Научная статья на тему 'BOLALAR TARBIYASIDA MUSIQIY TA’LIM TARBIYANING AHAMIYATI'

BOLALAR TARBIYASIDA MUSIQIY TA’LIM TARBIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
30
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / ta’lim-tarbiya / madaniyat / etika / innovatsiya / kommunikatsiya / ritm / qobiliyat / pedagogik.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Abdullayeva Bibimaryam Narimon Qizi

Ushbu maqolada bolalarni tarbiyalashda musiqiy ta’lim-tarbiyaning ahamiyati va maktabgacha ta’limmuassasalari tarbiyalanuvchilarining musiqiy qobiliyatlarini shakllantirish haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR TARBIYASIDA MUSIQIY TA’LIM TARBIYANING AHAMIYATI»

BOLALAR TARBIYASIDA MUSIQIY TA'LIM TARBIYANING

AHAMIYATI

Abdullayeva Bibimaryam Narimon qizi

Urganch Davlat Pedagogika instituti Musiqa ta'limi yo'nalishi 231-guruh 1-kurs talabasi

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 02-April 2024 yil Ma'qullandi: 05- April 2024 yil Nashr qilindi: 11- April 2024 yil

KEY WORDS

musiqa, ta'lim-tarbiya, madaniyat, etika, innovatsiya, kommunikatsiya, ritm, qobiliyat, pedagogik.

ABSTRACT

Ushbu maqolada bolalarni tarbiyalashda musiqiy ta'lim-tarbiyaning ahamiyati va maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining musiqiy qobiliyatlarini shakllantirish haqida fikrlar yuritilgan.

Musiqa shunday san'at turiki, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg'ularni aks ettiradi. Bunda musiqaning falsafiy mohiyati ham namoyon bo'ladi. Musiqada hayot va o'lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks etadi. Musiqa inson his-tuyg'ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o'ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-tuyg'ulariga faol ta'sir etadi. Musiqa ham fan, ham san'atdir. Bolalarning musiqiy hamda shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishda musiqa san'atining o'rni beqiyosdir. Musiqa kishiga har tomonlama ta'sir ko'rsatar ekan, kuy va uning musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga chuqur ta'sir qilib, unda har xil hislarni uyg'otadi, turlicha kayfiyatlarni hosil qiladi. Musiqa san'ati inson hayotining ilk yillaridanoq uning hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shadi. Musiqa inson umrining doimiy yo'ldoshi. Stendalning aytishiga ko'ra, musiqa - san'at turlari ichida insonning yuragiga chuqur kirib, uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir.

Mulohaza va natijalar

Musiqa tarbiyasini avvalo oiladan boshlash eng ma'qul yo'l sanaladi. Sababi shundaki musiqaga qiziqish oiladagi muhitga juda bog'liq. Agar oilada o'zaro san'atga bo'lgan munosabat yuqori ruhda, baland ishtiyoq hamda hurmatda bo'lsa, bolada o'z-o'zidan qiziqish, ijtimoiy- psixologik muhit paydo bo'ladi. Ma'lumki, yaxshi oilaviy muhitda tarbiyalangan bolaning hayot haqidagi turli voqea-hodisalar, urf-odat, madaniyat va san'atga oid taassurotlari ko'pincha ijobiy kechadi. Oiladagilar bilan birgalikda televizor ko'rish, konsert tomosha qilish, teatr tomosha qilish va o'z taassurotlarini o'rtoqlashish kabi muloqotlar bolalar dunyoqarashini o'stirib, hayotiy voqealarni aks ettiruvchi adabiyot, san'at musiqani mohiyatini tushunish va badiiy idrok etishga olib keladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida

olib boriladigan barcha musiqiy ta'limiy,tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog'cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi.

"Musiqiy san'at bilan tarbiyalash" musiqiy ta'lim faoliyati bola tarbiyasiga kompleks yondashish va uni har tomonlama barkamol rivojlantirish imkonini beradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini musiqiy ta'lim tarbiyasi davomida tarbiyachi oldida asosiy tamoyillar - materiallarni taqdim qilishda intellektuallik va emotsionallik asoslarining o'zaro aloqadorligi doirasida, san'at (musiqa, adabiyot) turlari asosiga qurilgan barkamol rivojlanish muhitini shakllantirishdir. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida "maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu vazifalarni amalga oshirish maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat talablariga muvofiq tarbiyalash va musiqiy ta'lim berish dasturlarini ishlab chiqish hamda tarbiyalanuvchilarning musiqiy ijodkorligini shakllantirish texnologiyalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish zarurligini ko'rsatmoqda. Musiqa faoliyatining diqqat markazida bolalar uchun o'quv dasturini yaratish muhim bo'lib, dastur bolalar ongiga musiqani (milliy ohanglar vositasida) singdirish, musiqa kuylash, tinglash, o'ynash yoki raqsga tushishni, musiqaga tanqidiy baho berishni o'z ichiga olishi kerak. Xorijiy manbalardagi ma'lumotlarga ko'ra, musiqa bolani tez rivojlantirib, o'zini taqdim etish usullarini o'zlashtirishga, ichki tuyg'ularini ifoda etishga, shaxs sifatida namoyon eta olish qobiliyatini o'stirishga xizmat qiladi. Musiqiy rivojlanish umumiy rivojlanishga juda kuchli ta'sir ko'rsatadi; emotsional soxa shakllanadi, tafakkur takomillashadi, bola go'zallik va san'atga nisbatan sezgir bo'lishni o'rganadi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa ta'limi va tarbiyasining asosiy maqsadi bog'cha yoshidan boshlab bolalarning dunyoqarashini shakllantirish hamda musiqiy didini o'stirib, bolalarga musiqani o'rgatish jarayonida uni hayotda o'z aksini topishini anglatishdir. Shuni qayd etish lozimki, musiqa mashg'ulotlari oldiga qo'yilgan pedagogik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo, bolalarning musiqiy uquvi va qobiliyatlarini muntazam ravishda o'stirib borish lozim. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining musiqiy o'quv va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat:

—musiqiy uquvi (musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobiliyati);

—tembr uquvi (musiqiy tovusharni bir-biridan farq qilish);

—ritm tuyg'usi (musiqaga mos harakat bajarish, qadain tashlab, chapak chalib musiqani xotiruda saqlab, his etishi va ifodalash).

Bolalarning musiqiy qobiliyatlari musiqiy mashg'ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlantirib boradi.

Musiqa bolaga har tomonlama yordam berishi, tevarak-atrofni obrazli-emotsional idrok etishi va bola xarakterining shakllanishiga ta'sir ko'rsatishi uchun musiqa tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar qo'yiladi:

1. Bolaning musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish.

2. Bolalarni ashula aytish va musiqaviy-ritmik malakalarga o'rgatish. Ularda musiqani qabul qilish, xis etish va tushunish qobiliyatlarini tarbiyalash.

3. Bolada badiiy - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.

Bu vazifalarning hammasi bir-biri bilan o'zaro mustahkam va uzviy bog'liq bo'lib, bolalar bog'chalarida tizimli ravishda olib boriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa ta'lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

— tarbiyalanuvchilarni musiqaga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish;

— musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg'ulaini hosil qilish yo'li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish;

— bolalarni musiqa tinglash, qo'shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlami bajarish, bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish;

— bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo'shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o'rgatish va odatlantirish;

— musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr yuritishni rivojlantirish;

— musiqa mashg'ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o'yin va raqs shaklida ifoda etishga o'rgatish;

— musiqa mashg'ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg'u sozlarimiz jo'rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o'rgatish;

— musiqa mashg'ulotlari mazmunini bog'cha hayoti bilan bog'lash, bog'chada o'tkaziladigan tadbirlarda o'rganilgan kuy va qo'shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil etish.

Musiqa mashg'ulotlarida bola hayotni, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bog'chada musiqiy tarbiya ishlari badiiy adabiyot va ta'sviriy san'at bilan uzviy ravishda bog'langan holda amalga oshiriladi. Turli metodlardan foydalanib o'tkaziladigan har bir musiqa mashg'ulotlar tarbiyalanuvchilarda badiiy-estetik zavq uyg'otadi, ularning ijodiy his-tuyg'ularini shakllantiradi, ijodiy fikrlash qobiliyati va nuqtini o'stiradi. Bundan tashqari musiqiy o'yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg'usi, chaqqonlik va harakatchanlik malakalarini shakllantirib, qomatning to'g'ri o'sishiga yordam beradi. Bu bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, biz insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo'lmaydi.

a) Musiqa - o'z tabiatiga ko'ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg'otuvchi,

b) Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi,

c) Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma'naviy barkamolikka undovchi kuchli vosita.

Shu o'rinda yana bir fikrni aytib o'tish joizdir. Muhtaram birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" asarida: "Eng muhimi bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda", - deb musiqa san'atining yosh avlodning ma'naviy barkamol bo'lib yetishishidagi muhim ahamiyatini ta'kidlab o'tganlar.

2-JILD, 4-SON (YO'TA)

10

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa rahbari tomonidan o'tkaziladigan mashg'ulotlar, musiqa to'garaklari, musiqiy tadbirlar mustaqil musiqiy faoliyat manbalari hisoblanadi. Bolalar ushbu jarayonlarda eshitgan va ko'rganlariga taqlid qiladilar. Oilada radio eshitishi, televizor, video kontsertlar ko'rishi mumkin. Boshqa vaqtlarda esa bolalar ko'cha-kuyda, teatr, kinoteatr, ommaviy sayllar, bozor va boshqa jamoat joylarda, to'y va marosim bo'lishi va u jarayonda eshitgan va ko'rgan musiqiy chiqishlarga taqlid qilishi mumkin.

Adabiyotlar:

1. N. M. Kayumova. "Maktabgacha pedagogika". - T. TDPI, 2013

2. Qodirov V. Quronov M.va boshqalar. Baxtli bola ma'naviyati. - T: Sanosnandart. 2018

3. Karimova. Musiqiy pedagogik mahorat asoslari. T. Iqtisod 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.