Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANISH IMKONIYATLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
15
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativ faollikni / sifatli ta’lim / kreativ qobiliyatlarni / rivojlantirish / ijodiy qobiliyatni / qtidorlilik / ijodiy fikr.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O‘ M. Asqarova

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativligini ob’ektiv o‘rganish uchun quyidagi tarkibiy qismlar mavjud bo‘lishi lozimligi belgilandi: kognitiv-kreativ (kreativ fikrlash va tasavvur), motivatsion-shaxsiy (bilishga ehtiyoj, mustaqillik va tanqidiylik), emotsional (ekspressivlik) va faoliyatga doir (ijodiy faollik, qat’iylik va tirishqoqlik). Shuningdek boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirish tuzilmasi ko‘plab komponentlardan iborat dinamik tizimi sifatida talqin qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANISH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANISH

IMKONIYATLARI O'. M. Asqarova

NamDU professori https://doi. org/10.5281/zenodo. 11046929

Annotatsiya. boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativligini ob'ektiv o 'rganish uchun quyidagi tarkibiy qismlar mavjud bo'lishi lozimligi belgilandi: kognitiv-kreativ (kreativ fikrlash va tasavvur), motivatsion-shaxsiy (bilishga ehtiyoj, mustaqillik va tanqidiylik), emotsional (ekspressivlik) va faoliyatga doir (ijodiy faollik, qat'iylik va tirishqoqlik). Shuningdek boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirish tuzilmasi ko'plab komponentlardan iborat dinamik tizimi sifatida talqin qilindi.

Kalit so'zlar: kreativ faollikni, sifatli ta'lim, kreativ qobiliyatlarni, rivojlantirish, ijodiy qobiliyatni, qtidorlilik, ijodiy fikr.

Dunyoda bolalar iqtidori, kreativlik, kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish, boshlang'ich sinf o'quvchilari kreativligining tarkibiy asoslarini aniqlashtirish, motivatsion, ijtimoiy-madaniy yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirish omillarini aniqlashtirish, kreativlikka asoslangan ta'limiy faoliyatni tashkil etishning metodik tizimini takomillashtirish, kreativlikka asoslangan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda.Boshlang'ich ta'limga bunday yondashuv shaxsga yo'naltirilgan ta'lim strategiyasi talablariga mos ravishda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish, ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik va gender xususiyatlarini aniqlashtirish alohida dolzarblik kasb etadi.

Mamlakatimizda umumta'lim sifatini oshirish, o'quv jarayoniga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdagi keng qamrovli islohotlar natijasida boshlang'ich ta'limda sifatli ta'lim xizmatlari samaradorligini oshirish, shiddat bilan o'zgarib borayotgan globallashuv sharoitida o'quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirishni ta'minlovchi imkoniyatlar salmog'i kengaydi. Shu bilan bir qatorda boshlang'ich ta'lim jarayonida kreativlikni rivojlantirishning mexanizmini takomillashtirgan holda amaliyotga joriy etish zarurati ko'zga tashlanmoqda. Bu esa boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning komponentlari va omillarini aniqlashtirish, kreativ faollikni ta'minlashning didaktik ta'minotini takomillashtirishni taqozo etadi. Kreativlik (lotincha "create " - yaratish, "creative " yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi.

Mazkur tushunchani ko'plab nuqtai nazarlarga asoslangan talqinlari mavjud. Falsafada kreativlik deganda "biror yangi narsani yaratish yoki qandaydir usullar asosida yangilikni amalga oshirish: muammoni hal etishning yangi yechimlari, yangi metod yoki vosita, yangi san'at asari". Bizning tadqiqotimizda san'atning(adabiyot, musiqa) mohiyatini tadqiq etuvchi, san'atning madaniyatni shakllantirish va barcha faoliyat sohalariga doir vazifalarini hisobga oluvchi san'at falsafasi alohida ahamiyat kasb etadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Ye.P.Ilinning ijodkorlik, kreativlik va iqtidorlilik psixologiyasiga doir tadqiqotlari natijalari asos qilib olindi. Jumladan, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirishga doir quyidagi omillarni qayd etib o'tish imkonini berdi:

1) ijod kishilari bilan muloqotga kirishish va kattalarning faol nuqtai nazari (o'qituvchining o'zi xuddi shunday inson bo'lishi kerak);

2) bolaga o'z hissiyotlarini ifoda etishga imkon berish (bolaning emotsional kechinmalari qadrlanishi lozim);

3) qiziqishiga ko'ra mashg'ulotlar orqali ijodkorlikka yo'naltirish (sana't asarlarini sahnalashtirish jarayonida rollarni ijro etishda bolaning ijodiy faoliyat turini tanlash huquqi);

4) ta'lim jarayonida tadqiqotchilik faoliyatiga ijobiy munosabati (darslikdagi o'quv axborotlari bilan mustaqil ishlash imkoniyati) [46].

Tahlil natijalari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativligini ob'ektiv o'rganish uchun quyidagi tarkibiy qismlar mavjud bo'lishi lozimligi belgilandi: kognitiv-kreativ (kreativ fikrlash va tasavvur), motivatsion-shaxsiy (bilishga ehtiyoj, mustaqillik va tanqidiylik), emotsional (ekspressivlik) va faoliyatga doir (ijodiy faollik, qat'iylik va tirishqoqlik).

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirish tuzilmasi ko'plab komponentlardan iborat dinamik tizimi sifatida talqin qilindi. Mazkur tizim o'quv faoliyati jarayonida rivojlanib, qayta tashkillanib boradi. Har bir tarkibiy qism ularning o'zaro aloqadorligini ochib berishga xizmat qiluvchi o'zining mazmuniga ega. Shuningdek mazkur tuzilma boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirishga kreativ muhit va psixologik-pedagogik hamkorlik katta ta'sir ko'rsatishini ham ko'rsatib beradi. Kreativ muhit o'zida o'quvchilarning kreativligini rivojlantirishga ta'sir ko'rsatuvchi mikro, makro va megoomillarni aks ettiradi. Ya'ni, o'quvchilarning kreativligiga ota-onalar, o'qituvchilar, do'stlar, sinf, maktab va u yashaydigan mahalla ta'sir ko'rsatadi

Boshlang'ich ta'limda mehnat darslari ham o'quvchilarning kreativ faoliyatini tashkil etishga mo'ljallangan. Bunda tajriba - amaliy o'lchashlar, qog'oz qirqimlaridan yasaladigan turli figuralarni yasash har doim ijobiy natija beradi. Boshlang'ich ta'limda o'kuv dasturi asosida rejalashtirilgan ( 3-sinf, 3-chorak) "Kartondan guldon tikish", "Rasm uchun ramka tayyorlash", "Qo'sh inida - qo'sh bolasi"- applikatsiya tayyorlash, "Hajmdor gul ko'rinishini yasash", "Harakatli o'yinchoq" yasash, "Bahor" applikatsiyasini tayyorlash - bularning barchasi boshlang'ich sinf o'kuvchilariga ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib beriladi. Demak, boshlang'ich ta'lim DTS va o'kuv rejalarini tahlil qilish natijasidan ko'rinadiki 3-sinfda mehnat darslarida jami o'kitiladigan 34-soatdan 7 -soati ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib belgilanadi; 4-sinflarda belgilangan 38 soatdan - 9 soati ijodiy ishlarni bajarishga mo'ljallangan. Jumladan, "Urug'lardan mozaika tuzish", "rangli qog'ozlardan gullar yasash", "tabiiy xomashyolardan applikatsiya yasash", "Milliy naqsh tikish" va h.k. Yagona o'quv mashg'uloti, o'quv kursi bo'yicha tizimli mashg'ulotlar, evristik yo'naltirilgan faoliyat asosida sodir bo'ladi.

O'qitishda muammoli ta'limdan foydalanish ham, ijodiy faoliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi. O'quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog'liq bo'lgan ta'lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga o'quvchilarni ijodiy fikr "laboratoriyasi"ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli ta'lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:

1) u o'quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o'rgatadi.

2) u o'quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e'tiqodga aylanishiga ko'maklashadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

3) u odatda, ancha ta'sirchan bo'lib, chuqur intellektual his-tuyg'ular, shu jumladan ko'tarinki ruh, hissini o'z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg'usini vujudga keltiradi, shuning uchun u o'quvchilarni qiziqtiradi, o'quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi.

4) haqiqat qonuniyatining mustaqil "kashf etilishi" olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash mumkin

Tahlillardan ko'rinib turibdiki, o'quvchilarda kreativlikni rivojlantirish turli-tuman uslublar orqali amalga oshirish mumkinligi dasturlarda belgilangan. Ammo umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi tadqiqot doirasidagi mavjud ahvol o'rganilganda, maktab o'qituvchilari har doim ham mazkur metodlardan to'laqonli foydalanishmayapti. Shu ma'noda kuyidagi tavsiyalarni berish mumkin

- Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan o'quv materiallari va ta'limiy topshiriqlarni tanlash hamda yangi avlod darsliklarini yaratishda keng foydalanish maqsadga muvofiq.

- Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirishga doir ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish va adaptiv variantlarini ishlab chiqish zarur

REFERENCES

1. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2-jild. - T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2001. - 704 b.

2. Adizov B.R. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: Ped.fan.dok... diss. - Buxoro, 2002. - 276 b.

3. Dilova N.G'. Boshlang'ich ta'limda o'zaro hamkorlik muhitini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish: pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD). ... diss. - Nukus, 2018. -152 s.

4. Dweck, C. (2016). Nurturing Growth Mindset: Six tips from

5. Esquivel, G. B. (1995). Teacher behaviors that foster creativity. Educational Psychology Review, 7(2), 185-202.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.