Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI QONUNLARDA AYOLLAR O’RNINING AHAMIYATI'

TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI QONUNLARDA AYOLLAR O’RNINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
292
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Matriarxat / Bobil shohi Xamurappi kodekslari / 30 min tungiz (Ossuriya birligi) / 20 darra / Qadimgi Xett qonunlari / Qadimgi Ossuriya qonunlari / Qadimgi Falastin / Qadimgi Hindistonning qonunlari / Apastamba / Manu qonunlari / Axtarvavedap. / Matriarchy / Hamurappi codes of the king of Babylon / 30 min night (Assyrian unit) / 20 lashes / Ancient Hittite laws / Ancient Assyrian laws / Ancient Palestine / Ancient Indian laws / Apastamba / Manu laws / Akhtarvavedap

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sug’diyona Zarbek Qizi Raimberdiyeva

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o’rganishimizda, juda boy arxivga ega bo’lgan Qadimgi qonunlarda ayollarning o’rni haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE ROLE OF WOMEN IN ANCIENT LAWS IN THE STUDY OF HISTORY

The article discusses the role of women in the ancient laws, which have a very rich archive, as we study the sources on the history of the Ancient East.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI QONUNLARDA AYOLLAR O’RNINING AHAMIYATI»

www.scientificprogress.uz

TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI QONUNLARDA AYOLLAR

O'RNINING AHAMIYATI

Sug'diyona Zarbek qizilRaimberdiyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o'rganishimizda, juda boy arxivga ega bo'lgan Qadimgi qonunlarda ayollarning o'rni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Matriarxat, Bobil shohi Xamurappi kodekslari, 30 min tungiz (Ossuriya birligi), 20 darra, Qadimgi Xett qonunlari, Qadimgi Ossuriya qonunlari, Qadimgi Falastin, Qadimgi Hindistonning qonunlari, Apastamba, Manu qonunlari, Axtarvavedap.

THE IMPORTANCE OF THE ROLE OF WOMEN IN ANCIENT LAWS IN

THE STUDY OF HISTORY

Sugdiyona Zarbek qizilRaimberdieva

1st year student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The article discusses the role of women in the ancient laws, which have a very rich archive, as we study the sources on the history of the Ancient East.

Keywords: Matriarchy, Hamurappi codes of the king of Babylon, 30 min night (Assyrian unit), 20 lashes, Ancient Hittite laws, Ancient Assyrian laws, Ancient Palestine, Ancient Indian laws, Apastamba, Manu laws, Akhtarvavedap

KIRISH

Insoniyat tarixida uzoq davom etgan matriarxat davrida, hammamizga ma'lumki, onaning mavqeyi baland bo'lgan. Keyingi asrlarda ham ba'zi hududlarda saqlangan bo'lsa, ba'zilarda ayollarga nisbatan biroz shavqatsiz munosabatlarga amin bo'lamiz. Qadimgi davrlarda rivoj topib, yuksalgan davlatlarning qonunlarida ayollarning o'rniga to'xtalamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bobil shohi Xamurappining kodekslarida nikoh ahdida agar xotin o'z eridan yuz o'girsa er xotiniga qullik tamg'asini bosib, uni sotib yuborish huquqiga ega bo'lgan. Xotinning mol-mulki cheklab qo'yilgan deyiladi. Xamurappi kodedekslariga ko'ra er-

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

www.scientificprogress.uz

xotin vafodorligi buzilgan tqdirda, erga beriladigan jazo bilan xotinga beriladigan jazo farq qilgan. Agar er vafodorlikni buzsa, xotin o'z sepini olib otasining uyiga qaytib ketishi mumkin bo'lgan, ammo xotin vafodorlikni buzib qo'ysa unday xotinni suvga tashlash lozim bo'lgan. Bundan tashqari beva qolgan xotin o'z mol-mulkiga butunlay egalik qila olmagani haqida kodekslarda qayd etib o'tilgan. Xamurappi qonunlarida ayollarga nisbatan shavqatsiz jazolar qo'llanilganini ko'rishimiz mumkin. Masalan, Tablisa-A 7-moddasida shunday deyiladi: Agar ayol o'z erini qo'l bilan ursa, uni eri tasdiqlasa, u eriga 30 min tungiz (Ossuriya birligi) berishi va 20 darra qamchilanishi kerak, ba'zi hollarda esa bunday jinoyatlarga qo'l urgan erkak ayollarning barmoqlari qopiladi.

MUHOKAMA

Ayollarning eriga tobeligi haqidagi kodeksni Tablisa-A 45-moddasida aytiladi, er bedarak yo'qolib ketgan taqdirda, agar uni qaynota yoki o'g'li bo'lmasa 2 yil o'z erini kutishi, agar shu vaqt ichida uni eri kelmasa u xizmat qilgan joy yoki saroy ahliga aytishi va ularni boqishi kerak, ayol esa ularga ishlashi shartdir deb qo'yilgan. Ayollar o'sha davrda ko'chaga boshyalang chiqmasliklari shart bo'lgan, albatta, ular boshlari hatto o'zlari bilan ham o'ralgan holatda yurishlari yakka ko'chaga chiqmasliklari, chiqsa ham o'z xo'jayinlari bilan chiqishi haqidagi qonun 40-moddada uchraydi. Qadimgi Xett davlatining qonunlarida ayol kishini eri o'lsa, uning akasiga nikohlangan, u ham o'lsa, otasiga otasi ham o'lsa, akasining o'g'illariga nikohlab berilgan. Shuningdek, Xett qonunlarida "xotinning bahosi" degan maxsus termini uchraydi, bu esa qizlarni sotish odatidan darak beradi. Bu odat asrlar davomida qattiq saqlanib kelgandir. Qadimgi Ossuriya qonunlarida xotin-qizlarning huquqini himoya qilmagan deyish mumkin. Ossur ayoli eridan beruxsat ro'zg'ordagi mulkni boshqara olmagan. Agar xotin biron narsani uydan olib chiqsa, bu o'g'ri hisoblanib, eri uning quloqlarini kesishga haqli bo'lgan. Shuningdek, Ossur ayoli eri o'lganidan keyin ham uning ixtiyorida qolgan va erini qarindoshlaridan biriga tegishga majbur bo'lgan. Oilasida 10 yoshdan katta erkak bo'lmagan taqdirdadagina ayol to'la beva hisoblanib, keyingi hayotini o'zi hal qilgan deyiladi. Qadimgi Ossur qonunlarida ayollarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo'lgan deyishimiz mumkin. Masalan, oila boshlig'ieri o'z qizini, ayolini urishi, qiynashi mumkin xattoki shu haqida alohida bir moddada keltirib o'tadi, lekin ayoli erini ursa uni qattiq jazolagan, bu jazo o'limdan iborat bo'lgan. Yana ayollar cho'ri hisoblanib, ular xohlagan ko'yga solingani haqida qonunlarda aks etgan.

NATIJA

Qiz tug'ilganidan boshlab o'z otasiga cho'ri hisoblangan, ota o'z qizini cho'rilikka ham sota olgan, shu bilan birga qonunda muayyan "qizlarning bahosi"

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

ko'rsatib berilgan. Qadimgi Falastin qonunlarida qallig' uchun qizning otasiga yoki aka-ukalariga alohida to'lov qilinishi haqida ma'lumotlar mavjuddir. Qadimgi Hindiston oilasida xotin va bolalar er va otaning tug'ma qullari hisoblanganlar. Shu tufayli ota o'z qizini cho'ri qilib sotishi huquqiga ega bo'lgan. Manu qonunlarida qiz bola, yosh juvon yoki keksa xotin hatto, o'z uyida ham o'z ixtiyoricha hech narsa qilmasligi kerak. Qiz bola bolaligida o'z otasiga, yoshligida o'z eriga, eri o'lgandan keyin o'g'lidan ajralib turishga hech qachon intilmasligi kerak deyiladi. Bordi-yu ularni tashlab ketar ekan, u har ikkala oilaning nafratiga duchor bo'lgan. U otasi yoki ota ruxsati bilan akasiga kimga xotinlikka berishni ma'qul ko'rsa, o'sha kishiga itoat etmog'I lozim.

XULOSA

Apatamba qonunlarida aytilishicha, nikohning "asura" deb atalgan formasi h bo'lib, bunda qizni ochiqdan ochiq sotganlar. Manu qonunlarining boshqa moddalarida, xotin xudoni hurmat qilgani kabi o'z erini ham hurmat qilishi kk, deb ko'rsatilgan. Xotin-qizlar meros olish huquqidan mahrum qilingan. Apastamba qonunlarida merosxo'r orasida beva xotinlar tilgan olinmaydi. Eri o'lib beva qolgan xotinlar erlarining ketidan o'zlarini gulxanga tashasinlar deb, talab qilingan. Beva xotinning o'z-o'zini o'ldirish odati Atxarvavedada ham tilga olingan.

REFERENCES

1. V.I. Abdiyev Qadimgi Sharq tarixi. Toshkent-1964.

2. D.G.Reder. E.A.Cherkasova Qadimgi Dunyo tarixi. I qism. Yu. C. Krushkol tahriri ostida. Toshkent- 1974.

3. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

4. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

5. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

6. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

7. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

8. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

9. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

10. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хдссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Х,алк;аро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

11. Хдйдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муй;алами. Хал;аро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.

12. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

13. С. А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.

14. Хайдаров.С. (2021). Ра;амли таълим мухдтида тарих дарсларида талабалар билимини назорат ;илиш воситалари ва методлари. Хал;аро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.