Научная статья на тему 'DARSLARDA O’QUVCHILARNING KRETIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

DARSLARDA O’QUVCHILARNING KRETIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
484
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativlik / PIRLS / baholash / yondashuvlar / qobiliyat / layoqat / tadqiqotchilik / tahlil / kreativ topshiriqlar. / creativity / PIRLS / assessment / approaches / ability / competence / research / analysis / creative assignments.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N. Nuraliyeva

Maqolada o’quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish mazmuni va usullari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. PIRLS (Progress in International Reading Literasy Study) xalqaro baholash dasturida kreativ fikrlashni baholash yo’nalishi haqida asosiy tushunchalar, baholashda e’tibor qaratiladigan muhim jihatlar va baholash yondashuvlari keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF PUPILS' CREATIVE THINKING SKILLS ON THE LESSONS

The article provides information on the content and methods of forming creative thinking in students. The PIRLS (Progress in International Reading Literasy Study) program provides an overview of the direction of creative thinking assessment, important aspects to consider in assessment, and assessment approaches.

Текст научной работы на тему «DARSLARDA O’QUVCHILARNING KRETIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

DARSLARDA O'QUVCHILARNING KRETIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI

RIVOJLANTIRISH Nuraliyeva Nargiza Bazarbayevna

Guliston davlat universiteti "Masofaviy ta'lim kafedrasi" o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7433163

Annotatsiya. Maqolada o'quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish mazmuni va usullari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. PIRLS (Progress in International Reading Literasy Study) xalqaro baholash dasturida kreativ fikrlashni baholash yo'nalishi haqida asosiy tushunchalar, baholashda e 'tibor qaratiladigan muhim jihatlar va baholash yondashuvlari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: kreativlik, PIRLS, baholash, yondashuvlar, qobiliyat, layoqat, tadqiqotchilik, tahlil, kreativ topshiriqlar.

РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НА

ЗАНЯТИЯХ

Аннотация. В статье представлена информация о содержании и методах формирования творческого мышления у учащихся. Программа PIRLS (Progress in International Reading Literasy Study) предоставляет обзор направлений оценки творческого мышления, важных аспектов, которые следует учитывать при оценке, и подходов к оценке.

Ключевые слова: креативность, PIRLS, оценка, подходы, способность, компетентность, исследование, анализ, творческие задания.

DEVELOPMENT OF PUPILS' CREATIVE THINKING SKILLS ON THE LESSONS

Abstract. The article provides information on the content and methods of forming creative thinking in students. The PIRLS (Progress in International Reading Literasy Study) program provides an overview of the direction of creative thinking assessment, important aspects to consider in assessment, and assessment approaches.

Keywords: creativity, PIRLS, assessment, approaches, ability, competence, research, analysis, creative assignments.

Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari olami juda tez rivojlanmoqda. Bugungi kunda zamon talablari bilan yashaydigan insonga Internet, ma'lumotlarni uzatish tarmog'i odatiy bo'lib qolgan. Inson qayerda bo'lmasin yuqori texnologiyalar uning ajralmas qismi bo'lib qolgan. Kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat rivojlanishi va odamlar hayot tarzini o'zgarishiga ta'sir etuvchi muhim omillarning biri bo'lib qoldi. Ularni qo'llash jahon fani yutuqlarini samaraliroq ishlatishga imkon beradi, biznesni samarali yuritishning real imkonini yaratadi, odamlarning axborotli o'zaro ishlashi ularning mahalliy va jahon axborot resurslariga kirishni va ularni axborot mahsuli va xizmatlariga ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qoniqtirishini ta'minlaydi.

Zamonaviy an'anaviy ta'lim tizimi jiddiy qayta qurishni talab qiladi, chunki zamonaviy sharoitda informatsion va doimiy xarakterini taqqoslaydi, shaxsiy sharoitda va jamiyatni shakllantiradi, uslubiy, tizimli, ijodiy fikrlash bilan ijodiy shaxsiyat kerak. Bolani ijodkor shaxsga aylantirish pedagogik jarayon texnologiyasiga bog'liq.

Bugungi ta'lim tizimida darslarni samarali tashkil qilish nafaqat o'qituvchiga balki o'quvchilarga ham bog'liqdir. O'quvchilar faol, harakatchan va kreativ bo'lsalar shu darslar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

samarali natija beradi. Kreativ fikrlash bu g'oyalar berishdan ham kattaroq narsadir. Kreativ fikrlash insonga ba'zan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real ko'nikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, o'z navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda.

Pedagogik faoliyatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga tarbiya berish uchun, layoqatli, talab doirasida barcha aqliy va axloqiy salohiyatga ega bo'lgan maxsus tayyorgarlikdan o'tgan shaxslarning alohida faoliyatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytganda o'qituvchilarning mehnat faoliyati komil insonni tarbiyalashga qaratilgan murakkab, ziddiyatli va uzoq davom etadigan jarayondir.

Shu bois bugungi kunda PIRLS (Progress in International Reading Literasy Study-xalqaro o'qish savodxonligini o'rganishdagi yuksalish) - bu turli mamlakatlarda boshlang'ich sinfda tahsil oluvchi o'quvchi yoshlarning matnni o'qish va tushunush darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidan foydalanishni yo'lga qo'yilmoqda. Shu o'rinda o'quvchini xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga qanday tayyorlash mumkun degan savol ko'pchilikni o'ylantiradi.

Buning uchun pedagoglardan katta mahorat va kompetentlik talab etiladi. O'quvchilarni boshlang'ich ta'limda kreativ fikrlashini o'stirib borish maqsadga muvofiq bo'ladi deb o'ylaymiz. Boshlang'ich ta'limda savod o'rgatish jarayoni elementar o'qish va yozishni o'rgatishdan iboratdir. Savod o'rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Mustaqil O'zbekiston respublikamizda har bir kishining savodxon bo'lishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'quvchini savod o'rgatish jarayonida elementar o'qish va yozishga o'rgatishda o'quvchilarning faoliyat ko'rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo'lishi, o'z fikrini og'zaki yoki yozma ifodalash uchun zaruriyat va ehtiyojini yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim. O'qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta'minlaydi. Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yozuvga o'rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan savod o'rgatish jarayonida bola juda ham ko'p o'qishi va yozishi kerak. Savod o'rgatish jaroyinda o'quvchilarning kreativligini oshirish o'quvchilarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushuncha mazmunini bilish lozim.

Kreativlik inglizcha "create" so'zidan olinga bo'lib "Yaratish" ma'nosini bildiradi. Kreativlik o'quvchini rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson taffakuri, ma'naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi. U o'quvchiga ega bo'lgan bilimlarning ko'p qirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilish, hayotiy muommolar yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi, ya'ni berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo'lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o'ynaydi.

Savod o'rgatish davrida o'quvchilarning kreariv qobiliyatlarini namoyon ettirish uchun o'qituvchi biror hikoyani boshini aytib, davomini o'quvchi ixtiyoriga topshirish, chala chizilgan rasmni oxiriga yetkazish, berilgan rasmga ijodiy fikr bildirish, ijodiy fikrlashni talab etadigan badiiy asarlarni tavsiya etish muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilar kreativligini o'rganish alohida ahamiyatga ega bo'lganligi bois mazkur ko'plab amaliy kuzatishlar amalga oshirilyapti. Kuzatish jarayonlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shuni ko'rsatdiki, boshlang'ich sinf o'quvchilar kreativligi va tafakkur xususiyatlari o'rtasida o'zaro aloqalar mavjud.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini kretivligini oshirishda darslarda turli metodlar orqali murojat qilsak bo'ladi, bu esa ularning tafakkur qilishlariga, aqliy faoliyatini rivojlanishiga sabab bo'ladi.

O'quvchilarda savod o'rgtish jarayonida turli rasmlarni berib undan biror bir gap tuzishini aytishimiz mumkin. Masalan karam, quyosh, olma va boshqa rasmlarni ko'rsatishimiz mumkin. Ular shu rasmlarni ko'rib rasm chizishga harakat qilsin.

Misol uchun:

- Quyonlar karam yeyishni yaxshi ko'radi.

- Quyosh ertalabdan qizdira boshladi.

- Olmalar qip-qizil bo'lib pishibdi, kabi gaplarni tuzishi mumkin. Bu esa o'quvchilarning ijodiy tafakkurini o'stiradi.

Boshlang'ich sinf darsliklarida turli xil she'r, topishmoq va maqollar keltirilgan. O'qituvchi agar ijodkor bo'lsa bulardan ham turli yo'sinda foydalanish mumkin. Boshlang'ich sinf darslarida darsliklardan foydalanib zamonaviy metodlardan qo'llab olib borish mumkin. Boshlang'ich sinf darslarida o'quvchilarni kreativ ijodkorligini rivojlantirish uchun masalan "Sanoqli mashq" metodidan samarali foydalanishga harakt qilish mumkin.

Masalan: Daraxt bir yerda ko'karadi, "Mehr ikki ko'zda" kabi maqollar berilgan bo'lsa, bu maqollarga o'quvchilarni qiziqtirish uchun quyidagicha yondoshish mumkin.

kabidir.

Bunday yondoshishim orqali biz o'quvchilarni ijodkorlik faoliyatini oshirishga va yanada kreativ fikrlashga yo'naltirish mumkin.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga darslarda "Assotsiatsiyalar" metodidan ham unumli foydalanish mumkin"Assotsiatsiyalar" metodini bajarish bosqichlari quyidagicha olib boriladi.

Ta'rifi

O'quvchilarning har bir guruhiga bo'lajak mavzuni o'rganish bilan bog'liq bo'lgan so'z yoki gap yozilgan ko'zrgazmali qog'oz beriladi. Uning quyiga o'quvchilar ana shu so'z yoki gap ularning ko'zlari oldida gavdalantiradigan tasavvurlarini yozib qo'yadilar. Masalan: ko'zrgazmali qog'oz vertikal yo'nalish bo'yicha tanlangan mavzu bilan bog'liq bo'lgan tushuncha yoziladi. Ushbu so'zning har bir harfiga ishtirokchilar o'z tasavvurlarini bayon qiladilar va yozadilar.

Masalan:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

M - muammo, muloqot, mantiq, misol, masala. U - uddalamoq, uzluksiz, uyg'unlashtirmoq. N - nazariya, najot, navbahor, nafosat. O - oqilonalik, omil, omma, ong. Z - zimma, zukko, zamon, zarar, ziynat. A - axborot, agrotexnika, ajoyibot, avaylash. R - reja, ravnaq, rag'bat, raqam, rahnamo. A - ahamiyat, ahvol, aql, ahillik, afzallik.

Turli guruhlarda bo'lajak mavzuni o'rganish bilan bog'liq bo'lgan har xil so'zlar bo'lgani maqsadga muvofiqdir. Barcha ko'zrgazmali qog'oz ilib qo'yiladi va o'qib eshittiriladi, lekin izohlab berilmaydi.

Foydalanish doiralari:

Atrofimizdagi olam, tabiyatshunoslik darslarida samarali foydalanish mukin. Afzalliklari:

O'quvchilarni kreativ fikrlashini rivojlantirishga, hamda barcha o'quvchilar bir birini fikrini tinglashga, ishtirokchilarning emosional holatini o'rganishga undaydi. Qiyinchiliklari: Aniqlanmagan.

Bunday metodlardan darslarda samarali foydalanish, o'quvchilarda ijodiy fikrlashga, oldinga intilishga, o'z ustida ishlashga, mustaqil harakat qilishga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda darslarda o'quvchilarning kretiv fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish har bir o'quvchini kompitentligini yanada shakllantiradi. Kreativ o'quvchi turli holatlarda, hamda xalqaro baholash tadqiqotlarida beriladigan topshiriqlarni bajarish jarayonida ham faollik ko'rsatadi. Ijodkor o'quvchilar orqali biz, o'zgarishlarni ta'lim tizimida aks ettirish, maktab o'quvchilarining haqiqiy hayotda kerak bo'ladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish ko'nikmalarini qay darajada egallayotganini, ta'lim tizimining bu o'zgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlab bilb olamiz. Buning uchun esa har birimiz o'z fanimizga mas'uliyat bilan qarab fidokorona mehnat qilishimiz darkor.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi "Xalq so'zi", 2020-yil, 25-yanvar.

2. Elektron ta'lim muhitida tarmoq texnologiyalari fanini o'qitishning metodik ta'minotini takomillashtirish Yu A Xolmuxamatovich Gospodarka i Innowacje. 23, 26-28.

3. Boshlang'ich ta'limda triz-texnikasini qo'llanishi. NN.Bozorboyevna Volume - 7_ Issue -4_Iyun_2022. 76.

4. Developing the Professional Activity of Primary Education Teachers NB Nuralieva. International Journal of Social Science Research and Review 5 (5), 259-264.

5. Qosimova.K, S.Matchonov, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariev. "Ona tili o'qitish metodikasi" - T.: «NOSHIR», - 2009. 352 b.

6. Ro'zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi Metedik.qo'llanma. - T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. -115 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.