Научная статья на тему 'BOLALARDA MUSTAQILLIK VA IRODANINGRIVOJLANISHINI KONFORMLILIK HODISASI ORQALI TUSHUNTIRILISHI'

BOLALARDA MUSTAQILLIK VA IRODANINGRIVOJLANISHINI KONFORMLILIK HODISASI ORQALI TUSHUNTIRILISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
konformlilik / xulq-atvor / fenomen psixologiya / xatti-harakat / individ / ijtimoiy / e’tiqodlar / qadriyatlar / odatlar va ko‘nikmalar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdullayeva Nigora Raximovna

Ushbu maqolada bolalarda Konformlilik hodisasini unga o‘xshash ba’zi hodisalardan farqlashning bir nechta usullar orqali bolalarda aniqlash ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA MUSTAQILLIK VA IRODANINGRIVOJLANISHINI KONFORMLILIK HODISASI ORQALI TUSHUNTIRILISHI»

BOLALARDA MUSTAQILLIK VA IRODANINGRIVOJLANISHINI KONFORMLILIK HODISASI ORQALI TUSHUNTIRILISHI

Abdullayeva Nigora Raximovna Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarda Konformlilik hodisasini unga o'xshash ba'zi hodisalardan farqlashning bir nechta usullar orqali bolalarda aniqlash ko'rsatib o'tilgan.

Kalit suzlar: konformlilik, xulq-atvor, fenomen psixologiya, xatti-harakat, individ, ijtimoiy, e'tiqodlar, qadriyatlar, odatlar va ko'nikmalar.

EXPLANATION OF THE DEVELOPMENT OF INDEPENDENCE AND WILL IN CHILDREN THROUGH THE PHENOMENON OF CONFORMITY

Abdullayeva Nigora Rakhimovna Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: This article demonstrates the identification of the Conformity phenomenon in adolescent swimmers in children through several methods of distinguishing it from some similar phenomena.

Keywords: conformity, behavior, phenomenon psychology, behavior, individual, social, beliefs, values, habits and skills, social beliefs, values, habits and skills

Xozirgi kunda farzandlar tarbiyasiga e'tiborli yondoshish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bir davrda yashayapmiz. Shu nuqtai nazardan usmir yoshlarda mustaqil fikrlashni, uz fikriga ega bulish va mustaqil pozitsiyaga ega b o'lish haqida ko'plab davlat xujjatlarida fikr bildirilgan. Davlatimizni birinchi rahbari I.Karimov bu haqida shunday deb yozadi: "...yoshlarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qurg'oni bo'lmish oilani mstahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishini istardim" [1.23].

Mustaqillik deb atalgan psixologik fenomen g'arb psixologiyasida mustaqillikning aksi hisoblangan konformlilik orqali o'rganilgan.

Konformlilik, konform xulq-atvor shunday xatti-harakatni anglatadiki, guruh bilan shaxs o'rtasida birorta masalada kelishmovchilik kuzatiladigan bo'lsa individ guruhiy ta'sirga beriladi. Bunga, ya'ni konformizmga qarshi tushuncha - mustaqil, o'zgalar ta'siriga berilmagan xatti-harakat bo'lib, bunda individ o'z fikrini o'zi ishlab chiqadi va o'zgalar oldida uni qo'llab-qo'ltiqlaydi.

Konformlilik hodisasini unga o'xshash ba'zi hodisalardan farqlash lozim. Masalan, ijtimoiy e'tiqodlar, qadriyatlar, odatlar va ko'nikmalarning guruhiy bosim bilan aloqasi yo'q. Turli xil etiketlarga, modaga, ijtimoiy shart-sharoitlarga amal qila turib, odam o'zining mustaqil fikriga ega bo'lishi mumkin.

Mashhur olim I.S.Kon konformizm tushunchasi haqida quyidagicha yozadi: konformlilik tushunchasini individ bilan guruh o'rtasidagi ziddiyatni yechishning ma'lum usuliga qo'llash mumkun. Konformlilik o'lchovi individning talablari va standartlariga bo'ysinish darajasidir. Bu bo'ysinish sof tashqi ko'rinishga ega bo'lishi mumkun. Individ o'z qarashlarini o'zgartirmaydi, biroq u ularni oshkor etmaydi, o'zini guruhning pozitsiyasiga bo'ysinganday ko'rsatadi. Bu holda bosim tugashi bilan yoki odam ma'lum guruhning nazoratidan chiqishi bilan, u yana o'zining shaxsiy ustanovkasiga mos holda harakat ko'rsatadi. "Ichki konformlilik" o'ta murakkab tushuncha bo'lib, bunda guruhning ta'siri ostida odam o'zining ilk fikrini o'zgartiradi ko'pchilikning nuqtai nazarini o'zlashtirib oladi [2].

Mustaqillik tushunchasiga nisbatan ham shu o'rinda aniqlik kiritib olish zarur. Guruhiy bosimga berilmagan har qanday kishi ham "mustaqil" deb atalavermaydi. Oddiy turmushda ham, psixologik eksprimentlarda ham tez-tez negativizm hodisasi haqida, ya'ni aksincha gapirish va harakat qilish ustanovkasiga to'qnash kelinadi. Bu individning guruhga nisbatan dushmanlarcha munosabati bilan tushuntiriladi va o'zining ulardan farqli fikri borligini qo'rsatib qo'yish istagi mavjud bo'ladi. Odatda bu holatning ortida shunday fakt yashirinib yotadiki, mazkur individ uchun o'ta obro'li referent hisoblangan, o'zga normalarga va qadriyatlarga ega bo'lgan qandaydir boshqa guruh mavjud bo'lishi mumkin. Masalan, o'smirlarning ota-onalariga, umuman kattalarga nisbatan o'zining mustaqilligini ko'rsatib qo'yadigan hammaga ma'lum negativizmi tengdoshlari jamoasi ichidagi o'ta qattiq konformlilik bilan qo'shilib ketadi.

Konformizm hodisasi ilmiy jihatdan o'tgan asrning 50 yillarida o'rganila boshlandi. Amerikalik psixolog S. Ash shunday tadqiqot o'tkazgan. 7 ta talabadan iborat guruhga quyidagi instruktsiya beriladi: "Sizlarga ikkita oq qog'oz ko'rsatiladi. Chap tomondagisida bitta chiziq o'ng tomondagisida har xil uzunlikdagi 3 ta chiziq berilgan. Ular tartib bilan 1, 2, 3 raqamlari bilan raqamlangan. Shu chap tarafdagi chiziqqa o'ng tarafdagi 3 ta chiziqdan bittasi teng. Mos raqamini aytish bilan o'sha teng chiziqni aytishingiz talab etiladi" Har bir odam navbat bilan o'ndan chapga qarab javob beradi. Javoblar maxsus shaklda qayd qilinadi. Ular bir sinaluvchi yolg'izlikda so'ralganda hech kim xato qilmaydi. Biroq eksperimentning siri shundaki, bitta odamdan boshqa barcha sinaluvchilar eksperimentator bilan kelishib olishadi va barcha sinaluchi ilgaridan kelishilgan noto'g'ri javobni aytadi. "Sodda sinaluvchi" so'nggi yoki so'nggidan oldingi o'rinda turib javob beradi. Unga undan oldin javob beruvchilarning noto'g'ri javoblari ta'sir qiladi. "Sodda sinaluvchi" o'z

ko'zi bilan ko'rganiga ishonadimi yoki o'zgalarning fikriga ishonadimi? Agar o'z ko'rganiga ishonsa, u kishi mustaqil fikrlaydigan hisoblanadi. Aksincha bo'lsa, u konform xulq-atvorli kishi bo'lib chiqadi.

Shu o'rinda savol tug'iladi: guruhning fikri bilan shaxsiy idrokning o'rtasida farq kuzatilganda odamlar o'zlarini qanday tutishar va nimani his etar ekanlar hamda ularda qanday reaktsiyalar kuzatilar ekan?

1) Odam o'zining kompetent emasligi yoki shaxsiy kamchiliklari natijasida o'zgalardan boshqacha fikr yuritganligini o'zini anglaydi. Bu o'rinda odamda o'z-o'zini past darajada baholash va o'ziga ishonmaslik holatlari kuzatiladi.

2) Odam guruhni ayblaydi. Bunda uning fikri bilan guruh fikridagi farqqa sabab "o'zgalar masalasini tushunmagan'ligida yoki tez qaror chiqarganligida" deb hisoblaydi. Bunday pozitsiya, tabiiyki, guruh bosimiga qarshi turishga yordam beradi

3) Individ o'z fikrlaridagi farqni ob'ektiv sharoitlar bilan tushuntirishga harakat qiladi. ("Har tomondan qaralgani uchun har xil javob bo'ladi"). Bunda individ o'z fikrida turib olishi kerak bo'ladi. Biroq nimagadir bunday kishilar ko'proq guruh ta'siriga beriladilar.

4) Ba'zi birovlar qarashlaridagi farqlarni individual farqlar bilan tushuntiradi. Ayniqsa masala shaxsiy va sub'ektiv hisoblansa shunday fikrga kelishadi. ("Dunyo shunday qurilgan, har kimning har xil dunyoqarashi bor")

5) Ba'zi birovlar fikrlardagi farqni "sezmaslikka harakat qilishadi.

Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki psixologiya fani mustaqqilik

fenomeni masalasida quydagi savollarga javob berishi talab etiladi:

1) Mustaqil xatti-harakatning asosi qanday?

2) Mustaqillik qanday shaxs sifatlariga ega bo'lgan kishilarda kuzatiladi? Umuman mustaqil shaxs haqida gapirsa bo'ladimi?

3) Mustaqil xulq-atvorni qanday psixologik mexanizmlar ta'minlaydi va bunda qanday motivatsion himoyaviy mexanizmlar va kognitiv omillar o'zaro aloqada bo'ladi?

4) Mustaqil xatti-harakatning qanday psixologik oqibati kuzatiladi? O'z fikrida turib olish uchun qanday ustanovkalar, emotsional holatlar, e'tiqod va shaxsning ijtimoiy holatlari kuzatilishi zarur?

Yuqoridagi savollarga javob berish barobarida mustaqillik fenomenining mazmun-mohiyati ochila boradi. Savollardan ba'zilari quyidagicha javob berish mumkin:

R.Krachfilbdning fikricha, har bir odamning reaktsiyasi guruhiy bosimga nisbatan konkret sharoitlarga bog'liq holda kechadi. Bunday konkret sharoitlarga quyidagilar kiradi:

- guruhning tarkibi va strukturasi;

- guruhning odam uchun ahamiyatliligi (obro'liligi);

- uning guruhdagi shaxsiy mavqei;

- ko'tarilgan masala sinaluvchining shaxsiy manfatlariga qay darajada "tegib ketadi";

- sinaluvchining tayyorgarlik darajasini (kompetentligiga);

- o'zaro muloqatdagi ishtirokchilarning sinaluvchi oldidagi obro'siga va h. [2].

R.Krachfild mustaqil fikrlaydigan va mustaqil xulosa chiqaradigan kishilarga

xos sifatlar to'g'risida quyidagicha yozadi:

- bilish sohasida: nisbatan yuksak intellekt, fikriy jarayonlarning tezligi, orginal g'oyalarning mavjudligi;

- motivatsiya va emotsiyalar sohasida harakatining yuksak darajadagi kuchi, stressli holatlarda yuksak o'z-o'zini boshqarish, xovotirlikning yo'qligi;

- o'z o'zini anglash sohasida: shaxsiy jihatdan mukammalligi tuyg'usining mavjudligi, o'zini o'zi yuqori darajada hurmat qilish, o'ziga ishonch, o'zi to'g'risida real tasavvurlarga ega bo'lish;

- muloqot sohasida: o'zga kishilarning uning to'g'risidagi fikriga ko'p e'tibor bermaslik faollik, ta'sirlarga berilmaslik, mutelik shaxslararo munosabatlarda ishonch va hadikning yo'qligi [2].

Odamlar to'g'risida to'g'ri xukm chiqara olishlik qobiliyati mustaqil kishilarda baland rivojlangan bo'ladi. Bunday kishilarga dogmatizm, tafakkurning stereotiplashuvi yot bo'ladi. Aksincha, konform odamlarga nevrotizm, xronik xovotirlanish, avtoritarlik xos bo'ladi.

Shunday qilib, biz yuqori xorijiy psixologiyada mazkur mavzu bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar va ulardan chiqarilgan xulosalarga to'xtalib o'tdik.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T. "Ma'naviyat", 2008. -173 b.

2. Kon I.S. V poiskax sebya: Lichnostt i yeyo samosoznaniye - M.: Politizdat, 1984. - 335 s.

3. Psixologiya i etika delovogo ob^eniya. Uchebnik dlya vuzov/ Pod red. prof. V.N. Lavrinenko. - M.: YuNITI-DANA, 2002.- 415 s.

4. Freydjer R., Feydiman D. Boltshaya kniga psixologii. Teorii, uprajneniya, eksperimentbi. - Spb.: Praym. - YeVRO-ZNAK, 2008. - 704 s.

5. http://planetadisser.com/see/dis_142231.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.