INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© S.X. Ilmurodov1^_
1Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy-subyektiv pozitsiyasini rivojlantirish uchun qo'llaniladigan innovativ texnologiyalar va ularning ahamiyati tahlil qilinadi.
MAQSAD:tadqiqotning asosiy maqsadi - boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy-subyektiv pozitsiyasini rivojlantirishda innovativ texnologiyalarning samaradorligini o'rganish va bu jarayonda qo'llaniladigan metodlar va texnologiyalarni takomillashtirishdir.
MATERIALLAR VA METODLAR:tadqiqotda kasbiy-subyektiv pozitsiyani rivojlantirishga qaratilgan innovativ ta'lim texnologiyalari bo'yicha adabiyotlar tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Natijalar innovativ texnologiyalar, jumladan, trening va mentorlik yondashuvlari yordamida o'qituvchilarning kasbiy pozitsiyasini sezilarli darajada rivojlantirish mumkinligini ko'rsatdi.
XULOSA: tadqiqot natijalari boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy-subyektiv pozitsiyasini rivojlantirishda innovativ texnologiyalarning ahamiyatini tasdiqlaydi..
Kalit so'zlar: kasbiy-subyektiv pozitsiya, boshlang'ich sinf o'qituvchisi, innovativ texnologiyalar, refleksiya, mentorlik, kasbiy rivojlanish, o'z-o'zini baholash.
ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНО -СУБЪЕКТИВНОЙ ПОЗИЦИИ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ_
© С.Х.Илмуродов1И
1 Самаркандский государственный университет, Самарканд, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются инновационные технологии, применяемые для развития профессионально-субъективной позиции учителей начальных классов, и их значение.
Iqtibos uchun: Ilmurodov.S.X. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy-subyektiv pozitsiyasini rivojlantirishning innovativ texnologiyalari. // Inter education & global study. 2024. №8(1). B. 333-339.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)
Nmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — изучить эффективность инновационных технологий в развитии профессионально-субъективной позиции учителей начальных классов и совершенствовать методы и технологии, используемые в этом процессе.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании был проведен анализ литературы по инновационным образовательным технологиям, направленным на развитие профессионально-субъективной позиции.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что инновационные технологии, включая тренинги и менторский подход, могут значительно развить профессиональную позицию учителей.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтверждают значимость инновационных технологий для развития профессионально-субъективной позиции учителей начальных классов.
Ключевые слова: профессионально-субъективная позиция, учитель начальных классов, инновационные технологии, рефлексия, менторство, профессиональное развитие, самооценка.
Для цитирования: Илмуродов.С.Х. Инновационные технологии развития профессионально-субъектной позиции учителя начальных классов.// Inter education & global study.2024. №8(1). С. 333-339.
INNOVATIVE TECHNOLOGIES OF PROFESSIONAL-SUBJECTIVE POSITION DEVELOPMENT OF PRIMARY CLASS TEACHERS_
© Samadjon X. Ilmurodov1®
Samarkand State University, Samarkand, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article analyzes innovative technologies used to develop the professional-subjective position of primary school teachers and their significance.
AIM: the main objective of the study is to examine the effectiveness of innovative technologies in developing the professional-subjective position of primary school teachers and to improve the methods and technologies used in this process.
MATERIALS AND METHODS: the study involved analyzing literature on innovative educational technologies aimed at developing a professional-subjective position.
DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that innovative technologies, including training and mentoring approaches, can significantly develop teachers' professional position.
CONCLUSION: the study results confirm the importance of innovative technologies for developing the professional-subjective position of primary school teachers.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Keywords: professional-subjective position, primary school teacher, innovative technologies, reflection, mentoring, professional development, self-assessment.
For citation: Samadjon X.I Imurodov (2024) 'Innovative technologies for developing the professional-subjective position of primary school teachers', Inter education & global study, (8(1)), pp. 333-339. (In Uzbek).
Ma'lumki, o'qituvchilarni tayyorlash bugungi kunda mintaqaviy va davlat darajasidagi eng dolzarb hamda muhim masala hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash, sertifikatlashtirish tizimi uzluksiz ravishda pedagogning kasbiy-subyektiv pozitsiyasini rivojlantirishni talab etadi. Bularning barchasi, shubhasiz, o'qituvchining o'z kasbiy faoliyatida o'zini o'zi anglashi va takomillashtirishiga yo'naltirilgan tashkiliy mexanizmlardir. Ko'pgina olimlar o'qituvchining kasbiy rivojlanishining asosiy ko'rsatkichi sifatida uning kasbiy-subyektiv pozitsiyasini ta'kidlaydilar. O.V.Pushkina o'qituvchining kasbiy rivojlanishi uning eng muhim xususiyatlaridan biri sifatida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi jarayonining mohiyatiga chuqurroq kirib borishning ongli ehtiyoji bilan izohlaydi.
O'qituvchi-subyektning o'z-o'zini anglashi o'qituvchining o'ziga bo'lgan munosabati o'zining pedagogik faoliyatining predmeti, moslashuvchan shaxsni ochiq tizim sifatida tavsiflovchi "men-konsepsiya" doimiy o'zgarishga, takomillashtirishga, tashqi muhit bilan faol o'zaro ta'sirga bog'liq. Kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun o'qituvchi o'zini ushbu faoliyatning subyekti sifatida qabul qilishi lozim. O'qituvchining subyektivligi o'quvchilarga bo'lgan alohida munosabati, uning motivatsion va semantik munosabatlarida ifodalanadi, bu o'quvchini o'ziga xos ichki qat'iy, o'zini o'zi qadrlaydigan shaxs, pedagogik hamkorlikda teng huquqli sherik sifatida idrok etish bilan bog'liq.
O'qituvchining subyektivligi ma'lum bir pedagogik pozitsiya, uning mohiyati o'quvchilar bilan dialogik muloqotda, o'quvchilarda subyektiv tamoyilni aktuallashtirishda yuzaga chiqadi. Subyektivlik mazmuni o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlarida namoyon bo'ladi.
O'qituvchining subyektiv pozitsiyasini shakllantirish ta'lim tizimidagi eng dolzarb masalalardan biri bo'lib, pedagogik jamoada o'qituvchining subyektiv pozitsiyasini shakllantirishning nazariy asoslari N.A.Androshchuk, A.I.Arslanova, E.A.Zorina, V.A.Polyakova, I.V.Serebryakova tomonidan olib borilgan tadqiqotlarida izohlangan.
O'qituvchining kasbiy-subyekt pozitsiyasining mohiyati va uni rivojlantirish yo'llari masalasi unining kasbiy-subyekt pozitsiyasini rivojlantirish muammosiga yondashuvni belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. O'qituvchining umumiy hayotga, xususan, kasbiy faoliyatiga aloqalari va munosabatlari tizimida subyektivlik muhim sanaladi.
Bizning fikrimizcha, o'qituvchining kasbiy pozitsiyasining subyektivligi o'quvchilar bilan munosabatlarning tabiatini, uning qadriyatlari, idrokini belgilaydi. O'z kasbining subyekti sifatida hayotiy faoliyat, o'z kasbiy faoliyatiga, o'ziga bo'lgan munosabati kasbiy pozitsiyasida aks etadi. V.N.Volkovaning fikricha subyektivlik, birinchi navbatda,
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
"dunyoda, boshqalarga o'zaro bog'liq o'zgarishlarni keltirib chiqaradigan shaxs" mulki sifatida tushuniladi. Bu insonning aktyor sifatida o'ziga bo'lgan munosabati asoslanadi. Kasbiy-subyektiv pozitsiya o'qituvchining nisbatan qat'iy tuzilishiga ega bo'lgan, ammo uning o'zgaruvchanligini istisno qilmaydigan, rivojlanish imkoniyatlari hisoblanadi.
O'qituvchining subyektivligi bir vaqtning o'zida ancha barqaror va moslashuvchan bo'ladi. Barqarorlik xususiyati o'quv faoliyatini qayta tashkil etish zarurati tug'ilganda pedagogik yo'nalishni saqlanib qolishi va shu bilan birga yangi shaxsiy shakllanishlar paydo bo'lganda qo'shimchalar, yangiliklar qo'shish yoki tuzatish imkoniyatini beradi.
Subyektivlikning boshlang'ich xususiyati faoliyat hisoblanadi. Avvalo, faoliyat insonning atrofdagi haqiqatlarni ongli va maqsadli ravishda o'zgartirish qobiliyatini anglatadi. Faoliyat bu subyektning o'z chegarasidan tashqariga chiqish, faoliyat doirasini kengaytirish, harakat qilish istagidir. Subyektning ongi vaziyatga to'g'ri moslashish ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq. Pedagogik jarayondagi subyektning faolligi shaxsning integratsiyaviy xususiyati sifatida asoslanadi, bu o'z-o'zidan yo'naltirilgan motivatsiya bilan belgilanadigan faoliyatda maqsad qo'yish, berilgan vaziyatdan tashqariga chiqadigan yangi vazifalarni ilgari surishga, faol va tanqidiy yondashishga, faoliyat natijalarini ijodiy va o'zgaruvchan bashorat qilish imkonini beradi.
Subyektivlikning keyingi xususiyati maqsad bo'lib, bu orqali hali bo'lmagan natijani modellashtirish jarayoni nazarda tutilib, psixikada ko'pincha tasvir, kelajakdagi mahsulotning aqliy modeli, sifat va miqdoriy xususiyatlari taqdim etiladi. Maqsadni belgilash kognitiv jarayon bo'lib rag'batlantirish, nazoratni amalga oshirish funksiyalarini o'zida janlaydi. Maqsadni belgilash diagnostika, prognoz va dizayn, birgalikdagi faoliyat maqsadini tushunish va aniqlashni ta'minlash, rejalashtirilgan maqsadlarni amalga oshirishda obyektiv imkoniyatlarni tahlil qilishni o'z ichiga oladi.
Pedagogik rivojlanish jarayonida o'zlashtirilgan maqsad, uni amalga oshirish yo'llari va vositalarini tanlash erkinligi subyektivlikning navbatdagi xususiyatidir.
Erkinlik - bu, birinchi navbatda, subyektning to'siqlarni engib o'tishi, harakat qilish qobiliyati, mavjud stereotiplar, qoliplardan tashqariga chiqish va shu bilan birga o'zi va boshqalar oldidagi mas'uliyatni anglash qobiliyatidir. Natijada o'qituvchi vaziyatni va o'zini maqsadiga qarab o'zgartiradi. Erkin shaxs motivlar, maqsadlar, xatti-harakatlar uslubi va faoliyat vositalarini tanlashda suverendir va shu bilan birga qabul qilingan qarorlar uchun javobgardir.
O'qituvchining subyektivligining yana bir xususiyati mas'uliyatdir. Mas'uliyat shaxsning pozitsiyasidan kelib chiqadi, chunki shaxsning motivlari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan belgilanadi. Mas'uliyat o'qituvchi tomonidan o'z subyektivligining namoyon bo'lish shaklini ifodalaydi.
O'qituvchi subyektivlining asosiy xarakteristikasi - o'z-o'zini takomillashtirish, o'z-o'zini shaxs sifatida qurish zaruratidir. O'z-o'zini rivojlantirish - bu faol, izchil, progressiv va umuman qaytarib bo'lmaydigan jarayon shaxsning psixologik holatidagi sifat o'zgarishidir.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy muvaffaqiyati - bu o'qituvchining subyektiv va shaxsiy holati, dinamiklikni, harakatchanlikni, yangilikka tayyorlikni ta'minlash, kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish; o'z-o'zini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida o'z resurslaridan maksimal darajada foydalanish; shaxsning integratsion ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy fazilatlarini rivojlantirishdir.
Innovatsion ta'lim muhiti - bu shaxsning innovatsion resursini rivojlantirishga yordam beradigan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan hayot faoliyati maydoni; ta'lim muassasasining innovatsion salohiyatini to'plash va amalga oshirishning yaxlit vositasi.
Birinchidan, pedagogik faoliyat jamiyat, albatta, an'analar, manfaatlar va qadriyatlar birligini o'zida mujassam etgan tamoyillar asosida quriladi. Bu esa pedagogik faoliyatni o'ziga xos ma'nolar bilan ta'minlaydi va natijada uning subyektlarining qadriyatlari va maqsadlarini birlashtiradi.
Ikkinchidan, o'qituvchilarning malakasini oshirish uchun qulay sharoitlar bo'lishi zarur. Pedagogikada o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish, kasbiy kompetentliligini rivojlantirish subyektiv pozitsiyasini takomillashtirish muhim hisoblanadi.
O'qituvchining subyektiv-professional pozitsiyasini shakllantirish uning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan yaxlit va tizimli jarayon sifatida ko'rib chiqiladi. O'qituvchining subyektiv-pozitsiyasini strukturaviy-funksional modelini nazariy asoslashga harakat qilamiz. Uning yaratilishi o'qituvchining subyektiv-professional pozitsiyasini shakllantirishdan iborat.
O'qituvchining kasbiy-subyektiv pozitsiyasini rivojlantirishning innovativ texnologiyalari diagnostik, operatsion va baholashning samarali bloklarini, uni amalga oshirishning tamoyillari va pedagogik shartlarini, shuningdek, o'qituvchining kasbiy faoliyatidagi subyektivlik darajasini baholashga imkon beruvchi mezon va ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi.
O'qituvchining kasbiy-subyektiv pozitsiyasi yaxlitlik, integrativlik, subyektivlik va fasilitatorlik tamoyillaridan iborat.
Yaxlitlik prinsipi o'qituvchining subyektiv pozitsiyasining tarkibiy qismlarini birligi bilan tavsiflanadi. Bu obyektni uning o'zaro ta'sir qiluvchi qismlarining birligida ko'rib chiqishga imkon beradi.
Integrativlik prinsipi o'quv jarayoni subyektlarining sa'y-harakatlarini birlashtirishga va unda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni diversifikatsiya qilish va bashorat qilish imkonini beradi.
Subyektivlik prinsipi o'qituvchi va uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradigan faol o'zgartiruvchi xususiyatlar, ehtiyojlar va qobiliyatlar bilan bog'liq.
Fasilitatorlik prinsipi jarayonning insonparvarlik yo'nalishini, shu jumladan shaxsiy erkinlik va individuallik haqidagi g'oyalarni, shaxsga pedagogik yordam va shaxsiy o'sishda yordam berish to'g'risida, pedagogik jarayon ishtirokchilarining teng huquqliligini tavsiflaydi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
O'qituvchining kasbiy faoliyatida subyektiv pozitsiyasini shakllantirishda pedagogik vositalarning alohida o'rni bor. Buning uchun esa avvalo, o'qituvchining subyektiv -professional pozitsiyasining muhim xususiyatlarini aniqlab, predmet pozitsiyasini shakllantirish jarayoni modelini ishlab chiqish va nazariy asoslash, uning samaradorligi mezonlari va ko'rsatkichlarini ajratib ko'rsatish zarur.
Pedagogik faoliyatning turli ta'lim modellarining konseptual asoslarini tahlil qilish, ularning xarakterli xususiyatlarini amalga oshirilayotgan tamoyillar, maqsadlar, usullar va texnologiyalar bilan aniqlash mumkin. O'qituvchilarining kasbiy-subyektiv pozitsiyasini rivojlantirishning innovativ texnologiyalarining o'ziga xos xususiyati - o'zaro bog'langan va bir-birini to'ldiruvchi komponentlar bilan ifodalangan operatsion blokning tuzilishi bilan belgilanadi. Bunda asosiy e'tibor o'qituvchining fan-professional pozitsiyasini qabul qilishga yordam beradigan tashkiliy shakllar va ish usullariga qaratilgan bo'lib, o'z navbatida, shakllantirish jarayonining semantik yukini aniqlash va hal qilish imkonini beradi.
Innovatsion ta'lim muhitida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy muvaffaqiyatini rivojlantirish samaradorligi "hayot davomida o'qish" tamoyilini amalga oshirish asosida kasbiy o'zini-o'zi takomillashtirishning uzluksizligi va tizimliligini ta'minlovchi motivatsion-qiymatli munosabatni shakllantirish; boshlang'ich sinf o'qituvchilarining shaxsiy va kasbiy fazilatlarini birlashtirishga qaratilgan innovatsion muhitni yaratish kabi tashkiliy-pedagogik sharoitlar bilan bog'liq.
Innovatsion ta'lim muhitida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy muvaffaqiyatini rivojlantirish mezonlari motivatsion-akmeologik, kasbiy-shaxsiy, kompetensiya-mazmun va aks ettirish-faoliyat bo'lib, ularning har biri o'qituvchining subyektiv pozitsiyasini takomillashtirishga qaratilgan.
O'qituvchining kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi bugungi davrimizning dolzarb tendensiyalaridan biridir. Shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyat bugungi kunda inson tomonidan uning hayotining ajralmas atributi va tarkibiy qismi sifatida qaraladi, bu tadqiqotchilarning kasbiy muvaffaqiyat masalasiga qiziqishini oshirish shartlaridan biri bo'lib xizmat qiladi. O'qituvchining subyektiv pozitsiyasi - bu o'quvchi va o'zi, o'z faoliyati, ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari va turli xil pedagogik obyektlar o'rtasidagi muvozanatli munosabatlar tizimiga asoslangan murakkab ichki shakllanish va unga faol, mas'uliyatli, ongli va hissiy jihatdan barqaror bo'lishga imkon beradi.
O'qituvchining innovatsion faoliyati tadqiqot olib borish, proyektivlik, tashkiliy, kommunikativ, baholovchi kabi jihatlarni o'z ichiga oladi. O'qituvchining innovatsion faoliyati uning kasbiy faoliyatining obyektiv (kasbiy-funksional) va subyektiv (individual-shaxsiy) xususiyatlarining tabiiy munosabati va o'zaro bog'liqligi bilan tavsiflanadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining innovatsion faoliyati didaktik jarayonni takomillashtirishga qaratilgan maktabning yaxlit innovatsion tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va o'qitishning maqsadlari, shartlari, mazmuni, usullari va shakllaridagi o'zgarishlar orqali ta'lim sifatini oshirishga hissa qo'shish, rivojlanish salohiyatini maqsadli amalga oshirishni o'z ichiga oladi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Пушкина О. В. Образовательная среда школы как основополагающее условие фасилитации профессионального самоопределения учащихся: дисс. ... к. пед. н. Томск, 2012. 201 с.
2. Андрощук Н. А. Развитие профессиональной компетентности учителей в профессиональном сообществе: дис. ... канд. пед. наук: 13.00.01 / Н. А. Андрощук. - СПб., 2016. - 234 с.
3. Арсланова А. И. Сообщества в сети интернет: формирование и развитие: социальнофилософский анализ: автореф. дис. ... канд. филос. наук: 09.00.11 / А. И. Арсланова. - Уфа, 2014. - 21 с.
4. Зорина Е. А. Профессиональное становление и развитие педагогического сообщества в сельском социуме: дис. ... канд. пед. наук: 13.00.08 / Е. А. Зорина.
- М., 2006. - 230 с.
5. Полякова В. А. Подготовка педагога к диалоговому взаимодействию в сетевых педагогических сообществах: дис. ... канд. пед. наук: 13.00.08 / В. А. Полякова.
- Владимир, 2009. - 228 с.
6. Серебрякова И. В. Становление профессионального сообщества специалистов системы сопровождения: На примере образовательной системы г. Сургута: дис. ... канд. пед. наук: 13.00.01 / И. В. Серебрякова. - СПб., 2005. - 229 с.
7. Димухаметов Р. С. Фасилитация в системе повышения квалификации педагогов: дисс. ... д. пед. н. Магнитогорск, 2006. 401 с.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Ilmurodov Samadjon Xolberdi o g li. mustaqil tadqiqotchi, [Илмуродов Самаджон Холберди утли, независимого исследователя.], [Samadjon X. Ilmurodov,
independent researcher]; manzil: O'zbekiston, 140104, Samarqandviloyati, shahar: Samarqand, Universitet bulvar, 15 [адрес: Узбекистан, ул. 140104, Самаркандская область, Город: Самарканд, Университетский бульвар, 15], [address: Uzbekistan, 140104,Samarkand region, City: Samarkand, University boulevard,
15].