Otaboyeva X.Sh. Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'limyo'nalishi 3-bosqich talabasi
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING IJODIY FIKRLASHI VA
TAFAKKURI RIVOJLANISHIDA O'QISH MOTIVLARINING
AHAMIYATI
Annotatsiya. Boshlang'ich sinflar ijodiy fikrlashi va tafakkuri rivojlanishida o'qish motivlari, mutolaaga bo'lgan qiziqishning ahamiyati kattadir. Ayniqsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarida shu kabi motiv va shijoatning rivojlanib borishi kelajakda mutolaa madaniyatini shakllantirishda ahamiyatlidir. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qishga bo 'lgan motivlari va bu boradagi natijalar haqida so 'z yuritilgan.
Kalit so 'zlar. Motiv, mutolaa, madaniyat, o 'quvchilar, kitobxonlik, komponentlik, taraqqiyot, shaxs, ma 'naviyat.
Otaboyeva H.Sh. student of the 3rd stage of primary education Urganch State Pedagogical Institute
THE IMPORTANCE OF READING MOTIVES IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING AND THINKING OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS
Abstract. Reading motives and interest in reading are of great importance in the development of creative thinking and thinking of elementary school students. Especially, the development of such motivation and enthusiasm among elementary school students is important in the formation of reading culture in the future. This article talks about the motivations of elementary school students to study and the results in this regard.
Keywords. Motive, reading, culture, students, reading, component, development, personality, spirituality.
KIRISH
Dunyoda o'quvchilar o'rtasida individual, guruhiy hamda ommaviy kitobxonlikni tizimli ravishda tashkil etish va mutolaa madaniyatini tarbiyalash, o'quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirishning, motiv va mezonlarini aniqlash, adabiy ta'limning badiiy tafakkurni rivojlantirishdagi o'rni va rolini oshirishga doir qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, o'spirinlarning kitob o'qishga, badiiy adabiyotga aksiologik munosabatini shakllantirish, adabiy ta'lim jarayonida o'quvchilarda badiiy idrok etish qobiliyatini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish katta
ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, sinfdan tashqari mashg'ulotlarda mustaqil o'qish malakalarini tarkib toptirish hamda adabiy ta'lim jarayonida o'quvchilarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishga alohida zarurat mavjud.
Respublikamizda kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, aholi, xususan, yoshlarda kitob o'qish hamda kitobxonlikka bo'lgan ijobiy munosabatni qaror toptirish, kitob mutolaasini kundalik faoliyatga aylantirishga erishishga doir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, "Mumtoz adabiyot va kitobxonlik madaniyati" deb nomlangan madaniy ma'rifiy tadbir doirasida yoshlarni kitobning jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamolot dagi o'rni, ahamiyatini anglash bilan birga, badiiy asarlarni tanlash, ularning asosiy g'oyasini tushunish imkoniyatiga ega bo'lishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. [1; 3-bet]
Bu holatda aynan kitob o'qishga ma'naviy ehtiyojni shakllantirish haqida gapirish mumkin. Mutolaaga ehtiyoj uni shakllantirish va rivojlantirishni harakatga keltiruvchi kuch - shaxsning motivasion sohasi bilan chambarchas bog'liq. Unda shaxsiy va ijtimoiy qiziqishlarning uyg'unligi, ideallarga intilish, adolatlilik, inson va boshqa jonzotlarga g'amxo'rlik bilan munosabatda bo'lish, ijtimoiy ahamiyatga ega sifatlar kabi axloqiy meэyorlarga ongli munosabat shakllanadi. Shaxsning axloqiy mo'ljallariga, hayotiy maqsadlari, o'zining majburiyatlariga munosabat, "boshqalar"ga ehtiyoj sezish - motivasion sohaning namoyon bo'lishidir. [1;78-bet]
Motivasiya - motivlarning harakatlanish jarayoni, insonni asosiy faoliyatga undovchi motivlar yig'indisi. Motiv esa fransuzchadan tarjima qilinganda, undovchi kuch, sabab degan ma'noni bildiradi [3]. Adabiyotlarda motiv tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Boshlang'ich adabiy ta'limda o'qish darslarida hikoyalarni o'qishda o'quvchilar tushunmaydigan so'z va iboralar ma'nosini tushuntirib berish ham muhim ish turlaridan biri sanaladi. Boshlang'ich ta'limning dastlabki bosqichida hikoyalar ustida ishlashda ularning mazmunini tahlil qilish asnosida o'quvchilar nutqini o'stirish markaziy o'rin egallaydi. Hikoya o'qib bo'lingach, o'quvchilar ularning mazmuni haqida o'ylshlari, taasssurotlarini tiniqlashtirib olishlari, o'z mulohazalarini aytishga tayyorlanishlari uchun ma'lum vaqt berish taqozo etiladi. [2; 220-bet]. Shu yo'sinda o'qish tashkil etilsa, o'quvchilar matnni tezroq anglay oladilar va mustaqil fikri ham rivojlanadi. Hajman katta asarlarni ham o'qib o'zlashtirishlarida ham qiyinchilik tug'dirmaydi.
Dunyoning yetakchi davlatlarida ta'lim tizimiga "reader response" (kitobxon javobi), student-centered" (o'quvchi faol) kabi yondashuvlar joriy etilgan. Badiiy asarning yaxlit adabiy- estetik xodisa sifatidagi ma'no xosliklarini kashf qilish, o'quvchi faolligini oshirish,kreativlik, mantiqiy hamda tanqidiy mushohada yuritish kabi mutolaa san'atini egallshga doir strtegiyalar ishlab chiqarilmoqda. Xalqaro miqyosda ta'limda pragmatizm, retseptev estetika
va uning zamiridagi tranzaksiya nazariyasi (kitobxon va asar diologi)ni tatbiq etish orqali o'quvchilarning badiiy asarda tasvirlangan voqelik mohiyatini real hayotiy asoslari bilan qiyoslash, matnni emotsional idrok etish, obrazli va analitik fikrlash malakalarini shakllantirshga qaratilgan yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda. [4].
Ta'lim oluvchilarni bilim olish, kitob o'qishga qiziqtirish, intellektini rivojlantirishning tarixiy asoslari Sharq Uyg'onish davri mutafakkirlari, ma'rifatparvar shoirlar va jadid olimlarining mumtoz asarlari, darslik va o'quv qo'llanmalarida yoritib berilgan. [1; 4-bet]. Jumladan, yosh o'quvchilarning qalbida ham kitobga muhabbat hislari uyg'onib, ijodiy fikrlashi va tafakkuri ham rivojlanib boradi. Har gal bitta asarni o'qib boshlagach, qiziq joylarini qoldirmasdan, tezroq yakunida nima bo'lishiga qiziqishadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
O'quvchi-yoshlarda kitobga mehr uyg'otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish maqsadida "Ma'rifat karvoni" loyihasi doirasida badiiy, ma'rifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish, har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob do'koni tashkil etish, ko'chma kitob do'konlarini joylashtirish, "Bibliobus"larni yo'lga qo'yish kabi qator vazifalar amalga oshirildi. [1; 9-bet]. Shundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, bugungi kunning talabi ham o'quvchilarda kitobga bo'lgan mehr, mutolaaga qiziqishlarini shakllantirib borishdir. Ko'p kitob mutolaa qilgan o'quvchining so'z boyligi va fikrlash doirasi ham keng bo'ladi. Bu borada yangi loyihalarning amalga oshirilishi ham diqqatga sazovorlidir.
O'quvchilarda o'qish madaniyatini boshlang'ich sinfdan boshlab shakllantirib borish kerak. S.N.Plotnikov o'spirin yoshidagi bolalarda o'qish madaniyatini rivojlantirish uchun quyidagi mezonlarni belgilaydi:
- bolalarda kitobga qadriyatli munosabatni yaratish jarayoni;
- qiziqqan kitobini izlab topish va tanlash qobiliyati;
- o'qiganlariga hissiy munosabatda bo'lish qobiliyati;
- badiiy matnni estetik jihatdan his qilish imkoniyatlari;
- o'qigan asarlaridan qimmatli va ma'noli ma'lumotlarni topish;
- o'quvchilarda o'qish ehtiyojlarini shakllantirish [5; 46-58-bet]
TAHLIL VA NATIJALAR
O'qish madaniyatini o'zlashtirish natijasida "kitobxonlik madaniyati" shakllanadi. Kitobxonlik madaniyati o'qish madaniyatiga qaraganda keng ma'nodagi, ko'ptomonlama, katta hajmdagi tushunchadir. Kitobxonlik madaniyati bu adabiy asarlarni tushunish va estetik jihatdan baholashni biladigan kitobxon-o'quvchini shakllantirish jarayonidir.
Safo Matchon fikricha, "kitobxonlik - o'qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o'qish, ya'ni maqsadli o'qishdir" Atoqli yozuvchi X.To'xtaboev kitobxonlik haqida shunday deydi: "Kitobxonlik kitobni targ'ib qilishgina emas, balki kitob o'qishni, o'qiladigan kitobni tanlay olishni, mag'zini chaqishni, ya'ni kitob yordamida o'zini anglashni o'rgatish hamdir"
OHmlarning fikriga tayanib aytadigan bo'lsak, kitobxonlik madaniyati - bu 1) o'quvchining kitob bilan madaniy aloqasini rivojlantirishning ma'lum bir darajasi; 2) o'qilgan kitoblar mazmunini to'liq tushunish; 3) yoshiga hos bo'lgan adabiy bilimlarning mavjudligi. Kitobxonlik kompetentliligi - intellektual qobiliyat va shaxsiy fazilatlar asosida shakllangan, o'quvchi va katta yoshli insonning umumiy shaxsiy sifati.[1; 13-bet]. Kitobxonlikning shu kabi o'ziga xos fazilatlari mavjud bo'lib, o'quvchilarda bu sifatlarni shakllantirish, yoshiga mos adabiyotlarni tanlab o'qitish juda muhimdir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Avvalo, o'quvchilar badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni o'qishi, o'rganishi milliy hamda jahon adabiyoti namoyandalarining asarlarini mutolaa qilish lozim.
Kitob o'qish insonda kommunikativlik, tinglash, yozish hamda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantiradi (Obafemi Avolau universiteti (AQSh) pedagoglari bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishini aniqlashgan, darhaqiqat, ko'p kitob o'qigan shaxslarning aksariyati she'r, hikoya, esse yoki ilmiy maqolalarni yuqori saviyada yoza oladi; badiiy asarlarni, ayniqsa, she'rlarni ifodali o'qish, sahna asarlarini yuksak mahorat bilan ijro etish qobiliyatiga ega); ijtimoiy faollikni oshiradi; badiiy didni o'stiradi; xorijiy tillarni o'rganishni osonlashtiradi (boshqa tillarni o'rganishda yangi so'zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi); ko'p kitob o'qiydigan bolalar darslarni yaxshi o'zlashtirishadi; yaxshi hikoyanavisga aylanadi (qancha ko'p kitob o'qilsa, shaxsning hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi), ota-onalar va farzandlarning o'zaro munosabatlari yaxshilanadi [1; 17-bet]. Shu kabi amaliyotlarni joriy qilib o'quvchilar uchun mutolaa madaniy atini shakllantirishda foydali usullardan biri bo'ladi. Ko'p kitob o'qiydigan o'quvchilar boshqa fanlarni ham o'zlashirishda qiyinchilikka uchramaydilar. Shu bilan birga, ijodiy fikrlash, yangiliklarni yaratish qobiliyatlariga ham ega bo'lib boradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O. Turakulova, "Adabiy ta'limda o'quvchilar mutolaa madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi" Toshkent- 2023, "Book trade 2022", 112 bet
2. Q. Husanboyeva, M. Hazratqulov, Sh.Jamoldinova, "Boshlang'ich sinflarda adabiyot o'qitish metodikasi", "Innovatsion-ziyo", Toshkent-2020, 377 bet
3. Бородина В. А., Бородин С. М. Мотивация в структуре чтения// Чтение детей и подростков: мотивы и потребности: сб. статей и учеб. метод. материалов. - СПб.: ЛЕМА, 2005. - С. 39-45.
4. S. Qambarova. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish: Avtoref.Diss p.f.n. - Toshkent,2019.
5. Плотников С.Н. Читательская культура в России//Ното legens: памяти С.Н. Плотникова: сб.науч.тр. - Москва, 1999. - С. 46-58; Матчон Сафо. Китоб укишни биласизми? - Тошкент: Укитувчи, 1993. - 140 б; Тухтабоев
Х. Болaлaр aдaбиётигa 4aHKPKraK// Болaлaр олaми: Тyплaм. К.2. -Тошкент, 1989. - Б. 20-25.
6. Китоб укишнинг 21 фойдaси//https://zamin.uz/life-style/14196-kitob-oqishning-21-foydasi.html.