Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATGA NISBATAN HURMATNI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATGA NISBATAN HURMATNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Milliy qadriyat / o‘zbek xalqi / boshlang‘ich sinf o‘quvchisi / komil inson / qadriyatlarni asrab-avaylash / odobnoma / ibratnoma.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bomurodova Gulhayo Jumayevna

Ushbu maqola o‘zbek xalqiga xos eng nozik va ulug‘vor tushunchalardan biri bo‘lgan milliy qadriyat va urf-odatlar tarixiga nazar solish bilan bir qatorda, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida ham fikr yuritadi. Jumladan, ajdodlar va tarixiy ibratomuz adabiyotlarni o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlarga tayanib, aynan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatga nisbatan hurmatni shakllantirish, ular onggiga milliy qadriyat tushunchasini singdirish haqidagi tavsiyalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATGA NISBATAN HURMATNI SHAKLLANTIRISH»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATGA NISBATAN

HURMATNI SHAKLLANTIRISH Bomurodova Gulhayo Jumayevna

Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10663845

Annotatsiya. Ushbu maqola o'zbek xalqiga xos eng nozik va ulug'vor tushunchalardan biri bo'lgan milliy qadriyat va urf-odatlar tarixiga nazar solish bilan bir qatorda, ularning jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyati to'g'risida ham fikr yuritadi. Jumladan, ajdodlar va tarixiy ibratomuzadabiyotlarni o'rganishnatijasidaolinganma'lumotlarga tayanib, aynan boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy qadriyatga nisbatan hurmatni shakllantirish, ular onggiga milliy qadriyat tushunchasini singdirish haqidagi tavsiyalar berildi.

Kalit so'zlar: Milliy qadriyat, o'zbek xalqi, boshlang'ich sinf o'quvchisi, komil inson, qadriyatlarni asrab-avaylash, odobnoma, ibratnoma.

Аннотация. Помимо рассмотрения истории национальных ценностей и традиций, которые являются одним из самых тонких и благородных понятий узбекского народа, в данной статье также размышляется об их роли и значении в жизни общества. В частности, на основе информации, полученной в результате изучения предков и исторической поучительной литературы, были даны рекомендации по формированию у учащихся начальных классов уважения к национальным ценностям, формированию в их сознании понятия национальной ценности.

Ключевые слова: Национальная ценность, узбекский народ, ученик начальной школы, совершенный человек, сохранение ценностей, этикет, обучение.

Abstract. In addition to looking at the history of national values and traditions, which are one of the most delicate and noble concepts of the Uzbek people, this article also reflects on their role and importance in the life of the society. In particular, based on the information obtained as a result of the study of ancestors and historical instructive literature, recommendations were made on the formation of respect for national value in primary school students, instilling the concept of national value in their minds.

Keywords: National value, Uzbek people, elementary school student, perfect person, preservation of values, etiquette, instruction.

O'zbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta'lim-tarbiya, madaniyat an'analari moziy uzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod o'z ajdodlarining milliy marosim va qadriyatlarini chuqur bilishi ular ma'naviyatning mag'zi to'qligi omilidir. Bu hamisha hamma avlod tomonidan e'tirof etilgan. Haqiqatda Kaykovus (1020- 1099)ning "Qobusnoma" sidan tortib al-Xorazmiy (783-850), Abu Nosir al- Forobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037)larning nazmiy va nasriy asarlarida Yusuf Xos Hojib (XI asr) ning "Qutadg'u bilig" ("Baxt keltiruvchi bilim"), Ahmad Yugnakiy (XIII asr)ning "Hibbatul haqoyiq" ("Haqiqat sovg'alari") kabi jahonga mashhur asarlaridan Alisher Navoiy( 1441-1501 )ning o'lmas she'riyatida, Qori Niyoziyning "Hayot maktabi", Abdulla Avloniyning ( 1879-1934) "Guliston yoxud turkiy axloq" asarlarida Sharq xalqlari, xususan, (1878-1934) o'zbek xalqiga xos ibratli tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo'lgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, mehr-

shafqat, mehmondo'stlik, ma'rifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulug'lash, farzandga mehrli va fidoyi bo'lishlik kabi fazilatlarni dunyoga tanitganbo'lsa ajab emas.

Hozirgi rivojlanib borayotgan davr maktablarning oldiga yangidan yangi talab va vazifalar qo'ymoqda, ayniqsa, maktabning boshlang'ich davri ta'limning asosini tashkil qiladi. Shuning uchun hozirgi kun boshlang'ich sinf o'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilarni har tomonlama yetuk, erkin fikrlay oladigan, kattalar va milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo'ladigan insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimiga, xususan boshlang'ich ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Boshlang'ich ta'limning asosiy maqsadi kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga o'qish, yozish va hisoblashni o'rgatish, tevarak atrof va tabiat bilan tanishtirish, ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini, nutq va xulq-atvor madaniyatini shakllantirish bilan birga ta'lim jarayonida ularda keksa insonlar va milliy qadiriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi ta'limning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, ko'p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o'rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhitni ta'minlashning muhim shartlaridan biridir. Bu borada boshlang'ich sinf o'qituvchilarning hissasi katta bo'lib, dars jarayoni davomida buyuk ajdodlarimizning tarixiy yo'li, qilgan ezgu ishlari, o'zbek xalqiga xos bo'lgan milliy qadiriyatlar hususida o'quvchilarga qancha ko'p ma'lumot berilsa ularda shuncha ko'p qadiriyatlarimizga qiziqish uyg'onadi.

Jahondagi rivojlangan mamlakatlar globallashuv sharoitida ma'naviy taraqqiyot yo'lida erishgan muhim yutuqlar qatorida o'z madaniy merosini, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Ilg'or oliy ta'lim muassasalari tomonidan pedagoglarni tayorlash jarayonlarida milliy va umuminsoniy, motivatsion-qadriyatli va faoliyatga aksiologik munosabatlarni tarkib toptirish masalasiga jamiyatda qadriyatlar tizimini rivojlantirishning birlamchi vositasi sifatida qaralib, o'quv mazmunini mazkur munosabatlarga asoslanib shakllantirish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy mezonlar millatning tarixi, urf-odati, an'anasi, hayotiy qadriyatlari bilan bir qatorda ma'naviy merosi, madaniy boyliklari va ko'hna tarixiy yodgorliklaridir. Urf-odat va an'analar sifatida umumxalq tomonidan qabul qilingan tartib-qoida; rasm-rusum, tamoyillar jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan bo'lib, ularda o'z ifodasini topadi. An'analar — qadimdan insoniyat hayoti, turmushi, mehnati, ibratli hayot saboqlari bo'lib, avloddan-avlodga meros bo'lib qoladigan, barcha tadbirlarda namoyon bo'ladigan ijtimoiy faoliyat mahsuli hisoblanadi. Marosimlar esa an'analar va urf-odatlarning amaliy ko'rinishidir. An'analar va urf-odatlar milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy va diniy bo'lib, milliy qadriyatlarning ajralmas qismidir. Chunki har qanday urf-odat, udum, rasm-rusum, marosim va an'analar milliy qadriyatlar negizida shakllanadi va milliy vijdon, milliy ruh, milliy xulq, milliy odob - axloq mevasi sifatida uni yaratgan zukko xalq tarbiyasining asosini tashkil etadi. Jamiyatni boshqarishning ma'naviy omili sifatida yoshlar qalbida mehrmuhabbatli bo'lish, oila va Vatanni sevish, ajdodlar merosidan bahra olish va hayotni qadrlash kabi tuyg'ularni shakllantiradi. Milliy qadriyatlar har bir xalqning oltin merosi hisoblanadi. O'zbekiston davlat sifatida o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng Qurbon va Ro'za hayitlari, "Navro'z", "Mehrjon" kabi xalqona qadriyatlar tiklandi. Shuningdek, Mustaqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, Xotira va qadrlash kuni, O'zbek tili bayrami kabilar istiqlol davrining an'anaviy qadriyatlariga aylandi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, qadriyatlar jamiyatning rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruriyatga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog'onasiga chiqib oladi, boshqalarini hiralashtirganday bo'lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqaror qilishga intilish nisbatan kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganida -ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush davrida - tinchlik, tutqunlikda - erkinlik, kasal va bemorlik onlarida - salomatlikning qadri oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga milliy-ma'naviy qadriyatlarni o'rgatishda o'quvchilarning aqli, idroki, tarbiyalanganlik darajasi, dunyoqarashi va boshqa qator omillarni hisobga olish zarur. Chunki shunday omillarga qarab o'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida u yoki bu manbaga murojat qiladi.

Xulosa tariqasida shuni alohida ta'kidlab o'tishni kerakki, inson ma'naviy ustuvorligi, iymon-e'tiqodining butunligi, vatanparvarlik, do'st-birodarlik, yaxshilik, ezgulik, ahillik, inson qadr-qimmati va sha'nini ulug'lovchi sahifalari rang-barangdir. Bu sahifalarning har biri odobnoma, ibratnoma deb baholanishga tamomila haqlidir. Shu boisdan ham boshlang'ich sinf o'quvchilariga milliy qadryitatlar ruhini singdirishda odobnoma-yu ibratnomalardan o'rin olgan sermazmun lavhalarni ma'lum bir dars jarayonlaridagi muayyan mavzularni o'quvchilarga yetkazishda o'rinli foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ko'p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o'rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhitni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o'rganish va targ'ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, dunyoda ro'y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma'rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda.

Xalqimizga azal-azaldan xos bo'lgan ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ'ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda diniy-ma'rifiy soha vakillarining o'rni va ishtirokini oshirish, yosh avlodni milliy ma'naviy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash, ular ongida kichik maktab yoshidan boshlab hadis ilmi saboqlari asosida insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularni vatanparvarlik kabi tushunchalarni singdirish ham muhim vazifa hisoblanadi.

REFERENCES

1. Маманов А. Миллий менталитет: хусусиятлар ва омиллар. Самарканд: Зарафшон нашриёти, 2015.- Б.152.

2. Хамраев М.А. Изучение некоторых дополнительных значений указательных местоимений узбекского языка. - Scientific Journal Impact Factor 2023: 5.789 http://sjifactor.com/passport.php?id=22258/ Volume 2 | Issue 4 | 2023

3. Sh.U.Sariyev. Boshlang 'ich sinf o'quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda folklor namunalarining ahamiyati // PEDAGOGS, 2023/6/22. https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=LrrORX0AAAAJ& cstart=20&pagesize=80&citation for view=Lrr0RX0AAAAJ:bz8QjSJIRt4C

4. Sh.U.Sariyev, G.U.Raxmanova. O'zbek adabiyotini o'qitishda yangi pedagogik texnologiya usullarini qo'llash. - T.: Science and innovation, 2022. - 531-533-b. https://scholar.google.m/titations?view_op=view_titation&hl=m&user=LrrORX0AAAAJ& cstart=20&pagesize=80&citation for view=LrrORXQAAAAJ:3s1wT3WcHBgC

5. Quronov M., Qodirov A., Akramova Sh. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish. -Toshkent: «Ma'naviyat», 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.