Научная статья на тему 'BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA OILANING O‘RNI'

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA OILANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
125
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Majburiy ta’lim / maktabga tayyorgarlik / asosiy omillar / talablar / ta’sir etuvchi. / обязательное образование / подготовка к школе / обучение / требования / влияние.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.A. Kamalova

ushbu maqolada bolalarni maktabga tayyorlash masalalari,bolaning maktabga tayyorgarligini aniqlash, maktabga tayyorgarlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE FAMILY IN PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL

в данной статье освещены вопросы подготовки детей к школе, определения их готовности к школе, качества, влияющего на готовность к школе.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA OILANING O‘RNI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© G.A. Kamalova1^_

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada bolalarni maktabga tayyorlash masalalari,bolaning maktabga tayyorgarligini aniqlash, maktabga tayyorgarlikka ta'sir etuvchi asosiy omillar yoritilgan.

MAQSAD: maktabgacha ta'lim-tashkilotlarida Bolalarni maktabga tayyorlashda oilaning o'rnini yoritishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: mazkur tadqiqot ishimizni "Muammoli vaziyat", "Venn diagrammasi", "Aqliy hujum", "Bahs-munozara" va "Loyiha" metodlari yordamida o'rgandik. Bunda: birinchi metodimiz orqali: muammoli masala aniqlandi, uning kelib chiqish tarixi o'rganildi, oqibatlari haqida fikr yuritildi, uni yechish yo'llari ko'rib chiqildi va aniqlandi; ikkinchi metod yordamida Venn diagrammasi tuzildi; keyingi metodlar yordamida dolzarb muammo maqolada ko'rsatilib, shu bo'yicha fikr, g'oyalar bildirildi va ularga aniq tahlillar keltirildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: ota-onalarga o'z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish,bolalarni maktabga tayyorlash masalalari, bolaning maktabga tayyorgarligini aniqlash, maktabga tayyorgarlikka ta'sir etuvchi asosiy omillar, ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo'lgan bilim, malakalardan xabardor qilish, bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to'g'ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o'rganish va ommalashtirish.

XULOSA: yuqoridagilardan kelib chiqib maktabgacha ta'lim tashkiloti, maktab va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina bolalarni maktabga tayyorlashda oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o'rtasidagi birlik o'rnatilishini yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga ega. Pedagogik targ'ibot hayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog'lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ'ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo'llari, ilmiy asoslangan usullari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borish.

Bolaning maktabgacha rivojlanishida bosib o'tadigan yo'li juda katta. Bola yetti yoshga qadam qo'ygan yil- uning hayotida juda mas'uliyatli davr. Bola uchun betashvish hayot tugab, oldinda hiyla murakkab va jiddiy sinov turadi. Ya'ni, bola endi yangi maktab jamoasiga kirib borishi lozim.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Umuman olganda, bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari bilan ota-onalarning hamkorlikda ish yuritishi ijobiy natija beradi.

Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotida va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o'rtasidagi birlik o'rnatilishi mumkin.

Kalit so'zlar: Majburiy ta'lim, maktabga tayyorgarlik, asosiy omillar, talablar, ta'sir etuvchi.

Iqtibos uchun: Kamalova G.A. Bolalarni maktabga tayyorlashda oilaning o'rni. // Inter education & global study. 2024. №7. B.149-157.

РОЛЬ СЕМЬИ В ПОДГОТОВКЕ ДЕТЕЙ К ШКОЛЕ

© Г.А. Камалова1Н

1Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами,

Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье освещены вопросы подготовки детей к школе, определения их готовности к школе, качества, влияющего на готовность к школе.

ЦЕЛЬ: подготовить роль семьи в подготовке детей к школе в дошкольных образовательных учреждениях.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: исследование проводилось с использованием методов «Проблемная ситуация», «Диаграмма Венна», «Мозговой штурм», «Дискуссия» и «Проект». В данном случае: посредством нашего первого метода: был выявлен проблемный вопрос, изучена его история, обдумано его происхождение, рассмотрены и определены пути его решения; Диаграмма Венна была создана с использованием следующих методов, чтобы помочь решить проблему, представленную в статье, предоставив идеи и конкретные решения для них.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: необходимо объяснить родителям, что они стоят перед обществом за образование своих детей, вопросы подготовки к школе, готовность к школе, подготовку к школе, образование родителей. Заниматься очищением знаний, умений, единством семьи в воспитании детей, контролем за правильным воспитанием ребенка, изучением и популяризацией лучших образцов семейного воспитания.

ВЫВОД: исходя из вышеизложенного, семейное воспитание и социальное воспитание играют важную роль в подготовке детей к школе, когда они регулярно осуществляют сотрудничество с организацией дошкольного образования, школой и родителями. Педагогическая пропаганда должна быть удалена в связи с существующей практикой жизни и общественного строительства. Проведение производственной работы по вопросам всестороннего обучения детей широкому

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

спектру заболеваний и способам их реализации, методам научного лечения посредством педагогической пропаганды.

Ребенку предстоит долгий путь до школы. Год, когда ребенку исполняется семь лет, - очень ответственный период в его жизни. Беззаботная жизнь для ребенка закончилась, и впереди непростое и серьезное испытание. То есть ребенок теперь должен войти в новое школьное сообщество.

П www

В целом сотрудничество родителей с воспитательной дошкольной организацией в подготовке ребенка к школе дает результаты.

Таким образом, установить единство семейного воспитания и социального воспитания учащихся можно только при организации дошкольного образования и сотрудничестве с родителями.

Ключевые слова: обязательное образование, подготовка к школе, обучение, требования, влияние.

Для цитирования: Камалова Г.А. Роль семьи в подготовке детей к школе. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 149-157.

THE ROLE OF THE FAMILY IN PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL

© Gavhar A. Kamalova1H

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: this article covers the issues of preparing children for school, determining their readiness for school, the quality affecting school readiness.

AIM: It is to prepare the role of the family in preparing children for school in preschool educational institutions.

MATERIALS AND METHODS: we studied this research using "Problem situation", "Venn diagram", "Brainstorming", "Discussion" and "Project" methods. In this case: through our first method: a problematic issue was identified, its history was studied, its origin was thought about, ways to solve it were considered and determined; A Venn diagram was created using the following methods to help solve the problem presented in the article, providing ideas and concrete solutions to them.

DISCUSSION AND RESULTS: It is necessary to explain to parents that they are in front of society for the education of their children, the issues of school preparation, school readiness, school preparation, and parents' education. To do with the purification of knowledge, skills, family unity in child rearing, monitoring the proper upbringing of the child, studying and popularizing the best examples of family rearing.

CONCLUSION: based on the above, family education and social education have an important role in preparing children for school when they regularly carry out cooperation with preschool education organization, school and parents. Pedagogical propaganda should be removed in connection with the existing practice of life and community building.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Carrying out production work on the issues of comprehensive education of children for a wide range of diseases and ways of their implementation, scientific treatment methods through pedagogical propaganda.

A child has a long way to get to school. The year when the child turns seven is a very responsible period in his life. A carefree life for the child is over, and a tricky and serious test is ahead. That is, the child must now enter a new school community.

In general, the cooperation of the parents with the education of the preschool organization in preparing the child for school gives results.

Thus, it is possible to establish unity of family education and social education students only in the organization of pre-school education and cooperation with parents.

Key words: Compulsory education, school preparation, training, requirements, influencing.

Maktabdagi majburiy ta'lim bolaga ma'lum talablarni qo'yadi. Ma'lumki, bola ta'lim tashkilotining talablarini bajara oladigan rivojlanish darajasiga yetishi kerak, faqat shundagina bolani maktabga berish mumkin.

Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning ta 'lim va tarbiya jarayoniga kirib, uning mazmunini muvaffaqiyatli o'zlashtirib olishi shaxsning umumiy rivojlanganligi deb ko'rsatilgan. Psixologlar maktabga umumiy tayyorgarlikning quyidagi tomonlarini ajratadilar: jismoniy, aqliy, ijtimoiy-axloqiy Boshlang'ich maktab bolani o'qitishga tayyorgarlik darajasiga o'z talablarini qo'yadi. Talablardan biri — bog'cha bolalariga xos bo'lgan kun tartibiga rioya qilish. Bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotiga borish vaqti oilaviy sharoitga qarab belgilanadi. Ammo maktabga borish majburiy — bola darslarga har kuni kelishi shart. Maktabgacha ta'lim tashkiloti bolasi kun bo'yi tuzilishi va mazmuni qiziq bo'lgan turli xil faoliyatlar bilan shug'ullanadi. Bola asosan, o'z xohishi bo'yicha o'ynaydi yoki ish bilan shug'ullanadi. Maktabda esa kunning birinchi qismini tartibli o'qitish egallaydi, bundan tashqari kunning ikkinchi qismida ham ma'lum vaqtni darslarni tayyorlashga ajratish kerak. Maktabda bola o'z xohishi va qiziqishi bilan tanlagan mashg'ulotlar chegaralangan. Bola maktab tartibi va darslar jadvaliga bo'ysunishi kerak. Har qanday ob- havoda bola maktabga vaqtida kelishi, o'quv qurollarini olib kelishi, maktab ta'lim sharoitlariga ko'nikishi kerak. Darslarda ma'lum vaqt tinch o'tirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi, tanaffusda esa nisbatan qisqa vaqt ichida o'z kuchlarini tiklab olishi kerak boladi. Shunday qilib, maktab hayotiga jismoniy va ruhiy jihatdan o'rganish uchun bola eng avval sog'lom, jismoniy chiniqqan va chidamli bo'lishi kerak. Sistemali ta'lim uchun bolaning aqliy rivojlanishi, ya'ni, aniqrog'i, maktabga umumiy ruhiy tayyorgarligi muhim, deb hisoblanadi.Bola birinchi sinfda uch fan (o'qish, yozuv va matematika)ning asoslarini, tabiat va jamiyat to'g'risida oddiy bilimlarni egallaydi. Bola odamlar, jismlar va tevarak-atrofdagi hodisalar haqida ma'lum tasavvur bilan maktabga

For citation: Gavhar A. Kamalova. (2024) 'The role of the family in preparing children for school', Inter education & global study, (7), pp. 149-157. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

kelishi kerak. Bolaning o'quv materialni to'liq o'zlashtirishi va ta'limning bola qobiliyatlariga mos kelishi uning aqliy faoliyatiga bog'liq bo'ladi. Bolaning yaxshi o'qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish darajasi, idrok, tasavvur, xotira va tafakkur finksiyalari hamda aqliy faoliyat bilan shug'ullanish odatlari ta'sir qiladi. Bola tahlil qilishni, ya'ni narsalarni (predmetlarni) idrok etganda muhim va muhim bo'lmaganlarni ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalarni umumlashtirish, guruhlash kabilarni o'rganishi kerak. Bola zehnli, ziyrak, topqir, mustaqil bo'lishi kerak. Zavq, xursandchilik keltiradigan aqliy faoliyatiga nisbatan bolada qiziqish paydo bo'ladi.

Ta'limning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga, uning lug'at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan to 'g'ri gapira olishiga bog'liq bo'ladi. Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va asosiy faoliyatida, balki ijtimoiy o'rnida ham o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bola munosabatlari shakllangan tanish tengdoshlar va kattalar jamoasidan, notanish bolalar va kattalar jamiyatiga o'tadi.

Oldingi jamoada bola o'zining huquq, burch va imtiyozlarini bilar edi, yangi shakllanayotgan maktab jamoasida esa bola o'zini boshidan ko'rsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari, maktabgacha davrga nisbatan aniqroq va qattiqroq belgilanadi. Bola faoliyatini baholashning muhim mezonlaridan biri nafaqat maktabda, balki oilada, tengdoshlar davrasida muvaffaqiyatli o'qish bo'lib qoladi.

Maktabda uzoq muddat ota-ona g'amxo'rligisiz bo'lgani sababli, bola o'z yoshiga mos his-tuyg'u va iroda mustahkamligiga ega bo'lishi, o'z xulqini nazorat qila olishi kerak. Agar o'quvchi o'qishga ijobiy yondashsa, o'qishni xohlab, intilsa, ta'limdagi boshlang'ich qiyinchiliklami tezroq va osonroq bartaraf etadi. Irodali bo'lish bolaga barcha maktab vazifalarini doimiy va muvaffaqiyatli bajarishida muhim ahamiyatga ega. Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, xarakter ijobiy jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa bolalar bilan muloqotda, sinfdoshlar bilan do'stona munosabat o'rnatishda va jamoada faol ishtirok etishida juda katta yordam beradi.

Bolaning maktabga umumiy tayyorgarligi deganda uning har tomonlama rivojlanganligi tushuniladi. Biror tomonining rivojlanmagani, zaifligi maktabda o'zlashtirmaslikning sabablaridan bo'lishi mumkin.

Shu bilan birgalikda, bolalar birinchi sinfda o'quv fanlarining (o'qish, yozuv, matematika) mazmunini o'zlashtirish uchun maxsus bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak. Masalan, matematikani o'qitishda pedagog-tarbiyachi bola narsalarning rangi, shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisoblaydi, yozuvni o'rganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini to 'g'ri ishlata olishiga, grafik mashqlarni bajara olishiga tayanadi. Shu kabi bilim, malaka va ko'nikmalar maktabga maxsus tayyorgarlikni tashkil etadi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga zid kelmaydi. Maktab fanlarini o'zlashtirishda bolaning maxsus tayyorgarligi umumiy tayyorgarlikdan kelib chiqadi, unga mos keladi, tayanadi. Bola shaxsini rivojlantirishda ma'lum bir tomoniga (asosan, aqliy) kuchli yo'naltirish berishga alohida e'tibor berish kerak. Kattalar har doim shuni esda tutishlari kerakki, bolani tezlashtirilgan, jadal o'qitish zarur hisoblanadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega. Agar shaxsni har taraflama shakllantirishda aynan shu yoshdagi qulay sharoitlar qo'llanilmasa, rivojlanish to'xtab qolishi mumkin yoki chetlanishlarini bartaraf etish nihoyatda og'ir kechadi.7 yosh — bola yangi sharoitga tez o'rganadigan va o'qish jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Y.A. Komenskiy bola hayotining yettinchi yilini bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda o'qishni boshlaydigan vaqt deb hisoblagan. Bolaning ona maktabida 5—6 yil ta'lim-tarbiya olishini (bolaning oiladagi tarbiyasi nazarda tutilgan) u yetarli va optimal muhlat, deb hisoblagan. Maktabga tayyor bo'lgan bola jismoniy chiniqqan, har qanday ob-havoda uzoq vaqt yura oladi, asosiy harakat malakalariga ega, u o'zining harakatlarini nazorat qila oladi, tozalikka rioya qiladi. Bola bilimining rivojlanganligi uning jamiyat va tabiatdagi voqea-hodisalarni tushunib yetishi, kuzatish qobiliyati, hodisalarni to'g'ri nomlashi bilan aniqlanadi.

Bolaning maktabga tayyorgarligini aniqlash. Har qanday pedagog hech qanday vositalardan foydalanmay, bolani maktabga tayyorgarligini aniqlay oladi. Ba'zi ota-onalar ham bola qanchalik sog'lom, chaqqon, mustaqil, aqlli, o'qishga tayyor ekanligini taxminan bilishadi.

MTT tarbiyachilari har bir bolaning maktabga tayyorgarligini to'g'ri aniqlashda yetarli pedagogik, texnologik bilim va tajribalarga ega bo'lishlari kerak, bunda ular MTTda ta'lim va tarbiya dasturi talablariga tayanishlari kerak. Agar maktabgacha davrda bola normal rivojlangan bo'lsa, uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga hech qanday kuchli ta'sirlar bo'lmagan bo'lsa, unda bola yetti yoshda ta'lim olish darajasiga yetadi.

Ammo ba'zi oilalar va maktabgacha ta'lim tashkilotida maktabga tayyor bo'lmagan bolalar ham uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis nazoratida maxsus tekshiruvdan o'tishadi va o'qishga tayyorgarligi darajasi haqida mutaxassis xulosa chiqaradi. Bolaning o'yinqaroqligi, mustaqil bo'la olmasligi, his-tuyg'u va ijtimoiy rivojlanishining juda past darajaliligi uning maktabga tayyor bo'lishiga to'siq bo'ladi. Bunday bolalar o'rtoqlari va tengdoshlari orasida o'z o'rnini topa olmaydilar. Ular kundalik faoliyatlarida yordamga muhtoj: berilgan vazifalarni tushuna olmaydilar va mustaqil bajara olmaydilar, qo'llarining mayda harakatlari yaxshi rivojlanmagan. Lug'at boyligi, o'z fikrlarini ifodalashi chegaralangan, xotirasi sust, umumlashtirishni bajara olmaydi va hokazo.

Bularga nafaqat bolaning yomon ijtimoiy ahvoli sabab bo'ladi, balki nasliy omillar, jiddiy va murakkab kasalliklari, yengil tug'ma jarohatlari, nevrozlar keltirib chiqaradigan sharoitlar ham sabab bo'ladi. Maktabga tayyor bo'lmagan bolaning qabul qilishi bola shaxsining rivojlanishiga har tomonlama yomon ta 'sir etadi. 0 'qishdagi o'zlashtira olmasliklar bolada o'qishga nisbatan salbiy munosabat tug'diradi. Uning jismoniy va ruhiy sog'lig'i ham xavf ostida. Ularda nevroz belgilari paydo bo'lishi mumkin: uyquning buzilishi, siydik ushlay olmaslik, bosh og'riqlari va boshqalar. Tarbiyasida ham qiyinchiliklar paydo bo'la boshlaydi: bola qanday bo'lmasin o'ziga diqqat-e'tiborni qaratmoqchi bo'ladi, yomon harakatlar qila boshlaydi. Agar bolaning maktabga tayyor emasligini vaqtida aniqlansa, bunday hollarning oldini olish mumkin bo'ladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bolaning maktabga tayyorligini turli sohadagi mutaxassislar aniqlay oladilar. Bolalar shifokori bolani tekshirib, somatik rivojlanishini aniqlaydi, agar ma'lum bir jismoniy, ruhiy kamchiligi bo'lsa, uni ruhiy-pedagogik tekshiruvga yuboradi. Ma'lum bir nuqsonlarga ega bo'lgan bolalar maxsus maktabga yuboriladi.

O'qishdan qolgan bolalar bilan ishlashda tarbiyachilar uchun hozircha maxsus dasturlar ishlab chiqilmagan. Pedagoglar bunday bolalar bilan mavjud bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya dasturi bo'yicha ishlashmoqda, faqat ularga ko'proq e'tibor ajratadilar.

Maktabda o'qishni o'zlashtira olmaydigan bolalar uchun maxsus sinflar ochiladi. Bunday sinfda o'qishni vaqtincha o'zlashtira olmaydigan, normal intellektga ega bo'lgan bolalar o'qiydilar. O'qishdagi qoloqlikni individual mashg'ulotlar, alohida parvarish va maxsus darslar yordamida bartaraf etish mumkin. Maxsus sinf 12—15 o'quvchiga mo'ljallangan bo'lib, maktab direktorining ruxsati bilan ochiladi. Maxsus sinfga o 'tkazish sinf rahbari tavsiyasi, maktab shifokori va ruhiy-pedagogik konsultatsiya xulosasi asosida amalga oshiriladi. O'quvchi maxsus sinfda vaqtincha, uning o'qishdagi qoloqligi bartaraf etilguncha qoladi. Sinfda 2 yilgacha o'qish mumkin.

Aqliy va jismoniy, nutq kamchiliklariga ega bo'lgan, qiyin tarbiyalanadigan, kasal va quvvatsiz bolalar maxsus maktablarga yuboriladi. Bularga aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablar va yordamchi maktablar kiradi.

Maktabga tayyorgarlikka ta'sir etuvchi asosiy omillar.Maktabga umumiy va maxsus tayyorgarlik ko'rishga jiddiy talablar qo'yilgan, shuning uchun bolani maktabga doimiy ravishda tayyorlash kerak. Tayyorgarlik o'z-o'zidan, avtomatik tarzda paydo bo'ladi. Faqat maqsadga yo'naltirilgan va uzoq muddatga mo'ljallangan tarbiya jarayoni bolani maktabga yaxshi tayyorlanishiga olib keladi.

Bolani qachon va qancha tayyorlash kerakligi haqida kattalar orasida turli fikrlar mavjud. Ko'pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir yil qolgungacha tayyorlashni kuchaytirish kerak, deb hisoblashadi. Ammo boshqalar faqat maktabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak, deb aytishadi. Ba'zi ota-onalar bola bog'chaga borishi bilan maktabga tayyorgarlik boshlanadi, deb o'ylashadi.

Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Tarbiyachilar bolani maktabga tayyorlash butun maktabgacha ta'lim tarbiya davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur talablariga binoan uni amalga oshirishadi. Lekin aynan maktabga borishdan avval ular tayyorgarlikka alohida diqqat-e'tiborini qaratishadi: talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etishadi, bilimlami bir sistemaga solishadi, qo'llarning mayda harakatini rivojlantirishadi va hokazo. Lekin, oila- bola tug'ilishidan keyin yashaydigan birinchi ijtimoiy muhit. Oilada bola o'zining birinchi ijtimoiy tajriba va malakalarini orttiradi, ota-ona va kattalar namunalari orqali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalarni tushunib yetadi va qadrlaydi. Shuning uchun bolani maktabga tayyorlashda oila hal qiluvchi, muhim ahamiyatga ega. Ota-onalarning ko'pchiligi bolani maktabga tayyorlashda MTT bilan oilaning hamkorligi zarur, deb hisoblashadi. Ba'zi ota-onalar esa bolani maktabga

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tayyorlashda javobgarlikni MTTga yuklashadi, ba'zilari esa butun javobgarlikni o'z bo'yniga olishadi.

Y.A. Komenskiy o'zining «Onalar maktabi» kitobining maktabga tayyorlash bobida yozishicha, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma'lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Ota-onalar shuni o'ylab, o'z bolalarini maktabga tayyorlashadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikdan tashqari, Y.A. Komenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifalarni ko'rsatadi: I.Bolalarda maktabga borganda, o'z tengdoshlari bilan o'qigan va o'ynaganda xursandchilik hissini tug'dirish. 2.Bolalarga maktabdagi ta'limning mohiyatini tushuntirish, ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish. 3.Bolalarda bo'lajak o'qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish.

Hozirda ota-onalar bolalarni maktabga qanday tayyorlashmoqda? Ota-onalarning ko'pchiligi maktabda yaxshi o'qishning shartlaridan biri shaxsning umumiy rivojlanishi, deb hisoblashadi. Ammo bolaning aqliy rivojlanishi eng asosiysi deb bilishadi, shuning uchun mashg'ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va xotirani rviojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o'ringa bolaning o'qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo'yishadi, yodlatishadi, suhbatlashishadi, birgalikda mantiqiy o'yinlar o'ynashadi. Gohida mehnat, sport, ashula yoki raqs bilan shug'ullantirishadi. Bolaning maktabgacha rivojlanishida bosib o'tadigan yo'li juda katta. Bola yetti yoshga qadam qo'ygan yil- uning hayotida juda mas'uliyatli davr. Bola uchun betashvish hayot tugab, oldinda hiyla murakkab va jiddiy sinov turadi. Ya'ni, bola endi yangi maktab jamoasiga kirib borishi lozim.

Umuman olganda, bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari bilan ota-onalarning hamkorlikda ish yuritishi ijobiy natija beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

I.Sodikova Sh.A. Maktabgacha pedagogika T.: Tafakkur bo'stoni 2013

2.Z.Nishanova, G. Alimova Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi. T.:2006

3.Yo'ldoshev J. "Ta'lim yangilanish yo'lida" T.: O'qituvchi. 2000 yil

4."Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. T. : 2018.

5.O'zbekiston Respublikasi Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. T.: 2018.

6.O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 155-sonli qarori: T.: 2019 7.Sh.M. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. -T.: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HKamalova Gavhar Akbarovna, "Maktabgacha ta'lim texnologiyasi kaferdasi" o'qituvchisi, [Камалова Гавхар Акбаровна, преподаватель факультета дошкольного образования «Технология дошкольного образования»], [Gavhar A. Kamalova, teacher of the Faculty of Preschool Education "Technology of preschool education"] manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №7

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

27 uy; [адрес: Узбекистан, г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Бунёдкор, 27], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilanzor district, Tashkent city].

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.