da. Asarlar matni yuzasidan tuzilgan: "Nima uchun ona Yer deymiz? Javobni matndan topib o'qing va o'qiganingizni yod oling". "Navoiyning istagi ifodalangan misralami o'qing", "Yakshanba kuni qanday voqea yuz berdi?" "Ota-ona o'z farzandiga nisbatan qanday iborani ishlatadi?" kabi mantiqsiz savol-topshiriqlar matn mazmunini takrorlashiga xizmat qiladi, xolos. Darslik o'z mazmun-mohiyati bilan sinfdagi
eng ilg'or o'quvchidan ham bir pog'ona balandda turishi, va'ni a'lochi o'quvchilar ham darsliklardan o'zlari uchun qiziqarli ma'lumotlarni olishi, ma'lum maqsadlarga erishishda darsliklar tayanch vazifasini o'tashi kerak. 1 -sinflar uchun yozilgan "O'qish kitobi" darsliklarida: "Asar sizda qanday taassurot qoldirdi?", "Do'stlik deganda nimani tushunasiz?", "Nima deb o'ylaysiz. Shiroq nega qo'yini boqib yuravermay qabila boshliqlarining oldiga keldi? Uni bunga undagan narsa nima ekanini ayta olasizmi?", "Uning dili og'ridi" tarzidagi tasvirni o'z so'zlaringiz bilan ifodalashga urinib ko'ring. Uni siz qanday tushundingiz?" singari kichik o'quvchilarni o'z fikrini aytishga va matn mohiyatiga kirishga yo'naltiradigan badiiy asardan zavq va ma'naviy ozuqa olishga undaydigan, o'z munosabatini asoslashga, xulosasini o'ziga yarasha himoya qilishga qaratilgan savol-topshiriqlar taqdim etilishi maqsadga muvofiqdir.35
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Kaykovus. Qobusnoma. -T.: Yangi asr avlodi, 2016. -224 b.
2. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. -T.: Yulduzcha.1990. -188 b.
3. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. -188 b.
4. Alisher Navoiy. Lisonut tayr. matnni nashrga tayyorlovchi Vahob Rahmon. -T.: G'afur G'ulom, 1991. -462 b.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi// Xalq so'zi.2017-yil 23-dekabr.
6. Husanboyeva Q., Hazratqulov M., Jamoldinova Sh. Boshlang'ich sinflarda adabiyot o'qitish metodikasi. Toshkent-2020, 5-bet
35 Husanboyeva Q., Hazratqulov M., Jamoldinova Sh. Boshlang'ich sinflarda adabiyot o'qitish metodikasi. Toshkent-2020, 5-bet