Научная статья на тему 'BOLALARDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR'

BOLALARDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2371
144
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mazkur maqolada o‘quvchi-yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar haqida fikr yuritiladi.Shuningdek / o‘quvchiyoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarning ahamiyati va zaruriyati / mazmuni va mohiyati hamda o‘ziga xos xususiyatlari o‘z aksini topgan.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Adizova Gulzoda, Abduaxatova E’Zoza

Mazkur maqolada o‘quvchi-yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar haqida fikr yuritiladi.Shuningdek, o‘quvchiyoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarning ahamiyati va zaruriyati, mazmuni va mohiyati hamda o‘ziga xos xususiyatlari o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR»

BOLALARDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA

TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

Adizova Gulzoda TDPU

"Pedagogika va psixologiya " fakulteti magi&ranti

Abduaxatova E'zoza TDPU

"Pedagogika va psixologiya" fakulteti talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'quvchi-yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishga ta'sir etuvchi omillar haqida fikr yuritiladi.Shuningdek, o'quvchi-yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishga ta'sir etuvchi omillarning ahamiyati va zaruriyati, mazmuni va mohiyati hamda o'ziga xos xususiyatlari o'z aksini topgan.

Tayanch so'zlar: Ta'lim, tarbiya, talaba-yoshlar, nutq, qobilyat, ijodkorlik, muloqot, kognitivlik, komunikativlik, xotira, diqqat, dunyoqarash, salomatlik, sog'lom turmush tarsi, manaviy-ahloqiy barkamollik, shaxs, yetuk mutaxassis, ma'rifat madaniyat

O'sib kenlayotgan bola shaxsining madaniyati uning axloqi, odobi, xulqi, insoniylik sifat va fazilatlari bilan belgilanadi. Bolada shakllanadigan nutq madaniyati madaniy, aqliy, xuquqiy, diniy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi va tarkib topadi. Mazkur bilimlar o'z navbatida bola shaxsining madaniyatlilik darajasi va ko'rsatkichlari hamda ulardagi shaxsiy sifat va fazilatlarni kamol topishiga, kelajakda yetuk inson sifatida jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishga imkon beradi. Demak, bola shaxsida madaniyat o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. U egallangan bilim, ko'nikma va malakaklar ta'sirida ro'yobga chiqadi. Madaniyat - jamiyatning muayyan a'zosi ya'ni bola shaxsining turli faoliyati (o'quv, o'yin, mehnat) jarayonida to'plangan barcha ijobiy, aqliy yutuqlar majmuasi sanaladi.

Ijodkor pedagog bola shaxsining nutq madaniyatini shakllantirishda orttirilgan boy tajribalar bilan bir qatorda xorij tajribalaridan ham kengroq foydalanishga e'tibor qaratishi maqsadga muvoffiq sanaladi. Bunda tarbiyachi - pedagogning tashabbuskorligi, krieativligi, kamunikativligi, kognitivligi va refleksiv yondashishi natijasida bola shaxsi ajdodlar tarixi va madaniyati, adabiyoti, san'ati, an'analari va urf-odatlari haqida chuqur bilim egallaydi. Madaniyatlararo konpetensiyalarni o'rganish orqali talabalarning davlatlararo madaniy merosiga bo'lgan qiziqishi va salohiyati oshadi. Til - aloqa vositasi bo'lsa, nutq - aloqa shaklidir. Inson hayotida har ikkisining ham o'rni beqiyosdir. Nutq shaxslararo muloqotni ta'minlovchi vositadir. Inson dunyoga kelibdiki, atrof-muhitda u bilan birga bo'lgan insonlar bilan muloqot jarayonida bo'ladi. Aslini olganda bu muloqotning poydevori ona qornida shakllanadi. Bola ona qornida 3 oylik bo'lganida uning yuragi ura boshlaydi. Aynan shu davrda bola onaning psixologik holatini his qiladi hamda tovushlarni eshitadi. Bu davrda onaning bolasi bilan muloqot qilishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shaxs tarbiyasining negizi ham onaning homiladorlik davriga borib taqaladi. Bu holat olimlar tomonidan ham o'z isbotini topgan. Shu mavzudagi

turli rivoyatlar bizgacha yetib kelgan. Rivoyat qilishlaricha , bir donishmandning oldiga 6 oylik bolani tarbiyalab bering, deb olib borishadi. Shunda donishmand so'raydi, "Bolangiz necha oylik bo'ldi?" desa. " Bolamiz 6 oylik bo'ldi " deb javob qaytarishadi. " Bola tarbiyasiga 6 oy kechikibsizlar" deb javob beradi, donishmand. Shunday ekan, biz tarbiyani ona qornidan boshlashimiz zarur bo'lgani kabi, muloqotni ham shu davrdan boshlashimiz lozim. Bu muloqot jarayoni u dunyoga kelgach, alla orqali bevosita olib boriladi.

Bola tug'ilgandan so'ng, ona o'z mehrini alla ohanglariga tushirib, bolasini allalaydi, ovutadi, butun dil isxorlarini eshilib sochilib kuylaydi. Bola alla orqali birinchi navbatda onasini muhabbatini, mehrini sezadi, tovushlar va kuy bilan tanishadi, orom olib yotadi. Ammo bugungi kunda dilni xira qiladigan bir holat borki, aksariyat yosh onalar bolalariga alla aytishmaydi, yoxud alla aytishni bilishmaydi, go'yoki eskicha qarash qabig'ida ish tutadi. Oqibatda buning salbiy ta'siri yillar o'tgach , namoyon bo'ladi. Alla bolada nutqning tezroq vujudga kelishiga yordam beradi. Masalan, alla ko'p eshitgan bolalar, beshikda yotgan paytida onasi aytgan alla tembriga mos ravishda tovushlarni chiqarib o'zlariga-o'zlari alla aytadilar. Bu o'z-o'zidan bolada tovushga taqlidchilikni vujudga keltirib, muloqotga kirishishiga imkon yaratadi. Psixolog olimlarning fikricha, bolani besh-oylikdan boshlab nutqni tushunishga o'rgata boshlash kerak. Buning uchun bolaga, biror predmetni nomini bir necha marta aytib, takror takror eslatib ko'rsatish kerak. Bu holat bir necha marotaba takrorlangach, keyingi safar shu predmetni ko'zi bilan qidira boshlaydi. Bu narsa bolaning kattalar nutqiga tushuna boshlashini bildiradi. Bola nutqini shakllantirishda nafaqat muloqot qilish balki, ularda sensor motorikani shakllantirish ham, samarali natija beradi. Bolada yirik va mayda motorikalarni rivojlantirish, miya faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, nutqining rivojlanishiga, tafakkur, idrok, xotiraning shakllanishiga motivatsiya beradi. Bola nutqining noto'g'ri shaklkanishi va buzilishining yana bir sababi, ikki tilda so'zlashuv muhitidir. Ayrim ota-onalar farzandini ikki tilni baravar o'rganishini xohlaydilar va o'z ona tilida ravon so'zlay olmagan bolalariga boshqa xorijiy tillarni o'rgatishga harakat qilishadi. Natijada o'z ona tilining grammatik qurilishini yaxshi bilmagan bola, o'zga tilni ham mukammal o'zlashtira olmaydi, bola nutqida ikki til qorishmasi yuzaga keladi. Na, u tilda na bu tilda aniq va ravon gapira olmaydi. Yoki ota-onalar va pedagog tarbiyachilar bola nutqini rivojlantirishda aniq rejali yondashishi kerak bo'ladi.

Jadidchi olimlarda Mahmudxo'ja Behbudiyning shunday so'zlari bor: " Avval biz musulmon bo'laylik, o'z o'zbek tilimizni bilaylik, ana undan keyin ikkita emas, to'rtta tilni o'rganaylik." Bu til o'rganishga nisbatan sharqona qarashning namunasi bo'lsa, g'arbda ham til o'rganishga nisbatan bir qancha fikrlar mavjud.

Y.I. Tixeyeva o'zining ilmiy qarashlarida, bolalarni o'qitishda da&lab o'z ona tilisini o'rgatish, uni mukammal o'zlashtirishini maqsadga muvoffiq deb hisoblaydi.

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etishda, Maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda oila hamkorligi nihoyatda muhimdir. Bunda tarbiyachi-pedagog bolalarning ota-onasi bilan muloqotda bo'lishi kerak. Pedagog bolaning psixologik va fizologik holatini hisobga olib, ta'lim-tarbiya jarayonini olib borishi lozim. O'z-o'zidan buni qanday amalga oshirish mumkin degan savol tug'iladi. Avvalambor, tarbiyachi bola bilan

do'^ona munosabatda bo'lishi, uning ehtiyoji nimada ekanligini bilishi kerak. Bolani psixologiyasi va fizologiyasini o'rgangach, muammoning yechimini ham shunga qarab izlaydi. Keyingi bosqichda, metodlardan foydalangan holda, bolaning nutqidagi nuqsonini yo'qotishga kirishadi, uni so'zlashga o'rgatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati o'yin bo'lganligi sababli, o'yin davomida bolani to'g'ri talaffuzga tiniq gapirishga, gaplarni grammatik jihatdan to'g'ri qurishga o'rgatiladi.

Bolalar nutqining buzilishiga sabab bo'ladigan yana bir omil bu- badiiy til va sheva o'rtasidagi nomutanosiblikdir. Pedagogga qo'yilgan talablarga ko'ra, pedagog o'z nutqida, jargonlardan, shevadan foydalanishi qat'iyan man etiladi. Shu sababli tarbiyachi adabiy tilda gapirishi maqsadga muvofiqdir. Biroq shu yerda yana bir ziddiyat kelib chiqadi. Bola pedagogning nutqi orqali badiy tilda so'zlashishni o'rgandi, vaholanki oilada shevada muloqot qilish kuzatiladi. Bu bolada ikkilanishni yuzaga keltiradi. Bu jarayonda pedagogning ham shevada so'zlashishi muammoga yechim bo'la olmaydi. Keyinchalik maktabga chiqqandan so'ng ham qiynaladi. Chunki, bola o'qiyotgan adabiyotlar badiiy tilda yozilgan bo'ladi. Bu holat yuz bermasligi uchun, bola bilan imkon qadar badiy tilda gaplashish ko'cha so'zlardan foydalanmaslik muhim hisoblanadi. Bunda mas'uliyat ham ota- onaning ham tarbiyachining zimmasiga yuklanadi. Bolalarni badiiy tilga o'rgatishda ertaklar, she'rlar qo'shiqlardan foydalaniladi. Bu bolalarda badiiy til savodxonligini to'g'ri shakllanishiga yordam beradi. Ba'zan ko'z ilg'amas, arzimas bo'lib ko'ringan xatoliklar katta muammolarning ildiz otishiga imkoniyat yaratadi.

Nutq deganda biz faqatgina ravon so'zlashni emas, balki chiroyli, emotsiyalar bilan so'zlashni inobatga olishimiz kerak. Shu bilan birgalikda, odob doirasida, madaniyatli muloqot qilishni ham o'rganishimiz va o'rgatishimiz lozim.

Farzand tarbiyasi haqida so'z borganda, biz onani va pedagogni ma'sul qilib ko'rsatamiz, biroq bu borada otaning o'rni ham beqiyosdir. Masalan, uzoqqa bormay, hayotiy misollardan oladigan bo'lsak, ayrim otalar o'g'il farzandlariga so'kinish so'zlarini o'rgatishadi va bola buni o'rganib takrorlaganda kerilib xursand ham bo'lib qo'yishadi. Lekin bu birinchidan, bola nutqida aytadigan doimiy so'zga aylanadi va o'z tengqurlari hamda o'zidan kattalarga ham qaytaradi. Ikkinchidan, so'kinish bilan muloqot qilish bola tarbiyasiga juda salbiy ta'sir ko'rsatib, keyinchalik bolada axloqiy me'yorlarning buzilishiga sabab bo'ladi. Buning oldini olmaslik, qadriyatlarning toptalishiga hamda axloqsizlikning tup qo'yib, palak yozishiga imkoniyat yaratib beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbeki^on davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbeki^on, 2017. - B. 14. // Xalq so'zi. 2016 yil 15 dekabr. - № 247. - 2 b.

2. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. Mas'ul muharrir O'zbeki^on Respublikasi FA haqiqiy a'zosi M.M.Xayrullaev. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1975, 71-72 b.

3.Abu Nasr Forobiy. Risolalar. Mas'ul muharrir O'zbeki^on Respublikasi FA haqiqiy a'zosi M.M.Xayrullaev. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1975, 71-72 b.

4. Bespalko, V.P. O vozmojno^yax si^emnogo podxoda v pedagogike / V. P. Bespalko // Sovetskaya pedagogika, 1990. - № 7. - S. 59 - 62.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.