Научная статья на тему 'BOLALAR ORGANIZMINING O‘SISH VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI'

BOLALAR ORGANIZMINING O‘SISH VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7005
238
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rivojlanish / geteroxroniya / miya / eiziologik / morfologik / funksional / model / fiziologik / organizm / funksional tizim / afferent / sintez / akseptor / sistemogenez / spesifik / geteroxroniya / proporsiya / refleks / pubertatol / pubertat / akselerasiya / evolyusiya / ontogenez / klassifikasya / ratsionallik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saparniyozova Diyora Shodurdiyevna

ushbu maqolada bolalar organizmining o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari, tashqi muhitning o‘sish va rivojlanishga ta’siri, akselerasiya, yosh davrlari, tashqi muhitning o‘sish va rivojlanishga ta’siri haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR ORGANIZMINING O‘SISH VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI»

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali

№17

BOLALAR ORGANIZMINING O'SISH VA RIVOJLANISH

QONUNIYATLARI

Saparniyozova Diyora Shodurdiyevna

Termiz davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7546731

Annatatsiya: ushbu maqolada bolalar organizmining o'sish va rivojlanish qonuniyatlari, tashqi muhitning o'sish va rivojlanishga ta'siri, akselerasiya, yosh davrlari, tashqi muhitning o'sish va rivojlanishga ta'siri haqida bay on qilingan.

Kalit so'zlari: Rivojlanish, geteroxroniya, miya, eiziologik, morfologik, funksional, model, fiziologik, organizm, funksional tizim, afferent, sintez, akseptor, sistemogenez, spesifik, geteroxroniya, proporsiya, refleks, pubertatol, pubertat, akselerasiya, evolyusiya, ontogenez, klassifikasya, ratsionallik.

Bolalar o'sish va rivojlanishining muhim qonuniyatlariga, o'sish va rivojlanishning bir tekisda kechmasligini va tinimsizliklarini, hayotiy muhim funksional tizimlar va akselerasiyani ya'ni ularni yetilishidan oldin yuzaga keluvchi hodisalar - geteroxroniyalarni kiritish mumkin. I.A.Arshavskiy faqatgina turli yosh davrlarida organizmning fiziologik fimksiyalarni spesifik xususiyatlarini emas, balki shaxsiy rivojlanish qonuniyatlarini ham tushunish imkonini beruvchi asosiy omil sifatida «skelet muskullarining energetik qoidasini» shakllantirdi. Uning ma'lumotlariga ko'ra, turli yosh davrlaridagi energetik jarayonlarning xususiyatlari, hamda nafas va yurak tomirlar tizimining faoliyatining o'zgarishi va qayta shakllanishi ontogenez jarayonida yuqoridagi organlarga mos bo'lgan skelet muskullarining rivojlanishiga bog' liq bo'ladi.

A.A.Markosyan shaxsiy rivojlanishining umumiy qonunlariga biologik tizimlar ishonchliligini ham qo'shishni taklif etdi. Biologik tizimlarning ishonchliligi deganda, organizmdagi jarayonlarning boshqarilish darajasining, qaysini imkoniyatdagi zahiralardan favqulodda foydalanish natij asida yuqoridagi jarayonlarning (optimal) maqbul holatda kechishi ta'minlanishi va o'zaro almashinuvi natij asida yangi sharoitga moslashishini ta'minlovchi va juda tez ilgarigi holatga qaytish darajasi tushuniladi. P.K.Anoxin geteroxroniya haqidagi ta'limotni (funksional tizimlarning notekis yetilishi) ilgari surdi va undan sistemogenez haqidagi ta'limotni kelib chiqishini tushuntirib berdi. Uning ko'rsatishicha funksional tizimlar deganda turli lokalizasiyalangan tuzilmalarni keng ko'lamdagi funksional jihatdan qo'shilishi natij asida aynan shu paytda olinadigan oxirgi moslashish samarasi (masalan, nafas olish funksional tizimi, tananing bo'shliqdagi harakatini ta'minlovchi funksional tizim va h.z.) tushuniladi.

CMS

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali

№17

Funksional tizim, tuzilish jihatidan juda murakkab va o'z ichiga afferentli sintez, qaror qabul qilish, o'z-o'zidan harakat qilish va uning natijasi, effektor organlardan qayta afferentasiya va nihoyat akseptorli ta'sir, kutilgan natija bilan olingan samaralarni qiyoslashlarni qamrab oladi.

Afferentli tahlil, o'z ichiga asab tizimiga tushadigan turli turdagi tahlil qilingan axborotlarni, tahlil qilinganlarni qayta ishlashni oladi. Tushayotgan axborotlarni tahlil va umumlashtirish natijalari awalgi tajribalar bilan solishtiriladi.Akseptordagi harakat bo'lg' usi harakat modeli sifatida shakllanadi, bo'lg' usi natijalarni oldindan aniqlash yuz beradi va aniq natija bilan ilgari shakllangan model solishtiriladi.

Funksional tizimlar notekis yetiladilar, entogenetik rivojlanishning turli davrlarida organizmning moslashishini ta'minlab bosqichma-bosqich qo'shilib, almashinib turadi.

Bola organizmi jiddiy darajada uning rivojlanish yo'lini aniqlab beruvchi, bola organizmiga uzluksiz ta'sir ko'rsatuvchi, aniq sharoitda rivojlanadi. I.M.Sechenov ta'kidlaganidek «...organizm hayotini qo'llab turuvchi atrof-muhitsiz faoliyat ko'rsatishi mumkin emas, shuning uchun organizmning ilmiy asoslanishida organizmning atrof-muhitga ko'rsatadigan ta'siri ham hisobga olinishi zarur, chunki hayotda nima, muhitmi yoki tanani o'zi muhimmi degan savolni tug'ilishi uchun o'rin yo'q».Turli yosh davrlarida bola organizmidagi morfologik va funksional qayta o'zgarishlarning kechishi ko'plab genetik va atrof-muhit omillari ta'siriga uchraydi.

Xulosa qilib aytganda, bunday davrlarga bo'lish mezoni o'ziga xos kompleks belgilarni qamrab olgan; tana va organlarni o6lchamlari? og6irlik? skeletning suyaklanishi, tishlaming chiqishi, ichki sekretsiya bezlarining rivojlanishi, jinsiy yetilish darajasi va muskullarning kuchi va h.z. Bu chizmada o'g'il va qiz bolalarning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Ammo biologik yosh mezonlari haqidagi muammo, jumladan yoshga qarab davrlarga bo'lishning asosi bo6lib ko'rinuvchi ma'lum ahamiyatli axborot beruvchi ko'rsatkichlarni aniqlash kelgusida o'z yechimini kutmoqda.Har bir yosh davrlari o'zining spesifik xususiyatlariga ega.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Pedagogika. (Ma'ruzalar matni. Prof. N.Gaybullayev taxriri ostida). T. „Universitet". 1999.

2. O'zbekiston Respublikasining „Ta'lim to6grisida"gi Qonuni. T, 2020.

3. O'zbek pedagogikasi tarixi. (Ko'llanma. prof. A.Zunnunov taxriri ostida). T. „O'qituvchi". 1997.

4. R.Norqobilova, M.To'rayeva Importance of talent in child development. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. ISSN: 2776-0979, VOLUME 3, ISSUE 7?July. 2022 57-61.

CMS

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali

№17

5. R.D.Norqobilova, P.Nazarova. "Pedagogical Possibilities of education of young generation at Abu Rayhan Beruni teaching". Web of Sciencentific Research Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 6, June 2022. 1908-1911.

6. R.D.Norqobilova, S.Xoliyeva. "Eastern Scientists Views on Speech". Web of Sciencentific Research Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 6, June 2022. 1434-1437.

7. R.D.Norqobilova, S.Xoliyeva, M.Mamatmurodova. "The importance of people's oral creativity in the development of spech by primary school students". European Journal of Humanities and Educational Advancements, https: //www.scholarzest.com Vol.3 No.06, June 2022 2660-5589. 84-86

8. R.D.Norqobilova, S.Ibrohimova, M.Mamatmurodova. "Pedagogical and Psychological Factors of using the heritage of asian thinkers in the formation of cological thinking in primary school science". European Journal of Humanities and Educational Advancements, https: //www.scholarzest.com Vol.3 No.06, June 2022 2660-5589.81-83

9. R.D.Norqobilova, S.K.Zoirova, B.M.Tajimirzayeva. "Nigh spiritual generation-third reneissance builders". Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. ISSN: 2249-7315 Vol.12, Issue 05, May 2022.

10. R.D.Norqobilova. "Pedagogical basis of interdisciplinary communication in the educational process". International Journal on orange technologies. www.journalsresarchparks.org/index.php/IJOT e-ISSN: 2615-140|p-ISSN:2615-7071 Volume: 02 Issue:10|OCT 2020. 108-111.

11. R.D.Norqobilova. "Determining and developing students1 mother language ability as a social-pedagogical problem". JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal. Volume 8, Issue 10, Oct., 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. 7-10.

12. R.D.Norqobilova. "Indikatorlar asosida boshlang'ich sinf o'quvchilari faoliyatini diagnostika qilishning o'ziga xosligi". Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2022.

13. R.Norqobilova, S.Ibrohimova."Pedagogical and psychological factors of using the heritage of Asian thinkers in the formation of ecological thinking in primary school science classes". European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA). Available Online at: https://www.scholarzest.com .Vol. 3 No. 06, June 2022. ISSN: 2660-5589

14. R.D.Norqobilova. "Methods of improving the mechanisms of diagnosing the mother language ability of primary class students". The role of science and innovation in the modern world. 139-143. 2022

CMS

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali ^ №17

15. R.D.Norqobilova. "Methods of Forming Beautiful Writing Skills in Primary School Students". International Journal of Development and Public Policy. |e-ISSN: 2792-3991| www.openaccessjournals.eul Volume: 1 Issue: 7 181-183.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.