Научная статья на тему 'INTERFAOL METODLAR ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINFLAR DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH USULLARI'

INTERFAOL METODLAR ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINFLAR DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4258
318
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshlang’ich ta’lim / metod / interfaol / interfaol metod / interfaol ta’lim / dars / tashkil etish / bosqich / usul / bumerang / alifbo metodi. / Primary education / method / interactive / interactive method / interactive learning / lesson / organization / stage / method / boomerang / Alphabet method.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A. Hayitov, F. Abdurasulova

Ushbu maqola o’quvchilarning yanada mazmunli bilim olishlariga xizmat qiladigan hamda o’qituvchilar darslarini qiziqarli tashkil qilishga yordam beradigan interfaol metodlarning mazmuni va mohiyati va ularni boshlang’ich ta’lim darslarida qo’llash bosqichlari haqida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF EFFECTIVE ORGANIZING PRIMARY CLASS LESSONS BASED ON INTERACTIVE METHODS

This article talked about the content and essence of interactive techniques that serve students to obtain more meaningful knowledge and help to organize teachers' lessons in an interesting way, and the stages of their application in primary education lessons.

Текст научной работы на тему «INTERFAOL METODLAR ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINFLAR DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

INTERFAOL METODLAR ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINFLAR DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH USULLARI Hayitov A.I

Nizomiy nomidagi TDPU o'qituvchisi Abdurasulova F

Nizomiy nomidagi TDPU 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7257805

Annotatsiya. Ushbu maqola o'quvchilarning yanada mazmunli bilim olishlariga xizmat qiladigan hamda o'qituvchilar darslarini qiziqarli tashkil qilishga yordam beradigan interfaol metodlarning mazmuni va mohiyati va ularni boshlang'ich ta'lim darslarida qo'llash bosqichlari haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, metod, interfaol, interfaol metod, interfaol ta'lim, dars, tashkil etish, bosqich, usul, bumerang, alifbo metodi.

МЕТОДЫ ЭФФЕКТИВНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ЗАНЯТИЙ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ НА ОСНОВЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ

Аннотация. В данной статье говорится о содержании и сущности интерактивных методов, которые служат учащимся для получения более содержательных знаний и помогают интересно организовать занятия учителей, и этапах их применения на уроках начального образования.

Ключевые слова: начальное образование, метод, интерактив, интерактивный метод, интерактивное обучение, урок, организация, этап, метод, бумеранг, алфавитный метод.

METHODS OF EFFECTIVE ORGANIZING PRIMARY CLASS LESSONS BASED ON INTERACTIVE METHODS

Abstract. This article talked about the content and essence of interactive techniques that serve students to obtain more meaningful knowledge and help to organize teachers' lessons in an interesting way, and the stages of their application in primary education lessons.

Keywords: Primary education, method, interactive, interactive method, interactive learning, lesson, organization, stage, method, boomerang, Alphabet method.

Dunyoqarashni nima o'zgartiradi-ilm, daromad, manfaat

Shavkat Mirziyoyev

KIRISH

O'zbekistonda ta'lim islohatlarini amalga oshirish bo'yicha butunlay yangicha g'oyalar yondashuvlar, tamoyillar va yo'nalishlarga asoslangan bosqichga qadam qo'ydi. O'qituvchining qarashini uning siyosiy qarashga ega bo'lishi pedagogik mahorat va ta'lim menjmenti bo'yicha malakaga egalik yo'nalishlarga daxldor masaladir. Boshlang'ich sinflarda ona tili, matematika, o'qish, tarbiya, tabiatshunoslik darslari o'z mohiyati maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Shuningdek boshlang'ich sinflarda har bir fan e'tibor qaratilib o'tilishi lozim bo'lgan fanlardir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori ilm dargohlardan yaratiladi. Boshqacha qilib aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi, farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishga bog'liq. Demak, shunday ekan kelajagimiz yoshlariga beriladigan ta'lim sifatli, mazmunli va qiziqarli bo'lishi kerak. Hozirgi kunda o'quvchilarimiz bilimlarnii yanada mukammal egallashlari uchun turli xil samarali

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

usullardan foydalanmoqda, shulardan biri bu interfaol metodlar hisoblanadi. Mana shu ta'lim va tarbiya jarayonida esa shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, bilimlari, qobilyatlari o'sadi. Darhaqiqat, ilg'or pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayoni unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Yoshlarimizning yaxshi ta'lim olishlariga qaratilgan va darslarimizni qiziqarli tashkil qilishga undaydigan Respublikamizning ta'lim haqidagi qaror va qonunlar mavjud. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonun dastlab 1992-yilda qabul qilingan, 1997-yilda esa yangi tahrirdagisi qabul qilingan edi. Keyinchali esa 2020-yil 23-sentabrda yangi tahrirdagi qonunimiz qabul qilindi. Ushbu qonunda ko'pgina ta'lim haqida ma'lumotlar keltirilgan. Jumladan, 46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari. Pedagog xodimlar: o'quv mashg'ulotlarini sifatli o'tkazishi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o'qitish va tarbiyaning ilg'or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi[1];

METOD VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda ta'lim metodlari takomillashida asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullaridir. Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanishda samarali natijaga erishish uchun faqatgina bir xil metodlardan foydalanib qolmasdan yangidan-yangi metodlardan va zamonaviy texnalogiyalardan foydalanishimiz lozim[4].

Interfaol metodlar o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini va dunyoqarashini shakllantiradi[2]. O'quvchilarda bilim olishga bo'lgan ishtiyoq va qiziqishlarini oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish va ularni amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarni shakllantiradi. Bilim olish va yaxshi tarbiya toppish esa inson hayotida muhim ahamiyatga ega.

Boshlang'ich ta'lim darslarini o'qitishning interfaol usullari asosida tashkil etish ulardan tashkil etiladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarini tashkil etishida pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang'ich ta'lim o'quvchilarga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikka erishishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo'lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar hal etilishi lozim[3]. Ular quyidagilardan iboratdir:

- boshlang'ich ta'lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish;

- boshlang'ich ta'lim darslari pedagog xodimlari o'rtasida interfaol metodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o'quv seminarlarini tashkil etish;

- ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o'zlashtirishga erishish[4];

O'qituvchi darslarni yanada samarali tashkil etish uchun ham bu haqidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi lozim. Biz quyida maqolamizda berilgan masaladagi har bir tayanch tushunchalarga ta'rif berib o'tamiz.

Interfaol - ingliz tilida interact (rus tilida interaktiv) ifodalanib lug'aviy nuqtai nazardan inter o'zaro ikki taraflama act-harakat qilmoq ish ko'rmoq kabi ma'nolarni anglatadi[3].

Interfaol ta'lim - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko'nikma, malaka hamda muayyan ahloqiy sifatlarini o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta'lim[2].

Metod (yunoncha metados - bilish yoki tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot) voqelikni amaliy va nazariy egallash, izlashtirish, o'rganish, bilish uchun yo'l yo'riqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli[3].

O'qituvchi metod tanlashda;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

birinchidan, o'qitish usuli, o'qish faoliyati usullari bilan chambarchas bog'liq bo'lishi; ikkinchidan, maqsadlarga erishishda o'qituvchi o'quvchi o'z aslini topishi shart ekanligiga;

uchinchidan,o'quvchilarning yosh , individual psixologik xususiyatiga;

to'rtinchidan, mavzularning izchiligi vatizimliligi hisobga olganlikka etibor beradi[5]. Yuqorida ta'kidlab ko'rsatib o'tilgan talablar pedagogik texnalogiyaning interfaol usullarida o'z aksini topgan. Boshlang'ich sinflarda samarali darslarni tashkil etish uchun bir qancha interfaol metodlarni ko'rib chiqamiz. Bulardan: "Alifbe", "Aqliy hujum", "Yalpi fikriy hujum", "Qarorlar shajarasi", "Zig-zag", "6x6x6", "Qora quti", "Bilaman bilishni hohlayman", "Bilib oldim", "Klaster", "Bumerang"[3] kabi metodlardir.

Talim jarayoniga bu metodlarni qo'llash:

- o'quvchining muayyan nazariy bilimlar puxta o'zlashtirishga;

- vaqtning tejalishiga;

- har bir o'quvchining faollikka undalishida;

- o'quvchining erkin fikirlash layoqatini shakllanishiga;

- o'quvchida o'zgalarning fikrini tinglay olish ko'nikmasining hosil bo'lishiga;

- o'quvchining o'z fikrini himoya qila olishiga;

- o'quvchida bildirilgan fikrlarni umumlashtira olish ko'nikmasini shakillanishiga olib keladi.

Metod 1. Bumerang metodi- berilgan materialni ta'lim oluvchilarning kichik guruhlarda mustaqil o'rganishga va boshqalarni o'rgatishga yo'naltirilgan metoddir[2]. Metodni qo'llash ketma-ketligi:

1. Metodni kichik guruhlarda o'tkazish mumkin, 3-4-sinflarda;

2. Har bir kichik guruhlarga alohida tarqatma materiallar tarqatiladi;

3. Material mustaqil o'rganiladi;

4. Guruh a'zolarini mashg'ulot o'tkazishga tayyorlash(mustaqil o'rganishga va o'rgatishga);

5. masala yuzasidan xulosaga kelish;

6. baholash[3];

Bu metodda bolalar bilan guruh- guruh bo'lib ishlash hamda ular past o'zlashtiradigan o'quvchilar ham darslarni yaxshi o'zlashtira oladi. Har bir guruh a'zolari bilan individual shug'ullanadi. Bilmagan guruh a'zolari boshqa o'quvchilarga qarab o'rganadi va egallagan bilimlaridan kelib chiqib mustaqil fikrlay boshlaydi.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Metod 2. Alifbo metodi - ushbu metod o'quvchilarning harflarni yaxshi o'zlashtirishga ya'ni harflarni yodda saqlashga va bevosita so'zlarda qo'llashga yordam beradi[3]. Metdoni amalga oshirish uchu kerak bo'ladigan jihozlar: oq qog'oz, rangli qog'oz, karton, rangli qalamlar, plamaster, leneyka, ruchka, qora qalam. Metdoni amalga oshirish tashkiliy jihatilari: -oq qog'ozlardan 8-10 sm qilib qirqib olinadi, kesib olingan oq qog'ozchlarga o'zbek tili alifbosidagi harflarning barchasi va tutuq belgisi ham alohida qilib yasab olinadi. Ulardan kichik kartochkalar hosil qilinib, u kartochkalarni o'quvchilarni bo'lingan guruhlarga tarqatiladi. Metodimizni quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi[3]:

1. Alifbodagi barcha harflarni qog'ozchaga tushirish;

2. Alifbo yuzasidan unlilar va undoshlarni toppish;

3. Alifbo yuzasidan jarangli va jarangsiz harflarni toppish;

4. Alifbo harflaridan "Toshkent" so'zini yasash;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

5. Alifbo harflar yuzasidan "o'qituvchi" ismini yasash;

6. Alifbo harflar yuzasidan "Men maktabda o'qiyman" so'zini yasash;

7. Harflar yuzasidan "X" va "H" harflariga tegishli so'zni hosil qilish (hosil, xushnud, habar, xatto, xohlayman, xulq, axloq, halol, xato).

8. Alifbo harflaridan " ' "belgisi qatnashgan so'zlarni yasash.

9. "NG" harfi qatnashgan so'zlarni yasash[3].

Bu metod o'quvchilarni nutqini o'stirishga, harflarni to'g'ri ajrata olishga samarali yordam beradi. Ular bu metotda jamoa bilan ishlashni yaxshi o'ganadilar. Har bir o'quvchini izlanishga undaydi va mustaqil fikrlashga undaydi.

Shunday qilib, ta'lim jarayoniga interfaol usullarni qo'llashda o'qituvchi ta'lim jarayonining boshqaruvchi vazifasida bo'lib, bunda boshqaruv maqsadi ta'limning obekti va subyekti sifatida o'quvchiga yo'naltiriladi.

Boshlang'ich ta'lim darslari o'qituvchilarida pedagogik faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishda quydagi tamoyillarga amal qilish asosida erishiladi[7].

S boshlang'ich ta'lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi.

S boshlang'ich ta'lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga oshirilishi.

S boshlang'ich ta'lim darslarini interfaol metodlar aosida tashkil etishda mavjud shart-sharoit hamda sub'ektiv yondashuvlarni inobatga olish.

S pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish.

S yangi tajribalarni ommalashtirish.

S nazariy va amaliy faoliyat birligi[8].

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ona tili va husnixat darslarida, darslarini interfaol metodlar asosida o'tish uchun avvalo o'qituvchi o'sha darsga oid malumotlarni ya'ni metodlari bo'lishi kerak. Unda o'qituvchi o'tiladigan mavzuga mos o'quvchilarga ham qiziqarli nutqini o'stiradigan metodlar tayyorlash kerak. Hozirgi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarga interfaol metodlarni qo'llash matematika, ona tili, tabiiy fanlar va boshqa darslarda ham samarali natija bermoqda. Interfaol metodlar ona tili va o'qish darslarida o'quvchilarni nutqini o'stirishda, erkin fikrlashga undaydi. Metodlarni qo'llashda ham, o'qituvchi e'tiborli bo'lishi shart. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchilari yosh xususiyatlariga mos bo'lishi kerak. Shunday qilib, bugungi kundagi bu kabi masalalar hali xanuz davom etmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son. "Ta'lim to'g'risida" gi qonun.

2. D.Ro'ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova. "Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi". Metodik qo'llanma. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashrivoti, 2013. - 108 bet.

3. Hayitov.A.I. "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi". "Zuhra Baraka Biznes" nashriyoti. T.: 2021.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. Yo'dosheva D. Ashurboyeva D. "Ona tili ta'limida zamonaviy pedagogik texnalogiyalar."- T.: Turon Zamin Ziyo. 2018.

5. Hayitov, A. I., & Miltikboyeva, Z. (2022, May). Methods of organization of native language classes in primary classes on the basis of interactive methods. In E Conference Zone (pp. 11-13).

6. Abdushukurova. D, Hayitov, A. I. (2022). Effective ways to organize mother tongue lessons in primary classes on the basis of interactive techniques. Conferencea, 30-32.

7. Bakhtiyarovna, M. Z. (2021). Integrated teaching of primary education. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1332-1336.

8. Anvar, H. Integrated Approach to Improving Pedagogical Abilities of Future Primary Education Teachers. JournalNX, 197-201.

9. Muxammadeva, X. K., Nurmuratova, I., Tulaganova, S., & Jumaniyazova, M. (2022). O'quvchilardagi kitobxonlik madaniyati orqali altruistik motivlarni rivojlantirish. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 1284-1288.

10. Muxammadieva, X. K., & Ismatullaeva, F. R. (2022). oshlang'ich sinflarda didaktik jarayonda bolaning rivojlanishini ta'minlovchi texnologiyalarni takomillashtirishning ilmiy-pedagogik tahlili. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(2), 77-82.

11. Muhammadiyeva, X. K., & Ergasheva, G. Z. (2021). Boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish metodikasi. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(2), 10-14.

12. Ergasheva, G. M., Muxammadieva, X. K., & Artikbaeva, N. N. (2021). Sinfdan tashqari mashg'ulotlar orqali o'quvchilarni ijodiy faoliyatga yo'naltirish metodlari. Science and Education, 2(5), 578-582.

13. Muhammadieva, K. (2020, June). The Idea "Personal Interests and the Priority of Education" in the Education as One of the Key Factors in Reforming School Education for Upbringing Perfect Individual. In Proceedings of International Multidisciplinary Scientific-Remote Online Conference on Innovative Solutions and Advanced Experiments (p. 22).

14. Abdullaeva, Sh. A., & Muxammadieva, X. K. (2016). Deviant xulqli ilk o'spirin yoshidagilarni ijtimoiylashtirish va profilaktika ishlarini olib borish. Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan), (11), 48-53.

15. Muxammadieva, X. K. (2014). Началные сведения о развитии арифметики в трудах учёных математиков Востока. Актуалные проблемы гуманитарных и естественных наук, (3-2), 230-231.

16. Tuxtayevna, H. M., Mahkambayevna, E. G. Z., & Karamatovna, M. X. Methodological Bases of Development of Socially Active Competencies of Future Primary School Teachers in Students and Improvement of Its Methodology. International Journal of Health Sciences, (II), 10646-10654.

17. Abrorkhonova, K., & Khudoyberdiyeva, S. (2022, June). Organization of excursions in primary school classes. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 139-143).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

18. Abrorxonova, K. A., & Qizi, S. M. S. (2022). Boshlang 'ich sinf "Tarbiya" darslarini tashkil etishning usul va vositalari. Science and innovation, 1(1), 54-61.

19. Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Jild 2. - №. 01. - P.296-300.

20. Мусахоновна Л. УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА БИОЛОГИЯ ФАНИДАН САМАРАДОРЛИККА ЭРИШИШДА ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМИЙ ВОСИТАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АСОСЛАРИ //Science and innovation. -2022. - Т. 1. - №. B3. - С. 577-585.

21. Juraev R. X., QORAXANOVA L. M. fizika va biologiyani o'qitishda 10-sinf o'quvchilarining tadqiqot faoliyatini tashkil etish modeli / / innovatsiya, integratsiya va ta'lim bo'yicha xalqaro discourse jurnali. - 2021. - Jild 2. - №. 1. - P.295-299.

22. Karakhonova L. M. Using the electronic educational resources in biology lessons //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY. - 2019. - С. 35-39.

23. Karakhanova L. M. USE OF MEDIERE RESOURCES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF BIOLOGY IN SCHOOLS //International Scientific Review of the problems of pedagogy and psychology. - 2018. - С. 68-70.

24. Jurayev R. K., Karakhanova L. M. Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools //International Journal of Advanced Science and Technology. - 2020. - Т. 29. - №. 8. -С. 3500-3505.

25. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

26. Juraev R. X., Karaxonova L. M. media ta'limi maktab o'quvchilarining ta'lim sifatini oshirish omili sifatida / / hayot davomida ta'lim: barqaror rivojlanish uchun uzluksiz ta'lim. - 2013. - S. 322-323.

27. Караханова Л. 6. DEVELOPMENT OF STUDENTS'KNOWLEDGE BASED ON THE USE OF 3D EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE BIOLOGY EDUCATION //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2020. - №. 2. - С. 55-59.

28. Musaxonovna K. L. General secondary schools requirements for the introduction of informed educational resources for the development of natural sciences //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2022. - Т. 12. -№. 5. - С. 855-860.

29. Juraev R. X., Karaxonova L. M. iqtidorli bolalarni ta'lim muassasalari tomonidan pedagogik qo'llab-quvvatlash //fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2022. - Jild 3. - №. 4. - 66-70 betlar.

30. Karaxanova L. M. tabiiy fanlarni o'qitishda zamonaviy ochiq ta'limda yangi interaktiv elektron manbalar / / ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar. - 2021. - Jild 2. - №. CSPI conference 1. - P. 1303-1305.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

31. Karaxanova L. M. Development of students' knowledge based on the use of 3d educational technologies in the Biology education //Таълим ва инновацион тадкикотлар.- Buxoro. - 2020. - 55-59 betlar.

32. Сафарова Р. Г. и др. Укувчи-ёшларни оммавий маданият хуружларидан х,имоя килишнинг назарий-методологик асослари. - 2017.

33. Kharaxonova L. M. SPECIFIC ASPECTS OF MEDIA EDUCATION AND ITS USE IN HIGH SCHOOLS //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.

34. Musakhonovna K. L. Peculiarities of using modern educational tools to increase the effectiveness of teaching the natural sciences and direct students to independent activities //Asian Journal of Multidimensional Research. - 2022. - Т. 11. - №. 5. - С. 182-191.

35. Kh D. R., Karakhonova L. M. Media education as a factor of increasing the quality of teaching schoolchildren //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2013. - Т. 11. - №. 2 (eng). - С. 287-288.

36. Караханова Л. МУЛЬТИМЕДИЙНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ НА УРОКАХ ЗООЛОГИИ //Збiрник наукових праць Уманського державного педагогичного ушверситету. -2011. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.