Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI SINOVLARIGA TAYYORLASH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI SINOVLARIGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro baholash tadqiqotlari / PIRLS / boshlang‘ich sinf o‘quvchisi / innovatsion ta’lim / ta’limdagi xalqaro andoza.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sattorova Maxfurat Jabborovna

Mazkur maqolada tobora ta’lim tizimida o‘z o‘rnini mustahkam egallab kelayotgan xalqaro baholash tadqiqotlari haqidagi muhim ma’lumotlarga tayangan holda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlari sinovlariga tayyorlash masalasi haqidagi fikr-mulohazalar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI SINOVLARIGA TAYYORLASH»

International scientific and practical conference "Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches"

March 13, 2024

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI SINOVLARIGA TAYYORLASH Sattorova Maxfurat Jabborovna

Surxondaryo viloyati Denov tumani 81-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10802488

Annotatsiya. Mazkur maqolada tobora ta'lim tizimida o'z o'rnini mustahkam egallab kelayotgan xalqaro baholash tadqiqotlari haqidagi muhim ma'lumotlarga tayangan holda, boshlang'ich sinf o'quvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlari sinovlariga tayyorlash masalasi haqidagi fikr-mulohazalar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: xalqaro baholash tadqiqotlari, PIRLS, boshlang'ich sinf o'quvchisi, innovatsion ta'lim, ta'limdagi xalqaro andoza.

So'nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo'lgan talabni yanada oshirdi. Bu o'z-o'zidan maktab o'quvchilarining darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim-tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

Respublika xalq ta'limida qo'yilayotgan amaliy qadamlarga ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to'g'risida hukumat qarorining qabul qilinishi va «Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi»dek (IEA-International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilishini misol sifatida keltirish mumkin. Ma'lumki, «Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi» tashkiloti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati o'quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo uyg'unlik asosida baholashni o'z ichiga oladi, bu esa dunyo bo'yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta'lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam beradi.

O'quvchilarning erishgan yutuqlarini o'rganishda barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan ob'yektiv testlarni o'tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o'qituvchilar, o'quvchilar, hattoki ota-onalardan so'rovnomalar o'tkazilib, maktabdagi ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, o'quvchilarning ta'lim olishga oid qarashlari, pedagog xodimlarning o'qitish usullari hamda uy sharoitida o'quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo'llab-quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma'lumotlar to'planadi. Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o'tkaziladi. Jumladan, o'rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi.

Sohaga oid statistik ma'lumotlar natijasida ushbu dasturning ta'lim tizimida muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinayotganligiga 20 yildan ko'proq vaqt bo'lganini aytish mumkin. Bir necha o'n yillik muvaffaqiyat bugun ham ta'lim tizimida o'zining izini davom ettirmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasidagi mavjud ta'limning ilk bo'g'ini bo'lgan boshlang'ich ta'lim o'quvchilarini xaqlaro tadqiqotlarga tayyorlash ham bugun avjida. Buni yangi avlod darsliklarini

International scientific and practical conference "Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches"

March 13, 2024

yaratishda xalqaro ta'lim andozalariga chuqur e'tibor berilayotganligi va 4K modelining joriy qilinayotganligi bilan ham dalillash mumkin.

Ma'lumki, aynan boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun xos bo'lgan xalqaro baholash tadqiqoti bu — PIRLSdir. PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) -boshlang'ich ta'limning aynan 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash uchun bag'ishlangan xalqaro tadqiqotdir. Yanada aniqroq va tushunarli bo'lishi uchun bu tadqiqot turini boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib, tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilash uchun ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma'lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi deyish mumkin.

Bugun mamlakqatda faoliyat olib borayotgan bir necha ming umuma'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlari sinovlariga muvaffaqiyatli tayyorlash maqsadida xalq ta'limi tizimidagi darsliklar banki yangilandi. Ta'lim tizimi bugun xalqaro miqyosda tan olingan mamlakatlarning ta'lim sohasidagi yutuqlaridan andoza olingan holda yangi avlod darsliklari vujudga keldi. Va xalq ta'limiga qarashli muassasalarga yetkazilib, o'quvchilarning bilimlarini va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida foydalanishga topshirildi. Ta'lim tizimidagi mazur yangiliklarning barchasi aynan boshlang'ich sinf o'quvchilari misolida qaraganda, ularni xalqaro maydondagi ta'lim sinovlariga zafarona tayyorlashdir. Shu boisdan ham pedagogika oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari ham xalqaro baholash dasturlari, ushbu dasturlar asosida turli mamlakatlarda o'tkazilgan sinov natijlari bilan chuqur tanishtirilib, bilimlari kengaytirilib borilmoqda. Bundan tashqari umuma'lim maktablarining aynan boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining malakasini oshirish maqsadida qayta tayyorlash ishlariga o'zgartirish va yangiliklar joriy qilinmoqda. Shuningdek, ulardan dars jarayonlarida xalqaro baholash dasturlariga mos sinom turlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Yuqorida keltirilgan ma'lumot va fikrlarning xulosasi sifatida boshlang'ich sinf o'quvchisini xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga tayyorlashda o'qish darsi jarayonida darslikda berilgan har bir matn yuzasidan o'quvchi o'zi mustaqil ravishda ushbu matndan kelib chiqib savollar tuzish vazifasi qo'yilsa, har bir o'quvchining berilgan matnni qay darajada o'zlashtirganligini uning tuzgan savollari orqali bilib olish mumkin. Bunda o'quvchining dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi va obrazli tafakkuri har bir dars davomida rivojlantirilib boriladi. Dars jarayonida o'quvchi to'g'ri yoki noto'g'ri fikrini tinglab, to'g'ri xulosani hayotiy faktlar orqali chiqarishga o'rganib boradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to 'g'risida»gi PF-5712-sonli farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

3. PIRLS xalqaro baholash dasturi: nazariya va tatbiq etish istiqbollari. Xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. -Toshkent 2020y. 209, 398-399- betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.