Научная статья на тему 'BOLALAR QACHON GAPIRISHI KERAK'

BOLALAR QACHON GAPIRISHI KERAK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
146
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / bolalar / homila.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — U.K. Aminjonova

Nutq tafakkur mahsulidir. Bolalakaylar dunyoni anglashida, atrof-muhitga bolgan qiziqishining rivojlanishi va o’zgalar bilan muloqotga kirishishidayoshiga bogliq holda nutq ko’nikmalari rivojlanib boradi. Kutilmaganda qiziq tuyulgan so’zlarni aytishlari qanchalar quvonarli bo’lsa, ba’zida biz kutgandek muloqotga kirisha olmasliklari dilni hira etmay qolmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR QACHON GAPIRISHI KERAK»

BOLALAR QACHON GAPIRISHI KERAK U.K. Aminjonova

FarDU "Maktabgacha ta'lim" kafedrasi "mahsus pedagogika" yo'nalishi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8051105

Annotatsiya. Nutq tafakkur mahsulidir. Bolalakaylar dunyoni anglashida, atrof-muhitga bolgan qiziqishining rivojlanishi va o 'zgalar bilan muloqotga kirishishidayoshiga bogliq holda nutq ko 'nikmalari rivojlanib boradi. Kutilmaganda qiziq tuyulgan so 'zlarni aytishlari qanchalar quvonarli bo'lsa, ba'zida biz kutgandek muloqotga kirisha olmasliklari dilni hira etmay qolmaydi.

Kalit so'zlar: nutq, bolalar, homila.

Nutq necha yoshdan rivojlanishni boshlaydi?

Bola tug'ilgan zahoti uning gapira olishi yoki nutqida kechikish yuzaga kelishini anflash mushkul. Ikki oylik va undanoshiq vaqtida o'z-o'zidan o'yinchoqlar ovozi, shovqinlarga nisbatan ta'sirchanlik kuchayishni boshlaydi. Vaqtida ushbu holatlar yuz berishi juda muhim. Chunki tashqi ovozlarga e'tiborsizlik, eshitish orqasidan nutq rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.

Besh- olti oylik bolalarda gugulash davri bunda (ba-ba, ma-ma, be-be, gu-gu) o'z tilida bo'g'inlarni ayta boshlaydi. Bu kabi ovozlar chiqarish bevosita muloqotga tayyorgalik deyiladi.kunlar o'tib so'zlar ko'payishi va bir yoshga borib so'z boyligi kamida 10 taga yetishi kerak. Ikki yoshda esa 200-400 tani tashkil qilishi normal holat sanaladi.

Uch yoshda qoo'shimcha gap tuzib, she'r yodlar oladi. Barcha go'daklarda ushbu ko'rsatkichlar mavjud bo'lmasa, vahimaga tushish shart emas. Binobarin, har bir shaxs ijtimoiy kelib chiqish jihatidan individual rivjlanishga ega. Muhimi, vaqtlar o'tib so'z boyligini oshirib borishdir.

Homiladorlikdan boshlanadi.

Homiladorlikning boshlang'ich uch oyida bola markaziy nerv tizimi rivojlanib ulguradi. Ushbu vaqtda ayol qattiq stressni booshdan kechirishi, infeksion kasalliklar, kuchli toksikoz bevosita homilaga ta'sir ko'rsatadi.natijada nutqda yuz beruvchi jiddiy kamchiliklar kuzatiladi. Tug'ruq davrida yuz beruvchi jiddiy jarohatlar, go'dak o'qiga o'ralib qoli shi, boshning siqilishi, tug'ruqning chozilishi oqibatida kislorod yetishmasligi keyinchalik bolaning tili kech chiqishi sabab bo'lishi mumkin. Tug'ilgach esa, uch yosh vaqt oralig'ida jarohat olishi, turli nevrologik kasalliklarni boshdan kechirishi ham nutq rivojlanishini orqaga suruvchi vaziyatlar hisoblanadi.

Naslga bog'liq ammo...

Bola nutqining shakllanishi naslga ham bog'liq bo'lishi mumkin, ammo har bir go'dakka alohida yondashuv kata davo bo'ladi. Ko'pchilik bolalarda bola gapirishga shoshmayotgan bo'lsa, ota-onasi, buva-buvisi yoki kimningdir kech gapirganini bahona qilib, bolaga chora ko'rishga kirishilmaydi. Vaqtiga boshlanmagan muolaja davolanishni ortga suradi. Keyinchalik vaziyat jiddiylashib, bola tengdoshlaridan orqada qoladi, muloqotga kirisha olmaydi. O'z-o,zidan sog'lom hayotdan chiqish yo'liga tushib oladi.

Nutq kamchiliklari.

Aksariyat nutq nuqsoonlaridan, dislaliya- tovushlar talaffuzidagi buzilishlar. Maktab yoshigacha va boshlang'ich sinf o'quvchilarida ayrim tovushlarning to'liq chiqmasligi. Bularga sirg'aluvchi tovushlar s,z, shovqinli sh, j, sonor tovushlar r,l, halqum tovushlari t,k,q,g', afrikat

tovushlar ch, ts bo'lmasligi oddiy nutq nuqsonlariga kiradi. Shuningdek, murakkab nutq nuqsonlari, duduqlanish- tutilib gapirish, nutq tempi va sur'atining buzilishi. Normal holatda kichkintoy bemalol she'r yodlashi va ertak ayta olishi kerak. Duduqlanish esa , bolaga kata qiyinchilik tug'diradi.markaziy nerv tizimiga kislorod yaxshi yetib bormaydi.. qattiq qo'rqish, stressga tushish, atrofdagilar tomonidan atayin chochitish, atrofdagilar tomonidan atayin cho'chitish ham kasallikning muhim sabablari hisoblanadi. Shoshganda bolada duduqlanish kuchaygan bois, eng avvalo bolani tinchlantirib, to'g'ri nafas olishga o'rgatish kerak bo'ladi.

Dizartriya- talaffuzda artikulyatsiyaning buzilishi bo'lib, bolalar serebral falaji (DSP) da uchraydi. Chunki til, jag', lablarda tonusni ushlab turaolmaslik hisobiga so'zlar noaniq chiqadi. O'z tilida gapirganda aniq nuqsonlar ko'rinadi, anglab bo'lmas tovushlar yuzaga keladi.

Alaliya-nutq markazining to'liq rivojlanmaganligini bildiradi. Bolaning aqli joyida, barcha gaplarga tushunib, to'liq qabul qiladi ammo, tashqariga chiqarish borasida ekspressiv buzilish mavjud bo'ladi. Suhbatdoshi bilan to'liq muloqotga kirisha olmaydi.

Retseptiv buzilish- eshitish va anglashdagi kamchiliklar. Bu og'ir ahvoldagi bolalar tashxisi hisoblanadi. Asosan zaif eshituvchilarda uchraydi. Gaplarning quloqqa ilinmaganini hisobiga aqliy rivoj orqada ketaveradi. Impressiv buzilish esa ichki nutqning yoqligini bildiradi. Go'dak tinglash va analiz qilishga qiynaladi. So'zlashuv boyligi mutlaqo bolmaydi. Suhbat nima haqida ketayotganini tahlil qila olmaydi, shuning uchun muloqotdan yiroqda bo'ladi.

Ruhiyatda gap ko'p.

Agar bolada ruhiyat bilan bog'liq bo'lgan muammolar mavjud bo'lsa, o'z-o'zidan nutq rivojlanishiga ta'sir qiladi. Chunki diqqatni jamlay olmaslik ta'sirida xotira sust bo'ladi, ma'lumotni o'zlashtira olmaydi va albatta bu nutq o'sishiga to'sqinlik qiladi. Aqliy orqa da qolish yuzaga kelib, tengdoshlaridan ikki karra past va sezilarli darajada yoshiga mos bo'lmagan holatda bo'ladi.

Gapirishdan to'smang!

Bijildoq bolajonlarga: ''Bir zum jim tur ovozingni chiqarma keyinroq gapirasan", kabi tosiqlar qo'yish, erkin so'zlashishni orqaga suradi. Bola o'z ihtiyoricha so'zlasha olmas ekan, o'zini atrofdagilarga keraksiz his etadi. Ba'zi bolakaylarning ovozi baland bo'lgani ko'pchilikning g'ashiga tegadi. "sekin gapir, baqirma",kabi so'zlarni doimiy eshitish natijasida so'zlashuvda ikkilanish yuzaga keladi. Hayolida "Gapiraymi, yo'qmi?", kabi savollar bilan muloqotga kirishishi, ayrim so'zlarning tushib qolishi yoki talaffuzning noaniq chiqishiga olib keladi. Chunki bola tanbehdan qo'rqib muloqotga kirishadi. Keyinchalik bu holat o'ziga nisbatan ishonchni ham so'ndiradi

Davo yo'liga kirishuv.

Bola nutqining rivojlanishida ota-onalar ham o'z hissalarini qo'shishlari uchun bir qancha yo'llar mavjud. Go'dakni sayrga olib chiqish va uni atrof-muhit bilan tanishtirish orqali qiziqarli suhbat qurish mumkin. Bunda savollar bilan murojaat qilib, so'zlashuvga ko'maklashish orqali nutq talaffuzini rivojlantirsa bo'ladi. Yoki bolaning sevimli o'yinchoqlari ishtirokida qiziqarli ertakning sahna ko'rinishi ( stol ustidagi teatr). O'z qo'liga ushlagan buyumini gapirtirishi, turli harakatga keltirishi, go'dakning fikrlash salohiyatini kuchaytirib, shu orqali nutq shakllanishiga ko'maklashadi.

Ushbu ko'nikmalarni rivojlantirishda ota-onalarga birinchi yordam sifatida uch yoshgacha bo'lgan bolalar uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida logopedlar faoliyati yo'lga qo'yilgan. Agar nutq shunda ham o'z joyiga toliq tushmasa, makatabga chiqqach mutahassis

yordamida muolajani davom ettirish imkoni ham mavjud. Og'ir nutq nuqsonlariga kelsak, ular uchun ko'p tarmoqli mahsus bog'chalar ochilgan. to'rt yo'i oltita bola ishtirokidagi guruhlarda tarbiyachi va alohida defektologlar har kuni nutq kamchiliklarini bartaraf etishda ko'maklashadi. Qachon tuzaladi?

Mutahassis huzuriga tashrif buyuruvchilarning muntazam beradigan savollar: "bolam qachon tuzaladi?"

Albatta har kimning bolasi sog'lom va bahtli bo'lishga haqli. Ammo, muolaja boshladi degani, ertaga go'dak gapirib ketadi degani emas. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda ota-onalar hamkorligida bolaning ruhiy va nutqiy rivojlanishini doimiy kuzatuvga olishlari kerak. Shundan kelib chiqib erta tashxis qo'yiladi va to'g'ri mutahasis tanlovi zarur bo'ladi. Bolaning ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishiga qarab yondashiladi. Ba'zi bolalarga nevropatolog, psixonevrolog hamda logoped ko'magi kerak bo'ladi. Uch tomonlama kata samaraga erishish mumkin. Bu borada har kungi muolajalardan qochish, e'tiborsizlik, shoshqaloqlik, yo'nalishni to'g'ri baholay olmaslik, vaziyatni battar chigallashtiradi. Chunki, har ishda qunt va sabr birgalikda bo'lishi natija ko'ngildagidek bo'lishiga sabab bo'ladi.

Aziz ota-onalar! Farzandingiz farovon hayotini gullar bilan bezatish o'z qo'lingizda. Bunda shijoat va jasoratni do'st tutib, to'g'ri yo'lni tanlasangiz bas. Toki, dilbandingiz tikonzor uzra yurib ugnalardan aziyat chekmasin!

REFERENCES

1. Анализ психомоторного развития детей дошкольного возраста с нарушениями речи / Т.С. Овчинникова // Актуальные вопросы оториноларингологии и логопатологии -СПб., 2002

2. Детская психология / Под ред. А.А. Люблинской. - М., 2006. - 415 с.

3. Баскакова И.Л. Внимание дошкольника, методы его изучения и развития. Изучение внимания дошкольников. - М., 2008. - 196 с.

4. Трошин, О.В. Жулина Е.В. /Логопсихология/ ООО «ТЦ Сфера»2005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.