Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARIDA INSONPARVARLIK XIS TUYG’ULARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLAR'

BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARIDA INSONPARVARLIK XIS TUYG’ULARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Insonparvarlik / boshlang’ich sinf / ta’lim / vatanparvarlik / tarbiya / mas’uliyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Talabova Dilrabo Tolibovna

Ushbu maqola boshlang’ich sinf o‘quvchilarida insonparvarlik his-tuyg‘ularini shaklantirish orqali insonparvarlik tayanch fazilatlarini tarkib toptirish hamda vatanga sadoqatli burch va mas’uliyatga ega, insoniy fazilatlar sohibi bo‘lgan, ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ulari barqaror shakllangan yoshlarni tarbiyalash kabi tushunchalar bo‘shlang’ich ta’lim jarayonidagi dolzarb masalalardan ekanligi haqida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARIDA INSONPARVARLIK XIS TUYG’ULARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA INSONPARVARLIK XIS TUYG'ULARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLAR

Talabova Dilrabo Tolibovna

Farg'ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi "Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari" kafedrasi o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11058976

Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarida insonparvarlik his-tuyg'ularini shaklantirish orqali insonparvarlik tayanch fazilatlarini tarkib toptirish hamda vatanga sadoqatli burch va mas'uliyatga ega, insoniy fazilatlar sohibi bo'lgan, ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ulari barqaror shakllanganyoshlarni tarbiyalashkabi tushunchalar bo'shlang'ich ta'lim jarayonidagi dolzarb masalalardan ekanligi haqida yozilgan.

Kalit so'zlar: Insonparvarlik, boshlang'ich sinf, ta'lim, vatanparvarlik, tarbiya, mas'uliyat.

Аннотация. Данная статья направлена на развитие основных гуманистических качеств путем формирования у учащихся начальных классов гуманистических чувств, а также долга и ответственности верности Родине, обладания человеческими качествами, устойчивыми духовно-нравственными чувствами - одна из актуальных проблем в процессе среднего образования.

Ключевые слова: Человечность, начальная школа, образование, патриотизм, воспитание, ответственность.

Abstract. This article aims to develop basic humanistic qualities by forming humanitarian feelings in elementary school students, and has a duty and responsibility of loyalty to the motherland, possessing human qualities, and stable spiritual and moral feelings. It is written that concepts such as education of young people are among the actual issues in the process of secondary education.

Keywords: Humanity, elementary school, education, patriotism, upbringing, responsibility.

Shaxsning rivojlanishi - jamiyat rivoji demakdir. Jamiyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri - har tomonlama yetuk, salohiyatli, barkamol va sog'lom avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Mamlakat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy rivojlanish, ozlikning anglash jarayonining tezlashuvi ta'lim mazmunini tubdan o'zgartirish ehtiyojini oshirmoqda.

Inson taraqqiyoti, tafakkur erkinligi, barkamol insonni tarbiyalash, farzandlarimiz bizga nisbatan aqqliroq, bilimdonroq, kuchliroq, erkinroq va baxtliroq bo'lsin, degan g'oyalar, ularni amalga oshirish yuzasidan qilinayotgan ulkan bunyodkorlik va tashkilotchilik ishlari Ozbekistonda barpo etilayotgan yangi jamiyatning insonparvarlik maqsadini yaqqol ko'rsatib turibdi. Tafakkur erkinligi, uni eski mafkura asoratidan xoli etish, eng ilg'or milliy va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirish hisobiga unga ijodkorlik ruhini bag'ishlash ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaning eng dolzarb muammolaridan, ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalgam oshirilayotgan talimni isloh qilish, uning yangi davlat standartlarini yaratish, tarbiyaning asoslarini qayta korib chiqish ham, jamiyatni demokratlashtirish jarayonlari ham oxir oqibatda inson kamoloti chun zarur asoslarni yaratishga qaratilgandir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Mamlakatimizda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish jarayoni o'sib kelayotgan yosh avlodning rivojlanish davrlari xususiyatidan kelib chiqib, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni muhim shart sifatida qo'ymoqda.

Jamiyatimizdagi yoshlarni tarbiyalashda optimal uslub va vositalardan foydalanishimiz lozim. Tarbiyaning vazifalari keng va kop qirralidir. Talimning asosiy vazifasi o'quvchilarni bilim, konikma va malakalar bilan qurollantirish bo'lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e'tiqodni, Axloqiy malaka va konikmalarni, ehtiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Tarbiya bilan shug'ullanadigan har bir tarbiyachi birinchi navbatda oz faoliyatini va unda kozda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi, bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim. Demak, qanday odamni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarur. Bunda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish katta ahamiyatni kasb etadi. Bu jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek maqsadiga mos kelishi kerak.

Psixolog P.M.Yakobsonnig fikricha boladagi his-tuyg'ularni shakllanishida qator omillar ta'siri natijasida sodir bo'ladi:

-yoshga doir psixologik o'zgarishlar;

-atrof muhitning ta'siri;

-pedagoglarning ta'lim-tarbiya jarayonini maqsadli tashkil etishi.

Ushbu asosdan kelib chiqib boshlang'ich sinf o'quvchilarida insonparvarlik his-tuyg'ularini shaqllantirish pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritib beriladi.

Yosh xususiyatlari deyilganda muayyan bir yosh davriga xos bo'lgan anatomik, fiziologik jismoniy va psixologik xususiyatlar tushuniladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari yosh xususiyatlari bilan bog'liq o'zgarishlar.

Bolaning 1-sinfga o'qishga kelishi uning hayotida tub o'zgarish sodir qiladi. Bolaning 1-sinfga kelishi uning ijtimoiy munosabatlar jarayonida yangi ijtimoiy maqomni (o'quvchi) egallashi va u bilan bog'liq faoliyat turi bilan shug'ullanish extiyojini qondirilishini ta'minlaydi. Boshlang'ich sinfga kelgan o'quvchinig ijtimoiy mavqeining o'zgarishi, kattalar tomonidan unga munosabatning o'zgarishi, unga umid bilan e'tibor berila boshlanishi, bola hayotida yangi ahamiyatli shaxs-o'qituvchining paydo bo'lishi, yangi faoliyat turini (o'quv) egallash o'quvchining ichki xolatini o'zlashtirishi, jamiyat bilan munosabatlarning yangi tizimini o'zlashtirishi sodir bo'ladi.

Ma'lumki, I-sinf o'quvchisida xis-tuyg'ularni shakllantirishda undagi ko'rgazmali-obrazli tafakkuriga tasir etishning turli usullaridan (taqqoslash, qiyoslash, taxlil qilish, umumlashtirish) foydalanish nafaqat bolaning axloqiy tushuncha va tasavvurini boyitadi, balki uning xissiy olamini boyitishga xam imkon beradi. O'quvchidagi bilimga bo'lgan qiziquvchanlik, ijtimoiy xayotdagi voqea-xodisalar uning diqqatini o'ziga jalb qimoqda. I-sinf o'quvchilarining diqqatlari kuzatishlarimizning ko'rsatishicha xatti xarakat qilish usuliga emas, balki uning natijasiga qaratilgandir. Bunday xolatlarda o'qituvchi o'quvchiga og'zaki uqtirish orqali uning diqqatini jalb etish mumkin. Ba'zi xollarda o'qituvchining og'zaki uqtirishi etarli natija bermasligi va bunday xolatlarda og'zaki uqtirish bilan birga o'qituvchi ko'rgazmali usuldan, shuningdek o'yin uslublaridan xam foydalanib o'quvchining diqqatini jalb etish mumkin. I-sinf o'quvchisida ixtiyorsiz diqqatning ustunligini inobatga olib, ta'lim-tarbiya jarayonida ko'rgazmali, o'yin usullaridan foydalanish dastur talablarini o'quvchi tomonidan egallanishiga imkon beradi. o'quvchi tomonidan axloqiy tushuncha va tasavvurlarni anglab olinishi o'quvchining ongi va ruxiyatiga xissiy tasir etish bilan chambarchas bog'liqdir. Boshlangich sinf o'quvchilarida xissiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

xotira psixologik moxiyatiga ko'ra ikkiga ajratiladi: 1) atrofdagi voqea va xodisalarni yorqin emotsional esda olib qolish; 2) ilgari xis etgan emotsional xolatni qayta boshdan kechirishdagi tiklangan emotsiyalarga ajratadi.

Boshlangich sinf o'quvchilarida insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalashda ijobiy emotsional xolatlar (ko'tarinki kayfiyat, ruxlanish, quvnoqlik, xursandchilik) kabi salbiy emotsional xolatlar (achinish, afsuslanish, uyalish, xamdard bo'lish) xam axamiyati kattadir. Chunki yaxshi xulqni yomon xulq bilan, ezgulikni yovuzliq bilan, xaqni noxaq bilan qiyoslab ko'rsatish insoniylikni shakllantirishning muxim sharti xisoblanadi. Boshlangich sinf o'quvchilarini manaviy-axloqiy tamoyillari asosida tarbiyalashda quyidagi jixatlar inobatga olinishi zarur:

-boshlangich sinf o'quvchisining yoshiga mos ichki pozitsiyaning paydo bulishi orqali irodaviy sifatlarning namoyon bo'lishi;

-ijtimoiy faollik, bilishga intilish va o'zini namoyon qilish motivining rivojlanishi; -shaxslararo munosabatlar doirasining kengayishi, munosabatlarning differentsiallashib

borishi;

-ichqi xis-tuygularga yaxshi anglanmagan xolda namoyon bulishi, emotsional munosabatda tanlov asosida namoyon bulmasligi.

Boshlangich sinf o'quvchilarida axloqiy xis-tuygularni shakllantirishning shartlaridan biri ularda axloqi ong, tushuncha va tasavvurni shakllantirishdir. Maktabning 1-sinfiga kelgan o'quvchida ijobiy va salbiy xulq-atvor xaqida tushunchalari shakllangan buladi. O'quvchilarda o'rtoqliq, do'stlik, o'zaro yordam berish, o'rtog'ining quvonchi yoki qayg'usiga sherik bo'lish, o'zaro yordam kabi xislatlar ko'rinishlari namoyon bula boshlaydi. Bu esa o'quvchilarni sinf jamoasiga intilishining bir belgisi xisoblanadi. Ijtimoiy rivojlanishining barcha jabxalaridagi insonparvarlashuv jarayoni ma'naviy qadriyatlar va asrlar mobaynida tarkib topgan boy xalq milliy an'analarini yangicha tushunishni taqozo qiladi. Ulardan talim-tarbiya soxasida samarali foydalanish pedagogika fani nazariyasi va amaliyoti oldiga tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakl va metodlarini yangilash muammosini qo'ymoqda. Binobarin, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Uzluksiz tarbiya kontseptsiyasi" ning IV bob 39 bandi nazarda tutiladi: IV bob 39 bandda Boshlangich sinflarda inobatga olinishi lozim bo'lgan jixatlar sifatida quyidagilar nazarda tutiladi:

"Tarbiya" fani orqali o'quvchilarda ma'naviy tarbiya indikatorlari va kompetentsiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko'niqma va malakalarni ta'lim mazmuniga singdirish:

o'quv fanlari doirasidagi ma'naviy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qo'llay olish imkonini beruvchi amaliy mashq va topshiriqlar bilan boyitish (ma'naviy-axloqiy kompetentsiyalar):

-muvaffaqiyatga erishishga intilish motivining shaxs ustuvor xususiyati sifatida mustaxkamlash:

-bolaning o'z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishni kuchaytirish: -o'zining va atrofdagilarning xulqi, xatti-xaraqatlariga munosabat bildirish, mehnatsevarlikka o'rgatish:

-kattalar va tengdoshlari bilan xamkorliq qilishga ijtimoiy motivarning paydo bo'lishi: -bilimlarning kengayishi, chuqurlashuvi, ma'naviy-axloqiy ko'nikma va malakalarning rivojlanishi:

-o'z xalqining va boshqa xalqlarning an'analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo'lishi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

-ijtimoiylashuv jarayonida talab etiladigan yoshiga mos shaxsiy fazilatlarni shakllantirish: -muvaffaqiyatga erishish motivlarini kuchaytirish:

-o'z-o'zini baholashga o'rgatish: faoliyatda o'zini ko'rsatishga intilishni rag'batlartirish: -tengdoshlari bilan matnaviy-aloqiy munosabatlar tajribasini boyitish: -moddiy va umuminosoniy qadriyatlari urgatish:

1-sinfga kelgan bola uchun uning shaxsiy yutuqlari- o'qishda, tadbirlardagi faolligi, bolalar orasidagi nufuzi va obrusi qatta axamiyat kasb etadi.

Psixolog olim V.Karimovaning fikricha "aynan bu davr axloqiy me'yorlarning ma'nosini tushunish, axloqiy qadriyatlarni uzlashtirish va ma'naviy tassavvurlarning shakllanishi uchun o'ta sezgir va qulay xissoblanadi". Shuning uchun xam boshlangich sinflarda bolaning ma'naviy axloqiy tarbiyasi uchun yaratilgan shart-sharoit o'zining sezilarli samarasini beradi.

Boshlangich sinf o'quvchilarining bir maqsad asosida sinf jamoasiga birlashib bir makon va zamonda ekanliklarini, talim jarayonida fanlardan yangi bilimlarni birgalikda o'zlashtirishlari, bir-birlariga xayrihoh bo'lib o'zaro yordam berishlari, qiziqishlarining umumiyligi o'quvchilarni bir-birlariga yaqinlashtiradi. Talim jarayonida uchraydigan muammolar, uni yechish uchun birgalikda xaraqat qilish natijasida muvaffqiyatdan quvonish, muvaffqiyatsizliqdan bir-birini tushunish, o'zaro yordam berishga tayyor turishi boshlang'ich sinf o'quvchilarining tarbiyalanganlik darajasiga bog'liq. Xis-tuyg'uga boy o'quvchi atrofidagi ijtimoiy voqea-xodisalarga qiziqib, uni faollik bilan qabul qiladi, unda atrofidagilar haqida qayg'urish istagi paydo buladi. Boshlang'ich sinf o'quvchisi ruxiyatiga xos bo'lgan tevarak-atrofdan jo'shqin tasirlanish xususiyati, shuningdek atrofdagilar bilan doimiy munosabatda bo'lib turish extiyoji ularda sinfdoshlar va kattalarga nisbatan sezgir, e'tiborli bo'lishni tarbiyalashda foydalanish zarur. Boshlang'ich sinf o'quvchisida insoniy xis-tuygularni tarbiyalashda dastlab o'zgalar kechinmasini xis etish, yutuqlardan quvonish, muvaffqiyatsizlida xamdard bulish layoqatini shakllantirib borish mumkin. Xamfikr bo'lish- o'zgalar fikrini tushunish, xis-tuyg'usiga sherik bo'lish demakdir. Xamdard bo'la olish layoqati ijtimoiy mavjudot sifatida insonga xos bo'lgan tuyg'u xisoblanadi. Bu xususiyat insondagi shaxsiy xudbinlikni mazlum darajada chegaralashi, o'zini boshqa odam o'rniga quyish imkonini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni.

2. Ibragimova X.I, Yo'ldoshev U.A,Bobomirzayev X. Pedagogik psixologiya-T.: O'zbekiston faylasuflar miliy jamiyati, 2007.-410b

3. Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy talim maktabida oqitish metolari.,-t., «o'qituvchi», 2000 y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.