Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
6051
409
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion texnologiya / metod / texnologiya / interfaol / bayon qilish / suhbat / muammoli vaziyat.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Orzigul Baxromjon Qizi Raxmonaliyeva, Dilafroz Mamaroziyevna Abduraxmonova

Ushbu maqolada ona tili darslarida foydalanishga tavsiya etiladigan interfaol metodlar va ularning mazmuni xususidagi fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Orzigul Baxromjon qizi Raxmonaliyeva Dilafro'z Mamaro'ziyevna

Abduraxmonova Farg'ona tumani 43-maktab ona tili va adabiyoti fani o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ona tili darslarida foydalanishga tavsiya etiladigan interfaol metodlar va ularning mazmuni xususidagi fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: innovatsion texnologiya, metod, texnologiya, interfaol, bayon qilish, suhbat, muammoli vaziyat.

Mustaqillik sharofati bilan respublikamizda yangilanish, rivojlanish davri boshlanib, ijtimoiy hayotimiz umumjahon andozalariga mos taraqqiyot yo'nalishlariga jadal sur'atlar bilan kirib bormoqda. "XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuk dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli barkamol shaxslarni jahon ta'lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir" Yangi asr o'qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik - psixologik jihatdan chuqur bilimga egaligi, intellektual salohiyatning yuksak darajadaligi, innovatsion ta'lim texnologiyalari, ta'limning interfaol usullari va ilg'or samarali metodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda barcha ta'lim muassasalarida o'qitish jarayonida interfaol usullardan foydalanishga erishilmoqda. Bu esa interfaol ta'lim asosida tashkil etilayotgan pedagogik jarayonlarning mazmun-mohiyatini to'liq tushunib yetishga va ularni samarali, qiziqarli, sifatli bo'lishini ta'minlashga ko'maklashadi. Interfaol usullaridagi darslar o'quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi.

Interfaollik - bu o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni bunda o'quv-biluv jarayoni o'zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter yordamida) yoki o'quvchining o'zaro muloqotiga asosan kichadi. Interfaol ta'lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi.

Talim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish, ta'lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o'zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi. Ona tili darslarida zamonaviy usullardan foydalanish

269

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatini shakllantirish hamda mavzuni o'zlashtirishda yaxshi samara beradi.

Ona tilini o'qitishda o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi faoliyatini t ashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta'lim tizimining takomillashuvi bilan bog'liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda. XX asrning oxirgi yillariga qadar o'qitish metodlari sifatida tushuntirish bayon metodi, suhbat metodi, analiz - sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta'limi darslarini tashkil etishda ko'proq qo'llanilib kelinmoqda.

Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo'llangan asosiy metodlardan biri bo'lgan. Bunda o'qituvchi bayon qilishdan oldin o'quvchilarning o'rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o'quvchilarni o'qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo'lishga undagan. O'qituvchining bayoni, ya'ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o'qituvchi ma'lumotlarni o'z so'zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o'qituvchi zimmasiga o'rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o'rinlarini aniq, lo'nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang'ich sinflarda bayon qilish metodi o'quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan keiib chiqqan holda 3—5 daqiqaga mo'ljallangan.

Suhbat metodi boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitishda keng qo'llaniladigan va shu bosqich o'quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savo - ljavob metodi deb ham yuritiladi. Suhbat metodi o'qituvchidan mavzuning xususiyatini o'zida aks ettirgan o'quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o'xshash va farqli jihatlarini ajratish, o'xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo'naltirilgan savollar tuzishni, ularni o'quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.

Boshlang'ich sinflarda suhbat metodining muammoli o'qitish mctodi sifatida qo'llanilishi ta'limda o'quvchilarni faollashtirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Muammoli o'qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894 - yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o'zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o'quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o'stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o'qituvchining topshirig'i bilan o'quvchining oldiga biror muammo qo'yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o'quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o'qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o'quvchi hal qila olmasa, uni o'qituvchining hal qilishiga to'g'ri keladi. Shuning uchun boshlang'ich sinfda muammoli o'qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o'qitish metodini

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

leksik - semantik va grammatik mashqlami tashkil etishda ham qo'llash mumkin. Bu metoddan 1sinfdan boshlab foydalanish mumkin

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo'llaniladi. O'quvchilar o'qituvchining topshirig'i bilan mustaqil ishlarni og'zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko'p vaqtni olmasligi, o'quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1sinfdan boshlab beriladi va u asta - sekin murakkablashtirilib boriladi. 1 sinfdan ,,Yozgan so'zlaringizni lug'atdan tekshiring", ,,Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing", ,,Rasmni kuzating. Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing" kabi topshiriqlar beriladi. Analiz-sintez metodi savod o'rgatish darslariga rustuzem maktablari va tatar o'qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta'limi jarayoniga analiz — tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o'rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo'lishidir. Sintez qismlarga bo'lib o'rganilgan grammatik materialni yaxshilashdir. Masalan, ot, sifat, fe'l, son kabi so'z turkumlari o'rganilayotganda ularga oid so'zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so'zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo'ladi.

Analiz - sintez metodida ham o'quvchilarni faollashtirish o'qituvchining o'quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog'liq bo'ladi. Induksiya metodida o'quvchilar o'qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta'riflar keltirib chiqaradi. Deduksiya metodida o'quvchi tayyor qoida — ta'rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi. Bu metodlarning samarasi o'qituvchining savol - topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo'naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o'quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug'atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog'liq bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o'qituvchining beradigan savol - topshiriqlariga bog'liq. Yo'1 - yo'lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o'quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi. So'nggi yillar davomida ta'lim tizimiga an'anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta'limi jarayonida foydalanish bo'yicha yutuqlar qo'lga kiritilib kelinmoqda.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug' va kelajagi farovon bo'ladi. T.: "O'zbekiston", 2019.

2. Yo'ldoshev J., Yo'ldosheva F., Yo'ldosheva G. Interfaol ta'lim - sifat kafolati. -Toshkent, 2008.

3. Rafiyev A., G'ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T., "Sharq", 2013.

4. Okhunov, M., & Minamatov, Y. (2021). Application of Innovative Projects in Information Systems. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11,

5. Minamatov, Y. E. U. (2021). APPLICATION OF MODULAR TEACHING TECHNOLOGY IN TECHNOLOGY. Scientific progress, 2(8), 911-913.

6. Минаматов, Ю. (2021). УМНЫЕ УСТРОЙСТВА И ПРОЦЕССЫ В ИХ ПРАКТИЧЕСКОЙ ЭКСПЛУАТАЦИИ. Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 875-879.

7. Minamatov, Y. E. O. G. L., & Nasirdinova, M. H. Q. (2022). APPLICATION OF ICT IN EDUCATION AND TEACHING TECHNOLOGIES. Scientific progress, 3(4), 738-740.

8. Minamatov, Y. E. O. G. L., & Yusupova, N. M. (2022). SMART TEXNOLOGIYALARDA TA'LIM JARAYONI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(6), 441-445.

9. Mamatzhonovich, O. D., Khamidovich, O. M., & Esonali o'g'li, M. Y. (2022). DIGITAL ECONOMY: ESSENCE, FEATURES AND STAGES OF DEVELOPMENT. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(04), 355-359.

10. Avazjono'g'li, V. D., &Esonalio'g'li, M. Y. (2022). Use and Importance of Three-Dimensional Images in Fields. Journal ofEthicsandDiversityin International Communication, 2(2), 1-4.

11. Avazjono'g'li, V. D., &Esonalio'g'li, M. Y. (2022). Prospects for the Development of the 3D Modeling Process. Texas Journal of Engineering and Technology, 7, 78-79.

12. G'ofurovich, T. X. A., & Esonali o'g'li, M. Y. (2022). Computer Using Dynamic System Modelling Environments. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 2(2), 9-13.

13. Norbutaev, M. A. . (2022). Create Computer Learning Games Taking Into Account the Psychophysiological Characteristics of the User. International Journal of Development and Public Policy, 2(6), 113-116.

167-168.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.