Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TARIXI, MAQSAD VA VAZIFALARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TARIXI, MAQSAD VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kitobxonlik / boshlang‘ich ta’lim / boshlang‘ich sinf o‘quvchilari / kitobxonlik ko‘nikmalari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sanakulov Xamrakul Rizakulovich, Umirova Marxabo Abdimannobovna

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kitobxonlikka qiziqtirish, ayniqsa, ularda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish va uning tarixi haqida so‘z yuritildi. Hamda boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishda maqsad va vazifalarni belgilash, bu bilan samaradorlikka erishish xususidagi fikrlar ham bildirib o‘tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TARIXI, MAQSAD VA VAZIFALARI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TARIXI, MAQSAD VA

VAZIFALARI

*Sanakulov Xamrakul Rizakulovich, 2Umirova Marxabo Abdimannobovna

1Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika fanlari nomzodi, professor, 2Nizomiy nomidagi TDPU

Boshlang'ich ta'lim fakulteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11241856

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini kitobxonlikka qiziqtirish, ayniqsa, ularda kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish va uning tarixi haqida so'z yuritildi. Hamda boshlang'ich sinf yoshidagi o'quvchilarda kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda maqsad va vazifalarni belgilash, bu bilan samaradorlikka erishish xususidagi fikrlar ham bildirib o'tildi.

Kalit so'zlar: kitobxonlik, boshlang'ich ta'lim, boshlang'ich sinf o'quvchilari, kitobxonlik ko'nikmalari.

Аннотация. В данной статье говорится об интересе учащихся начальных классов к чтению, особенностях формирования у них навыка чтения и его истории. При этом были высказаны идеи о постановке целей и задач в формировании навыков чтения у учащихся младших классов и достижении тем самым эффективности.

Ключевые слова: чтение, начальное образование, учащиеся начальных классов, навыки чтения.

Abstract. This article talks about the interest of primary school students in reading, especially the formation of reading skills in them and its history. At the same time, ideas were expressed about setting goals and tasks in the formation of reading skills in elementary school students, and thus achieving efficiency.

Keywords: reading, primary education, primary school students, reading skills.

Boshlang'ich ta'limda zamonaviy o'zgarishlar va o'quv jarayonini optimallashtirish bevosita boshlang'ich sinf o'quvchisi shaxsini rivojlantirish bilan bog'liq. Shaxsiy rivojlanish olimlar va soha mutaxassislarining fikricha, axborot oqimini boshqarish qobiliyatisiz amalga oshirilmaydi. Bundan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash kerakki, o'quvchilarda kitobxonlik, kitobga qiziqishni oshiradigan kompetentlikni shakllantirish boshlang'ich ta'limni modernizatsiyalashning dolzarb muammolaridan biridir.

Kitobxonlik kompetentsiyasini rivojlantirishning natijaviy maqsadi kitob olamida erkin mustaqil navigatsiyadir. Hozirgi vaqtda axborot jamiyati talablari va boshlang'ich ta'lim dasturlarida boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik kompetentsiyasini rivojlantirish tizimining muayyan qonun-qoidalarga asoslangan strategik boshqaruv tizimi mavjud emas. Shu sababli ham o'quvchilarda, ayniqsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish masalasi ayni vaqtdagi ta'lim uchun o'z dolzarbligini namoyon etmoqda. Va bunga yechim topish maqsadida tadqiqotchilar, soha vakillari tomonxidan turli ilmiy izlanishlarning amalga oshirilayotganligi quvonarli holat albatta.

Bolani kitoblar olamida qanday harakat qilishini o'rgatish g'oyalari XIX asrda paydo bo'lgan. Bolalar uchun ilk kitobxonlik ko'rsatkichlari ham yo'q emas. Masalan, 1853- va 1862-yillarda V.I.Vodovozov hamda F.G.Tollemlarning izlanishlari ayni shu ko'rsatkich ildizlari

hisoblanadi. Keyinchalik XX asrning 20-30-yillariga kelgach, maktablarda kutubxona darslari shakllantirila boshlangan. Bunda eng asosiy maqsad kichik o'quvchi yoshida bo'lgan bolalarni kutubxona bilan tanishtirish va albatta, mustaqil ravishda kitob o'qishning manfaatli ekanligi, kelajak uchun foydali tomonlari, umumiy qilib aytganda, inson hayotidagi ahamiyati xususida tushuntirish ishlarini olib borish bo'lgan. Hattoki, bu borada kitobxonlik yuzasidan o'quvchilarda savodxonlikni takomillashtirish bo'yicha uslubiy tavsiyalar ham ishlar chiqilgan. Xususan, rus olimi V.A.Flerov qalamiga mansub bo'lgan va o'tgan asrning 49-yilida kutubxona-bibliografik bilimlarni targ'ib qilish bo'yicha birinchi dasturlar va kitobxonlarning turli guruhlari uchun kutubxona darslarini o'tkazish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar paydo bo'lgan.

O'quvchilarda, xususan, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish butun boshlang'ich ta'lim tizimining elementlaridan biri sifatida qaraladi. Shuning uchun ham maktablardagi kutubxonalar faoliyati bibliografik apparatlar va kitob fondidan o'quvchilarning samarali foydalanishini o'rgatishga qaratilgan. O'quvchining qiziqishlarini qondirish maqsadi va muloqot ishtirokchilari, faoliyat motivlari, o'qitishning mazmuni, usullari va shakllarini o'z ichiga oladigan mazkur tizim o'quvchilarning boshlang'ich sinfdanoq kitobga mehrini uyg'otishga, uni keyinchalik kitobxonlik ko'nikmasi sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

Boshlang'ich ta'lim o'quvchilarining kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish quyidagi uslubiy shartlar bajarilgan taqdirda muvaffaqiyatli bo'ladi:

maxsus kitobxonlik darslarida yangi kitobxonlik bilimlarni joriy etish, ularni keyinchalik mustahkamlash va boshqa maktab fanlari bo'yicha darslarda, mustaqil o'quv va bo'sh vaqtni o'tkazishda muayyan o'quv muammolarini hal qilishda tegishli ko'nikmalarni shakllantirish; o'quv va kognitiv faoliyatga adabiyotlarni qidirish vazifalarini tizimli ravishda kiritish; kitob olamida sayohat qilishni o'rgatishning ko'ngilochar (o'yin) shakllaridan foydalanish; o'yin motivatsiyasidan protsessual va samarali motivlarni, o'z-o'zini rivojlantirish motivlarini shakllantirishga bosqichma-bosqich o'tish;

sinfdan tashqari ishlarni umumiy kutubxona tizimiga kiritish va sinf hamda sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'rtasida yaqin aloqani o'rnatish;

o'quvchilar, o'qituvchilar, kutubxonachilar va ota-onalarning kelishilgan ishini o'z ichiga olgan muloqot ishtirokchilari doirasini kengaytirish.

Mazkur sanalganlarga natijaviy holda erishish uchun turli xil usullarni qo'llash ham foyda beradi. Masalan:

uslubiy va psixologik manbalarni nazariy tahlil qilish;

boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik bilim va ko'nikmalarni shakllantirish bo'yicha uslubiy tushunchalarni qiyosiy tahlil qilish va aniqlash; o'qitish va nazorat qilish tajribalari; o'quvchilar so'rovnomasi; o'quvchilar faoliyatini pedagogik kuzatish.

Demak, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishning uslubiy asosini o'qitishga tizimli yondashish to'g'risidagi qoidalarga tayanib tashkil etish, shuningdek, kitobxonlik ko'nikmalarini aynan boshlang'ich sinf o'quvchilarida shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlari ustida ko'proq o'rganish ishlarini olib borish, boshlang'ich ta'lim yoshidagi o'quvchilarning shaxsini rivojlantirish masalasiga ham e'tibor berish va bu haqidagi tuhsunchalarga aniqlik kiritish, boshlang'ich sinf o'quvchilarining motivlari-yu qiziqishlarini puxta o'rganish tashkil etadi. Bularning barchasi, albatta, boshlang'ich sinf

o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarining izchil va tizimli shakllanshida ahamiyatli ekenini

ta'kidlash joiz.

REFERENCES

1. D.Ortiqova. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida qo'llaniladigan metodlar. International scientific and practical conference "Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches" March 13, 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.10802446

2. D.Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlarining mazmun-mohiyati. «O'ZBEKISTONDAILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842

3. D.Sh.Yakibova. DEVELOPMENT OF TECHNOLOGICAL COMPETENCE OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 3 ISSUE 3 MARCH 2024. 348-351p.

4. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim — taraqqivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

5. Nuradilova Aselxan Dilshodxo'ja qizi.O'quvchilar nutqini to'g'ri shakllantirishda pedagogik tarbiyaning ahamiyati. https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=n79KHFoAAAAJ &citation for view=n79KHFoAAAAJ:W7OEmFMy1HYC

6. Xadicha Jabborovna Sattorova. USE OF DIDACTIC MATERIALS IN MOTHER LANGUAGE AND READING LITERACY LESSONS. Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) . ISSN (E): 2347-6915 Vol. 11, Issue 10, Oct.(2023) https://internationaliournals.co.in/index.php/giirj/article/view/4440

7. Qosimova Aziza Farhod qizi. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarning kreativ fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari. Boshlang'ich ta'limda xalqaro baholash tajribasi: muammo, yechimlar, istiqbollari. 326-330-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.