Научная статья на тему 'BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U ORKESTR JAMOALARINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI'

BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U ORKESTR JAMOALARINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
176
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbek xalq cholg‘u orkestri / ijrochilik / bolalar musiqa va san’at maktablari / ansambl / kompozitor / repertuar / Uzbek folk orchestra / performance / children's music and art schools / ensemble / composer / repertoire

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zoxidova, Guzal Erkinjanovna

O‘zbek xalq cholg‘u ijrochiligi betakrorligi, o‘ziga xosligi, ohanglarning jozibadorligi bilan kishini o‘ziga jalb etadi. Milliy cholg‘ularimizdan tashkil topgan o‘zbek xalq cholg‘u orkestr ijrochiligining hozirgi kundagi bolalar musiqa va san’at maktablarida olib borayotgan faoliyati, uni tashkillash jarayonida uchrayotgan muammolar madaniyat sohasida muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF ORGANIZING UZBEK FOLK INSTRUMENT ORCHESTRA TEAMS IN CHILDREN'S MUSIC AND ART SCHOOLS

The performance of Uzbek folk instruments attracts people with its uniqueness, originality, attractiveness of melodies. The current activities of the Uzbek folk orchestra consisting of our national instruments in children's music and art schools, as well as the problems encountered in the process of its organization, are of great importance in the field of culture.

Текст научной работы на тему «BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U ORKESTR JAMOALARINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARIDA O'ZBEK XALQ CHOLG'U ORKESTR JAMOALARINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI

Zoxidova Guzal Erkinjanovna

Farg'ona davlat universiteti "San'atshumslik" fakulteti Musiqa ta'limi va san'at yo'nalishi 2- bosqich magistranti

O'zbek xalq cholg'u ijrochiligi betakrorligi, o'ziga xosligi, ohanglarning jozibadorligi bilan kishini o'ziga jalb etadi. Milliy cholg'ularimizdan tashkil topgan o'zbek xalq cholg'u orkestr ijrochiligining hozirgi kundagi bolalar musiqa va san 'at maktablarida olib borayotgan faoliyati, uni tashkillash jarayonida uchrayotgan muammolar madaniyat sohasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: O'zbek xalq cholg'u orkestri, ijrochilik, bolalar musiqa va san 'at maktablari, ansambl, kompozitor, repertuar

Исполнение на узбекских народных инструментах привлекает своей неповторимостью, самобытностью, притягательностью мелодий. Текущая деятельность узбекского народного оркестра в составе наших национальных инструментов в детских музыкальных и художественных школах, а также проблемы, возникшие в процессе его организации, имеют большое значение в сфере культуры.

Ключевые слова: узбекский народный оркестр, выступление, детские музыкально-художественные школы, ансамбль, композитор, репертуар.

The performance of Uzbek folk instruments attracts people with its uniqueness, originality, attractiveness of melodies. The current activities of the Uzbek folk orchestra consisting of our national instruments in children's music and art schools, as well as the problems encountered in the process of its organization, are of great importance in the field of culture.

Keywords: Uzbek folk orchestra, performance, children's music and art schools, ensemble, composer, repertoire

Bugungi kunga kelib san'at va madaniyat sohasiga bo'lgan e'tibor siyosat darajasiga ko'tarildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2022-yil 2-fevraldagi «Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida»gi PQ 112-sonli qaroriga asosan 2023/2024

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish maqsadida kamida uchta milliy cholg'uda ijrochilik ko'nikmasini egallash belgilandi.[1] Ushbu qarorga muvofiq bolalar musiqa va san'at maktablarida ham cholg'u ijrochiligini yuqori darajaga ko'tarish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda cholg'u ijrochiligida jamoa bo'lib ijro etishni yo'lga qo'yish ya'ni o'zbek xalq cholg'u ansambli va orkestrlari faoliyatini rivojlantirish dolzarb muammolardan biridir. Mazkur maqolamizda bolalar musiqa va san'at maktablarida o'zbek xalq cholg'u orkestr jamoalarini tashkil etish muammolari Farg'ona viloyatidagi bolalar musiqa va san'at maktablari misolida yoritiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Orkestr (qadimgi yunoncha orchestra - yunon teatrida sahnaning old maydonchasi) - turli musiqa cholg'u asboblarini chaluvchilardan tuzilgan va ular uchun yaratilgan asarlarni birgalikda ijro etuvchi sozandalar jamoasi. Orkestr kamer ansambldan dirijor tomonidan boshqarilishi va ba'zi partiyalar yakka sozlarda emas, balki sozandalar guruhi tomonidan ijro etilishi bilan farqlanadi. Sozlarning turlari va tuzilishiga ko'ra, orkestlar simfonik orkestr, xalq cholg'u asboblari orkestri, kamer orkestr, puflamalar orkestri, torli cholg'ular orkestri, estrada orkestri, jaz orkestri va boshqa turlarga bo'linadi. O'zbekistonda orkestrlarning barcha turlari mavjud [3].

O'zbek xalq cholg'ulari orkestri - orkestr turi, o'zbek milliy cholg'ulardan tashkil topgan bo'lib beshta guruhdan iborat:

1. Puflama cholg'ular guruhi

2. Torli urma cholg'ular guruhi

3. Torli chertma (mizrobli) cholg'ular guruhi

4. Urma zarbli cholg'ular guruhi

5. Torli kamonli cholg'ular guruhi

O'zbekistonda birinchi xalq cholg'ular orkestri 1937-yil Nikolay Mironov tashkil etgan « Nota orkestri»dir. Mazkur jamoa O'zbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs Katta ansambli (rahbar T. Jalilov) sozandalaridan qaror topdi. Tarkibi an'anaviy xalq cholg'ulari, fortepiano, truba, trombondan iborat bo'lib, repertuaridan qayta ishlangan "Qarinavo", "Segoh" kabi o'zbek mumtoz kuylari hamda chet el kompozitorlarining ommabop musiqa namunalari o'rin olgan. 1938 yilda O'zbek davlat filarmoniyasi qoshida O'zbek xalq cholg'ulari orkestri tashkil topdi. Asoschisi — A. Petrosyans. Mazkur jamoa tarkibiga dastlab an'anaviy (nay, qo'shnay, surnay, g'ijjak, doira, nog'ora kabi), so'ngra qayta ishlangan (12 pog'onali teng temperatsiya

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilingan tenor va bas changlari, afgon va qashqar ruboblari, dutor) hamda yangitdan yaratilgan (rubob prima, dutor bas, g'ijjak-kontrabas va boshqalar) sozlar kiritilgan. Repertuaridan M. Burhonov, S. Aliyev, S. Gabrielyan, B. Giyenko va boshqalar tomonidan qayta ishlangan o'zbek xalq kuylari, O'zbekiston kompozitorlari (S. Boboyev, Sayfi Jalil, G'. Qodirov, F. Nazarov, T. Qurbonov, F. Alimov va boshqalar) yozgan uvertyura, rapsodiya, poema, konsert va simfoniya kabi yirik shakldagi asarlar hamda chet el mualliflari (P. Sarasate, P. Chaykovskiy, G.Sviridov kabi)ning ommabop musiqa asarlari o'rin olgan. 1957-yil O'zbekiston radiosi qoshida Xalq cholg'ulari orkestri tashkil etildi. Asoschisi, birinchi badiiy rahbari va bosh dirijyori -D. Zokirov (1986-2000 yillarda - M. Bafoyev, 2002 yildan H. Rajabov). Ijro uslubida ko'p ovozli musiqa tamoyillari bilan milliy musiqa an'analari uyg'unlashgan. Orkestr tarkibida sozanda sifatida faoliyat ko'rsatgan bastakorlar (M. Mirzayev, F. Toshmatov, K. Jabborov, F. Sodiqov, S. Kolonov, X. Jo'rayev va boshqalar) orkestr uchun ko'pgina asarlar yaratishgan. Repertuaridan, shuningdek, D. Zokirov, T. Jalilov, S. Yudakov, S. Hayitboyev, M. Bafoyev va boshqa o'zbek kompozitorlari asarlari asosiy urin olgan. 1991-yil "So'g'diyona" o'zbek xalq cholg'ulari kamer orkestri tashkil topdi (asoschisi - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, professor F. Abduraximova). Repertuaridan qayta ishlangan o'zbek kuylari hamda zamonaviy o'zbek kompozitorlari asarlari o'rin olgan. Mazkur jamoa chet el mamlakatlarida (AQSH, Ispaniya va boshqalar) gastrolda bo'lgan.[5]

O'zbek xalq cholg'ulari orkestri o'zbek xalq milliy musiqasi, kompozitorlik ijodi va jahon kompozitorlari asarlarini ham o'zbek xalq cholg'ulariga moslashtirib professional darajada ijro eta oladi. Shunisi diqqatga sazavorki, hozirgi kunda o'zbek xalq cholg'ulari orkestrlarida zamonaviy estrada musiqiy namunalari ham ijro etib kelinmoqda.

Bolalar musiqa va san'at maktablarida o'zbek xalq cholg'ular orkestri uchun repertuarlar F. Abdurahimova U. Yunusovlar ham muallifligida yaratilgan orkestr sinfi darsligi, bolalar musiqa va san'at maktablari o'qituvchi va jo'rnavozlari uchun M. B. Muhiddinova tomonidan ochilgan telegramm kanali orqali taqdim etilayotgan ko'plab kompozitorlar asarlari partituralardan foydalanib kelinmoqda. Biz shunchaki, o'zbek yosh kompozitorlarimiz eng avvalo o'zimizni o'zbek xalq cholg'ulari orkestri uchun asarlar yaratilish jarayonini birinchi o'ringa qo'yib, O'zbek xalq cholg'ulari orkestri repertuarini eng yuqori darajaga ko'tarilishi tarafdorimiz. O'zbek xalq cholg'ulari, xususan, ko'p ovozli orkestr ijrochiligi yo'lida hali juda ko'p qilinadigan ishlar bor. Xozirgi cholg'ularimiz va ijrochiligimiz ham o'z - o'zidan paydo bo'lib qolgan emas. O'zbek xalq cholg'ularini yanada sifatini yaxshilash, ijrochilik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

maxoratini oshirish, yangi uslubiyat va repetuarlarni boyitish, biz kabi ijodkor yoshlardan izlanish, o'z ustida tinmay mehnat qilishni taqazo etadi.

Bolalar musiqa va san'at maktablarida o'zbek xalq cholg'u orkestrini tashkillashdagi muammolar- musiqa maktablarda kadrlar yetishmasligi va cholg'uchilarning kamligidir. Xozirda ayrim maktablarda chang, nay, prima rubobi, afg'on rubobi, dutor bass, dutor kontrabass, g'ijjak bass, g'ijjak kontrabass kabi cholg'ular bo'yicha kadrlar yetishmasli sababli orkestrni tashkillashda orkestr rahbarlari shu kabi muammolarga duch kelmoqdalar. Yana bitta muammolardan biri orkestrda cholguchi o'quvchlarning yetishmasligi. Bu kabi sabablar orkestrni tashkillashda, yoki tashkillangan holatda ham orkestr sayoz bo'lib qolishiga sabab bo'lmoqda. Bu kabi muammolarni yechimini topish uchun asosiy e'tibor har yili avgust oyida bolalar musiqa va san'at maktablarida bo'lib o'tadigan qabul jarayonlarida jamoaviy - orkestr, ansambl kabi darslarni xisobga olgan holda o'quvchilarni qabul qilishlari lozim. Ya'ni orkestrga qaysi cholg'ular yetishmasa shu cholg'uga o'quvchilarni qabul qilish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Orkestrni to'liq tashkillash va boshqarish orkestr rahbari-dirijordan katta mas'uliyat talab etadi. O'quvchilarni orkestr darsiga qiziqtira olish ham o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liq bo'lib buning natijasida orkestr ijobiy tarzda tashkillanadi va rivojlanadi. Xozirgi kunga kelib yosh avlodni musiqaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish va iste'dodli yoshlarni izlab toppish hamda ularni qo'llab quvvatlash maqsadida ko'plab tanlovlar tashkillangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 31-maydagi 3022-sonli qaroriga asosan tayyorlangan bolalar musiqa va san'at maktablari orkestr, ansambl va ijodiy jamoalarning Respublika ko'rik-tanlovlari dasturi ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq bu ko'rik tanlovlar har yili o'tkazilib kelinmoqda.[2] Bundan tashqari Milliy cholg'ular ko'p ovozli ansambl va orkestrlarning «Navro'z sadolari» nomli masofaviy xalqaro web musiqa ko'rik festivali ham o'tkazilib kelinmoqda.

Bugungi kunda taralayotgan milliy musiqa cholg'ular ohanglaridan tinglab baxramand bo'lmoqdamiz, ana shu xazinadan tarbiya olmoqdamiz. Biz ajdodlarimiz qoldirgan musiqiy merosini, musiqa ilmining tarixini, tarbiyaviy ahamiyatini mustahkam poydevorga qiyoslaymiz. Ana shu poydevor mavjud ekan musiqa shaxs ruhiyatining eng kerakli ma'naviy ozuqasi bo'lib abadiy yashaydi. Bugungi zamonaviy ijrochidan musiqani nozik tushunish, ijro etilayotgan asarning yoki tinglayotgan biror kuy va qo'shiqlarning mazmuni, shakli, xarakterini anglagan holda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ijro etishi yoki tinglashi uning qay darajada komil va barkamol inson ekanligidan dalolat beradi. Albatta bunda har bir ustoz tarbiyasi birlamchi vazifasi hisoblanadi. Agar ustozlarimiz shu tamoilda faoliyat yuritsalar, kelajakdagi yosh avlodning to g'ri yo'ldan borayotganliklarini kafolatli deya olamiz va ko'zlangan natijalar o'z ijobiy samaradorligini beradi degan umiddamiz.[4]

Umimiy xulosa sifatida aytish mumkinki o'zbek musiqasi san'atining har - bir yo'nalishlarida o'z ijodiy faoliyatlarini olib borayotgan mo'jizakor yoshlar, kelajakda biz yuqorida ta'kidlab o'tgan muammolarga chek qo'yib, o'z kasbining mohir ijrochisi bo'lib kamol topishiga, milliy cholg'ularimiz sexrli ohanglarini butun dunyo sahnalarida jarang sochishida pedagoglarning o'rni alohida ahamiyatga ega bo'lib, maxsus musiqa ta'limining boshlang'ich bo'g'ini hisoblangan bolalar musiqa va san'at maktablaridagi dars jarayonlarini to'g'ri tashkil etishdan boshlash zarur deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. 02.02.2022-yildagi PQ-112 -sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 1- bet

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi 3022-sonli qarori

3. Turdiyeva Sultonabegim Bitiruv malakaviy ishi

4. Internet web sahifasi Xalq cholg'ulari orkestri https: // uz.m.wikipedia.org Ozoda Toshmatova

5. F. Abdurahimova , U. Yunusov «Orkestr sinfi» G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-manbaa ijodiy uyi Toshkent - 2016

6. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

7. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

8. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

9. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриёти.

10. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

11. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

12. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

13. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

14. Dilorom, N., & Tohirovna, A. Z. (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1(C2), 3638.

15. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.