Научная статья на тему 'BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIDA OILAVIY MUHITNING TARBIYAGA TA‟SIRI'

BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIDA OILAVIY MUHITNING TARBIYAGA TA‟SIRI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIDA OILAVIY MUHITNING TARBIYAGA TA‟SIRI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIDA OILAVIY MUHITNING

TARBIYAGA TA'SIRI

G. K. Arslonova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar vamaktabgacha ta'lim fakulteti

o'qituvchisi, O'zbekiston gulsoraarslonova@gmail.com

M. M. Xafizova

Talaba, TIPI

Farzand -oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi, jamiyatning hayotbaxsh kuchi. Farzand umr mevasi, oila faxri, kelajagi, baxtidir. Ammo tarbiya nihoyatta mashaqqatli ish bo'lib ota-onalar bolalar tarbiyasida har doim ham istagan natijalarga erishavermaydilar. Ota-onalar bolalarni oilada faoliyatini to'g'ri tashkil qilishda avvolo oiladagi ota-ona tarbiyasi muvoffaqiyatli bo'lishi zarur. Ota-onalar bolaning nazarida obro'ga ega bo'lishi kerak, busiz tarbiya bo'lishi mumkin emas. To'g'ri tarbiya-bizning baxtli kelajagimiz, yomon tarbiya-bizning kelajakdagi qayg'u-xasratimiz, bizning ko'z yoshlarimiz, bizning boshqa kishilar oldidagi, butun jamiyat oldidagi aybimizdir. Ota-onalar bolalarga tarbiya berar ekanlar bo'ljak kasb egalari,bo'lg'usi ota-onalar shaxsini tarkib toptiradiar: buning muvoffaqiyatidan faqat ularning o'zlari emas, balki umuman jamiyat manfaatdordir..

Har bir shaxs oilada tug'ilib ijtimoiy hayotga mana shu o'z koshonasi orqali kirib borar ekan, demak shaxs tarbiyasining ibtidosi deb uning ona ko'ksidalik payti, ya'ni homila payiti-yu va u tug'ilgandan atrof muhitni qamrab olgan uni mana shu hayotga olib kelgan oilasi va ota-onasining ilk tarbiyaviy ta'sirlarini aytish joizdir.

Quyosh erta tongda yarqirab chiqib kelar ekan, to'g'ri u hammaga o'z nurini birdek sochadi. Ammo bu nurdan har xil bahramand bo'layotganlar, uning nuridan ham har xil miqdorda olishadi va olish qodirliklari ham har xil bo'ladi. Aynan mana shuni unitib, biz ko'p yillar hamma bola tabiatdan bir tug' iladi, hamma oshpaz ham davlatni boshqarishga qodir deb keldik. Buyuk o'zbek xalqi oddiy so'zlar bilan nihoyatda buyuk fikrni aytib keldi, ya'ni besh qo'l baravar emas. Lekin oramizda hali hamon besh qo'lini baravar deb tushunayotgan va hali hamon hammani tenglashtirmoq umidida yurgan, nafaqat, ota-onalar, qolaversa: ko'plab tarbiyachilar ham topilib turadi.

159

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Ota-onalar o'rtasidagi bu tushunmovchilik bola taqdiriga nihoyatda katta ta'sir qilib, hatto uni ko'p hollarda ma'naviy majruh, jismo niy injiq ham qilib, qo'yishi mumkin va buning misolini hayotida ko'plab ko'rishi mumkin.

Yosh bolani qo'g'irchoqdek kiyintirib qo'yib uning umrida biror bir oyogini loyga botirishga ijozat bermagan ota-ona o'z farzandidan erkin fikrlovchi insonning yetishtirib chiqara olmaydi. Qattiq nazoratda o'sgan bola o'sha qoidani biluvchi bo'lishi mumkin, ammo uni qoidani o'ta joyiga qo'yib ijro qiluvchi deb tushunmaslik kerak. Odatda qattiq siquvda o'sgan bolalar mustaqillikni umuman unutgan, shijoatsiz, doimo orqasiga qarab turadigan kishilar bo'lib o'sishadi. Ular biror ish qilsa, umr bo'yi biror kishi kelib hozir qattiq tanqid qilib puchga chiqaradi, yelkasini qisib yashashadi. Chunki biror bir kishining qilgan ishi biror maratoba ham yuz foiz boshqa kishilarga yoqavermaydi. Shunday ekan, nimaga biz o'z bolamizdan uning qilgan ishlari to'liq bizga yoqishini talab qilamiz. Ahir, u ham shaxs, uning ham o'z didi, ko'zi, his-tuyg'usi bor va ular biznikidan farq qiladi va qilishi kerak. Aks holda dunyo bir shaklga kelib qolgan bo'lar ediku.

Qattiq siquvda farzand ostiradigan ota-onalarning fojeasi ham mana shunda. Ruxshunoslarning aytishicha qattiq siquvda o'sgan bola siquv susaygan paytdanoq ozodlik chegarasiz deb tushunadi va surunkali xatolarga yo'l qo'yadi. Xato ustiga xatolar qiladi bu bilan qattiq siquv tarafdori b o'lgan ota-onasiga yana bir dalil beradi. Ota-ona esa bolani mustaqil hayotga o'rganmasidan emas, uning "Odam bo'lmaganidan" nolib kattakon insonni yosh bola sanab umri o'tadi.

Bobolarimizning hayotiy va bizga qoldirgan nazariy bilimlariga tayanar ekanmiz, yon atrofimizdagi ko'plab odamlarning xatti-xarakatini, qilgan qiliqlarini, qolaversa fe'lu faoliyatini yaxshigina tushunganday bo'lamiz. Oddiy misolni olaylik, bola tug'ilishi oldidan, bola tug'ilgandan keyin oilada ichkilikka mubtalo bo'lgan ota-ona bor bo'lsa, tabiiy holda zaruriyat asabi nochor tug' ilish hafi juda katta. Oliy asabiy faoliyati nochor bolalar, aytish mumkinki, birinchi hayotiy yoki boshqa qiyinchilikda asabiy kasallikka mubtalo bo'lib qolishi tayin bunday bolalar jizzaki, gap ko'tarmas, urishqoq yoki ruhiy kasalliklardan duduqlik, indamaslik va boshqa dardlarga chalinib qolishi mumkin. O'z o'rnida bunday bolalarning tarbiyasi ilgaridan alohida yo'nalishda olib borilishi, asabiy zo'riqishdan keyin esa maxsus mutaxasisslar nazorati va maslaxati bilan amalga oshirilishi lozim.

Bunday bolalarni bazi hollarda ancha sog'lom bolalarni tarbiya jarayonida ota-onalar asosiy kasalliklarga duchor qilib qo'yishlari mumkin.

Ma'lumki, tarbiya va ta'lim shaxs hayotiga ruhiy ta'sir sifatida juda katta kuch sanaladi. Tarbiya va ta'limdan zo'riqish esa odatda bolani salbiy kasalliklarga olib kelishi hayotda uchrab turadigan holat.

160

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Tarbiyashi qiyin bolalar birinchi o'rinda irsiy, ruhiy, jismoniy kamchiliklar bilan tarbiyachilarga mushkulliklar tug'dirsa, o'z o'rnida ularning ayni ilk hayotiy qadamlarida juda ehtiyot bo'lmoq kerak.

Shaxs irodasi atrof muhit qonun-qoidasini o'ziniki qilishda asosiy xususiyat rishtasidir.

Yana shuni aytib o'tish kerakki, oilada mana bunday nofaol tarbiya ta'sirida o'sgan bolalar hayotda o'zlari ham nofaol kishilar bo'lib yetishadilar. Ular faoliyatida shiddat yetishmaydi. Bunday tarbiya va tajribasizlik bolani jamiyatda oyoqqa turishi uchun qiyin kechadi.

References / Adabiyotlar

1. Zununov A., Oilada bola shaxsini shakllantirish. -Toshkent: O'zbekiston" 2006. 111-b

2. R.To'raqulova.Oilada sog'lom muhit va reproduktiv madaniyat. -Toshkent: 2002. 123-b

3. To'rayeva. Bola aziz odobi undan aziz. -Toshkent: "Oqituvchi" 1996. 44-b.

4. Bolalarnong maktabga psixologik tayyorgarligi. -Toshkent: "O'qituvchi' 2003. 66-b.

5. M. Voxidov. Bolalar psixologiyasi. -Toshkent: "Ukituvchi" 1882. 35-b.

6. Е. G'oziyev. Psixologiya (pedagogik). -Toshkent: "O'qituvchi" 1994. 88 b.

7. N.M. Aksarina. Gudak bolalar tarbiyasi. -Toshkent: Meditsina. 1983. 55-b.

8. N.V. Latipova. Kichkintoy tarbiyasi. -Toshkent: Meditsina. 1989. 134-b.

161

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.