Научная статья на тему 'BOLALAR NUTQI BUZILISHINING PSIXOLOGIK SABABLARI'

BOLALAR NUTQI BUZILISHINING PSIXOLOGIK SABABLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
505
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
differensial / logofobiya / funksional dislaliya / motor alalaiya / skrining diagnostikasi.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Qodirova Barchinoy

Ushbu maqola orqali bolalarning nutq nuqsonlariga sabab bo‘ladigan psixologik omillar va ularninng salbiy ta’sirlarini kamaytirish orqali nutq nuqsonlarini samarali bartaraf etish bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR NUTQI BUZILISHINING PSIXOLOGIK SABABLARI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yil

BOLALAR NUTQI BUZILISHINING PSIXOLOGIK SABABLARI

Qodirova Barchinoy

Nukus davlat pedagogika instituti maktabgacha ta'lim fakulteti maxsus pedogogika: logopediya

ta'lim yo'nalishi 3-v kurs talabasi

bqodirova18@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10035135

Annatatsiya. Ushbu maqola orqali bolalarning nutq nuqsonlariga sabab bo'ladigan psixologik omillar va ularninngsalbiy ta'sirlarini kamaytirish orqali nutq nuqsonlarini samarali bartaraf etish bayon etilgan.

Kalit so'zlar: differensial, logofobiya, funksional dislaliya, motor alalaiya, , skrining diagnostikasi.

Psixologiya, - degan edi L. S. Vigotskiy - birinchidan, aniq amaliy bo'lib - ta'lim va tarbiya, bolaning rivojlanishi, mehnat faoliyati haqidagi fan bo'lishi lozim. Faqat shu vazifagina psixologiyani tirik va kerakli fanga aylantirishimumkin". Psixologiya umuman ruhiyatning, xususan inson ruhiyatining namoyon bo'lishi, rivojlanishini o'rganuvchi sohadir. Bolalarning har biri o'ziga xos psixologik-pedagogik xususiyatlarga ega, ularni psixologik-pedagogik o'rganish strategiyalarini aniqlash birinchi o'rinda turadi. Rivojlanish buzilishining har bir turi o'ziga xos psixologik tuzilishga ega. Shuning uchun har qanday nuqsonlar sababini aniqlashda psixologik tekshiruvlar olib boriladi. Bolalar rivojlanishida kuzatiladigan har qanday nuqsonlar psixologik sabablari ham bo'ladi. Bunga asosan psixodiagnostik tekshiruvlarni bejizga birinchi navbatda qo'yishmagan Shularni inobatga olgan holda bolalar rivojlanishidagi nutq nuqsonlarni psixodiagnostik tashxislash uch bosqichda amalga oshiriladi.

- skrining-diagnostika;

- differensial diagnostika;

- individual-tuzatish

Har bir bosqichning o'z vazifalari bo'lib, skriningdan ko'zlangan asosiy maqsad - bolaning psixologik rivojlanishi davridagi turli nuqson va kamchiliklarni erta aniqlash, bolaning rivojlanishidagi psixologik-pedagogik muammolarni bartaraf etish uchun unga umumiy ta'lim muassasalarida sharoit yaratishni tashkil qiladi. Skrining o'tkazishdagi muhim masalalardan biri sub'ektning shaxsiy xususiyatlari va emotsional holatini o'rganish hisoblanadi. Differensial diagnostika rivojlanish nuqsonini aniqlaydi va uning natijalari bolaning qobiliyatiga xos bo'lgan ta'lim shakllarini aniqlaydi va Differensial tashxis psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyada amalga oshiriladi. Individual-tuzatish bosqichi bolalardagi ijobiy xususiyatlarni, ayniqsa, bolaning shaxsiyati, ya'ni tasavvuri, nutqi, ijtimoiy va shaxsiy muammolarini aniqlashni o'z ichiga oladi. Ko'pchilik nuqsonlar yuzaga kelishi psixologiyaga bog'liq bo'lgani uchun avvalo psixologik sabablarni aniqlab bartaraf etish katta ahamiyatga ega. Misol uchun psixologik bosimlar natijasida ko'pgina nutq nuqsonlari, aqliy va ruhiy kasalliklar kelib chiqadi.

Nutq nuqsonlariga misol qilib: duduqlanish, nutqning to'liq rivojlanmasligi, funksional dislaliya, mator alaliya kabi nutqning fonetik, grammatik, leksik buzilishlar kabilarni o'z ichiga oladi. Bunday buzilish - psixik-ijtimoiy sabablari: ommaviy va majmuali depressiya; ota-onalar tomonidan diqqat-e'tiborning sustligi; bolalarga nisbatan qattiqqo'llik; oila va aholi intellektual saviyasining pastligi; oiladagi ajralishlar; fojiali vaziyat (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy); ruhiy-pedagogik tashxis va korreksiyaning sifati, hajmi va hozirgi zamon talablariga javob bermasligi

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

hisoblanadi. Har bir bolaning eng birinchi ta'sir muhiti uning oilasi hisoblanib, psixologik ta'sirlar ham aynan shu muhitdan boshlanib salbiy omillarga ya'ni nutq nuqsonlariga olib keladi. Shuning uchun har bir logoped birinchi o'rinda psixologik ta'sirni qanchalik ahamiyatli ekanligini ota-onalarga yetarlicha tushuntirish kerak. Bola nutqining rivojlanishi uchun aynan ota-onaning nutqi namuna bo'ladi. So'nggi yillarda psixologik omillar xavfi ortib bormoqda. Shu sababli bolalarning ilk yoshidanoq psixonevrolog nazoratida bo'lishiga e'tibor kuchayib boshladi boshlandi. Ilk yoshlarda bolani onadan ajratish b a 'zan m iya faoliyatining og'ir buzilishlarini keltirib chiqaradi va keyinchalik hissiy turg'unlikning buzilishi, o 'z navbatida nutq kam chiliklari bilan murakkablashishi mumkin bo'lgan xulq -atvor buzilishlarining rivojlanishiga asosiy sabablardan biri bo'lib qoladi. Bola hayotining keying davrlarida psixoloiyasiga ta'sir qiladigan tashqi muhit salbiy omillardan himoyalash ota-ona va maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachi, pedogog-logopedlar vazifasi hisoblanadi. Bolaning ulg'ayishi va rivojlanishiga qarab, tashqi muhit ta'sirlarining o'sib borishi hisobiga ko'payuvchi psixik travma oluvchi vaziyatlar doirasi birmuncha kengayadi. Bular tengdoshi yoki kattalar bilan mojoroli munosabat, haddan tashqari jazolash, qo'rqitish, cho'chish (qo'rqinchli hayvonning to'satdan paydo bo'lishi, „qo'rqinchli filmni tomosha qilish, „qo'rqinchli"ertak) va boshqalarni o'z ichiga oladi. Misol tariqasida hozirda keng tarqalgan psixolog ta'sirlar oqibatida kelib chiqadigan duduqlanish nutq nuqsonini olaylik. Duduqlanish nutq nuqsoni soni ko'payib borayotgani bugungi kunda psixologik salbiy ta'sirlar ko'p uchrayotganidan darak beradi. Shu sababli muammoning yechimini topishda kasallik keltirib chiqaradigan omilni kamaytirish kerak. Duduqlanuvchi bola o'z nuqsonini anglagach, odamlardan uzoqlashishga va nutqiy muloqotdan qochishga harakat qiladi. Buning natijasida bola nutqi umuman sutlashib qolishiga olib keladi. Duduqlanishni keltirib chiqaruvchi asosiy asab buzilishi -bu logofobiya. Logofobiya - nutqdan, muloqotdan qo'rqish ma'nosini bildiradi. Logofobiya duduqlanuvchining barcha shaxs xususiyatlariga ta'sir etadi va uning xulqida salbiy o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Logofobiya bola ruhiyatiga shu darajada qattiq ta'sir etadiki, hatto duduqlanish bartaraf etilgandan keyin ham o'z asoratlarini qoldiradi. Ayrim ota-onalar duduqlanuvchi farzandlari bilan xuddi bemorlarga bo'lgandek munosabatda bo'ladilar. Ular bolalarning ko'ngillariga qaraydilar, hamdardlik bildiradilar. Bunda bolalarda nevroz rivojlanishi mumkin. Duduqlanish faqat psixologik sabablardan emas balki, balki genetik va boshqa sabablar orqali kelib chiqadi. Muhimi bu va boshqa nuqsonlarni psixologik tomondan karreksiyalsh samarali natija beradi. 2018-yilgi xalqaro amaliy tadqiqot mualliflarining fikriga ko'ra, duduqlanishni davolash dasturiga ong meditatsiyasini qo'shish ba'zi odamlar uchun foydali bo'lishi mumkinligi aniqlangan.

Shunday qilib bolalarda rivojlanadigan har qanday nuqsonga ma'lum bir darajad psixologik ta'sirlar sababchi bo'ladi. Ayniqsa, nutq nuqsonlarida hamda bularni davolashda ham psixologik yondashuv samarali natija beradi. Bularning barchasini oldini olish uchun esa psixologik salbiy omillar ta'sirini kamaytirish kerak.

REFERENCES

1. Ayupova MY "Logopediya" Toshkent - 2019

2. Mo'minova L.R "Maxsus psixologiya" Toshkent 2016 y

3. Po'latxo'jayeva M.R. "Defektologiyaning klinik asosalari" Toshkent 2013

4. Po'latova M.P "Maxsus pedogogika" Toshkent 2014

5. Speech disorders - children: MedlinePlus Medical Encyclopedia

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

6. Stanford Medicine Children's Health - Lucile Packard Children's Hospital Stanford (stanfordchildrens.org)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.