Научная статья на тему 'BOSHLAHGICH SINF O‘QUVCHILARINI MА’NАVIY TАRBIYALASHDA TАSVIRIY SАN’АTNING TUTGАN O‘RNI'

BOSHLAHGICH SINF O‘QUVCHILARINI MА’NАVIY TАRBIYALASHDA TАSVIRIY SАN’АTNING TUTGАN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
14
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kredit-modul tizimi / akademik mobillik / kredit-transfer / tyutor / individual

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Charosxon Turg‘novna Shakirova, Gulnoza Raximberdi Qizi Sultonova, Muribat Shokirjonovna Zokirova

Ushbu maqolada tasviriy san’atning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy tarbiyalashdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, biz insonning estetik rivojlanishi uchun go‘zallik va san’atni his qilish va tushunish zarurligi haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLAHGICH SINF O‘QUVCHILARINI MА’NАVIY TАRBIYALASHDA TАSVIRIY SАN’АTNING TUTGАN O‘RNI»

BOSHLAHGICH SINF O'QUVCHILARINI MA'NAVIY TARBIYALASHDA TASVIRIY SAN'ATNING TUTGAN O'RNI

Charosxon Turg'novna Shakirova Gulnoza Raximberdi qizi Sultonova Muribat Shokirjonovna Zokirova

AndDU

Annotatsiya: Ushbu maqolada tasviriy san'atning boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy tarbiyalashdagi o'rni ochib berilgan. Shuningdek, biz insonning estetik rivojlanishi uchun go'zallik va san'atni his qilish va tushunish zarurligi haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: kredit-modul tizimi, akademik mobillik, kredit-transfer, tyutor, individual

THE ROLE OF FINE ARTS IN THE SPIRITUAL EDUCATION OF

PRIMARY CLASS STUDENTS

Charoskhan Turginovna Shakirova Gulnoza Rahimberdi kizi Sultonova Muribat Shokirjonovna Zokirova

AndSU

Abstract: This article reveals the role of fine arts in the spiritual education of students of primary schools, as well as the need to feel and understand beauty and art for the aesthetic development of a person.

Keywords: credit module, academic mobility, credit transfer, tutor, individual

Kirish. O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirish nazarda tutilgan. Bunday natijaga erishish uchun ta'lim-tarbiya jarayonining uyg'unligini ta'minlash, tarbiya jarayonining qonuniyatlarini chuqur o'rganish va bugungi kun talablariga javob bera oladigan barkamol yosh avlodni tarbiyalash usullarini taqiq qilish lozim. Bugungi kun pedagogining asosiy vazifasi qilgan ishidan zavqlanish, san'atni tushunish va his qilish, hamda bolalarni san'at asarlarini sevishga o'rgatish, tabiatni muhofaza qilish tabiatdan zavq olish kabi hislatlarni takomillashtirish lozim.

Har bir odam go'zallikni ko'ra bilish, his qilishi, zavqlana olishi ma'naviy tarbiyaning asosidir. Insonning intilishi uning dunyoqarashini shakllantiradi.

Ma'naviy tarbiyada tasviriy san'atning tutgan rolini hech bir narsa bilan

almashtirib bo'lmaydi. Tushunib yetish, his qilish orqalí turli xil obrazlarni yaratamizki bu siymolar inson yuragiga diliga yo'l topadi. Aqlini taajjubga soladi.

Badiiy didning o'sishi, ma'naviy qoniqish hosil qilishga, inson dunyoqarashining shakllanishiga sharoit yaratadi. Ijtimoiy ko'tarinkilik, shaxsning ma'naviy-ma'rifiy bilimini, hayotda tutgan o'rnini belgilab beradi.

San'at asarlarini chuqur tushunish, fikrlash undan qoniqish hosil qilish -insonning fikriy doirasiga didiga bog'liq.

Ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab odam o'zining mustaqil fikrlashi, idrok qilishi, tabiat xodisalaridan o'z manfati yo'lida foydalana bilishi orqali inson qifasini egallaydi.

Hozirgi kunda ham inson dunyoni chuqur bilmay turib tabiatdagi biron bir voqeani yoki hodisani to'g'ri talqin qila olmasligi bor gap. Demak insonga chuqur dunyoviy bilimlar doimo va har lahza zarurdir.

Ijtimoiy yuksalish uchun odam zotiga hamisha juda katta bilim, kuch-quvvat kerak bo'lsa, go'zallikni tushunish uchun idrokiy tasavvur lozim bo'ladi.

Inson doimo yuqori darajadagi tushuncha va didga ega bo'lmog'i hamda bolani shunday yo'nalishda tarbiyalamog'i shart. Bu esa odamning eng yuqori yutuqlaridan biridir.

Boshlang'ich ta'lim yoshidagi bolalarni har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta'limiga tayyorlash boshlang'ich ta'lim muassasalarning asosiy vazifasidir. Shu bilan birga, bolalarda atrofdagi voqelikni idrok etish, go'zallikni qay darajada his eta olishga o'rgatish o'qituvchining dunyoqarashiga bog'liq.

Estetik tarbiya muammolariga doimiy va jiddiy e'tibor, insonni qurshab olgan borliqdagi go'zallikka, barcha yoshlarni san'at olamiga yaqinlashtirish, haqiqiy barkamol avlodni tarbiyalash jamiyatimizning bugungi kundagi oldiga qo'ygan eng yuksak mas'uliyatli vazifalardan biri xisoblanmoqda.

San'at bilan muloqot hozirgi barkamol avlod tarbiyasi uchun hayotiy muammo bo'lib kelmoqda. Bu esa yosh avlod uchun hayotni bilishning kuchli tayanchi va vositasidir. San'at shunday tarbiyaviy kuchga egaki, badiiy asarlardagi qaxramonlarning tajribalari idrok etuvchining hayolida, kechinmalarida estetik hissiyotida qayta ishlanib, uning o'z tajribasiga aylanadi, yangi xissiyotlarni, yangi insoniy munosabatlarni vujudga keltiradi.

San'at bilan uzoq vaqt jiddiy muloqot natijasida shaxsning avvalo san'at asarining obrazli emotsional mazmunidan baxramand bo'ladigan jixatlari estetik hissiyot, ehtiyojlar, munosabat shuningdek uning barcha jixatlari shaxsiy va ijtimoiy tushunchalari, dunyoqarashi ham takomillashadi, ahloqiy va estetik ideali tarkib topadi.

Go'zallikni tushunish, his qilish qobilyati faqat boladagi rivojlanish darajasining muayyan mezoni, ko'rsatkichi emas, balki u shaxsning o'z qobilyatlari rivojlanishida

namoyon bo'lib, ko'pincha bolaga o'z tengqurlari, yaqin kishilari, sinfdagi o'rtoqlari bilan ma'naviy aloqalarining u yoki bu darajasini oldindan belgilaydi.

Go'zallikni his qilish hamda tushunish vaqt o'tishi bilan san'at va hayotdagi go'zallikni ongli munosabatga aylanishida ana shunday estetik rivojlanish g'oyat zarurdir. Bunday holda uning dinamikasi tabiiy va uzluksiz bo'ladi. Agar ana shu tabiiylik va uzluksizlik buzilsa (masalan, mazkur rivojlanishga bola o'sayotgan muxit yordam bermasa), o'qituvchi ko'proq kuch sarflashi zarur bo'ladi, estetik tarbiyaning samaradorligi esa keskin pasayadi.

Bola badiiy asarlardagi qaxramonlarning yaxshi ishlari va insoniy xatti-harakatlarini tushuna oladi. Lekin u ezgulik va insonparvarlikni tushunishi hamda his qilishidan tashqari raxmdil va odamgarchilikni biladigan mexribon va iltifotli bo'lishga odatlanishi kerak.

Tabiiyki, bolalar tarbiyasida insoniyat yaratgan chinakam ma'naviy va estetik boyliklarga asoslanib ish tutsalar, ularning estetik kamoloti mukammal bo'ladi.

Ma'naviy tarbiyada tasviriy san'atning tutgan rolini hech bir narsa bilan almashtirib bo'lmaydi. Tushunib etish, his qilish orqali turli xil obrazlarni yaratamizki bu siymolar inson yuragiga diliga yo'l topadi. Aqlini taajjubga soladi.

Badiiy didning o'sishi, ma'naviy qoniqish hosil qilishga, inson dunyoqarashining shakllanishiga sharoit yaratadi. Ijtimoiy ko'tarinkilik, shaxsning ma'naviy-ma'rifíy bilimini, hayotda tutgan o'rnini belgilab beradi.

San'at asarlarini chuqur tushunish, fikrlash undan qoniqish hosil qilish -insonning fikriy doirasiga didiga bog'liq.

Ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab odam o'zining mustaqil fikrlashi, idrok qilishi, tabiat xodisalaridan o'z manfati yo'lida foydalana bilishi orqali inson qifasini egallaydi.

Hozirgi kunda ham inson dunyoni chuqur bilmay turib tabiatdagi biron bir voqeani yoki hodisani to'g'ri talqin qila olmasligi bor gap. Demak insonga chuqur dunyoviy bilimlar doimo va har lahza zarurdir.

Ijtimoiy yuksalish uchun odam zotiga hamisha juda katta bilim, kuch-quvvat kerak bo'lsa, go'zallikni tushunish uchun idrokiy tasavvur lozim bo'ladi.

Inson doimo yuqori darajadagi tushuncha va didga ega bo'lmog'i hamda bolani shunday yo'nalishda tarbiyalamog'i shart. Bu esa odamning eng yuqori yutuqlaridan biridir.

Bola bilish orqali har tomonlama rivojlanadi, olam butunligini tushunib etadi. Go'zallikni sevish, uni his qilish darajasiga erishadi.

• Go'zallik nima?

Insonning hayotiy turmush tarzida, axloqiy va ijtimoiy hayotida, ma'naviy chehrasining tabiiy shakllanishida aks etadigan holatlar tizimida - ma'naviy tarbiyaning asosiy kotegoriyalari sifatida aks etadi. Go'zallikni ko'ra bilish, his qilish,

did bilan baho berish - hissiy ko'nikma hosil qilishga olib keladi.

Narsalarning bir-biriga bog'liqligi, ovozlarning tabiat bilan uyg'unlashib ketishi, ranglarni o'zaro uzviy ohangdorligi - go'zallik negizidir. Inson ichki dunyosining mukamalligi didining yuksakligi - shaxsni hissiy go'zallikka intiluvchan etib tarbiyalaydi.

O'zaro muloqatda ham odamlarning ma'naviy etukligi, faolligi tufayli - inson ijtimoiy hayotning yaratuvchisi deyishimizga asos bo'ladi.

San'atda - go'zallikning ro'yi-rost barq urishi uning aks etishi insonning yaratuvchanligiga bog'liq.

Shuni unutmaslik kerakki, har qanday ijtimoiy hodisaning ham estetik ham axloqiy mohiyati bo'ladi. Axloqiylik, go'zallik qadimdan qandaydir tarkibiy birlik sifatida tushuniladi. Insonparvarlik nuqtai nazaridan kishini yuksaltiradigan va unga zeb beradigan narsa go'zallikdir. Axloqiylik esa go'zallik bilan ichki bog'lanishda bo'lmasa, uni ma'naviy ezgulik deb e'tirof etib bo'lmaydi.

Mashg'ulotlar chog'ida boshlang'ich ta'lim o'quvchilariga tasviriy san'at yordamida estetik tarbiya berishning o'ziga xos xususiyati ularda mana shu mashg'ulotlarda voqelikning estetik idrok qilish qobilyatini rivojlantirishdan iboratdir. Ma'lumki, tasviriy san'at bilan shug'ullanishning rasmiy tomonlari boshlang'ich ta'lim yoshi o'quvchilariga unchalik qiziqarli emas. Ularni san'at asarida ko'rsatiladigan, ko'z bilan kuzatiladigan voqea yoki saxnaning ma'nosi va mazmunini izlash qiziqtiradi. Janrli saxnalar, kundalik hayot voqealarini ("noreal", ertakdagi voqealardan ko'ra ko'proq, bunday voqealarni bolalar albatta "zamonaviylashtiradilar") va xuddi shu va xatto undan ko'proq darajada tabiat ob'ektlari: barglar, gullar, hashoratlar, hayvonlar hayoti, xaqiqiy landshaftdagi tabiat xodisalari bolalarning tasviriy ijodi uchun eng qulay ob'ektlardir.

Kichik yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan tasviriy san'at mashg'ulotlarining asosiy vazifasi bolalarning buyumlar va tabiat xodisalari to'g'risidagi, bizni o'rab to'rgan voqelik haqidagi odamlarning hayoti, jonajon Vatan haqidagi tasavvurlarini boyitishi va aniqlashtirishdan iboratdir. Bu yoshda san'at bilan shug'ullanish aniq ko'rinib to'rgan bilish harakterida bo'ladi. Bunda eng muhim faktlarni to'plash va badiiy umumlashtirishdan, atrofdagi narsalarni, qonuniyatlarni obrazli shaklda bilishdan iboratdir. Bolalarga tasviriy faoliyatning boshlang'ich davri tasvirlashga va atrofdagi voqealarga "amaliy" munosabat bilan ajralib turadi. Bolalar narsa-buyumning tuzilishiga, u qanday qismlardan iboratligiga, qanday ishlashga, real dunyoda qanday rol bajarishga alohida qiziqish bilan qaraydilar. Bolalarda chizgan rasmi deyarli hamma vaqt voqeani tasvirlashdan, shuningdek, bu voqeada bolani o'zining rolini kuzatuvchi sifatida yoki ishtirokchi shaxs sifatida aks ettirishdan iborat bo'ladi. Shu sababli, bir tomondan, mashg'ulotlarda bolalarning voqelik elementlariga (shohcha, barglar, gullar, hilma-hil ro'zg'or buyumlariga) bevosita

murojaat qilishga katta o'rin berilishi kerak, ikkinchi tomondan-"harakat qilishga", ya'ni bo'yash, qirqish, buyum yasash, qurishga imkon beradigan badiiy vosita va materiallar bilan faol ishlashga: qalam, bo'yoqlar bilan ishlash, narsa yasash, aplikasiyalar qirqib yopishtirish, konstruksiyalar yig'ish va boshqalarga katta o'rin berish kerak. Bolalar bilan tasviriy san'at sohasida mashg'ulotlar o'tkazgan vaqtda an'anaviy rasm solish bilan bir qatorda ishning mana shu turlari ham mustaxkam o'rin olishi kerak. Estetik zexnni shakllantirish metodlarining asosini kuzatish va ko'zdan kechirish tashkil etadi. Bular harakatlar rasm solish, qirqib yopishtirish, konstruksiyalar yig'ish bilan birgalikda olib boriladi. Amaliy mashg'ulotlar bilan bir qatorda sayoxatlarga hamda tabiat qo'ynida sayr qilishga turli manzaralarni aloxida daraxtlar, o'simliklar, gullar, hayvonlarni shu jumladan xalq amaliy san'ati buyumlarini, xullas, estetik zexni rivojlanishiga va ko'z taassurotlarining va obrazlarining to'planishiga yordam berishi mumkin bo'lgan hamma narsalarni naturada ko'zdan kechirishga katta o'rin berilishi lozim. Tasvirlash bilan bog'liq maxsus vazifalar orasida asosiysi bolalarning ibtidoiy tasvirlash malakalarini va turli rassomlik materiallari va asboblari bilan ishlash ko'nikmalarini egallab olishdan iboratdir. Bu hol bolalarning ifodalash imkoniyatlarini boyitadi, ularaning kuchini o'z niyatlarini va kuzatayotgan hodisalarning muhim belgilarini ongli suratda ko'rsatish uchun hizmat qiladi. Ko'pincha texnikaviy qiyinchliklar bolalarni tasviriy san'at bilan shug'ullanishdan voz kechishga majbur qiladi.

Bolalarning o'z fikrlarini ijodiy ifodalash imkoniyatlarini jiddiy o'rganish, san'atni o'rgatishda bolaning yosh xususiyatlariga javob beradigan to'g'ri yo'nalishni topib, mashg'ulotlar olib borish ijobiy natija beradi.

San'at shakllari va qoidalaridan bexabar bola uchun rasmda soddalik va samimiylik, o'z tasavvurlarini dadil ifodalash xos bo'ladi. Bu fazilatlarni shaxs ijodiy rivojlanishning garovi sifatida avaylab saqlash, rag'batlantirish va rivojlantirish kerak.

Bu jarayonda o'rgatish rivojlanishdan oldinda borib, uning uchun malakalar va bilimlardan tarkib topadigan bazani tayorlash, bolaning ijodiy imkoniyatlari yuzaga chiqishiga yo'l ochish bilan ayni vaqtda uni navbatdagi qadamini tashlashga, yuqoriroq bosqichga ko'tarilishiga tayorlash zarur. Ular orasida eng muhimi bolalarda rasm solish hamda tasviriy san'atning boshqa turlari bilan shug'ulanishga qiziqish uyg'otishdir. Boshlang'ich ta'lim muassasalari o'quvchilarini tasviriy san'at asarlarini o'rganish jarayonida badiiy idrokini rivojlantirish aloxida e'tiborni talab qiladi. Bundagi qiyinchiliklar bolalarning nimani ko'rganlari va ko'rgan narsalariga munosabatlari haqidagi uzundan-uzoq hikoyalari etarlicha rag'batlantirilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Shunga asoslanib, ayrim pedagoglar yosh bolalar umuman estetik fikr bildirish va badiiiy tafakkur qobilyatiga ega emaslar deb aytadilar. Tadqiqotlar bunday fikr haqiqatga mos kelmasligini ko'rsatmoqda.

Shu bilan birgalikda hammaga yaxshi ma'lumki, shaxsning maxsus iste'dod nishonalarini erta aniqlash va uni muntazam rivojlantirib borish vaqti soati bilan o'z mevasini beradi - boshlang'ich ta'lim muassasalarida yangi g'oyalarning haqiqiy yaratuvchisi tarbiyalanadi.

Vatanimiz mustaqillikka erishgach, pedagog olimlarimiz tomonidan boshlang'ich ta'lim muassasalari psixologik tadqiq etildi. Respublika miqyosida tasviriy san'at soxasida haligacha tadqiq etilgani yo'q.

Jamiyatimiz taraqqiyotida kelajagimiz vorisi bo'lgan yosh avlodni tarbiyalashda barcha o'quv muassasalari qatori boshlang'ich ta'lim soxasidagi mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi. Bolalarimiz tarbiyasiga e'tibor, millatimiz kelajagini ular timsolida ko'rishning amaliy ifodasi ekanligini anglamoq darkor. Unda bolalarimizni jismonan kuchli va sog'lom qilib o'stirish, ularni baxtu-saodati, farovonligini ko'rish orzusi mujassam bo'lishi zarur. Ulug' maqsadlar sari tashlanayotgan dadil qadamlar albatta mamlakatimizning nurli kelajagiga mustaxkam poydevor bo'ladi. Bolalarni jismonan sog'lom, o'ziga xos qobilyatli qilib tarbiyalashda o'qituvchi ota-onalar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirishda boshlang'ich ta'lim muassasalari jiddiy bosqich hisoblanadi.

Xulosa. Boshlang'ich ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismidir. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'rganishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli munosabatga tayyorlab boradi. Bolalar boshlag'ich ta'lim muassasalari - O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim muassalarining turi bo'lib, turli yo'nalishdagi boshlang'ich ta'lim umumta'lim dasturlarini amalga oshiradi. Boshlang'ich ta'lim muassasalari 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarni tarbiyalashni, munosabatni, nazoratini, parvarishlashni va sog'lomlashtirishni ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent: Sharq, 1997.

2. Turg'unboyev K., Rizayev A. «Zamonaviy pedagogik texnologiyalar». Andijon 2008.

3. Abdirasilov S., Tolipov N. «Rangtasvir». T., 2005.

4. Saidaxmedov N. Pedagogik texnologiya. T. 2002

5. Qo'ziev T., Egamov A., Qanoatov T., Nurqobilov A., «Rangtasvir». 5-9 sinflar «San'at». T., 2003.

6. Nabiev M. «Rangshunoslik». T.: O'qituvchi, 1996.

7. Nabiev M., Azimova B. «Rasm chizishga o'rgatish metodikasi». T.: O'qituvchi, 1976.

8. Egamov H. Bo'yoqlar bilan ishlash. T.: O'qituvchi, 1981.

9. Egamov H. «Rangtasvir». T.: O'qituvchi, 2005.

10. Xasanov R. «Maktabda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi». T: «FAN», 2004.

11. Xasanov R. «Tasviriy san'at o'qitishning zamonaviy texnologiyasi» Fan dasturi. TDPU - 2007.

12. Oydinov N. Rassom - o'qituvchilar tayyorlash muammolari. T.: O'qituvchi, 1997.

13. O'zbek pedagogikasi antotogiyasi. (1 - jitd). T. "O'qituvchi" 1995

14. Yo'ldoshev J.G'. Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. T. "O'qituvchi" 2004

15. Ishmuxammedov R. Innovatsion texnotogiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish. T. 2004 y/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.