Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING KREATIV SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING KREATIV SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
157
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Shaxs / o`quvchi / ta`lim / tarbiya / kreativ salohiyat / tasavvur / tafakkur / g`oya. / Man / student / education / training / creativity / imagination / thinking / idea.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D. Shuhratova

Mazkur maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativ salohiyatini shakllantirishning mazmun mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, kreativ salohiyatini amalga oshirishni o`ziga xos xususiyatlari va o`quvchilarni kreativ fikrlashga o`rgatishning afzalliklari haqida ham so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF CREATIVE COMPETENCE IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article reveals the content of the formation of the creative potential of primary school students. It also talks about the features of the implementation of creative potential and the benefits of teaching students creative thinking.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING KREATIV SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARINING KREATIV SALOHIYATINI

SHAKLLANTIRISH Shuhratova Dilfuza

Denov tadbirkorlik va pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo.7434284

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlangich sinf oquvchilarining kreativ salohiyatini shakllantirishning mazmun mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, kreativ salohiyatini amalga oshirishni o ^ziga xos xususiyatlari va o'quvchilarni kreativ fikrlashga orgatishning afzalliklari haqida ham so z yuritiladi.

Kalit so^zlar: Shaxs, oquvchi, ta'lim, tarbiya, kreativ salohiyat, tasavvur, tafakkur,

goya.

ФОРМИРОВАНИЕ ТВОРЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ У УЧАЩИХСЯ

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация. В данной статье раскрывается содержание формирования творческого потенциала учащихся начальных классов. Также говорится об особенностях реализации творческого потенциала и преимуществах обучения студентов творческому мышлению.

Ключевые слова: Человек, ученик, воспитание, обучение, творческий потенциал, воображение, мышление, идея. FORMATION OF CREATIVE COMPETENCE IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Abstract. This article reveals the content of the formation of the creative potential of primary school students. It also talks about the features of the implementation of creative potential and the benefits of teaching students creative thinking.

Keywords: Man, student, education, training, creativity, imagination, thinking, idea.

Bugungi svilizatsiya kuchaygan davrda har qaysi jamiyat kreativ shaxslarga ehtiyoj sezadi. Bu tabiiy hol albatta. Chunki dunyoda har daqiqada sodir bo'layotgan o'zgarishlar shuni taqozo qilmoqda. Kreativlik - bu shaxsning individual xususiyati bo'lib, madaniy vositalarni shaxsiy tushunchalaridan kelib chiqqan holda qollashi va rivojlantirishidir. Kreativlik psixologik nuqtayi nazardan tahlil etilgan va bugungi kunda pedagogik nuqtayi nazaridan tadqiq etishni talab etayotgan muhim pedagogik muammodir. Kreativlik-bu o'quvchilarni innovatorlikka undovchi pedagogik kategoriya hisoblanadi. Kreativlik o'quvchilarning shaxsiy sifatlarining integratsiyasidir. Chunki o'quvchi tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bolmas ekan, bunday o quvchi hech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi. Turli xil muammoni o'quvchining ozi mustaqil holatda bajarish jarayonida uchragan muammolarni yengishda o'quvchining kreativlik salohiyati shakllanadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Kreativ salohiyat tushunchasi murakkab va serqirradir. Kreativlik-o quvchilarda o z-o zidan paydo bo ladigan sifat emas, u o'quvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni ozlashtirishi va ozining kundalik faoliyatida qo'llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni oz faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olishi bilan bog'liqdir. O'quvchining kreativligining shakllanishi «ehtiyojlar, yo'nalishlar va «Men» kontseptsiya»laridan kelib chiqadi. Talim olish kengligida kreativlikni rivojlantirishning asosiy pragmatik tavsifi sifatida dialog xizmat qiladi. Shaxsning kreativligini psixolog olimlar o'quvchilarning insho yozishlari jarayonida tahlil etishga harakat qilishgan. Hamda quyidagi

1510

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ishlar amalga oshirilgan. Yosh avlodni bilimli, har tomonlama rivojlangan, komil shaxs sifatida shakllantirishda o'qituvchilarning ijodkorligi, oz sohasi bo'yicha bilimlarini doimo oshirib borishi, so'nggi yangiliklarni ozining pedagogik faoliyatida qo'llay olishlari, bir soz bilan aytganda ularning kreativlik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kreativlik ayniqsa Ozbekiston Respublikasining talim sohasidagi strategik yo'lida juda ham muhimdir. Kreativ salohiyatga ega o'quvchilar boshqalarga taqlid qilmasdan, ozlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga kreativ va mustaqil yondashadilar. Shu kreativ salohiyat jamiyat azolari bilan muomalada bo lishi, munosabat o rnatishi natijasida shakllanib boradigan sifatlardan biridir. Boshlangich sinf o'quvchilarini kreativ salohiyatini takomillashtirishda uning psixologik holati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, insonning ruhiy xususiyatlarining rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va h.k.), hayotda oz ornini topa olishi, uning vatan, xalqning ravnaqi yo'lida og'ishmay, etiqod bilan xizmat qilishi, iymonli bo lishi insonni shaxs darajasiga kotaradi. Bunday sifatlarning ro'yobga chiqishi tarbiyaga bog'liq boladi. Boshlangich sinf o'quvchisining kreativ salohiyatini takomillashtirish mobaynidauning o'sishi, qandaydir yangi xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun talim jarayonida ozini-ozi nazorat qilish, materialni takrorlashda tekshirish, esga tushirish, mashq qilishdan unumli foydalanish zarur. Boshlangich ta lim - bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta lim turlaridan biri bo lib, talimning bu bosqichida pedagog o'qituvchilarga kata ma'suliyat yuklatiladi. Ya'ni boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi xali maxsus organishni talab etmoqda

Oquvchilar oz-ozidan kreativ bolib qolmaydi. Uning kreativ qobiliyati malum bir vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, oz ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Bu rivojlanish jarayonida albatta boshlang'ich sinf o'qituvchisining roli kata ahamiyatga ega boladi. Kreativ qobiliyatlarni yuzaga chiqarish va ularni shakllantirish uchun avvalambor o'quvchining fikrlash doirasini ya'ni ongini mukammal darajada o stirishga harakat qilish lozim. Chunki fikrlash doirasi keng bo lgan bolada fantaziyalar, yangi g'oyalar, kashfiyotlar yaratishga intilish juda kuchli tarzda rivojlanib boradi. Ayniqsa boshlang'ich sinf o'quvchilarining hozirgi globallashuv davrida zamonaviy texnologiyalar orqali kreativlikka qiziqish bilan intilayotganliklarini guvohi bolishimiz mumkin. Shu sababli ham bolani boshlang ich sinf davridan mustaqil fikrlashga hamda o'z fikrini bemalol bayon qila olishlikka o'rgatib borilishi, uning ongini o'stiruvchi mashg'ulotlar tashkil qilinishi maqsadga muvofiq keladi. Ozbekiston Respublikasining talim sohasini isloh qilishdagi say harakatlarining biri - bu oquvchilarning zamon talablariga xamnafas tarzda talim olishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxs bolib yetishishida chuqur bilim egallashlarini talab etmoqda. Bu esa o'z navbatida o'quvchilarning kreativlik salohiyatini shakllanishiga turtki boladi. Bugungi kunda dunyo miqyosida tortinchi sanoat tamaddunining dvigateli-xarakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga nazar tashlasak har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelish mumkin: virtual reallik, tortburchak tarvuzlar, elektron xizmatlar, tuproqsiz hosil olish... bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsulidir. Odatiy bolib tuyulgan kitob, musiqa, samolyot va hattoki lampalar ham qachonlardir orzu va tasavvurda bo'lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi natijasida yaratilgan. Bu esa oz-ozidan talim va tarbiya ishlarining qonuniyatlarini o'rganuvchi pedagogika faniga «kreativlik» degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa ilmiy bilimning bugungi kundagi rivojlanishi,

1511

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kreativlikning shaxsni, jamiatni va davlatni rivojlantirishga ta siri ushbu masalasini ilmiy pedagogik nuqtai nazardan chuqur organishni talab etmoqda.

Xulosa qilib aytganda: kreativ salohiyat deganda o'quvchilar boshqalarga taqlid qilmasdan, ozlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga ijodiy yondashadilar degan fikr yetakchilik qiladi. Kreativlik xususida gap borar ekan, shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, x.is-tuyg'ularida, xatti-xarakatida muayyan faoliyat turlarida namoyon boladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorlikning muhim omili sifatida ham aks etadi. CHunki har bir inson ham o'z dunyoqarashi va bilimiga asoslangan holatda faol bo'lishga intiladi. Qolaversa, kreativlik zehni otkirlikni belgilab beradi, o'quvchilarning diqqat-etiborini talim jarayoniga faol jalb etishni taminlaydi. SHundan kelib chiqib zamonaviy ta'lim sifatini oshirish, ta'lim muassasalarida taxsil olayotgan o'quvchilarning o'quv faoliyatini samarali tashkil etish muammosi, zamonaviy o'qitish usullaridan keng foydalangan holda oquvchilarda kreativ salohiyatni rivojlantirish davr talabidir.

REFERENCES

1. Karimov I. Yuksak ma' naviyat yengilmas kuch.Ma' naviyat-2008

2. T. G'afforova, SH. Nurullayeva, Z. Mirzahakimova Oqish kitobi 2-sinf. Toshkent — 2018.20-b

3. Egamberliyeva N., Xodjaev B. Pedagogikaning ayrim dolzarb muammolari: mohiyat, talqin va yechim. T.: —Fan va texnologiya, 2013.

4. SHaripov SH. Oquvchilar kasbiy ijodkorligi uzviyligini ta'minlashning nazariyasi

1512

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.