Научная статья на тему 'RIM HUQUQINING TARIXIY AHAMIYATI'

RIM HUQUQINING TARIXIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Digestlar / rim huquqi / “XII jadval qonunlari” / vorislik huquqi / Yustinian kodeksi / meros huquqi / Digests / Roman law / "Laws of Table XII" / inheritance law / Justinian Code / inheritance law.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Saidov Shoxruxxon Muzaffarovich, Qodirova Go‘Zal Qodir Qizi

Ushbu maqolada mulkiy munosabatlar, ashyoviy huquqlar, turli bitimlar, shartnomaga asoslangan va asoslanmagan majburiyatlar, meros huquqi va boshqa masalalarga asos boluvchi rim huquqining vujudga kelish asoslari haqida so‘z yuritib, mavzu doirasida bir necha takliflar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL SIGNIFICANCE OF ROMAN LAW

This article talks about the foundations of Roman law, which is based on property relations, material rights, various agreements, contractual and non-contractual obligations, inheritance law and other issues, and several suggestions are put forward within the scope of the topic.

Текст научной работы на тему «RIM HUQUQINING TARIXIY AHAMIYATI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

HISTORICAL SIGNIFICANCE OF ROMAN LAW

Saidov Shokhrukhan Muzaffarovich

In the name of Mirzo Ulugbek National University of Uzbekistan Department of "Legal Sciences". manager etc Kadirova Gozal is the daughter of Kadir

National University of Uzbekistan, Faculty of Social Sciences, Jurisprudence: business law major, 2nd year student https://doi.org/10.5281/zenodo.11241668

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 14th May 2024 Accepted: 21th May 2024 Online: 22th May 2024 KEYWORDS Digests, Roman law, "Laws of Table XII", inheritance law, Justinian Code, inheritance law.

This article talks about the foundations of Roman law, which is based on property relations, material rights, various agreements, contractual and non-contractual obligations, inheritance law and other issues, and several suggestions are put forward within the scope of the topic.

RIM HUQUQINING TARIXIY AHAMIYATI

Saidov Shoxruxxon Muzaffarovich

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti "Xuquqiy fanlar" kafedrasi mudiri v.v.b Qodirova Go'zal Qodir qizi O'zbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti, Yurisprudensiya: biznes huquqi yo'nalishi, 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11241668

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 14th May 2024 Accepted: 21th May 2024 Online: 22th May 2024 KEYWORDS Digestlar, rim huquqi, "XII jadval qonunlari", vorislik huquqi, Yustinian kodeksi, meros huquqi.

Ushbu maqolada mulkiy munosabatlar, ashyoviy huquqlar, turli bitimlar, shartnomaga asoslangan va asoslanmagan majburiyatlar, meros huquqi va boshqa masalalarga asos boluvchi rim huquqining vujudga kelish asoslari haqida soZ yuritib, mavzu doirasida bir necha takliflar ilgari surilgan.

Rim huquqi - qadimgi Rim davlatining huquq tizimi va ayni vaqtda boshqa huquq tizimlarining rivojlanishiga ta'mal toshi bo'lgan huquqiy tizimdir. Unda mulkiy munosabatlar, ashyoviy huquqlar, turli bitimlar, shartnomaga asoslangan va asoslanmagan majburiyatlar, meros huquqi va boshqa masalalarga oid qoidalar mukammal ishlab chiqilgan1. Huquqshunos olim V.Topildiyevning "Rim huquqi" darsligida ushbu huquq tizimi XXV asr avval Rim quldorlik davlati mahsuli bo'lganligi, bugungi kunda mavjud huquq sohalarining negizini belgilab berganligi, fuqarolik va savdo huquqlarining vujudga kelishiga asos bo'lganligi keltirib o'tiladi. Miloddan avvalgi 509 yilda Rim Respublikasi tashkil etilishidan ancha oldin, dastlabki rimliklar

1 https://uz.wikipedia.org/ Rim huquqi

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

asrlar davomida ishlab chiqilgan qonunlar asosida yashagan. Qadimgi Rim quldorlik davlatining bosqinchilik yurishlari natijasida davlat hududi yanada kengaydi. Uni idora etish kabi tashkiliy masalalarni hal qilish uchun aniq bir mexanizmning yo'qligi ushbu huquq tizimining vujudga kelib, rivoj topishiga zamin yaratdi. To'g'ri, Qadimgi Rimda odatlarga tayangan holda masalalar hal etilgan. Lekin ularning aniq bir shaklga ega emasligi va asosan yuqori tabaqa vakillari manfaatlarini ko'proq himoya qilganligi kabi ko'rinishlari sabab, davlatda ilk yozma qonun "XII jadval qonunlari" yaratildi. Ana shu yozma qonunning yaratilishi Rim huquqining vujudga kelishida bir debocha bo'lgan deyishimiz mumkin.

Rim davlatida asosan ikki xil huquq tizimi - ommaviy huquq (jus publicum) va xususiy huquq (jus civile) tizimi mavjud bo'lgan. Davlat qonuni o'z fuqarolariga nisbatan qo'llanilgan. Keyinchalik davlat hududi kengayishi, savdo munosabatlarining keskin ortishi va chet el shaxslarining (peregrinlar) davlat hududiga kirganlaridan so'ng ularga nisbatan qonun va qoidalarning yo'qligi, mavjud qonunlarni magistratlar ularga nisbatan qo'llay olmasligi natijasida uchinchi bir huquq tizimi - xalqlar huquqi (jus gentium) vujudga kelgan. Bunda ommaviy huquq asosan davlat manfaatlarini ifodalovchi va u bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solgan bo'lsa, xususiy huquq alohida shaxslar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga keltirgan. Xalqlar huquqi esa rimliklar va rimlik bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq qilingan.

Rim huquqining rivojlanishida turli huquq maktablari va ularning asoschilari huquqshunoslarning xizmatlari katta edi. Huquqshunoslar qonunni boshqarishda qatnashmadilar, aksincha qonunni talqin qilish va rasmiy fikrlarni shakllantirishga e'tibor qaratdilar. Bu Rim huquqining klassik davri deb ataladigan milodiy dastlabki ikki yarim asr davomida Rim huquqini cho'qqisiga ko'targan buyuk huquqshunoslar ilmiy asarlari edi. Avval boshdan ikki huquq maktabi - Sabinyanlar va Prokulyanlar huquq maktablari rivoj topdi. Bunga sabab sifatida imperator Avgust va uning vorislari tomonidan huquqshunoslarga katta imtiyozlar berilishi va ularning fikrlari qonun manbai deb hisoblanganligini aytishimiz mumkin. Pomponiyning keltirishicha, Sabin huquqiy ko'rsatmalar berish orqali birinchi huquq maktabini yaratgan. Keyinchalik yana boshqa huquq maktablari ham tashkil etila boshlandi. Ularga yorqin misol sifatida Ulpian rahbarlik qilgan Berit huquq maktabini aytishimiz mumkin. Ushbu davrlarda huquqshunoslikning talab qilinadigan kursi kasbiy ko'nikma bo'yicha 3 yil va qo'shimcha 2 yillik xususiy o'qishdan iborat bo'lgan. O'qish mobaynida talabalar institutsiyalar, digestlar va konstitutsiyalarni, huquqshunoslarning fikrlarini o'qib o'rganishlari zarur edi. Institutsiyalar huquq maktabi o'qituvchilari tomonidan yuridik maktab darsligi sifatida tayyorlangan boshlang'ich huquq to'plami hisoblangan. Ulardan keyin ushbu prinsiplar to'liqroq bayon qilingan va tasvirlangan Digest kelgan. Digestlar — (lot. Digesta — yig'indi, yig'ilgan) — yuridik matnlar, qonunlar yig'indisi deb tarjima qilinadi. Yustinian davrida huquqiy ilmga bo'lgan talab va qiziqish davlat darajasiga ko'tarilgan. Normativ barqarorlikka erishishga harakat qilgan imperator va uning idoralari klassik merosga tayangan holda qonunlarni kodifikatsiya qilgan. Bu esa mavjud edikt to'plamlari, novellalar, imperator farmonlari va yuridik mavzuga doir shox asarlarning saqlanib qolishiga sabab bo'lgan. Yustinian kodifikatsiyasining asosini Digestlar tashkil etgan.2 Bulardan tashqari yozma

2 https://uz.wikipedia.org/ Digestlar

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

imperator ediktlari, Senat qarorlari, Konstitutsiyalar, reskriptlar ham yozma qonun hisoblangan.

Imperator Yustinian hukmdorlikka kelgach, Rim huquqining barcha qonun hujjatlarini bir yerga jamlashni, eskirgan va bir birini takrorlovchi normalarni chiqarib tashlab, yaxlit Kodeks yaratishni buyuradi hamda bu uchun huquqshunoslardan iborat ishchi guruhlari tuziladi. Kodifikatsiya ishlariga rahbarlikni taniqli yurist, professor Tribonian amalga oshirgan3. Shunday qilib Yustinian kodeksi qabul qilingach Rim huquqidagi barcha manbalar bir yerga to'plangan va foydalanish uchun qulay deb hisoblangan. Yaqin tarix va bugungi kundagi fuqarolik huquqining asosi Yustinian kodeksi desak adashmagan bo'lamiz.

Rim huquqi degan atama hozirgi davrda Rim jamiyatining qonunlaridan ko'proq narsani anglatadi. Rimliklar tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy institutlar Rim hukmronligiga bo'ysunmagan mamlakatlardagi boshqa xalqlarning qonunlariga ham ta'sir ko'rsatgan. Misol uchun, Germaniyaning katta qismida, 1900 yilda butun imperiya uchun umumiy kodeks qabul qilinmaguncha, Rim qonuni "yordamchi qonun" sifatida amal qilgan; ya'ni, mahalliy qoidalar bilan chiqarib tashlanmasa, qo'llanilgan.

Rim huquqi yuqorida aytib o'tganimizdek, shaxslar, nikoh, oila, mulkiy huquqlar, shartnomalar, vasiylik va homiylik, meros masalalari kabilarni tartibga solib borgan. Shaxslar deganda ko'z oldimizga birinchi albatta jismoniy shaxslar kelishi tabiiy. Qadimgi Rimda ham patritsiylar, plebeylar jismoniy shaxslarni tashkil etganlar. Qullar shaxs emas, balki obyekt sifatida ko'rilgan. Ayollar alohida shaxs toifasi deya hisoblanmagan. Ular ba'zi munosabatlardan tashqari deyarli huquqiy munosabat ishtirokchilari emasdilar. Rim huquqshunosi Gayning: "Hamma erkaklar erkin yoki qullardir", degan gapining o'zidayoq ayollarning munosabat ishtirokchilari sifatida ko'rilmaganligini tushunishimiz mumkin.

Rim oilasining xarakteristikasida asosan ota hukmronligi muhim o'rin egallaganini ko'ramiz. Yangi Eramizning mashxur yuristi Gay Rim oila tizimini shunday tipik xususiyatga egaki, u hech qanday xalqlar tomonidan barpo qilngan oilalarga o'xshamaydigan "Rim xalqining erishgan buyuk yutug'idir" deb ta'riflagan edi.4 Nikohning ikki turi - rasmiy va norasmiy shakllari bo'lgan.

Ma'lum huquqlarga ega shaxslarning ixtiyoriy birlashishi natijasida Qadimgi Rimda ilk yuridik shaxslar tashkil topgan. Xayriya muassasalari, hunarmandchilik va savdo gildiyalari, dafn marosimlarini tashkillashtirish jamiyatlari shular jumlasidandir.

Rim huquqida (bugungi kunda ham, Rim davrida ham) yer va ko'char mulk mutlaqo jismoniy shaxslarga tegishli bo'lishi mumkin edi. Agar biror kishi o'z yeridan narsa topsa, u unga o'tadi; agar u boshqasining yeridan topilgan bo'lsa, yarmi topuvchiga, yarmi yer egasiga o'tgan.

Vorislik huquqi Rim huquqining eng murakkab sohalaridan biri bo'lgan. Voyaga yetgan har qanday Rim fuqarosi vasiyat qilishi mumkin edi, ammo vasiyat haqiqiy bo'lishi uchun bir nechta rasmiy talablar bajarilishi shart hisoblangan. Birinchi talab bir yoki bir nechta merosxo'rlarni tayinlash edi. Merosxo'r, atamasining Rim huquqi ma'nosida, universal voris

3 "Rim huquqi" darslik/ V.R.Topildiyev. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi - Toshkent: Yangi asr avlodi.2013. 34 bet

4 "Rim huquqi" darslik/ V.R.Topildiyev. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi - Toshkent: Yangi asr avlodi.2013.85 bet

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

hisoblangan; ya'ni u marhumning huquqlari va majburiyatlarini (ular umuman o'tkazilmas darajada) bir butun sifatida o'z zimmasiga oldi. Qabul qilinganda, merosxo'r, agar marhum egasi bo'lsa, egasi, agar u kreditor bo'lsa kreditor va qarzdor bo'lsa qarzdor, garchi aktivlar qarzlarni to'lash uchun yetarli bo'lmasa ham.

Sud jarayoni bosqichlari ikkita protsess asosida bo'lib o'tgan. "In jure" - birinchi bosqich, "In judicio" - ikkinchi bosqich. Sud protsesslari esa 3 ga bo'lingan. Bular - legisaktion, formulyar va ekstraordinar protsesslar. Sud jarayonlarida magistrat asosiy o'rinlardan birini egallagan. Avval ushbu jarayonning og'zaki shakli qo'llangan bo'lsa, keyinchalik munosabatlarning rivojlanishi oqibatida yozma shaklga asoslangan protsess kengayib bordi.

Qadimgi Rim huquqi bugungi kunda mavjud shartnomaviy munosabatlarning ham "otasi" desak bo'ladi. Chunki unda ilk shartnomaviy munosabatlar vujudga kelib, ularning tuzilishi ishlab chiqilgan. Shartnomalar avval ichki munosabatlarni tartibga solgan bo'lsa, keyinchalik tashqi munosabatlarda ham o'rin egallagan. Misol uchun Qadimgi Rim Karfagen bilan bir necha marotaba savdo shartnomalari tuzganini aytib o'tishimiz mumkin. Bu shartnomalar tijoriydan ko'ra siyosiy shartnomalarga o'xshab ketsa-da, chegaralarning savdo uchun ochiqligi va boshqa munosabatlarni tartibga solgan. Bundan ko'rinib turibdiki, Qadimgi Rimda xalqaro huquq va shartnomalar kabi masalalar ham alohida tartib asosida amalga oshirilgan. Elchilarning daxlsizligi masalalari tan olinar, Qadimgi Rim bilan boshqa bir davlat o'rtasida shartnoma tuzilganda Rimda ustunlik mavqei yuqori bo'lar, bu o'z-o'zidan ittifoqdosh davlatning o'z kuchini rasmiy cheklashidek gap edi. Xalqaro shartnomalarda deyarli ishtirokchilar teng bo'lmagan. Shu o'rinda ma'lumot sifatida "Xalqaro huquq" atamasi 1789 yilda Bentham tomonidan aytib o'tilganligini keltirib o'tishni joiz deb bilaman. Xalqaro huquqda keyinchalik urush bilan normalar ishlab chiqildi. Qadimgi Rim davlatining xarakteridan kelib chiqsak bu kerakli normalar hisoblangan. Avliyo Avgustinning fikriga ko'ra, urush ochko'zlik sababidan emas, balki adolatli urush axloqiy jihatdan joiz edi. U faqatgina olingan jarohatlarning qasosini olish uchungina boshlanishi maqsadga muvofiq edi.

Qadimgi Rim huquqining asosiy manbasi hisoblangan Yustinian kodeksi bugungi kundagi mavjud huquqiy tizimlarning asosini tashkil etdi. G'arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin asrlar davomida u unutilgan bo'lsa-da, Rim huquqi XI asrda Italiyaning Boloniya universiteti tadqiq etila boshlangan va Yevropaga tarqalib jonlana boshlangan. Yevropaliklar tomonidan mavjud saqlangan qo'lyozmalar o'rganilgan va shu sababdan G'arb an'analarida Rim huquqi asosiy manba bo'lgan. Menimcha, "Yevropaning o'ziga xosligi uchta ustunga asoslangan: nasroniylik, Aristotel falsafasi va Rim huquqi", degan fikrlar bejizga ilgari surilmagan. XVI asrga kelib Rim qonuni butun Yevropada amal qildi. Umuman olganda, o'sha davrda Yevropa mamlakatlari tomonidan qo'llanilgan qoidalar Yustinian davridagi Rim qonuni bilan bir xil edi. Shunga qaramay, rivojlangan qonun Yevropaning aksariyat mamlakatlari uchun umumiy bo'lgan va shuning uchun u lus Kommunasi (umumiy qonun) deb nomlangan.

Rim huquqida mavjud atamalar bugungi kunda ham o'z mavqeyini yo'qotmagan. Bunga sabab sifatida Rim huquqining o'ziga xosligi tilning aniqligiga e'tibor berilishida edi deyishimiz mumkin. Lotin so'zlaridan foydalanish qadimgi rimliklar G'arb Adliya tizimiga ta'sir qilgan yagona usul emas. Rim Adliya tizimi jazolashda o'ta qattiq bo'lgan bo'lsa-da, bugungi kunda sud jarayonlari qanday sodir bo'lishining taxminiy sxemasi bo'lib xizmat qilgan.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Yuqorida keltirilganlardan ko'rinib turibdiki, Qadimgi Rim huquq tizimi dunyo huquqiy tizimlarining vujudga kelishiga sababchi bo'lgan va ularni o'zining qonuniyatlari ila boyitgan. Rim huquqini bugungi kunda o'tgan asrlarda yashagan tobu kiyib olgan "XXI asr huquqshunosi" desak mubolag'a bo'lmaydi. U huquqshunoslarni har tomonlama mukammal bilim olishlarini istovchi va bu yo'lda ilk saboqlarni beruvchi ustozdir. Agarda Rim huquqi bugungi kundagi huquqiy indekslar bilan baholanadigan bo'lsa, albatta yuqori o'rinni olishi shubhasiz.

Rim huquqining ahamiyati shundaki, u qiyinchilik davrlarda ham aholi va davlatning tizimli asosda faoliyat yuritishini ta'minlagan, fuqarolar va jamiyatni himoya qiluvchi kuch sifatida maydonga kelgan. Qadimgi Rim zamonaviy dunyoga nafaqat huquq tizimi bilan katta ta'sir ko'rsatgan, balki biz uni san'atimiz, arxitekturamiz, texnologiyamiz, adabiyotimiz, tilimiz va qonunimizda ko'rishimiz mumkin. Ko'priklar va stadionlardan tortib kitoblarga va biz har kuni eshitadigan so'zlarga qadar qadimgi rimliklar bizning olamimizda iz qoldirgan. Rim huquqi o'zining keng ahamiyatli ekanligi sababidan ham bugungi kunda huquqshunoslik oliy ta'lim muassasalarida fan sifatida o'rganib kelinadi. Chunki hayotimizning ko'p jabhalarida ayni unga murojaat qilamiz. Sababi esa ushbu jabhalarning ibtidosi Qadimgi Rimda boshlangan.

References:

1. "Rim huquqi" darslik/ V.R.Topildiyev. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi - Toshkent: Yangi asr avlodi.2013.260 bet

2. Study of law in Roman law schools/ Charles P. Sherman The Yale Law Journal, Vol. 17, No. 7 (May, 1908), pp. 499-512 (14 pages)

3. The significance of Roman law in the history of international law/Arthur Nussbaum https://scholarship.law.upenn.edu/

4. https://www.linkedin.com/pulse/importance-roman-law-from-ancient-times-modern-systems-lucio-forgione

5. https://www.britannica.com/

6. https://www.worldhistory.org/

7. https://uz.wikipedia.org/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.