APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
/
■ i.
jM
Iff f %g
law, FINANCE AND
jglpUED SCIENCES
INTERNATIONAL GENESIS AND EVOLUTION OF CHILD
RIGHTS Karimova Dilafruz Ravshanovna
International Islamic Academy of Uzbekistan Associate Professor of the Department of International Relations and
Social Sciences, Ph.D. https://doi.org/10.5281/zenodo.10929519
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 29th March 2024 Accepted: 03rd April 2024 Online: 04th April 2024
KEYWORDS Child, law, genesis, evolution, ancient Rome, ancient Mesopotamia, England, ancient France, Germany, Grand Duchy of Lithuania, ancient India, ancient China, Africa.
This article analyzes the international genesis and evolution of children's rights. It contains the oldest international legal sources on children's rights. In particular, the history of children's rights has been researched in ancient Rome, ancient Mesopotamia, England, ancient France, Germany, the Grand Duchy of Lithuania, ancient India, ancient China, and Africa.
BOLA HUQUQLARINING XALQARO GENEZISI VA EVOLYUTSIYASI
Karimova Dilafruz Ravshanovna
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, yu.f.d.
tel: +998909633171 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10929519
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 29th March 2024 Accepted: 03rd April 2024 Online: 04th April 2024
KEYWORDS Bola, huquq, genezis, evolyutsiya, qadimgi Rim, qadimgi Mesopotamiya,
Angliya, qadimgi Fransiya, Germaniya, Buyuk Litviya knyazligi, qadimgi Xindiston, qadimgi Xitoy, Afrika.
Ushbu maqolada bola huquqlarining xalqaro genezisi va evolyutsiyasi tahlil etilgan. Unda bola huquqlariga oid eng qadimgi xalqaro huquqiy manbalar o'rganilgan. Jumladan, qadimgi Rim, qadimgi Mesopotamiya, Angliya, qadimgi Fransiya, Germaniya, Buyuk Litviya knyazligi, qadimgi Xindiston, qadimgi Xitoy va Afrika kabi mamlakatlar hududida bola huquqlari tarixi tadqiq etilgan.
Ma'lumki, bugungi kunga kelib xalqaro huquq tizimida voyaga yetmaganlar alohida huquq va erkinliklarga ega shaxslar sifatida jamiyatning alohida g'amho'rlik talab etadigan qatlami deya e'tirof etilib, oldingi davrga qaraganda ularning huquq va erkinliklari doirasi keskin raishda ortganligini kuzatamiz. Lekin uzoq o'tmishga nazar tashlaydigan bo'lsak, bolalar
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
hozirda qanday huquqlarga ega bo'lsalar, u davrda bunday haq-huquqlarning ko'pidan mahrum bo'lganlar. Hattoki, qadimda ko'pchilik mamlakatlarda bolalarga hech qanday huquqlarga ega bo'lmaganlar. Masalan, Rim huquqida bolaga oilaning xususiy mulki sifatida qaralib, uning hayotiga tegishli barcha masalalarni bolaning hech qanday roziligisiz oila boshlig'ining o'zi hal etgan. Bugungi kunda ko'pchilik mamlakatlarning milliy huquq tizimi Rim huquq tizimidan kelib chiqqanligi sababli ko'pchilik davlatlarda bolaga oilaning mulki sifatida munosabat bildirish hozirga kadar saqlanib kelayotganligini kuzatish mumkin1. Insoniyat tarixida bolaning eng asosiy huquqi - yashashga bo'lgan huquqi jiddiy muammo uyg'otgani sir emas. Eng qadimgi davr hayoti aks etgan ma'lumotlarga qaraganda, bolalarning hayotiga jiddiy e'tibor berilmagan. Asosan oila boshlig'i, ya'ni ota yangi tug'ilgan farzandidan voz kechish-kechmaslik huquqiga ega bo'lib, bu qilmishi uchun u na huquqiy va na ahloqiy jihatdan javobgarlikka tortilmagan. Hayoti «qil ustida» turgan bunday jabrdiyda bolalar guruhini asosan nikohsiz tug'ilgan bolalar, tashlandiq bolalar, nosog'lom bolalar va huquqbuzar-jinoyatchilar ta'sirida o'sayotgan, jabr chekayotgan bolalar tashkil etgan2.
Eng qadimgi ilk davlatchilik shakllanayotgan davrda bola huquqlariga oid munosabatlar bolaning yoshidan qat'iy nazar kattalarning (aksariyat hollarda otaning) mutlaq hokimiyatiga tayangan. Misol uchun, Qadimgi Rimni olib qaraydigan bo'lsak, ota hattoki, yangi tug'ilgan go'dakni yashaydimi yo'qmi xal etgan, uni tashlab yuborish huquqiga ham ega bo'lgan. Ota o'z bolalarini o'z mulki sifatida ko'rgan va ularni qul qilib sotishi ham mumkin bo'lgan. Keyinchalik esa otaning bu cheksiz hokimiyati asta kuchsizlanib borgan. Dionisiy Galikarnasskiyning (mil. av. 30 yil) yozishicha, yangi tug'ilgan chaqaloqlarni tashlab yuborish (jux exponendi) (agar bola nogiron bo'lmasa) Romul tomonidan taqiqlangan. Albatta, bu ahloqiy-diniy xarakterga ega bo'lgani uchun «jux exponendi» keyinchalik ham takrorlanavergan. Nihoyat, imperator Konstantinning buyrug'iga binoan otalarning o'z bolalarini yashashini hal etish huquqi bekor qilingan, bola o'ldirish qotillik bilan tenglashtirilgan.
Qadimgi Mesopotamiya qonunchiligida ham oila munosabatlarida otaning mutlaq hokimiyatga egaligini kuzatish mumkin. Otaning oilada xukmronligini suiste'mol qilishi jazolanmagan, ammo farzandlar qilmishlari uchun judda qattiqqo'llik bilan jazolanganlar: «Agar bola otasini ursa, uning barmoqlari kesilishi kerak. Agar boqib olingan bola uni voyaga yetkazgan otasi yoki voyaga yetkazgan onasiga «Sen mening otam emassan» yoki «sen mening onam emassan» desa, buning uchun uni tili kesilishi kerak» (Xammurapi qonunlari, par.192, 195). Lekin, shunga qaramasdan, Xammurapi qonunlarida (mil.av. 1792-1750 yillar) sog'liq, uzoq umr va bolalar mol-mulk va boylikdan ustun qo'yilgan. Qadimgi Mesopotamiyada insonning farzandlari bo'lmasa hayoti to'kis hisoblanmaganligi bois, bola o'g'irlash va bolalarni almashtirib qo'yish qattiq jazolangan (Xammurapi qonunlari, 14, 194).
Angliyaning feodal oila huquqiy munosabatlari (Etelbert haqiqati VI, Ine haqiqati VII asr, Alfred haqiqati IX asr, Knut qonunlari XI asr) patriarxal xarakterga ega bo'lib, oilada ota to'liq xukmronlikka ega edi. Angliyada XII asrda Genrix II ning qonuni bo'yicha, nikohsiz homilador
1 Виктория Шмидт. Традиционний и альтернативний дискурси понимания прав ребенка.Чехия. http://www.nasЫ_deti.ш/Nbrary/статьи
2 Козлова Т.В. Первое право ребенка. Право на жизнь и здаровое разкитие. Министерство здравоохранения Российской Федерации. http://www.adm.samara.ru/organs_vlast/organi_pravitelstvo/upolnomochennij_po_pravam_rebe
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
bo'lgan har bir ayol, bu haqda hukumatga aytishi shart bo'lgan. Agar u xukumatga xabar bermagan, agar bola sababidan qatiy nazar nobud bo'lgan bo'lsa, u ayol o'lim jazosi bilan jazolangan.
Qadimgi Fransiyaning shimoliy va janubiy qismlarida bola huquqlari masalasida vaziyat turli hil bo'lgan. Mamlakatda (XVI-XVII asrlarda) ota hukmronligi o'ziga hos bolalarga vasiylik qilish sifatida qaralgan va bu bolalar voyaga yetgunlariga qadar davom etgan. Rimning janubiy qismidagi oilaviy munosabatlarda esa rim huquqining ta'siri kuchli bo'lgani bois, otaning xukmronligi cheksiz edi. Hatto, o'rta asrlarga kelib ota tarbiyasiz farzandini qamoq jazosi bilan jazolash uchun qirollik ma'muriyatiga murojaat etish huquqi ega bo'lgan. V-VI asrlardagi Fransiya qonunchiligida (Lex Salica) aytilishicha:
«Paragraf 1. XXIV. Agar kim 10 yoshgacha bo'lgan bolani yashashdan maxrum etsa, 24 000 den. ya'ni 600 sol. jarima to'lash bilan jazolanadi.»
«Paragraf 4. Agar kim bolani ismga ega bo'lmasdan, ona qornidaligidanoq hayotidan mahrum etsa va bu isbotlansa, ushbu shaxs 4 000 den. ya'ni 100 sol. jarima jazosi bilan jazolansin.»
Germaniyada o'rta asrlarda ota xukmronligi Rim davlati singari kuchli bo'lmagan bo'lsada, lekin oilada ota barcha masalalarni xal etishda ustunlik qilgan. O'rta asr Germaniya huquqi (Karolina, 1525 yil) quyidagicha bo'lgan:
«Agar ayol qasddan, berkitib va o'z xoxishiga ko'ra o'z farzandining joniga qasd qilsa, u xolda odat bo'yicha u tiriklayin ko'milsin va jazolansin»
«Agar kimki xomilador ayolning xomilasini qasddan, zararli ovqat yoki ichimlik bilan tushirib tashlasa, shuningdek, kimki, ayol yo erkakni qasddan va g'arazli maqsadlarda bepusht qilgan bo'lsa, u xolda erkak boshini tanasidan judo qilish yuli bilan, ayol esa xatto u o'zini shunday qilgan bo'lsa ham cho'ktirish yoki boshqa yo'llar bilan qatl qilinsin».
Buyuk Litviya knyazligiga XVI asrlarda kirib kelgan Belarusiyadagi yangilanish va gumanizm g'oyalari ta'sirida butun yevropa kontinentida muhim huquqiy xujjat hisoblangan uch Statut (1529, 1566 va 1588 yillar) qabul qilindi. Bu hujjatda bolalar va ota-onalar o'rtasidagi munosabatlar inson hayotining qadrini tan olgan xolda tartibga solingan:
1529 yilgi Buyuk Litviya knyazligi Statuti: «13. Agar o'g'il otani urgan yoki haqorat qilgan bo'lsa yoki boshqa usulda xafa qilgan bo'lsa, ota u bolani merosdan maxrum qilishi mumkin. Xuddi shunday onaga ham».
«7.14 bo'lim. Agar kim otasi yoki onasini joniga qasd qilgan bo'lsa, u sharmandalarcha o'lim jazosiga xukm qilinsin».
«11.10 bo'lim. Agar kim ochlikdan o'z farzandini qul sifatida sotsa, bu shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi».
Xindistonda (Manu qonunlari, mil.av. II asr- II asr) farzandlar asosiy boylik sifatida e'tirof etilgan (Manu qonunlari, IX, 52-55 ). Bolaning haqiqiy otasi kim bo'lishidan qat'iy nazar, bolaning onasi ayni paytda nikohda bo'lgan shaxs uning konuniy otasi hisoblangan. Bolalar oldi-sotdisi gunoh hisoblansada, lekin ruxsat etilgan. Ammo bu bilan bolalar qulga aylanib qolishmagan, hadya qilingan yoki sotilgan bolalar yangi oilada yaqin qarindosh maqomiga ega bo'lardilar (Manu qonunlari, XI, 69).
Qadimgi Xitoy huquqida oila egasi oilaning barcha ishlariga rahbar sifatida qaralgan. Qadimda ota katta o'g'lidan boshqa, barcha bolalarini sotish huquqiga ega bo'lgan. Oilada katta
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
o'g'il boshqa farzandlarga nisbatan ko'plab imtiyozlarga ega bo'lgan. Oila munosabatlarida ham, boshqa sohadagi jinoyatlarda ham jazolashda bolalarning oilada katta-kichikligiga ahamiyat berilgan (Li Szi, birinchi kitob). Oiladan ruxsatsiz alohida ajrab chiqib yashashga, oilaning mulkining bir qismini o'zlashtirishga uringan farzandlar jazolanganlar.
Tropik Afrikada ham boshqa qadimgi davlatlar singari ota bolalari ustidan mutlaq hokimiyatga ega bo'lgan. Oilada bolalar o'rtasida ya'ni, qiz va o'g'illar orasida ajratishlar bo'lmagan, lekin o'g'illar katta bo'lgach, oila boshlig'i sifatida ish ko'rishlari va oilaning avloddan-avlodga o'tib kelayotgan rasm-rusumlarini davom ettirish majburiyati yuklatilgan3.
Demak, yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, qadimgi davrda barcha davlatlarda ham oilaviy huquqiy munosabatlarda ota mutlaq xukmronlikka ega bo'lgan va oilada bolalar to voyaga yetgunlariga qadar (ba'zi mamlakatlarda voyaga yetganlaridan keyin ham) otaning xususiy mulki maqomida bo'lgan. Lekin, ijobiy tomoni shundaki, barcha davlatlarda ham ota va onalar o'z bolalarini katta bo'lgunlariga qadar boqish, parvarish qilish, kasb o'rgatish va shu kabi g'amxo'rliklarni qilib kelganlar.
References:
1. Виктория Шмидт. Традиционний и альтернативний дискурси понимания прав ребенка.Чехия. http://www.nashi_deti.ru/library/статьи
2. Козлова Т.В. Первое право ребенка. Право на жизнь и здаровое разкитие. Министерство здравоохранения Российской Федерации. http://www.adm.samara.ru/organs_vlast/organi_pravitelstvo/upolnomochennij_po_pravam_ rebe
3. По материалам Министерства юстиции Республики Беларусь. http://mir.pravo.by/library/section_3/istorpravdetey
3 Каранг: По материалам Министерства юстиции Республики Беларусь. http://mir.pravo.by/library/section_3/istorpravdetey