BOLANING ESHITUV QOBILIYATINI HAMDA OVOZINI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Feruz Ne'matov O'zDSMI Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada Bolaning eshituv qobiliyatini hamda ovozini rivojlantirishning o'ziga xos xusisiyatlari va uslubiy jihatlari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: qobiliyat, musiqiy tovush, ohang, eshitish qobiliyati, uslub, ijro, ko'nikma
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF CHILD'S HEARING AND VOICE
DEVELOPMENT
Feruz Ne'matov Fergana regional branch of UzSIAC
Abstract: This article talks about the specific features and methodological aspects of the child's hearing and voice development.
Keywords: ability, musical sound, tone, hearing ability, style, performance,
skill
Bolalarda musiqiy qobiliyatni shakllantirishda eshituv qobiliyati va ovozini rivojlantirish muhim masalalar hisoblanadi. Bolaning eshituv qobiliyatini hamda ovozini rivojlantirish jarayonlari oddiydan murakkabga qarab o'zgarib boruvchi mashqlar asosida shakllantiriladi. Bolalarda musiqiy tovushlarni idrok etish muhimdir. Qo'shiq - tovush hosil qilishning murakkab jarayonlaridan biri bo'lib, asosan ovoz va eshituv organlarining mujassamlashuvi hisoblanadi. Ya'ni eshituv apparati hamda qo'shiqchilik ovozining o'zaro bog'liqligidir. Eshituv qobiliyatining takomillashuvi - bolalarning kichik yoshidan boshlab rivojlanadi. Ular musiqa o'qituvchisi yoki o'qiyuvchi kuylab bergan qo'shiq, kuy yoki ohangni eshitadilar va shundayligicha kuylashga harakat qiladilar. Kichik yoshdagi bolalar uchun 2-3 ta nota oralig'idagi qo'shiqlarni tanlash ijro ettirish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ovoz apparati hali mukammal rivojlanmagan, ya'ni tovush paylari rivojlanmagan, nozik, nafas kuchsiz bo'ladi. Bola fiziologik rivojlangani sari organizm va qo'shiqchilik organlari ham rivojlanib boradi. Maktabgacha yoshdagi bola ovozi yetarli darajada yorqin va tiniq bo'lmaydi. Bu muammolar ustida ko'pgina tadqiqot ishlari olib borilgan. Bolaning ovoz xususiyatlari, ularning diapazoni imkoniyatlari haqida N.D.Orlov, E.I.Almazov,
N.A.Metlov, N.A.Vetlugina, A.D.Voinova, R.T.Zinichlar izlanishlar oli borgan. Ular o'z ilmiy ishlarida "bolaning tabiiy ovozi re 1 - si 1, ya'ni undan yuqori va pastki notalarni bola kuylaganda tovush zo'riqishi va uni siqib kuylashi mumkin. Bu bolalarning tovush paylarining shikastlanishiga olib kelishi mumkin". Bu muammolarga yo'l qo'ymaslik uchun aniq maqsadga yo'naltirilgan va puxta o'ylab chiqilgan qo'shiqlar tanlanishi kerak. Bunda asosiy e'tiborni qo'shiqchilik diapazoniga qaratish lozim. Bolalarga qo'shiq o'rgatayotganda va repertuar tanlaganda nimalarga e'tibor berish kerak degan haqli savol paydo bo'ladi. Har bir qo'shiq ma'lum pedagogik maqsadlarni amalga oshirishi, qo'shiq diarazoni bolalar ovoziga mosligi, badiiy g'oyaviy mazmuni, bolalar dunyoqarashi va yoshiga mos bo'lishi kerak.
Qo'shiqlarni tanlash ya'ni repertuar shakllantirisda quyidagi talablarga amal qilish tavsiya etiladi:
1. Qo'shiqni tarbiyaviy ahamiyati, g'oyaviy mazmuni, musiqiy tuzilishi va xarakterining bolalar yoshiga mosligi.
2. Qo'shiq matnining osonligi, badiiy yuksakligi, bolalarning lug'at boyligiga mosligi va ularning nutqini va tafakkurini o'stirish uchun xizmat qilishi.
3. Qo'shiq ohangi, uning xarakteri (xushchaqchaq, quvnoq, marsh, mungli, g'amgin, bayramona, ko'tarinki ruhda), lad va tessiturasi, ovoz diapazoni bolalar yoshiga mos bo'lishi.
4. Qo'shiqning badiiy xususiyatlari va ifodaviyligi, bolalar idrokiga mosligi, garmonik tuzilishi va ohangdoshligi.
5. Qo'shiq shakli (1, 2 qismli yoki kuplet shaklida tuzilganligi) naqoratning mavjudligi.
Tanlangan qo'shiqni bolalarga qisqa, mazmunli, obrazli, qiziqarli hikoya qilib berish. Qo'shiq mazmunidagi axloq-odob, tabiatni asrash, vatanparvarlik, mehr-muhabbat, do'stlik haqidagi g'oyalarni bolalar ongiga singdirib, ularda qiziqish uyg'otish kerak.
Kichik yoshdagi bolalar uchun tavsiya etiladigab badiiy qo'shiqlar sirasiga D.Omonullayevaning "Diloromning qo'shiqi", "Buvijonirm", "Aziz bo'ston -O'zbekiston", "Navro'zirm", "O'zbekiston Vatanim manirm"; N.Norxo'jayevning "O'ynasang-chi tipratikam", "Kapalak va kamalak", "Kakligim", "Navo'zim - sho'x sozim", "Salom bergan bolalar", "Buvijonim yaxshisiz"; A.Mansurovning "Muzqaymoq", "Vatanginam"; F.Nazarovning "Inoq o'ynaymiz", "Qish chog'lari" va boshqa kompozitorlarning qo'shiqlari bolalar ijodiyotida so'nmas iz qoldirib ularning badiiy tarbiyasi va didini o'stirishga yordarn beradi. Qo'shiqni o'qiyuvchi ifodali qilib ijro etib beradi. Qo'shiq mazmuniga mos tasviriy san'at qo'shiq mazmuniga va tuzilishiga xos savol-javoblar qilib, qo'shiqni musiqiy jumlalarga bo'lib o'rgatadi. So'ngra qo'shiq mazmuniga mos musiqiy-ritmik harakatlar bilan
o'rgata boshlaydi. Matn va ohang talaffuziing aniqligi ma'lum me'yorga tushgandan so'ng, qo'shiqning badiiy ijrosiga erishiladi. Qo'shiqni vaqti-vaqti bilan sayr vaqtida, mashg'ulotdan-mashg'ulotga qadar takrorlab kuylab turish lozim, aks holda uning matni bolalar xotirasidan ko'tariladi va unga nisbatan qiziqish susayadi.
Bolalar mashg'ulot davomida toliqmasliklari uchun qo'shiq o'rgatish shakllari o'zgartirilib turilishi maqsadga muvofiq.
Masalan: guruhlarga bo'lib o'rgatish; yakkaxon va guruh jo'rligida; musiqiy harakatlar yordamida amalga oshirilib, qo'shiq matniga mos raqs elementlarini o'ylab topish va ijro etish yaxshi samara beradi. Qo'shiq mukammal o'rganilgandan so'ng, ularning qiziqishi yanada ortadi. Shuningdek, mashg'ulot shakllarini o'zgartirilib turish ham mashg'ulotlarda bolalarning zerikishini oldini olib, qiziqishini kuchaytiradi.
Yil davomida bolalar 10-12ta qo'shiq o'rganishlari ko'zda tutiladi. Bunga erishish uchun qo'yiladigan vazifalar:
- bolalarda sof intonatsiya va qo'shiqchilik malakalarini shakllantirish;
- bolalarga yakka va o'qiyuvchi bilan qo'shiq kuylash, a'kapella tarzida ijro etish;
- musiqiy eshituv qobiliyatini, kuyning balandligi, ularning uzunligi, kuyning
- yo'nalishi, o'zini eshita olishi, ijro vaqtida o'zining xatolarini eshita olishini rivojlantirish;
- ovoz rivoji, tabiy ijroga erishish;
- bolalarda ijodkorlik malakalarini rivojlantirish, ular ijro etgan qo'shiqlarini xor ovozlar va o'yinlarda qo'llash.
Bola to'g'ri kuylashi uchun qo'shiqchilik, vokal-xor malakalarini shakllantirish kerak. Qo'shiqchilik malakalari - bu to'g'ri holatda kuylash. Qo'shiq kuylash jarayonida gavdani to'g'ri tutish, stul orqasiga suyanibroq o'tirishi kerak. Qo'llar esa tizzaga qo'yiladi. To'g'ri kuylash uchun vokal malakalarini o'zlashtirish muhim. Vokal malakalari ovoz hosil qilish, nafas va diktsiyani o'z ichiga oladi. Nafas qisqa, yengil va shovqinsiz bo'lishi kerak. So'zlar aniq va burro talaffuz qilinadi. Kuylash malakalari qo'shiq yodlash va o'rgatish jarayonida rivojlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.I.Musabekova. «Musiqa tarbiyasi», Toshkent, 1973.
2. A.Lugovskaya. «Ritmicheskiy uprajneniya igri i plyaski», Moskva, 1991.
3. R.Rahimova. «Tarbiyachiga 1001 maslahat», Toshkent, 2007.
4. A.Rahimov. «Uchinchi ming yillikning bolasi», Toshkent, 2002.
5. P.Yusupova. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi», Toshkent, 1993.
6. ranypoB, М. К. (2017). BKnaA ÄM^a TeMypa в pa3Bffrne coциaльнo-культуршй жизни BocTOKa. In СОЦИАЛЬНО-КУЛЬТУРНАЯ
ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ: ВЕКТОРЫ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ И ПРАКТИЧЕСКИХ ПЕРСПЕКТИВ (pp. 69-73).
7. Гапуров, М. К. (2017). Использование научного наследия ученых-мудрецов в музыкальном образовании. ББК 71.0 Я41, 43.
8. Muydinov, F. (2022). Methodological Recommendations in Mastering the Nay Musical Instrument. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 218-220.
9. O'G, M. Y. F. N. (2022). MILLIY MUSIQA CHOLG 'ULARI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(Conference DSMI), 207-210.
10. Abdurahimov, A. M. (2022). Considerations of Oriental Scientists on Musical Instruments. Nov-2022.
11. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.
12. Юлдашев, С., & Азизов, С. (2022). ХАЛ^ ОГЗАКИ ИЖОДИ СУЗ САНЪАТИ. Oriental Art and Culture, 3(1), 726-734.