Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2359
171
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich ta’lim / infratuzilma / axborot kommunikatsiya texnologiyalari / ijtimoiy tarmoqlar / axborot / media / axborotlashtirish / axborot madaniyati. / primary education / infrastructure / information and communication technologies / social networks / information / mass media / informatization / information culture.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — K. Abrorxonova, Sh. Boriyeva

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining axborot istemoli madaniyatini rivojlantirishning ayrim metodik masalalari yoritib berilgan. Bugungi globallashuv davrida axborot madaniyati sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar xususan dunyoning ayrim mintaqalarida toboro kuchayib ildiz otib borayotgan ma’naviy inqiroz xavfi o’quvchilarda axborot tahdididan asrash ular orasida mutolaa madaniyatining rivojlantirish masalalari hamda ta’lim tizimida yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib dars jarayonini tashkil qilishda xorijiy tajribalar batafsil bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY FOR FORMING A CULTURE OF WORKING WITH INFORMATION IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article discusses some methodological issues of the formation of information retrieval culture of primary school students. Actual problems in the field of information culture in the context of modern globalization, in particular the danger of a spiritual crisis, which is increasingly taking root in some regions of the world, protecting students from information threats, among them are the development of reading culture and the organization of the educational process using new information and communication technologies in the system education, foreign experience is described in detail.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi kafedrasi mudiri, pedagogika bo'yicha falsafa doktori (PhD),

dotsent Bo'riyeva Shaxnoza

Nizomiy nomidagi TDPU 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7443855

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining axborot istemoli madaniyatini rivojlantirishning ayrim metodik masalalari yoritib berilgan. Bugungi globallashuv davrida axborot madaniyati sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar xususan dunyoning ayrim mintaqalarida toboro kuchayib ildiz otib borayotgan ma'naviy inqiroz xavfi o'quvchilarda axborot tahdididan asrash ular orasida mutolaa madaniyatining rivojlantirish masalalari hamda ta'lim tizimida yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib dars jarayonini tashkil qilishda xorijiy tajribalar batafsil bayon qilingan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, infratuzilma, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar, axborot, media, axborotlashtirish, axborot madaniyati. ТЕХНОЛОГИЯ ФОРМИРОВАНИЯ КУЛЬТУРЫ РАБОТЫ С ИНФОРМАЦИЕЙ У

УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация. В данной статье рассмотрены некоторые методические вопросы формирования информационно-поисковой культуры учащихся начальных классов. Актуальные проблемы в сфере информационной культуры в условиях современной глобализации, в частности опасность духовного кризиса, все более укореняющегося в некоторых регионах мира, ограждающего учащихся от информационной угрозы, среди них вопросы развития чтения культуры и организации учебного процесса с использованием новых информационных и коммуникативных технологий в системе образования, подробно описан зарубежный опыт.

Ключевые слова: начальное образование, инфраструктура, информационно-коммуникационные технологии, социальные сети, информация, СМИ, информатизация, информационная культура.

TECHNOLOGY FOR FORMING A CULTURE OF WORKING WITH INFORMATION

IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Abstract. This article discusses some methodological issues of the formation of information retrieval culture of primary school students. Actual problems in the field of information culture in the context of modern globalization, in particular the danger of a spiritual crisis, which is increasingly taking root in some regions of the world, protecting students from information threats, among them are the development of reading culture and the organization of the educational process using new information and communication technologies in the system education, foreign experience is described in detail.

Keywords: primary education, infrastructure, information and communication technologies, social networks, information, mass media, informatization, information culture.

2103

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bilamizki, bugungi kunda globallashuv davrida axborotlarni tarqatish zamonaviy qiyofaga kirdi. Ta'lim sohasida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Dars jarayonida zamonaviy axborot muhitini yaratish, o'quvchilarga qulay usullarda dars berish ularning bilim salohiyatini oshirish kelajakda jamiyatimizga kerakli shaxs bo'lib yetishishlariga katta hissa qo'shadi.

Mamlakatimizda ta'lim sohasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda ilg'or xorijiy tajribalar asosida darslarni tashkil etish, o'quvchilarga zamonaviy axborot tizimi asosida ta'lim berish shuningdek axborot madaniyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Ta'lim tizimini modernizatsiyalashda ta'limning barcha bo'g'inlarida tobora faol qo'llanilayotgan ilg'or pedagogik texnologiyalarning turli yo'nalishi o'quvchilarning ma'naviy kuchi, qobilyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda. Dars mavzusiga oid multemidiya, animatsiya, grafika, diafilm va vidiofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo'lishiga ko'mak beradi. O'quv mashg'ulotlari davomida pedagogik jarayon o'z navbatida, o'qituvchi darsni zamonaviy tashkil etishi, takomillashtirishi o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, axborotlarni to'g'ri va asosli qidirib ularni tahlil qilishi o'quvchilarni fikrlashga va muammoli vaziyatlardan chiqishga asosiysi xulosa qilishni o'rgatadi. Axborot komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta'sir etadi. O'quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o'quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o'zlashtirilishiga yordam beradi. O'quv mashg'ulotlarini mavzu doirasida kompyuter texnologiyalari asosida testlarni yechish to'g'ri javobni tahlil qilishi, o'qituvchining darsni samarali hamda ta'lim sifatini yanada rivojlantirishiga o'quvchilarni zukko va ilmli bo'lishlariga zamin yaratadi. Boshlang'ich sinflarda turli fanlarni axborot komunikatsiya texnologiyalaridan asosli foydalanib dars o'tish o'quvchilarni ta'lim jarayonida ijobiy motivatsiyalar berish, darsda bajariladigan ish hajmi ham 1.5 - 2 baravarga oshirish, bilimni nazorat qilish o'quvchilarning faoliyatida izlanish, ijod qilish samaradorligini oshiradi. O'quv jarayonlarida o'quvchining berilgan vazifasini anglab olish motivini kuchaytiradi. Sinfdagi o'quvchilarning darsga faol qatnashishi ta'minlanadi. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy axborot komunikatsiyalarining keng joriy etilishi fan sohasida axborotlashtirishni, o'quv faoliyatini intellektuallashtirishni, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni ta'lim tizimini infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi. Darsni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil qilish bola ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'atish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo'lib, bu o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir.

Boshlang'ich sinfda axborot texnologiyalari asosida o'quv jarayonlarini tashkil etish o'quvchilarning kognitiv psixologiya sohasini faollashtirishga, ta'lim materiallarini muvaffaqiyatli o'rganish va aqliy rivojlanishiga xissa qo'shishi kerakligini yodda tutush kerak. Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tadbiq qilishni zamonaviy axborot dunyosini rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb atash mumkin. Bola axborot komunikatsiya texnologiyalarining ma'lum bir o'quv fuksiyasini bajarishi eslab qolishiga yordam berishi kerak. Axborot texnologiyalari o'quv jarayonining yordamchi elementi bo'lishi kerak deb o'ylayman. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta'lim tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari tizimi va internet tarmog'i imkoniyatlarining tadbiq etilishi o'zining ta'lim samarasini oshirish omili ekanligini allaqachon

2104

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

namoyon etmoqda. Boshlang'ich sinflarda axborot madaniyatini oshirish ularning ijtimoiy tarmoqlardan axborot komunikatsiya texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish kerakligini tushuntirish zarur hisoblanadi. Bugungi kunda internet — inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi. Internet bolalar tarbiyasida o'ta muhim o'rin egallaydi. Chunki, bola tarbiyaga oid xulqatvor ko'nikmasi, hayot tamoyillarini, xatto yaxshi yoki yomonni ijtimoiy tarmoq vositalaridan olmoqda. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavf-hatarlar va tahdidlar kutib turgan bo'lishi mumkin. Axborot xavfsizligi bo'yicha o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga oddiy va tushunarli tarzda yetkazish kerak. 7-10 yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo'lgani bois, unga to'g'ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu yoshdagi boshlang'ich sinf o'quvchilari hisoblanib endigina o'qishni o'rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. Multfilm va rang--barangligi bilan jalb qiluvchi o'yinlarga qiziqish bo'lgani bois, bolalar ko'p hollarda shu kabi axborotlarni izlashadi. Shu sababli boshlang'ich sinf o'quvchilarining internetdan foydalanishini ota-ona o'qituvchi yoki kattalar tomonidan doimo nazorat qilinishi zarur. ,,Hayot vaqtlardan iborat" degan edi buyuk allomalardan biri, o'quvchilar vaqtini har xil o'yinlar bilan emas balki kitob mutolaasi, turli xil to'garaklar hamda sport mashg'ulotlari o'tkazishlarini ta'minlash bugungi kunda zarur hisoblanadi. Internet tarmog'ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan axborotlarni filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash maqsadga muvofiq bo'ladi. Internetda juda ko'p foydali, ma'rifiy va qiziqarli axborotlar mavjud bo'lib, ulardan to'g'ri va samarali foydalangan o'quvchiga turli sohalar bo'yicha bilimi oshib boradi. Kelajakda o'z kasbini tanlashga qiyinchiliklarga duch kelmaydi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida sinfdan tashqari ishlarda o'quvchilar orasida kitobxonlikni targ'ib qilish, badiiy faoliyat bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning eng samarali yo'nalishi hisoblanadi. O'qish va ona tili, matematika va tabiatshunoslik kabi fanlar ham o'quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun juda ko'p imkoniyatlarga ega. Sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanish esa o'quvchi yoshlarni sog'lom shaxs bo'lib yetishishlariga imkon beradi. Badiiy o'qish darslarida o'qituvchi tomonidan qo'yilgan maqsadga bog'liq ravishda, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayoni turli yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Sinfdan tashqari darslarda o'quvchilar orasida axborot komunikatsiya texnologiyalari asosida ibratli multifilmlarni targ'ib qilish yoki bolalar o'rtasida turli musoboqalarni zamonaviy texnologiyalar bilan o'tkazish ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga katta xissa qo'shadi deb o'ylayman.

Yuqorida fikrlarimizdan xulosa qilib aytshimiz mumkinki ta'limning zamonaviy jamiyat hayotida o'rni ko'p jihatdan axborot jamiyati axborot sivilizatsiyasini shakllantirish, ta'limni axborotlashtirish tushunchalarida o'z aksini topadigan bilim va ma'lumotlarning o'sib borayotgan roli bilan belgilanadi. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o'sishini ta'minlovchi omillar aynan ta'lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog'liq axborot va bilim jamiyatning asosiy o'zgartiruvchi kuchiga aylanadi, boshlang'ich sinf o'qituvchilari va o'quvchilarga ham davlatimiz tomonidan imkoniyatlar berilmoqda. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish an'anaviy ta'lim tizimidan farq qilib jahon ta'lim standartlariga mos darslarni tashkil qilish mumkin. Axborot madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir

2105

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qirrasi sifatida qaralmoqda. Yuksalib rivojlanib kelayotgan zamonda boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari har bir bolani mustaqil fikrlashga ega bo'lgan buyuk insonlar qilib tarbiyalashimiz zarur. Axborot istemoli madaniyati oshirish boshlang'ich sinf o'quvchilarining, turli bemani o'yinlar shunga o'xshash saytlardan bilib bilmay kirib qolishlaridan saqlashga yordam beradi. O'zining kimligini, o'zligini bilgan inson ota-ona, ona vatan, vatanparvarlik degan muqaddas qadriyatlarning tub mohiyatini anglashga qodir bo'ladi deb o'ylayman.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish KONSEPSIYASI.

2. Ona tili o'qitish metodikasi, Toshkent "NOSIR" nashriyoti 2009-yil.

3. Boymurodova G., Sattorova X. va boshqalar. O'qish. 2-sinf. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma - Toshkent: "Sharq", 2014.

4. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo'ldosheva Sh. Ona tili. 3-sinf uchun darslik. Toshkent: "O'qituvchi", 2014.

5. Masharipova U., Umarova M., Baynazarova D., Nabiyeva M. Ona tili, sinf.

6. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma Toshkent: "Sharq", 2014.

7. Orif Tolib "Bolalarga adabiyotining fidoyisi" (To'plam) 2004-yil.

8. Yo'ldoshev Y. "Bolalarga bola bo'lib yozmoq bor" " O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi. 2009 -yil. 16-noyabr.

9. G'afforova T., Nurullayeva Sh., Haydarova O. Boshlang'ich sinflar uchun ona tili va o'qishdan didaktik materiallar. - Toshkent: Ilm ziyo, 2004.

10. Shodiyeva Sh. "Boshlang'ich sinflarda so'z birikmasi va gap ustida ishlash metodikasi" BMI Samarqand-2016.

11. Abdullayev F. So'zlar o'zaro qanday bog'lanadi. - T. : Fan, 1978. -75 b.

12. Abdurahmonov F. , Sulaymonov A. , Xoliyorov X. , Omonturdiyev J. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis. - T. : O'qituvchi, 1979. - 208 b.

13. Borovkov A. K. , G'ulomov A. , Ma'murov Z. , Shermuhammedov T. O'zbek tili grammatikasi. II qism. Sintaksis. - T. : O'zdavnashr, 1956. - 132 b.

14. Ishmatov Q. Umumta'lim fanlarda o'qitish metodi. O'quv qo'llanma. Namangan, 2006

15. Umumtalim maktablari uchun 8-sinf ona tili darsligi, T. : Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019.

16. Educational issues in the works of enlightened intellectuals F Rahmatova, K Abrorxonova. Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar 1 (ApxuB№ 2)

17. VIRTUAL TOUR IN PRIMARY SCHOOL K Abrorkhonova, S Khudoyberdieva European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Organization of excursions in primary school classes. International Scientific and Current Research Conferences, 139-14

18. BOSHLANG 'ICH SINF "TARBIYA" DARSLARINI TASHKIL ETISHNING USUL VA VOSITALARIKA Abrorxonova, SMS Qizi Science and innovation 1 (1), 54-61

19. FORMATION OF A SENSE OF PATRIOTISM THROUGH TOURISM IN THE CURRENT TEXTBOOK" UPBRINGING" OF PRIMARY EDUCATION AK Abrorkhonovna British Journal of Global Ecology and Sustainable Development 5, 70-74

2106

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

20. TECHNOLOGY OF FORMING THE VIRTUE OF TOLERANCE IN PRIMARY CLASS STUDENTS K Abrorxonova, F Rahmatova, M Dehqonboyev Science and Innovation 1 (7), 362-367

21. BOSHLANG'ICH SINFDA TA'LIM SAMARADORLIGINI AMALGA OSHIRISH METODIKASINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH K Abrorxonova, M Karabayeva Science and innovation 1 (B7), 1282-1289

22. BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARIDA TOLERANTLIK FAZILATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASIK Abrorxonova, F Rahmatova, M Dehqonboyev Science and innovation 1 (B7), 362-367

23. Hayitov, A. I., & Miltikboyeva, Z. (2022, May). METHODS OF ORGANIZATION OF NATIVE LANGUAGE CLASSES IN PRIMARY CLASSES ON THE BASIS OF INTERACTIVE METHODS. In E Conference Zone (pp. 11-13).

24. Hayitov, A. I., & Abdushukurova, D. (2022). EFFECTIVE WAYS TO ORGANIZE MOTHER TONGUE LESSONS IN PRIMARY CLASSES ON THE BASIS OF INTERACTIVE TECHNIQUES. Conferencea, 30-32.

25. Bakhtiyarovna, M. Z. (2021). INTEGRATED TEACHING OF PRIMARY EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1332-1336.

26. Anvar, H. Integrated Approach to Improving Pedagogical Abilities of Future Primary Education Teachers. JournalNX, 197-201.

27. Салаева М.С., Абдурасулова Ш.К. Педагог профессионализмининг шаклланиши касбий кадрият сифатида намоён булиши // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center. www.in-academy.uz. ISSN 2181-2888. With Impact Factor: 8.2. Volume 2 Issue 02, February 2022 Pages 183 -188. https://doi.org/10.5281/zenodo.6242575

28. Salaeva M.S., Luxmanovna N.M. Kichik maktab yoshdagi o'quvchilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I March, 2022. ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 380-383. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20064.%20380-383.pdf

29. Бекназарова Х.Х. Формирование мобильности личности как педагогическая проблема // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 384-390. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20065.%20384-390.pdf

30. Shoyunusova F.S. Bola shaxsini shakllantirishda ota-onalarning o'rni // Международный научно-образовательный электронный журнал «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». ISSN: 2658-7998. Электронный журнал. Выпуск №22 (том 5) (январь, 2022). -C.1099-1103.

https://www.mpcareer.ru/_files/ugd/a62191_0b77bb588ae44c41874c43e8211ea9a8.pdf

31. Салаева М.С., Джумабаева М.Б. Педагогнинг кичик мактаб ёшидаги болаларни ижтимоий мобиллигини оширишга таъсири // IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, ISSN - 2181-2608. With Impact Factor: 8.2 SJIF: 5.426 - Б. 59-62. Retrieved from http://www.sciencebox.uz/index.php/jis/article/view/1552

32. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Бошлангич таълим укувчиларини ижтимоий мобиллигини ривожлантириш // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 |

2107

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SJIF = 6.051 www.in-academy.uz Volume 2 Issue 4, April 2022 ISSN 2181-

2888. Pages 136-139. https://doi.org/10.5281/zenodo.6511330

33. Salaeva M.S., Koshnazarova M.A., Abdukodirov G., Radjabova D.A. Professionalism of the Teacher as a Pedagogical Credo in the Age of Innovation // SPECIALUSIS UGDYMAS / SPECIAL EDUCATION 2022 1(43). Pp. 10571 - 10576. https://www.sumc.lt/index.php/se/article/view/1637

34. Muxammadeva, X. K., Nurmuratova, I., Tulaganova, S., & Jumaniyazova, M. (2022). O 'QUVCHILARDAGI KITOBXONLIK MADANIYATI ORQALI ALTRUISTIK MOTIVLARNI RIVOJLANTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 1284-1288.

35. Мухаммадиева, Х. К., & Исматуллаева, Ф. Р. (2022). БОШЛАНЕИЧ СИНФЛАРДА ДИДАКТИК ЖАРАЁНДА БОЛАНИНГ РИВОЖЛАНИШИНИ ТАЪМИНЛОВЧИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ИЛМИЙ-ПЕДАГОГИК ТАХДИЛИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(2), 77-82.

36. Muhammadiyeva, X. K., & Ergasheva, G. Z. (2021). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(2), 10-14.

37. Эргашева, Г. М., Мухаммадиева, Х. К., & Артикбаева, Н. Н. (2021). Синфдан ташкари машгулотлар оркали укувчиларни ижодий фаолиятга йуналтириш методлари. Science and Education, 2(5), 578-582.

38. Muhammadieva, K. (2020, June). The Idea "Personal Interests and the Priority of Education" in the Education as One of the Key Factors in Reforming School Education for Upbringing Perfect Individual. In Proceedings of International Multidisciplinary Scientific-Remote Online Conference on Innovative Solutions and Advanced Experiments (p. 22).

39. Абдуллаева, Ш. А., & Мухаммадиева, Х. К. (2016). Девиант хулкли илк успирин ёшидагиларни ижтимоийлаштириш ва профилактика ишларини олиб бориш. Современное образование (Узбекистан), (11), 48-53.

40. Мухаммадиева, Х. К. (2014). Начальные сведения о развитии арифметики в трудах учёных математиков Востока. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (3-2), 230-231.

41. Tuxtayevna, H. M., Mahkambayevna, E. G. Z., & Karamatovna, M. X. Methodological Bases of Development of Socially Active Competencies of Future Primary School Teachers in Students and Improvement of Its Methodology. International Journal of Health Sciences, (II), 10646-10654.

42. Furkatovna, A. M. (2022). INNOVATION YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(7), 99-106.

43. Furkatovna, A. M. (2022). Methods of Innovation Approach to Forming Communicative Competence of Future Educators. Eurasian Scientific Herald, 10, 53-58.

44. Adilova, M. (2022). PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL FACTORS OF INNOVATIVE APPROACH TO THE FORMATION OF COMMUNICATIVE

2108

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

COMPETENCE OF THE FUTURE TEACHER. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(04), 304-308.

45. Адилова, М. Ф. (2021). Формирование экологической культуры у учеников начального образования на основе медиатехнологий. Science and Education, 2(6), 543546.

46. Адилова, М. Ф. (2020). РЕФОРМЫ В ОБРАЗОВАНИИ УЗБЕКИСТАНА: СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ. Science and Education, 7(7), 452-455.

47. Ergasheva, G. M., Sotiboldieva, S. J., & Adilova, M. F. (2020). COMPREHENSIVE APPROACH TO ASSESSING STUDENTS KNOWLEDGE IN PRIMARY SCHOOL BASED ON THE INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Theoretical & Applied Science, (1), 56-62.

2109

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.