Научная статья на тему 'ESHITISH QOBILIYATI ZAIF BOLALARDA MUSIQIY TA’LIMNING AHAMIYATI QO‘SHIQ KUYLASHNI O‘RGATISH USULLARI'

ESHITISH QOBILIYATI ZAIF BOLALARDA MUSIQIY TA’LIMNING AHAMIYATI QO‘SHIQ KUYLASHNI O‘RGATISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
329
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogika / eshitish qobiliyati zaif / musiqa san’ati / vocal / eshitish qobiliyati / musiqiy ta’lim / nafas olish / nutq.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aynisa Yuldasheva

Ushbu maqola musiqa darslarida eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan bolalar bilan ishlashga qaratilgan. Vokal darslari musiqa, nutq va harakatlar munosabatlariga asoslangan usullardan foydalangan holda murakkab faoliyatni aks ettiradi. Vokal darsi bolaning ijodiy ehtiyojlari va ularni qondirish usullarini keltirib chiqaradigan yangi ijobiy tajribalar manbai bo‘lib, amaliy musiqiy va badiiy faoliyatida potensial imkoniyatlarini faollashtiradi, eshitish qobiliyati zaif bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi va ta’limiy, tarbiyaviy, ijtimoiy vazifalarni bajaradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESHITISH QOBILIYATI ZAIF BOLALARDA MUSIQIY TA’LIMNING AHAMIYATI QO‘SHIQ KUYLASHNI O‘RGATISH USULLARI»

ESHITISH QOBILIYATI ZAIF BOLALARDA MUSIQIY TA'LIMNING AHAMIYATI QO'SHIQ KUYLASHNI O'RGATISH USULLARI Aynisa Yuldasheva

O'zDSMI, "Vokal" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.8044375

Annotatsiya. Ushbu maqola musiqa darslarida eshitish qobiliyati zaif bo'lgan bolalar bilan ishlashga qaratilgan. Vokal darslari musiqa, nutq va harakatlar munosabatlariga asoslangan usullardan foydalangan holda murakkab faoliyatni aks ettiradi. Vokal darsi bolaning ijodiy ehtiyojlari va ularni qondirish usullarini keltirib chiqaradigan yangi ijobiy tajribalar manbai bo'lib, amaliy musiqiy va badiiy faoliyatida potensial imkoniyatlarini faollashtiradi, eshitish qobiliyati zaif bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydi va ta'limiy, tarbiyaviy, ijtimoiy vazifalarni bajaradi.

Kalit so'zlar: pedagogika, eshitish qobiliyati zaif, musiqa san'ati, vocal, eshitish qobiliyati, musiqiy ta'lim, nafas olish, nutq.

Maxsus pedagogikada eshitishning zaifligi nutq va tovushlarni aniqlash va tushunish qobiliyatining pasayishi sifatida qaraladi. Imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatning real hayotiga jalb etish milliy ta'limning muhim muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Insonga tinchlantiruvchi, ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan qo'shiq eshitish qobiliyati zaif bolalarni reabilitatsiya qilishning samarali vositalaridan biriga aylanishi mumkin. Biroq, ular uchun maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon, jumladan, maxsus o'qitish usullari darkor. Uslubiy materiallar, ishlanmalar va maxsus o'quv qo'llanmalarning cheklanganligi eshitish qobiliyati zaif bolalar bilan mashg'ulotlar o'tkazishni yanada qiyinlashtiradi.

Ular eshitish nuqsonlarining darajasi bo'yicha juda xilma-xildir, shuning uchun musiqani qabul qilish, o'rgatish ularning eshitish funksiyasi holatini hisobga olgan holda differensial tarzda amalga oshiriladi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarni rivojlantirish muammosi har tomonlama, ya'ni, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro munosabati, uning nutqini rivojlantirish va o'rganish nuqtai nazaridan hal qilinishi kerak.

Bundan tashqari, eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar eshitish qobiliyatining zaifligi va nutqning rivojlanishi darajasida farq qiladi va bunga ko'ra ikkita asosiy guruxga ajratiladi -mutlaqo eshitmaydigan va eshitish qobiliyati zaif bo'lgan bolalar. Birinchi guruxdagi bolalar tovushlarni va nutqni anglamaydilar, tabiiy ravishda idrok etish va mustaqil ravishda o'zlashtirish imkoniga ega emaslar.

Qisman eshitish qobiliyatiga ega bo'lgan bolalar tovushlarni idrok eta oladilar va ularda hech bo'lmaganda minimal darajada mustaqil nutqni rivojlantirish mumkin.

Yuqorida aytilganidek, rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan, shu jumladan eshitish qobiliyati zaif bolalarni o'qitish va tarbiyalashda musiqa ta'limi bola tarbiyasida muhim o'rin tutadi va uning shaxsiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatish uchun cheksiz imkoniyatlarga ega. Bu tuzatish va rivojlantirish ishlarining eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib, bolalarni musiqa yordamida rivojlantirish, bilim chegaralarini kengaytirishga, go'zallik tuyg'usini shakllantirishga, jamiyatning ma'naviy madaniyati bilan tanishishga qaratilgan. Musiqa san'ati orqali bola atrofdagi voqelikni o'zlashtirib oladi, dunyoni, umuminsoniy qadriyatlarni o'rganadi.

Musiqa dvarslarining muhim jihati musiqaning nutq bilan o'zaro ta'siridir. Bolalar nafaqat tinglaydilar, balki qo'shiq kuylashni o'rganadilar. Qo'shiq matni bilan tanishadilar,

qo'shiqni o'qituvchi ijrosida tinglaydilar, tovushlarning talaffuzi ustida ishlaydilar, ritmik usul ini takrorlaydilar, so'ngra qo'shiqni rechitativ tarzda ijro etadilar. Musiqa san'atining turlaridan biri bo'lgan qo'shiq san'ti bolaning hissiy sohasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, nutq rivojlanishidagi bir qator kamchiliklarni tuzatishga yordam beradi. Darslar yanada samarali o'tishi uchun ovoz, mushak va nutqni mustaxkamlashga qaratilgan ritmik mashqlarni qo'llash ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu og'zaki nutqning to'g'ri ritmik-intonatsion tuzilishini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega, qo'shiq mazmunini anglab olishga, jamoaviy ijro mahoratini rivojlantirishga imkon beradi. Qolaversa, qo'shiq kuylash bolalarda tovushning balandligi, dinamik, tembr va ritmik komponentlarini shakllantiradi, katta faollik va ruhiy stressni, diqqatni jamlaydi, o'z ijrosini boshqalarning kuylashi bilan solishtiradi, musiqa asbobida kuy ijrosini tinglaydi,turli personajlarni solishtiradi,ijro sifatiga baho berishni o'rganadi.

Shubhasiz, ovoz apparati tuzilishidagi turli og'ishlar, nutq, mushak tonusining o'zgarishi, eshitish koordinatsiyasining nomukammalligi ularning ijrosi isifatiga ta'sir qiladi. Shuning uchun kuylash jarayonida turli mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, nafas olish mashqlari, artikulyar mashqlar, nutq, harakat, badiiy mashqlar tizimli va maqsadli amalga oshiriladi. Qo'shiq kuylash darslarning maqsadi - bolada intonatsion ifodali, tembrli nutqni shakllantirish, vokal-eshitishni muvofiqlashtirish, qo'shiq kuylash, musiqaga xarakatlanish kabi amaliy ko'nikmalarni, ijro va tinglash ko'nikmalarini shakllantirish, psixomotor qobiliyatlarni va, albatta vokal madaniyatini shakllantirishga qaratilgan bo'lib, ular birgalikda bolaning ijtimoiy moslashuvini, shu bilan birga muloqot qobiliyatlari rivojlanishini ta'minlaydi.

Eshitish qobtiliyati zaif bolalarning xususiyatlaridan biri nafas olish yetishmovchiligidir. Bu nafas chiqarish fazasining qisqarishi, "nafas tayanchi" yo'qligi, tez-tez- va juda qisqa nafas olish, nafas olish harakatlarining notekis ritmi bilan tavsiflanadi. Nafasni to'g'irlash uchun mutaxassislar ovoz paychalarini tiklaydigan mashqlardan foydalanishni maslahat beradilar. Qorin bo'shlig'in nafasga to'ldirib diafragmaga bo'lgan tayanch bolaga kuchanishni yoki mushaklarning spazmini bartaraf etish imkoniyatini beradi. Ovozning nafas bilan aloqasi shunday o'rnatiladi, va bu odatda so'zlashayotgandagi energiya xarajatlaridan farq qiladi.

To'g'ri nafas olish uchun fonoritmik vositalardan ham foydalanish tavsiya etiladi. U nutq tovushlar (unli va undosh tovushlar) ustida ishlash, ularni harakatlar bilan birgalikda bajarish, nafas olish va nutqning uzluksizligini tartibga solish (bo'g'in mashqlari, so'zlar, qisqa jumlalar, she'r va matnlar), ovoz ustida (past va baland tessituraning almashishi), usul (bir, ikki, uch, to'rt bo'g'inli), nutq (bo'g'in mashqlari, tez aytish, she'r), intonatsiya (mantiqiy urg'ular, qisqa so'zlardagi intonatsiya, iboralar, jumlalar, o'yinlar, qisqa matnlar) ustida ishlashni o'z ichiga oladi.

Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun vokal darslarini tashkil etish shakllari individual va guruxli tarzda bo'lishi mumkin. Individual darslar bolaning shaxsiy ma'lumotlarini ochish uchun eng mos keladi va ularga yashirin ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga imkon beradi.

Gurux mashg'ulotlari bolalar o'rtasida yaxshiroq muloqot qilish, hamkorlik va o'zaro munosabatda bo'lish qobiliyatini rivojlantirish uchun imkon beradi. Bunday mashg'ulotlar tufayli turli xil eshitish nuqsonlari bo'lgan bolalar ritm, uyg'unlik, kuchli va kuchsiz hissalarning almashishi haqida tasavvurga ega bo'lishi mumkin, keyin ular bu g'oyalarni nutqiga o'tkazadilar va nutq rivojlanishining tuzalishi kelajakda bolaning umumiy rivojlanishiga foydali ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, musiqa san'ati, uning voqelikni aks ettirishning o'ziga ho s usuli, bolaga xalqning madaniy va tarixiy an'analari bilan tanishtirish imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda, eshitish nuqsonlari bo'lgan bolalarda musiqiy tarbiyaning ahamiyati juda yuqori ekanligini ishonch bilan qayd etish mumkin. Vokal san'ti bola uchun yangi ijobiy tajribalar manbai bo'lib, ijodiy ehtiyojlarini chiqarib beradi, ularni qondirish usullari va amaliy musiqiy badiiy faoliyatida potensial imkoniyatlarini faollashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydi, va tarbiyaviy, ijtimoiy, ta'lim jihatdan eng muhim vazifalarni bajaradi.

REFERENCES

1. Shilkova O.A. Vokal darslarida eshitish qobiliyati zaif bolalar bilan ishlash xususiyatlari. Musiqa va musiqashunoslik kafedrasi. Perm. 2017y.

2. Buslayeva Ye.N., Doronina M.V.Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun vokal darslari. Kaluga sh. Maqola.

3. Oxtyarova T.I. Foniatrik amaliyotda nutq fonopediyasining ahamiyati. [Matn]. Chuvashiya jamoat salomatligi. 2012.-№2. 21-24 b.

4. Medvedeva Ye.A., Komissarova L.N., Shashkina G.R., Sergeyeva O.L. Rivojlanishdagi muammolari bo'lgan bolalarning musiqiy ta'limi. O'rta ped.o'quv muassasalari o'quvchilari uchun o'quv qo'llanma. M.: "Akademiya" nashriyot markazi. 2002. 224 b. [Manba http://psychlib.ru/mgppu/mmv/mvm-001.htm].

5. Fomicheva M.F.Bolalarda tovushni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatish. Logopediya bo'yicha semminar. O'rta ped.o'quv muassasalari o'quvchilari uchun o'quv qo'llanma. №03.08. M.: Prosvesheniye.1989, 239 b.

6. Baranov R.Ye.Eshitish qobiliyati zaif bolalarning kommunikativ funksiyasining xususiyatlari. [Matn]. Yosh olim. 2015y. №5. 559-560 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.