Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING KREATIV TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH 21 ASR TALABI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING KREATIV TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH 21 ASR TALABI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
143
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs / o’quvchi / ta’lim / tarbiya / kreativlik / kreativ tafakkur / metod. / person / student / education / upbringing / creativity / creative thinking / method.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — H. Nusratova, I. Egamqulova

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ tafakkurini shakllantirishning dolzarbligi bayon etilgan. Shuningdek kreativ tafakkurni shakllantirishning bir nechta metodlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF CREATIVE THINKING OF PRIMERY SCHOOL STUDENTS IS A REQUIREMENT OF THE 21ST CENTURY

This article describes the importance of forming the creative thinking of primery school students. Also, some methods of forming creative thinking are highlighted.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING KREATIV TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH 21 ASR TALABI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KREATIV TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH 21 ASR TALABI Nusratova Hamida Cho'liboyevna

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori dots. Egamqulova Iroda Safar qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7424038

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativ tafakkurini shakllantirishning dolzarbligi bayon etilgan. Shuningdek kreativ tafakkurni shakllantirishning bir nechta metodlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, o'quvchi, ta'lim, tarbiya, kreativlik, kreativ tafakkur, metod.

FORMATION OF CREATIVE THINKING OF PRIMERY SCHOOL STUDENTS IS A

REQUIREMENT OF THE 21st CENTURY

Abstract. This article describes the importance of forming the creative thinking of primery school students. Also, some methods of forming creative thinking are highlighted.

Keywords: person, student, education, upbringing, creativity, creative thinking, method. ФОРМИРОВАНИЕ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛНИКОВ

- ТРЕБОВАНИЕ 21 ВЕКА

Аннотация. В данной статье рассказывается о важности формирования творческого мышления учащихся началной школыю также выделены некоторые приемы формирования творческого мышления.

Ключевые слова: человек, студент, образование, воспитание, творческий, творческое мишление, метод.

KIRISH

O'zbekiston ta'lim tizimini rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash haqida so'z yuritar ekanmiz o'quvchilarni nafaqat har tomon lama yetuk, ilm asoslarini mukammal egallagan balki kreativ fikrlay oladigan, g'oyaviy jihatdan chiniqqan, kelajakda o'z kasbining yetuk mutaxasisi qilib tarbiyalash bugungi kuning asosiy talabidir.

Kreativlik so'zi ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D. Simpson tomonidan qo'llanilgan. Ushbu atama orqali shaxs qolipdagi, stereotip, odatiy tafakkurdan voz kechish qobiliyatini ta'riflagan.

Kreativlik lotincha "create"- yaratish, "creative" - yaratuvchi, ijodkor degan ma'nolarni ifodalaydi. Kreativlik- individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat ma'nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o'tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'qituvchi bilan o'quvchi hamkorligi o'qituvchining o'quvchilarga ko'rsatadigan yordamidan boshlanadi. U asta-sekin faollashib o'quv harakatlariga aylanadi. Natijada o'qituvchi va o'quvchi munosabati hamkorlik pozitsiyasiga o'tadi. Ammo bu jarayonda o'qituvchi nihoyatda ehtiyotkor bo'lishi talab etiladi . Negaki ayni shu jarayonda o'qituvchi o'zi bilmagan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

holda bolalarning kreativ tafakkurini rivojlantirishdan to'sib qo'yishi mumkin. Materiallar tahlilining ko'rsatishicha, bolalarda kreativlikni rivojlantirishda hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, ta'lim jarayoni ikki yoqlama harakterga ega bo'lib o'qituvchi va o'quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o'qituvchi ta'lim jarayonining to'g'ri tashkil etilishi, ta'lim maqsadlarining to'g'ri amalga oshirilishi va ta'lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo, bu ta'lim jarayoni to'liq o'qituvchining hukmronligi ostida degan noto'g'ri fikrning tug'ilishiga asos bo'lmasligi kerak. Zamonaviy ta'lim berishning talabi ham kimnidir bo'ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir. Ta'lim jarayonida o'quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o'zlashtirishgina bo'lib qolmasdan balki shaxsning umumiy ijtimoiy- madaniy qobiliyatlarini shakllantirishga ham qaratilishi lozimligini unutmaslik lozim. Izlanishlar natijasiga ko'ra bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:

1) ular tomonidan ko'p savollar berilishini rag'batlantirish va bu odatni qo'llab-quvvatlash:

2) bolalarning mustaqilligini rag'batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish:

3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etish uchun imkoniyat yaratish:

4) bolalarning qiziqishlariga e'tibor qaratish.

Quyidagi omillar shaxsda kreativlikning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi:

1) o'zini tavakkaldan olib qochish:

2) fikrlash va xatti-harakatlariga nisbatan qo'pollik bilan javob qaytarish:

3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi:

4) boshqalarga tobe bo'lish:

5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o'ylash.

Boshlang'ich ta'lim - bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta'lim turidan biri bo'lib, ta'limning bu bosqichida pedagog o'qituvchilarga katta mas'uliyat yuklatiladi. Ya'ni boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi hali maxsus o'rganishni talab etmoqda. O'quvchilar o'z-o'zidan kreativ bo'lib qolmaydi. Uning

kreativ qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. O'qituvchilar o'quvchilar bilan hamkorlikda ish yuritib, ularning har bir fikrini inobatga olishi va buni o'quvchiga sezdirishi kabi muhim vazifalarni bajarish orqali o'quvchilarni o'zgacha yondashuvli ya'ni kreativ bo'lishlariga erishishi mumkin.O'qituvchi o'quvchilarga muammoli masala va vaziyatlarni berib, o'quvchining masala yechimini topishga ijodiy yondashishi undagi hissiy irodaviy sifatlarni rivojlanishiga yordam beradi. Bu o'quvchilarni o'z ustida ishlash, mustaqil o'qib o'rganishiga imkoniyat, ichki ehtiyojning oshishiga turtki bo'ladi.

Quyida o'quvchilarning kreativ tafakkurini shakllantirish uchun bir nechta metodlarni keltiramiz.

Birinchi misol: O'quvchilar ko'pburchaklar mavzusini o'rganish jarayonida o'qituvchi ularni maktab hovlisiga olib chiqadi, qo'llariga bo'r berib, yo'lakka turli xil ko'pburchaklarni chizishni topshiradi. Topshiriqni bajarishgach ularga bu shaklni o'zlari yoqtirgan narsaga aylantirishlarini aytadi. O'quvchilar bu shakllarni geometrik shakldagi mushukchalar, robotlar, va shunga o'xshash narsalarga aylantiradilar va ularni nima uchun yoqtirishlari so'raladi . Bu orqali o'quvchilarning ijodkorligi rivojlantiriladi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ikkinchi misol: O'quvchilarga muzlash tushunchasini o'rgatish jarayonida o'qituvchi o'quvchilardan " Faqat suv muzlaydimi?" deb so'raydi. O'quvchilar esa navbat bilan muzlashi mumkin bo'lgan narsalarni aytishadi. O'qituvchi o'quvchilarni qiziqtirish maqsadida tajriba sifatida ba'zi narsalarni tashqarida qoldirishni taklif qiladi. O'quvchilar ro'yxat tuzadilar suv, sharbat, yelim, sirka, tish pastasi, oyna tozalagich, qog'oz. Ertasi kuni ular tajriba natijalarini muhokama qiladilar. O'quvchilar o'rtasidagi nima muzlab qolishi haqidagi muhokama o'z g'oyalarini himoya qilish va murosaga kelish kabi ko'nikmalarni rivojlantiradi. Ushbu muhokama deduktiv mulohazalarni va faol tinglashni rag'batlantiradi

Uchinchi misol: O'quvchilar yangi yil bayrami uchun ssenariy yozishlari so'raladi. Bunda asosiy narsa har bir o'quvchi xohlagan kostyumda kelishi va o'sha libosiga spektakl tayyorlashi so'raladi. Masalan, o'quvchilar kata tort shaklidagi yoki super qahramon ko'rinishida kelishlari mumkin faqatgina ularning har biri spektaklda qandaydir rolda bo'lishlari talab etiladi. Ushbu metod yordamida o'quvchilarning kreativ fikrlashi rivojlantiriladi. Tasavvur va ijodkorlik kelajakni yorituvchi fazilatdir. Ikkalasi ham o'quvchilarni talabalarni ilhomlantirish uchun xizmat qiladi. Ta'limni rejalashtirish va loyihalashda shuni inobatga olish kerakki, o'quvchilarga qanday fikrlashni o'rgatish, o'quvchilarga nimani o'ylashni o'rgatishdan ko'ra muhimroqdir. XULOSA

Ma'lumotlarni kuzatish va tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga keldik, o'quvchilarning kreativ tafakkurini shakllantirish zamon talabi . Bu jarayonda esa boshlang'ich sinf o'qituvchilarining roli katta. Ular o'z o'quvchilarining ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o'z vaqtida aniqlab borishi va doimiy ravishda rivojlantirib borishlari zarur. Shuningdek, o'quvchilarning kreativ qobiliyatlari rag'batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Hato qilishdan, muvaffaqiyatsiliklardan cho'chish, haddan tashqari baholarga e'tibor qaratish, tanqidga uchrashdan qo'rqish hissi mavjud o'quvchilarda kreativlik odatga aylanmaydi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: O'zbekiston", 2017 yil, 488 bet.

2. Innovatsion ta"lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua - Toshkent. 2GI6.

3. Jo'rayev P.X., Raximov B.X., Xomatov SH.F. Yangi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta'limga asoslangan o'quv-metodik qo'lanma. -T.: Fan, 2GG5, 66 b. 4.Adizov B. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: Ped. fan. dok.dis. -Toshkent, 2GG3. - 276 b.

4. Aliyev A. O'quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. -Toshkent: O'qituvchi, 1991. 40bet.

I272

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.