Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
OILADA TARBIYA ASOSLARI
Zarnigor G'iyosboy qizi Abdurahmonova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
Ushbu maqolada "Oilada tarbiya asoslari" tushunchasi, farzand shakllanishida oila a'zolarining o'rni va ahamiyati, farzandni mustaqil shaxs sifatida tarbiyalash hamda oila tarbiyasida diniy qarashlar mavzusi yoritib berilgan.
Tayanch so'zlar: Oila, oilaviy muhit, farzand tarbiyasi, tarbiya turlari, nazorat, oilada ota-ona haqqi, farzand haqqi.
O'zbek xalq pedagogikasida tarbiyaning turli metod, vositalaridan foydalaniladi. Ular nihoyatda rang-barang. Xalq pedagogikasida qo'llanilgan xilma-xil tarbiya turlari borligi uchun ham yosh avlod ko'plab yutuqlarga erishadi va o'z yo'lini topadi. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo'lga qo'yilar ekan, o'shi oila yoki mahalla gullab-yashnaydi. Oiladagi muhit ota-ona o'z mas'uliyatlarini his qilishi bilan barqaror bo'ladi. Oiladagi qo'pol munosabatlar ya'ni yolg'on gapirish, yoqimsiz hatti -xarakat bola tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan nosog'lom muhitni keltirib chiqaradi.
Oila tarbiyasining barcha turlarida - munosabat eng asosiy poydevor vazifasini bajaradi. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta'minlab, ota -onalarda o'ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xusan farzandlarning bevosita ta'siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi. O'zaro aloqalari mazmuni boyib boradi. Real hayot mohiyatini chuqur anglash ya'ni farzandlar kamoloti kelajagi timsolida o'z umri davomiyligi farovonligini qurish holati ro'y beradi. Oila a'zolarining ma'naviy sifatlarga ega bolishi, unda ma'naviy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bolishida oila tarbiyasi asosiy vazifani bajaradi, Oilada qaror topgan sog'lom ma'naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk barkamol bo'lib voyaga yetishi uchun beqiyos ahamiyatga egadir.
Vaqt o'tgan sari oilaviy tarbiya qiyinlashib boraveradi. Chunki jamiyat taraqqiy etib borar ekan, har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ham ortadi. Bu esa oilada bolaga jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, g'oyaviy hamda jinsiy ta'lim berish, ularda ko'nikma va malakalarni shakllantirish kerakligini anglatadi.
Farzand oilaning jamiyatning yuzi. Farzandning tarbiyasi, axloqi, dunyoqarashi go'zal bo'lsa, undan aqlli, mehribon, mustaqil - ona, ishbilarmon, jasur, qo'rqmas, vijdonli - ota, muhimi, iymonli, yetuk insonlar yetishib chiqadi. O'z-o'zidan ma'lumki,
ANNOTATSIYA
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
bunday insonlar ma'naviyatli, madaniyatli jamiyatini yuzaga keltiradi va barchaga o'rnak bo'ladi. Shunday ekan, farzand ota-onaning biznes loyihasi bolishi kerak emas. Farzand bu dunyoga umidlarimiz ushalishini ta'minlash va bizning qoidalarimiz boyicha yashash uchun kelmaydi. Uning ham hayotda o'zining vazifalari bo'ladi. Shu ma'noda, farzand - bu bizning faqatgina davomchimiz emas, balki mustaqil shaxs hamdir. Bolaga alohida shaxs sifatida qarab, unga ishonch bildirish, mustaqil qo'yish mihimdir.
Farzand uchun ota-onalar hamma narsani hal qilsalar, albatta, zo'r amalga oshadi.Shuning uchun ham ota-onalar bolaning yo'lida uchragan hamma qiyinchiliklarni o'zlari hal qiladilar, lekin bolaga har doim ham tez yordam berish uchun bu bola doimo ularning yonida bo'lishi kerak bo'ladi. Qiyinchiliklarsiz yashash evaziga bola o'z ozodligi va mustaqilligi bilan to'lashiga to'gri keladi. Lekin u bolani qo'rqitmaydi. Kun kelib, ota-ona hayotdan ketadi va bola yolg'iz qoladi. Yoshi bo'yicha katta inson, lekin shunchalar ojizki...
Aslida, ota-onalarning vazifasi bolaning qiyinchiliklarni hal qilishga yordam berish, zo'r berib bu qiyinchiliklarni yengib o'tishni o'rgatishdir. Bu huddiki chiniqishga o'xshaydi. Agar shunday tarbiya bo'lsa, bola necha yosh bo'lishidan qat'iy nazar, qiyin vaziyatlarga uchraganda ozini qo'lga olib: "Hechqisi yo'q, buni ham hal qila olaman", deb aytadi. Ota-onalarning nazorati har xil bo'ladi. Himoya qiluvchi, yo'naltiruvchi, bo'luvchi, g'ashga teguvchi, o'zidan itaruvchi nazorat turlari bo'lishi mumkin. Ota-onalar vaqtida nazoratni susaytirishni eplay olmasa, nazorat birinchi turdan boshqa turga o'tishi mumkin. Ikki yoshli bola kun davomida nima yeyishini ona nazorat qilishi oddiy va tabiiy hol, ayniqsa, unda allergiya bo'lsa. Mana endi bola yetti yoshga to'ldi va uni sinfdoshining tug'ilgan kuniga taklif qilishdi. Atrofda bolalar ko'p, hammayoq shovqin-suron va xursandchilikka to'la. Bolalar bir-bir stol yoniga kelib biror nima yeyishga olib yana o'ynashga chopib ketishadi. Onalar berilib suhbat qurishadi. Faqatgina bir ona bolasini nazorat qilish bilan mashg'ul: stoldan zararli, allergiya qo'zg'atuvchi biror narsa olib qo'yishi mumkin emas-da. "Bolam hozirgina nima olding?! Konfetni joyiga qo'yib qo'y! Bo'lmasa biz hoziroq ketamiz!" Bolaning har bir qadami onasi tomonidan nazoratga olinadi. Nazorati davomida " Stol ustidan menga bildirmay konfet olib qochsang ko'rasan!" deb ham qo'yadi. Balki bu safar bu ishni bajarish o'g'lining qo'lidan kelmas, lekin aniq aytishim mumkinki, bu o'yin keyingi safar ham davom etadi. Uning nazorati g'ashga tegishni boshlaydi va onani boladan uzoqlashtiradi.
Ota-onalar bola tarbiyasi oson ish emasligini anglashlari kerak. Yoshlikdagi tarbiya bolaning kelajak hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bolalar tarbiyasiga mas'ul shaxslar, ota-onami yoki muallimmi, tarbiyaga qattiq e'tibor
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
berishlari shart. Avvalgi musulmonlar farzandlariga ilmda yetuk, xulqi go'zal va chiroyli uslubi bilan tanilgan muallimlarni tanlashadi edi.
Johiz rahmatullohi alayh aytadi: "Uqba ibn Abu Sufyon farzandini murabbiyga berayotib: Bolamning islohida birinchi qiladigan ishing - o'zingni isloh qilish bo'lsin. Chunki ularning ko'zlari sening ko'zlaringga bog'langan. Sen chiroyli deb bilgan amal -ularga ham chiroyli, yomon deb bilgan amal - ularga ham yomon ko'rinadi. Ularga hakimlar siyratini, adiblar axloqini o'rgat. Ularga meni salobatli qil. Ularga kasalini bilib, keyin davosini qiladigan tabiiy kabi bo'l. Menga uzr aytadigan ish qilma. Chunki senga ishonganman", dedi.
Yana bir haqqi, ota-ona o'ziga to'q bo'lsa ham, ularning nafaqasini yaxshilash, nafaqa berib turish, ularni so'rashga muhtoj qilmay yoki minnat qilmay izzat ko'rsatishdir. Ota-onalari zaiflashgan qartaygab vaqtlarda farzandlari ularni haqqini ado qilishlarini Islom birinchi o'ringa qo'yadi. Islom shariati qodir farzandlarni ojiz bo'lgan ota-onalar haqqini kafolatga olishga hukm etadi. Ishni farzandlarning o'zlariga topshirib qo'ymagan, balki bu kafolatni ularga farz qilganki, agar vaqtida vafo qilmasalar ham baribir qazosi vojib bo'ladi.
Shunga ko'ra, ota-ona tomonidan yaqin qarindoshlik aloqasi bor kishilardan ham aloqani uzmaslik vojibdir. Yana ota-ona haqlariga hayot vaqtlarida ham vafotlaridan keyin ham duoda bo'lib turish kerak. Oila tarbiyasiga tegishli bo'lgan ota-ona haqlari dan tashqari farzandning ham haqlari bordir. Bunday haqlarning ado etilishi oilaning havas qilarli darajada yetuk bo'lishini ta'minlaydi. Farzandning haqlari quyidagilardir: -Nikohning asl maqsadlaridan biri ham nasl-nasabini saqlashdir. Busiz oila ham, jamiyat ham bo'lmaydi. Farzandning ota-onasi nikohdan o'tgan, halol-pok yashagandagina nasabi aniq va pok bo'ladi.
-Islom bola haqida u hali dunyoga kelmasidan ancha oldin, oila qurishga tayyorgarlik ko'rilayotgan paytdan boshlab qayg'ura boshlaydi. "Talxays" nomli kitobda Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Sizlar o'z nuftangizga munosib jufti halolini ixtiyor qilinglar. O'zingizga munosiblarga nikohlaning va ularga nikohlab bering".( Ibn Moja va Dora Qutniy rivoyat qilishgan.)
Alloh taolo Baqara surasida: "Onalar farzandlarini to'liq ikki yil emizurlar. (Bu) emizishni batamom qilmoqchi bo'lgan kishi uchundir", degan. (233 - oyat) Bolagaga munosib ism tanlash, aqiyqa, qulog'iga azon va takbir aytish, yangi tug'ilgan bolaning tanglayini ko'tarish, homiylik, valiylik, nafaqa, bolaga mehribonlik ko'rsatish, bolalar orasida adolat qilish va balog'atga yetganidan so'ng uylantirib oilali qilib q oyish kabilar ham bolaning haqlaridir.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Pedagogika / J. Hasanboyev, X.A. To'raqulov, I.Sh. Alqarov, N.O'. Usmanov. T.:" Noshir ", 2011.
2. Pedagogika / U.I. Inoyatov, N.A. Muslimov, D.I. Ro'ziyeva, M.H. Usmonboyeva. T.: 2016.
3. Islomda oila: muammo va yechimlar / M.Ahmad. T.: "Azon kitoblari" , 2022.
4. Ruhiy tarbiya - 3-juz, Xulqlanish / Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. T.:"Hilol-Nashr", 2021.
5. "Dangasa ona"ning katta kitobi / Anna Aleksandrovna Bikova. T.: "Taffakkur tomchilari", 2021.
6. Shaxsiyat va harakter rivojlanishida farzand tarbiyalash siri / Adem Gunesh. T.: "Tasnim", 2022.
7. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
8. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671
9. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
10. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.
11. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.
12. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.
13. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.
14. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.
15. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
16. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.
17. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.
18. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.
19. Khaydarov S.A. (2019). Use of products of the fine arts in teaching history of Uzbekistan. International Journal of Research. 6(03).40-44
20. Khaydarov S.A. (2020). Pedagogic and didactic possibilities of using miniature works in historical lessons. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 24(8). 1475-1792
21. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).
22. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
23. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).
24. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.
25. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
26. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
27. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
28. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).
29. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
30. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
31. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
32. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
33. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
34. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
35. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
36. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).
37. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
38. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).
39. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).
40. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).
41. Амиркулович, X. С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ У^ИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).
42. Амиркулович, X. У. (2021). ТАРИХ ДАРСЛАРИНИ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА МИНИАТЮРАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЙУЛЛАРИ. Scientific progress, 1(3).
43. Хайдаров С. (2021). Узбекистон тарихини укитишда миллий миниатюрадан фойдаланиш (Бобурнома мисолида). Academic Research in Educational Sciences. 2 (7). 760-764.